G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni


Download 1.47 Mb.
bet44/165
Sana02.01.2022
Hajmi1.47 Mb.
#198933
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   165
Bog'liq
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

7. “Janubiy Koreya modeli” 4 bosqichdan iborat bo‘ldi.

1) 1946–1961 yillarda Amerika tusidagi davlatchilik shakllantirildi. AQSH harbiy kuchlari ushlab turilishi bu vazifani ancha engillashtirdi.

2) 1962–1975 yillarda Koreys iqtisodiy mo‘‘jizasining otasi deb tan olingan Prezident Pak CHjon Xi nomi bilan bog‘liq. Islohotning asosiy yo‘nalishi chora va ehtiyojlarni qoplashga qaratilgan iqtisodiyotga emas, balki mahsulotni taklif qiladigan iqtisodiyotga qaratildi. Eksport oshdi....

3) 1976–1981 yillarda iqtisodiyot eksportga yo‘naltirildi. Keyinchalik og‘ir sanoat rivojlantirildi. 1980 yillarda sanoat ishlab chiqarishida kichik va o‘rta biznes 20%dan oshmadi.

4) 1982–1991 yillarda iqtisodiyotni erkin qo‘yish, uning ochiqligi ta’minlandi. Imtiyozli kreditlar berish bekor qilindi. Davlat faqat uzoq muddatga kredit berishni kafolatladi.

8. “O‘zbek modeli” – qisman Erxard (nemis) modeliga o‘xshab ketadi. Nemislarga o‘xshab, mamlakatimizda 2 ta islohot o‘tkazildi. 1) 1993–94 yillarda pul islohoti (kupon) joriy qilinib, milliy sum muomalaga kiritildi; 2) Narx-navo islohati 1991–2001 yillar va undan keyingi hozirgi davrgacha davom etmoqda.

Aslida XX asr 90-yillari boshida O‘zbekiston oldida bir qator strategik rivojlanish yo‘llari paydo bo‘lgan edi. Ularni 4 yo‘nalishga bo‘lish mumkin: 1) xom ashyo; 2) agrar; 3) industrial; 4) xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha guruhlash joizdir.

1. Xom ashyo yo‘lini tanlash tabiiy boyliklarning yanada talon-taroj qilinishi, aholini ish bilan ta’minlash muammosi, sanoatning undiruvchi tarmoqlariga zo‘r berishga olib keldi. Sobiq Ittifoq ixtisoslashuvi bu yo‘nalishni keltirib chiqargan edi.

2. Agrar iqtisodiy taraqqiyot modeli agrarsanoat majmui (ASM) tarmoqlarini rivojlantirishni taqozo qilib, aholining asosiy qismini qishloq xo‘jaligi bilan band qilishga olib kelardi.

3. Industiral iqtisodiy taraqqiyot modelining samaradorligi Janubiy-SHarqiy Osiyo mamlakatlari tajribasi bilan tasdiqlandi.

4. Taraqqiyotning xizmat ko‘rsatish yo‘nalishi ham O‘zbekistonga qo‘l kelishi mumkin edi. Bu yo‘ldan borayotgan Evropa mamlakatlaridan YAIMning 67–70% shu sohada yaratiladi. Ba’zi mamlakatlarda bu YAIMning 25% ni hosil qiladi.

O‘zbekiston yuqorida sanalgan global va milliy modellarning birontasidan voz kechmadi, ulardan foydalandi.


2.1-CHIZMA



Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling