O‘zbekistonning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi. Prezidentimiz asarlarida ta’kidlanganidek, "Biz jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuv haqida gapirganimizda eng avvalo BMT faoliyatida ishtirok etishimizni nazarda tutamiz". 1992 yil 2 martda O‘zbekiston BMTga a’zo bo‘ldi. O‘zbekistonning tashabbusi bilan va BMT rahnomaligida 1995 yili Toshkentda Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik muammolariga bag‘ishlangan xalqaro seminar o‘tkazildi. Unda 20 ta xalqaro tashkilot va jahonning 30 dan ortiq mamlakati, AQSH, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Rossiya, YAponiya, Xitoy, Pokiston, Eron va boshqa davlatlarning diplomatiya hamda hukumat vakillari ishtirok etdi. SHarqdan YAponiya, G‘arbdan Germaniyani BMTning Xavfsizlik Kengashiga a’zo qilib saylash haqida Prezidentimiz I.Karimov BMTning 1993, 1995 yillari 48, 50-sessiyalarida 2000 yili "Ming yillik sammiti”da taklif qilgan edi.
O‘zbekiston BMTning ixtisoslashgan tashkilotlari bo‘lgan YUNESKO, JSST, Xalqaro mehnat tashkiloti, YUNKTAD, YUNISEF va boshqa tashkilotlar bilan keng hamkorlik ishlari yurgizilmoqda.
Iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik ham yo‘lga qo‘yilgan. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, integratsiyalashuvni ta’minlashda xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar: Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki ham katta yordam ko‘rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |