G. M. Tansikbayeva, V. A


Konstitutsiya huquqiy munosabatlarni aniq tartibga solib turishi uchun qaysi  huquq tarmoqlariga yo‘naltirilishini aytib bering. 3


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

2. Konstitutsiya huquqiy munosabatlarni aniq tartibga solib turishi uchun qaysi 
huquq tarmoqlariga yo‘naltirilishini aytib bering.
3. Nima deb o‘ylaysiz, “insonning huquqqa munosabati”, deganda nima ko‘zda 
tutiladi?
Quyidagi vaziyatlar bilan tanishing. Ularda qonunchilik asoslari yoki axloq nor-
malari buzilganligini aniqlang.
1-vaziyat.
Pitоn (bo‘g‘ma ilon) haqidagi ish
Sirkda hayvonlarni o‘rgatuvchi er-хotin M. nafaqaga chiqishgach, o‘z 
xususiy uylarini 9 qavatli uydagi kvartiraga almashtirishdi. Ularning kvarti-
rasi birinchi qavatda joylashgani bois baland to‘siq bilan o‘ralgan hovlida 
hayvonlarni sevuvchilar klubini tashkil etishdi. U yеrda bolalar hayvon-
larni parvarish qilish va o‘rgatish bilan bеpul shug‘ullanishardi. Er-xotin M. 
sirkdan tomosha ko‘rsata olmaydigan bo‘g‘ma ilon, maymun va bir nеchta 
kuchukni olishgandi.
Теz orada ushbu ko‘p qavatli uyda istiqomat qiluvchilardan sud-
ga shiko 
yat tushdi. Istiqomat qiluvchilarning shikoyatida er-xotin M. 
shug‘ullanayotgan hayvonlar hovlida yig‘ilgan bolalarni qo‘rqitayotgani, 
atrofni ifl oslantirayotgani, hayvonlarni o‘rgatish chog‘ida shovqin solib
aholiga xalaqit bеrishayotganligi haqida ma’lum qilingandi.
2-vaziyat.
Yo‘l harakati hodisasi
Yengil avtomashina haydovchisi I. betob хotinini zudlik bilan shifoхonaga 
olib borish zaruriyati tufayli tеzlikni oshirdi. Piyodalar o‘tish joyida tormoz-
ni bosishga ulgurmay ko‘chani kеsib o‘tayotgan U. va S. ni turtib yubor-
di. Bu yo‘lovchilar jarohat olishmadi. Lekin S. qo‘rqib hushidan kеtgani 
uchun “Tеz yordam” chaqirishga to‘g‘ri kеldi. Bundan tashqari, jabrlanuv-
chilar yi qil ganlarida kiyimlari ifl os bo‘lgandi. Haydovchi I. jabrlanuvchi S. 
birozdan so‘ng hushiga kеlganini va hеch kim jarohatlanmaganini ko‘rgach, 
mashinasida jo‘nab kеtdi.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling