G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni


yil 24 martda O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimi joriy qilindi


Download 1.47 Mb.
bet29/165
Sana02.01.2022
Hajmi1.47 Mb.
#198933
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   165
Bog'liq
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

2. 1990 yil 24 martda O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimi joriy qilindi (bu haqida to‘liq ma’lumot 6.3-mavzuda berilgan).

3. “Mustaqillik deklaratsiyasi”ning (1990 yil 20 iyun) qabul qilinishi, uning mazmuni va mohiyati. Ushbu “Mustaqillik deklaratsiyasi” O‘zbekiston Oliy Sovetining 2-sessiyasida 1990 yil 20 iyunda qabul qilindi. Bu hujjat O‘zbekistonning mustaqillikka erishishida qo‘yilgan navbatdagi qadam bo‘ldi. Bu umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan hujjat deputatlar tomonidan moddama-modda, bandma-band muhokama qilindi. “Mustaqillik deklaratsiyasi”ning kirish qismida O‘zbekistonning davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan an’analari, har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan iboratligi aytib o‘tildi. Birinchi moddada “O‘zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o‘z hududida barcha tarkibiy qismlarni belgilashda va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir”, deb qo‘yilgan. Bu Deklaratsiya o‘zbek xalqi tomonidan to‘la qo‘llab-quvvatlandi. SHu kundan boshlab respublikada O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina boshlandi. 1991 yil 17 martda referendum o‘tkazildi. Bunda O‘zbekiston Federatsiya tarkibida mustaqil, teng huquqli ekanligi aytib o‘tildi. Referendumda 9.215 mingdan ko‘proq kishi qatnashdi, 93 foiz ovoz to‘plandi.

Demak, “Mustaqillik Deklaratsiyasi” 13 bo‘limchalardan iborat bo‘lib, u O‘zbekistonning mustaqillik sari qo‘ygan qadamlarida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Endilikda o‘zbek xalqi, millatining tepasida Islom Karimovdek dono rahbar shaxsning kelishi va davlatni oqilona boshqarishi tufayli O‘zbekiston asta-sekin o‘z iqtisodiy bo‘hronlaridan xalos bo‘lmoqda. Mustaqillik deklaratsiyasining tarixiy ahamiyati yana shundaki, bu hujjatning qabul qilinishi, o‘zbek xalqining o‘zini anglash borasidagi siyosati albatta muvaffaqiyatli kechdi. Lekin bugungi kunda ba’zi bir buzg‘unchi kuchlar O‘zbekistonni bu yo‘ldan qaytarib, iqtisodiy muammolarni chigallashtirishga harakat qilmoqdalar.

4. 1991 yil 15 fevralda Oliy Kengash “O‘zbekistonning davlat ramzlari to‘g‘risida” maxsus qaror qabul qildi.



5. 1991 yil 22 iyulida Oliy Kengash “O‘zbekiston hududidagi joylashgan Ittifoqqa bo‘ysunuvchi davlat korxonalari, musassasalari va tashkilotlarini O‘zSSRning huquqiy tobeligiga o‘tkazish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.


Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling