G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni
Download 1.47 Mb.
|
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti
Ikkinchidan, bir ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tuzumdan ikkinchisiga «o‘tish davri» yoki aniqrog‘i, «oraliq» bosqichining muhlati ana shu yangi yuzaga kelgan taraqqiy qilish jarayoni namoyon bo‘lishi bilan tugaydi.
Uchinchidan, insoniyat faqat «o‘tish davri» bilan yashamaydi, balki uning boshlanishi bo‘lganidek poyoni ham mavjuddir. Xuddi ana shu «poyoni» taraqqiyot darajalarini yoki tuzumlarning birini ikkinchisi bilan farqlash imkonini beradi. «O‘tish davri» haqida fikr yuritganimizda shuni alohida ta’kidlash lozimki, fuqarolik jamiyatigacha bo‘lgan barcha tuzumlarning insonlar manfaatlari va ehtiyojlarini to‘la qondira olmasligi bois, ularning birinchisidan ikkinchisiga ob’ektiv ravishda o‘tishi uchun ehtiyojni yuzaga keltirib turadi. Bu o‘z navbatida yangi tuzumga o‘tish davrini boshlab beradi. Ammo, demokratik tamoyillar asosiga qurilgan yangi jamiyatga o‘tish bir qator o‘ziga xos hususiyatlar bilan farqlanadi. Ular quyidagilardir:
Ayni paytda bugungi kungacha, o‘tish davrining mustaqil fundamental nazariyasi ishlab chiqilmagan. Buning oqibatida mamlakatlarning ma’lum tarixiy bosqichni bosib o‘tmasdan, uni «chetlab» demokratik jamiyatga o‘tishga bo‘lgan xatti-harakatlari sodir bo‘lmoqda. Bu o‘z navbatida ular hayotida ayrim holatlarda katta fojialarni keltirib chiqarmoqda. SHuningdek, ayrim mamlakatlarga «chetdan» demokratik jarayonlarni «eksport» qilib bo‘lmaydi. Bunday urinishlar mamlakatlarda beqarorlikka, uni taraqqiyotdan orqaga ketishiga olib kelishi mumkin. Bunday mamlakatlarga demokratiyani «eksport» qilishdan ko‘ra, uning shakllanishi uchun shart-sharoit yuzaga kelishiga imkoniyat yaratilishi lozim bo‘ladi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling