17
Kichik hududda olib boriladigan geodezik o’lchashlar vaqtida nuqtalarning
bir-biriga nisbatan o’rnini aniqlashda , yassi , to’g’ri burchakli koordinata va qutbiy
koordinata tizimlaridan foydalaniladi.
Nuqtalarning koordinatalarini hisoblab chiqarishda Yerning shakli
va kattaligi
asos qilib olinganligidan koordinata tizimlaridan avval Yerning shakli va kattaligi
haqida qisqacha to’xtab o’tamiz.
Geografik koordinata tizimida yer
yuzidagi nuqtaning o’rni
uning geografik
kengligi va uzunligi bilan aniqlaniladi.
Yer
yuzidagi
nuqtaning
geografik
koordinatalari
aniqlash
usuliga
qarab
astronomik
va
geodezik
koordinatalarga
bo’linadi. Astronomik koordinatalar osmon
yoritkichlarini kuzatish yo’li bilan, geodezik
koordinatalar esa yer yuzida olib borilgan o’lchash natijalaridan hisoblab
chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: