G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
@pp kitoblar qiyosiy ped
1992 yil 2 martda O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a‘zo qilib
qabul qilingach, BMTning barcha tashkilotlariga a‘zo bo‘lish huquqiga ega bo‘ladi. Shu bois Respublikamiz 1993 yil 26 oktabridan boshlab YUNESKOga a‘zo bo‘ldi. Yuqoridagi sanalardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston YUNESKOga a‘zo bo‘lganiga ikki yildan ko‘proq vaqt o‘tdi. Lekin shu qisqa vaqt ichida ko‘p ishlar amalga oshirildi. 1993 yilning yuqorida YUNESKOning ko‘zga ko‘ringan ekspertlari yurtimizga tashrif buyurib, Samarqand, Buxoro Xiva shaharlarining tarixiy obidalarini borib ko‘rdilar va o‘rgandilar. Ularda bu shahardagi betakror tarixiy obidalar katta taassurot qoldirdi. Natijada, xalqimizning o‘chmas yodgorliklari qayta tiklanib, ta‘mirlash dasturi tuzildi va bu dasturni amalga oshirish1995 yining boshidan boshlandi. 1994 yilning aprel oyida YUNESKOning barcha bo‘limlari vakillari Toshkentga kelishdi. Ularning bu tashrifidan maqsad Markaziy Osiyo respublikalarida YUNESKOning vazifalarini aniqlab olishdan iborat edi. Shu yilning oktabr oyida Samarqand shahrida Markaziy Osiyo va jahon olimlari uchrashib, bu shaharda YUNECKO tasarrufidagi Markaziy Osiyo respublikalarini o‘rganish instituti tashkil etishga qaror qilindi. Bu institut jahonda mintaqani o‘rganish bo‘yicha eng yirik markaz bo‘lib qoldi. Binobarin, Samarqand o‘rta asrlarda bo‘lganidek, hozir ham jahonning eng ko‘zga ko‘ringan ilmiy markazlaridan biri bo‘lib qoladi. 41 YUNECKO tashabbusi bilan Fransiyaning Parij shahrida, Samarqandlik olim, davlat arbobi Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek tavalludining 600 yillik yubiley tantanalari bo‘lib o‘tdi. Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarining butun jahon tarixiy obidalar ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha ko‘pgina ishlar qilindi. YUNESKO Markaziy Osiyoda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish istiqbollarini o‘rganish ishida ham katta amaliy yordam ko‘rsatmoqda. Bu ish shunisi bilan katta ahamiyatga molikki, butun Markaziy Osiyo Respublikalari Orol dengizining qurib borayotganligi munosabati bilan jiddiy ekologik tanglikka, sanoat chiqindilaridan atrof-muhitni ifloslanishi kabi muammolarga duch kelmoqdalar. YUNESKO ana shu muammolarni, boshqa xalqaro va hududiy hamjamiyat tashkilotlari bilan hamkorlikda bartaraf etish yo‘lida ishlashga o‘zining tayyor ekanligini izhor etdi. Ma‘lumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti jahon madaniyati va ma‘rifatini rivojlantirish o‘n yilligini (1988- 1997) o‘tkazishga qaror qilgan edi. YUNESKO ham shu doirada faoliyat ko‘rsatib, jahon iqtisodiy, madaniy va ma‘rifiy rivojlanishida muhim o‘rin tutgan «Buyuk Ipak Yo‘li»ni kompleks o‘rganish dasturini qabul qildi. Bu dasturning maqsadi Sharq bilan G‘arb o‘rtasidagi, quruqlikdagi va dengizdagi savdo yo‘li salohiyatini aniqlash, tiklashdan iborat bo‘lsa, ikkinchi tomondan bu yo‘l Sharq bilan G‘arbning madaniy va ma‘rifiy hamkorligini bir-biriga bog‘lovchi muhim ko‘prik ekanligini ochib berish, uni tiklashdan iboratdir. Endilikda bu ulkan tadqiqotlar to‘rt asosiy yo‘nalishda olib borilmoqda: 1. Ipak yo‘li mamlakatlariga kiruvchi xalqlarning tili va yozuvini o‘rganish; 2. Karvonsaroylar o‘rnini aniqlash va ularni qayta tiklash, pochta aloqalarini yo‘lga qo‘yish; 3. Kosmik arxeologiya‘ni qayta jonlantirish; 4. Jahon turistik tashkiloti bilan hamkorlikda ipak yo‘li bo‘ylab turistik yo‘nalishlarni ochish va uni harakatga keltirishdan iborat. Hozirgi kunda Respublikada YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tashkil etildi. Bu komissiya tarkibiga davlat arboblari, olimlar, taniqli madaniyat xodimlari bilan bir qatorda ta‘lim muassasalarining ham vakillari kiritildi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling