G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/199
Sana30.10.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1735273
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   199
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

(2.2- rasm). 
Bu shaklda ellipsoid uzluksiz chiziq 
bilan, geoid esa punktir chiziq bilan 
berilgan.Yer yuzining ba’zi nuqtalarida geoid bilan ellipsoidning farqi 150 metrdan 
oshmaydi. Shuning uchun geodeziyada Yer aylanma ellipsoid shaklida deb qabul 
qilinadi. Har bir davlatda geodezik ishlar uchun ma’lum kattalikdagi Yer ellipsoidi 
qabul qilingan bo’lib, bunga referens-ellipsoid deyiladi. Yer ellipsoidining kattaligi 
uning elementlari bilan ifodalanadi. Bu elementlar ellipsoidning katta yarim o’qi (a) 
va qutblarining siqiqligi dan iboratdir. 
(α =
a − b
a
) (2.1) 
Yer ellipsoidining elementlari gradus o’lchash natijalariga asoslanib hisoblab 
chiqariladi. Bir qancha mamlakatlarning olimlari yer ellipsoidi elementlarini 
hisoblab chiqarganlar. Shu hisoblardan ba’zilari 2.1-jadvalda berilgan. 
2.1-jadval 
Yer ellipsoidining o’lchamlari 
Olimning
familiyasi 
Yer ellipsoidining 
hisoblab
chiqarilgan yili 
Ellipsoid katta 
yarim o’qining 
uzunligi, m 
Qutblarning 
siqiqligi 
Delamber 
1800 
6 375 653 
1:334,00 
Bessel 
1841 
6 377 397 
1:299,15 
Xeyford 
1909 
6 378 388 
1:297,00 
Krasovskiy
1940 
6 378 245 
1:298,30 
 
2.2-rasm.Geoid va kvazigeoidning 
joylashishi 


16 
Fransuz olimi Delamberning hisoblab chiqargan yer ellipsoidi hozirgi vaqtda 
faqat tarixiy ahamiyatga ega. Delamberning yer ellipsoidini hisoblashdan maqsadi 
metrik o’lchov birligining uzunligini aniqlash edi. Delamber ellipsoidining
ekvatordan qutbigacha bo’lgan masofa 10 000 km ga teng. Chunki bunda chorak 
meridianning 10 000 000 dan bir bo’lagi 1m qilib qabul qilingan.
1940 yilda olimlar F.N.Krasovskiy bilan A.A.Izotov rahbarligida Yer 
ellipsoidining elementlarini hisoblab chiqishgan. Bu ellipsoidga Krasovskiy 
referens-ellipsoidi deb nom berilgan. Shu sababli 1946 yil 7 aprel qaroriga muvofiq, 
olib boriladigan barcha geodezik ishlarda Krasovskiy ellipsoidi asos qilib 
olinadigan bo’ldi. Katta aniqlik talab qilinmaydigan geodezik ishlarda Yer 
sharsimon hisoblanib, radiusi F.N.Krasovskiy va A.A. Izotovlarning ma’lumotlariga 
ko’ra, 6371.11 km ga teng qilib olingan. 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling