2. VAZIRLAR MAHKAMASI – ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O‘z.R Konstitutsiyasi 98-moddasiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi Bosh vazir, uning urinbosari, vazirlar, davlat qumitalarining raislaridan iborat. Qoraqolpog‘iston Respublikasi hukumati boshlig‘i VM tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi. Vazirlar Mahkamasi tarkibi O‘zR Prezidenti tamonidan shakllantiriladi. O‘zR Bosh vaziri (hozirgi paytda SH.Mirziyoev) namzodi prezdent taqdimiga ko‘ra Oliy Majlis palatalari tamonidan ko‘rib chiqilib tasdiqlanadi. VMsi a’zolari Bosh vazir taqdimiga ko‘ra Prezident tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, respublika qonunlari Oliy Majlis qarorlari, Prezdent farmonlari, qarorlari, farmoishlari ijrosini ta’minlaydi. Demak, Vazirlar Mahkamasi ijroiya hokimiyat bo‘lib, u davlat hokimiyati bo‘linish prinsipiga ko‘ra Ikkinchi hokimiyat, ya’ni hukumatdir. Mustaqillik yillarida hukumat sostavi 3 marta yangidan tasdiqlandi. 1993 yil 6 maydagi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi va uning 29 avgustdagi (1993) yangi tahrirdagi qonunlarga ko‘ra birinchi martda Vazirlar Mahkamasining yangi sostavi 1995 yil 23 fevralda 2) ikkinchi marta esa 2000 yil 11 fevralda yangidan tasdiqlandi. 2005 yil 4 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibi tasdiqlandi. Hozirgi vaqtda VM a’zolari: 8, ta vazirlar: 10 ta, davlat qo‘mitalari 9 ta qilib Prezdent I.Karimov tomonidan tasdiqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |