G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni


O‘zbekistonda Parlament taraqqiyotining YAngi bosqichlari


Download 1.47 Mb.
bet88/165
Sana02.01.2022
Hajmi1.47 Mb.
#198933
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   165
Bog'liq
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

O‘zbekistonda Parlament taraqqiyotining YAngi bosqichlari. O‘zbekiston Konstitutsiyasining II-moddasi bevosita davlat hokimiyati tizimining bo‘linish prinsiplari qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatlari 3 ta tarmog‘i berilgan. Davlat hokimiyatining tashkil etilishi qoidasiga ko‘ra O‘zbekistonda qonun chiqaruvchi hokimiyatni Oliy Majlisning quyi Qonunchilik palatasi amalga oshiradi.

Davlat hokimiyatining tashkil etilish prinsiplaridan biri, biz boya aytganimizdek, Oliy Majlis, ya’ni qonun chiqaruvchi hokimiyatdir. Bu hokimiyatni isloh qilish tug‘risida 2002 yil 27 yanvarda referendum o‘tkazib, unda ikki palatali parlamentni yuzaga keltirish masalasini O‘zbekiston fuqarolari qo‘llab-quvvatlagan edilar.

2004 yil 26 dekabrda Oliy Majlisning quyi Qonunchilik palasiga va Mahalliy hokimiyat organlariga (viloyat, tuman , shahar kengashlariga) saylovlar bo‘lib o‘tdi, qayta saylov esa 2005 yil 9 yanvarda utkazildi. O‘zbekistonda 2005 yildan boshlab, uning davlat qurilishi siyosiy hayotida yangi davr boshlandi. Ikki palatali parlament shakllantirildi. 2005 yil yanvarida Senat a’zolari mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ko‘rsatildi va aniqlandi.

Umuman, O‘zbekistonda saylov qonunchiligi, ya’ni parlament taroqqiyoti 4 bosqichni bosib o‘tdi: 1-bosqich Konstitutsiyamiz qabul qilungunga qadar davr bo‘lib, bu davrda O‘zR Prezidenti saylovi va Referendum to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilindi. 2-bosqich Konstitutsiyamiz qabul qilingandan to 1997 yilgacha davom etdi. Bu davrda “saylov tizimi” shakllantirildi. 3-bosqich 1997 yildan – 2003 yillarni o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda amaldagi saylov qonunlariga ayrim o‘zgartirishlar kiritildi. Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilindi. 4-bosqich 2003 yildan – 2005 yilgacha, bu davrda ikki palatali parlamentni shakllantirish bilan bog‘liq saylov qonunlariga o‘zgartirishlar kiritildi va 2004 yil 26 dekabrdan Oliy Majlis qo‘yi qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazildi.



Umuman parlament tomonidan qabul qilinadigan qonun ustuvorligi qo‘yidagi uchala holat bo‘lgandagina to‘liq o‘z ifodasini topadi: 1) qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa narmativ hujjatlar adolatga, inson huquqi va manfaatlariga asoslangan bo‘lishi shart; 2) bu qonunlar barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolar tomonidan aniq bajarilishi zarur; 3) qonunlarga mos bo‘lishi qonun ustuvorligini ta’minlashning asosiy mexanizmlarini tashkil etadi.


Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling