G qarshiboyeva, J. Majidov
« Koridor yo‘lakcha» treningi
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
4447-Текст статьи-13865-1-10-20201029
« Koridor yo‘lakcha» treningi. Trening maqsadi: Bolalarni diqqat e’tiborli bo‘lishga, chuqur fikrlashga o‘rgatish, taqlid qilish qobiliyatlarini shakllantirish. Trening borishi: Bolalar ikki qator bo‘lib turib oladilar. Har bir ishtirokchi shu yo‘lakdan biror – bir yurishni ko‘rsatib o‘tadi. Ko‘rsatilgan yurish boshqa takrorlanmasligi kerak. 99 6-ilova Ota-onalarga psixolog maslahati Bularni bajaring: - Kichkintoyingizga qarab quvoning. - Uy ro‘zg‘or ishlari bilan shug‘ullanar ekansiz nimanidir xirgoyi qiling. - Agar kichkintoyingiz sizni eshitayotgan bo‘lsa, ovoz chiqarib, u bilan gaplashing. - Farzandlaringiz qandaydir harakatlarni bajarayotgan bo‘lsa, u bilan suhbatni boshlab, harakatlariga izox bering. - Farzandlaringiz bilan muloyim, tinchlantiradigan, tetiklashtiradigan oxangda gaplashing. - Agar farzandingiz siz bilan suhbatlashayotgan bo‘lsa, uni diqqat-e’tibor bilan, hamda hamdardlik bilan eshiting. - Kichkintoy bilan qisqa jumlalar yordamida gaplashing. - Bola bilan suhbat davomida, iloji boricha ko‘proq predmetlar nomini atashga harakat qiling. - Sizning bolaga qaratilgan, tushuntirishlaringiz sodda va tushunarli bo‘lsin. - Sekinroq gapiring. - Chidamli bo‘ling. - Iloji bo‘lsa har kuni kitob o‘qib bering. - Boladagi savol berishga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlang. - Mukofot, bolani o‘pib yoki maqtab qo‘yishni unutmang. - Kichkintoyingizdagi turli narsalarga bo‘lgan qiziqishni rag‘batlantiring. - Farzandingizni boshqa bolalar bilan birga o‘ynashini taqdirlang. - Kichkintoyingiz bilan birga sayr qiling, xatto ovqatni ham birga pishiring, har bir bajarayotgan ishingizda farzandingiz yordam berishiga harakat qiling. - Farzandingiz o‘z ismini va familiyasini bilib olishga o‘rgating. - Kichkintoyingiz uchun namuna bo‘ling, kitob, gazeta o‘qishdan qanday lazzat olayotganingizni farzandingiz ko‘rsin. - Ota-ona va farzandlar o‘zaro do‘st, biror narsa bilan birgalikda shug‘ullanadigan oilada ota va bola muammosi bo‘lmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling