G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni


Download 1.47 Mb.
bet132/165
Sana02.01.2022
Hajmi1.47 Mb.
#198933
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   165
Bog'liq
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

3. Ijtimoiy kafolat masalasi - fransuzcha ta’minot ma’nosini bildiradi, kafolat - insonning, jamiyatning demokratiya va hukuqiy davlat tomon rivojlanish jarayonida qo‘lga kiritilgan yutuqlardan biri. Bu albatta aholini ish bilan ta’min etish, yangi yangi korxonalarni ishga tushirib, mamlakatda ishsizlikning oldini olish, ish bilan ta’minlanib ijtimoiy larzalarning oldini olishda asosiy vositadir, buning uchun mamlakatda demogratik siyosat o‘tkazish lozim bo‘ladi.

O‘zbekistonda pensionerlar soni 2 746 707 kishi, shu jumladan, 1 973 636 kishi yoshga doir, 546 706 kishi nogironlik, 226 365 kishi boquvchisini yo‘qotganlar86.

O‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan yildan boshlab O‘zbekistonda inson huquq va manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan siyosat yuritilib kelinmoqda. Anu shu siyosatdan kelib chiqqan holda 1997 yildan boshlab har yil mamlakatimizda ma’lum bir nom bilan atalib, kuchli ijtimoiy siyosat olib borilmoqda.

6.1-chizma




2007 yil 23 yanvarda Prezident Islom Karimovning “Ijtimoiy himoya yili” Davvlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2007 yil martida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axolini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va mustahkamlashga oid chora-tadbilar to‘g‘risida”gi farmoni aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ular uchun munosib turmush sharoitini ta’minlashga qaratilgan islohotlarning mantiqiy davomidir. 2007 yilda O‘zbekistonda ijtimoiy maqsadlar uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘larning umumiy hajmi barcha byudjet harajatlarining 55 foizini tashkil etadi, bevosita kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish uchun esa byudjetning 9 foiziga yaqin qismi (460 milliard so‘m) sarflanadi (Jamiyat. 23 mart, 2007, №12.).




Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling