G. M. Tansikbayeva, V. A


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

Huquqiy tartibot
– bu jamiyatdagi munosabatlarning ma’lum bir ho-
lati bo‘lib, unga davlatning huquqiy me’yorlarida mavjud bo‘lgan barcha 
qonun-qoidalarga majburiy ravishda rioya qilinishi natijasida erishiladi.
Konstitutsiyaviy huquq
huquqning mustaqil tarmog‘i sifatida mam-
lakatning konstitutsiyaviy tuzilish asoslarini, jamiyat tuzilishini, davlat 
hokimiyati va boshqaruv tuzilishini, davlat organlari vakolatlarini, shu dav-
lat hududida yashab turgan fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini bel-
gilovchi yuridik me’yorlardan iborat.
Konstitutsiyaviy huquq
milliy huquq tizimida huquqning yetakchi 
tarmog‘idir, chunki eng oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan Konstitutsiya 
uning asosiy manbayi bo‘lib xizmat qiladi.
O‘ylang va quyidagi savolga javob bеring: qonunlarni yaхshi biladigan inson qo-
nunni umuman bilmaydigan yoki yomon biladigan, yoki biladi-yu, lеkin uni buzadigan 
kishidan qaysi jihatlari bilan farqlanadi?
2-topshiriq
Yodda tuting!
Yodda tuting!
3-topshiriq


8
Kim qonunni yaxshi bilsa, u o‘z manfaatlarini va jamiyat manfaatini 
himoya qilish qobiliyatiga ega bo‘ladi, shaxsning huquq va erkinliklari 
buzilishiga qarshi tura oladi.
Asosiy qonun sifatida Konstitutsiya amalda davlat va xalq o‘rtasidagi 
kelishuvni ifodalaydi. Unga ko‘ra davlat xalqning bexatar va erkin rivojla-
nish shartlarini ta’minlaydi va kafolatlaydi. Shu boisdan Konstitutsiyaning 
g‘oyalari davlatda amal qiluvchi boshqa barcha qonunlarda ham aks etadi. 
Umumiy prinsiplarni o‘zida mujassamlashtirgan Konstitutsiya qoidalari 
huquqning barcha tarmoqlarida rivojlantiriladi.
Buning tasdig‘ini bilib olish maqsadida mamlakatimiz Konstitu 
tsiya-
si bob 
laridan biriga, masalan, oilaga bag‘ishlangan bo 
bi 
ga murojaat qil-
ganimizda, mazkur bob bor-yo‘g‘i to‘rtta moddadan iborat, lekin uning 
mazmunidagi g‘oyalar nafaqat O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi-
da, balki ko‘p gina boshqa kodeks (O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy 
javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi, Mehnat Kodeksi, Uy-joy Kodeksi, 
Jinoyat Kodeksi va boshqa kodeks)larda ham aniq rivojlantirilgan. Birgina 
O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining o‘zi 238 ta moddadan iborat. 
O‘zbekiston Res 
publikasi Kons 
titutsiyasining fuqarolikka bag‘ishlangan 
oltinchi bobi bor-yog‘i uchta moddadan iborat. Vaholanki, “O‘zbekiston 
Respub likasi ning fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunning o‘zi 45 ta moddani o‘z 
ichiga olgan.
Bu misollar Konstitutsiya barcha huquqiy tizimning asosi bo‘lib xizmat 
qilishidan dalolat beradi, negaki huquqning rivojlanishi Konstitutsiyadan 
boshlanadi, aynan uning o‘zi boshqa barcha qonunlar va normativ-huqu-
qiy hujjatlarga hayot baxsh etadi. 
Kons 
titutsiyaning oliy yuridik kuchi 
ham mana shunda namoyon bo‘ladi. 
Qolgan barcha huquqiy qoidalar undan 
kelib chiqadi va unga muvofi q bo‘lishi 
kerak.
Huquq tizimini piramida ko‘ri 
ni 
-
shida tasavvur qilib ko‘ring. Kon 
s-
titutsiya shu piramidaning cho‘qqi-
sida turadi, desak, uning cho‘qqisidan 
eng quyi qismigacha bo‘lgan yon-
bag‘irlarida boshqa barcha normativ 
O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi
O‘zbekiston Respublikasi
qonunlari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis
palatalarining qarorlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti-
ning farmon, qaror va farmoyishlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari 
Vazirliklar, Davlat qo‘mitalari va 
idoralarining buyruq va qarorlari
Mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining qarorlari


9

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling