G. M. Tansikbayeva, V. A
Bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish va yashash joyini
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1
Bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish va yashash joyini
erkin tanlash huquqi Fikr, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqi Vijdon va dinga e’tiqod qilish erkinligi huquqi Turarjoy daxlsizligi huquqi Sha’ni, obro‘si va shaxsiy hayotiga tajovuzdan himoyalanish huquqi 4-topshiriq 61 2-vaziyat. O‘smirlar guruhi tibbiyot institutining tajriba хonasidan kuchuk o‘g‘irlashdi. Voqеani tеkshirish davomida shu narsa aniqlandiki, tajriba o‘tkazilgandan so‘ng kuchuklar boqilmasligi va parvarishlanmasligidan zorlanib akillashlariga bolalar achinishgan. Axloq va qonun nuqtayi nazaridan o‘smirlar xatti-harakatini qanday baho- laysiz? 3-vaziyat. Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha Komissiya yig‘ilishida o‘g‘rilik masalasi yuzasidan muhokama borardi. Shu payt inspektor kabinetiga jabrlanuvchi shaxt bilan kirib keldi-da, o‘g‘irlik sodir etgan o‘spiringa ko‘zi tushgach, unga qarata haqorat yog‘dira boshladi. Ammo inspektor uni to‘xtatdi va haqorat qilgani uchun javobgarlikka tortishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirdi. Sizningcha, inspektor, garchi o‘spirinning aybi aniq bo‘lsa-da, nega uning sha’niga haqorat yog‘dirilishini to‘x tatdi? 4-vaziyat. O‘tgan darsda to‘qqizinchi sinf o‘quvchilari sport zalida jismoniy tar- biya darsida bo‘lganlarida, yettinchi sinf o‘quvchilari ularning xonasi- da o‘tkazilgan darsda o‘tirishgan edi. Shu dars paytida o‘zlarining pul- lari yo‘qolganini bahona qilib, to‘qqizinchi sinf o‘quvchilari yettinchi sinf o‘quvchilarini tintib chiqishdi. To‘qqizinchi sinf o‘quvchilarining xatti-harakatlari qonuniymi? Ushbu xatti- harakatlarga baho bering. Quyidagi vaziyatlar bilan tanishing. Qaysi hollarda insonning qaysi shaxsiy huquqlariga putur yetkazilgan? – Siz konverti ochib ko‘rilgan maktub oldingiz; – muassasadan chiqayotganda militsiya xodimi sizdan sumka ichidagi- larni ko‘rsatishni talab qildi; – vaksinalash (emlash) paytida bolaga gepatit virusini yuqtirishdi; – o‘quvchi qizning pul turgan hamyoni yo‘qoldi va yonidagi partado- shiga: “Sen o‘g‘irlagansan, sen o‘g‘risan”, – deb aytdi; – konduktor chipta olishni rad etgani uchun yo‘lovchini haqorat qildi. 5-topshiriq 62 qonun – shaxsni himoya qilish uchun; yashash huquqi; erkinlik va shaxsiy daxlsizlik; shaxsiy va oilaviy hayotga aralashmaslik; turarjoy daxlsizligi; qadr-qimmat va obro‘ni himoya qilish; vijdon va diniy e’tiqod erkinligi; dunyoviy davlat. Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling