G. M. Tansikbayeva, V. A


Huquqiy bilimlar dunyosiga oq yo‘l, azizlar!


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

Huquqiy bilimlar dunyosiga oq yo‘l, azizlar!


5
I bo‘lim 
KONSTITUTSIYA – DAVLATNING ASOSIY QONUNI 
Konstitutsiya davlatning qiyofasi va 
nufuzini belgilab beradi. Ana shu qonunlar 
majmuyi orqali jahon davlatni davlat, millatni 
esa millat sifatida tan oladi. Konstitutsiya – 
xalq tafakkuri va ijodining mahsulidir.
Islom KARIMOV
 
1-§. KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ
Mavzu ustida ishlash natijasida:
– “konstitutsiyaviy huquq” tushunchasi haqida;
– uning boshqa huquq tarmoq lari bilan o‘zaro bog‘liqligi haqida;
– uning “Huquqshunoslik” tizimida tutgan o‘rni haqida bilib olasiz.
1. Konstitutsiya va konstitutsiyaviy huquq.
2. Konstitutsiyaviy huquq – huquqning yetakchi tarmog‘i.
1. KONSTITUTSIYA VA KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ
Siz har qanday mamlakatning asosiy qonuni konstitutsiya ekanligini 
yaxshi bilib oldingiz. Shu munosabat bilan Sizda: “Konstitutsiya” va “kons-
titutsiyaviy huquq” tushunchalari bir-biridan qanday farq qiladi?” – degan 
savol tug‘ilishi mumkin.
Har qanday davlatning huquq tizimida ko‘p qonunlar mavjud. Ammo 
ular orasida eng asosiysi deb e’tirof etiladigani bu – konstitutsiya. 
“Konstitutsiya” lotincha “constitutio” so‘zidan olingan bo‘lib, “belgi-
lash”, “tuzi lish” degan ma’nolarni anglatadi, ya’ni Konstitutsiya jamiyat va 
davlat tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini tuzish hamda 


6
ular faoliyatining asosiy prinsiplarini, ularning vakolatlarini, fuqarolarning 
asosiy huquqlari va burch 
larini, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabat-
larni belgilab beradi. 
Qolgan barcha qonunlar, kodekslar, qarorlar va farmonlar konstitut siya 
negizida va unga muvofi q tarzda qabul qilinadi. Bu esa davlatning har bir 
me’yoriy hujjati konstitutsiyaga mos kelishi shart ekanligini ang latadi.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling