G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I
Analitik tarmoqlarga oid ma’lumotlar
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Analitik tarmoqlarga oid ma’lumotlar
Analitik tarmoq bosqichi Bitta burchakni o’lchashdagi o’rtacha kvadratik xato Masofani o’lchashdagi nisbiy xato cheki Uchburchak tomoni uzunligi km Har bir uchburchakka burchaklarning chekli farqi I 5” 1:50000 2-5 20” II 10” 1:20000 0,5-0,3 40” 76 ±15” dan katta bo’lmasiligi, burchak o’lchash aniqligi 3” dan, masofa aniqligi esa 1:100000 dan ziyod bo’lishi kerak. Yuksak aniqlikdagi 4-klass tarmoqlarda uchburchaklar tomonlari 1-5km, 1-bosqichda 2-5km, 2-bosqichda esa 0.5-3 km bo’lishi mumkin. 1 va 2-bosqich poligonometriya tarmoqlari asosan shahar, qishloq territoriyasida va sanoat qurilishi maydonlarida yuqori klass tayanch tarmoqpunktlari oralig’ida alohida yo’l tarzida o’tkaziladi.1 va 2- bosqich poligonometriya tarmoqlari mustaqil tarmoq bo’lsa, yopiq poligon tarzida o’tkaziladi. Imorat tutashgan joylarda mahalliy poligonometriya tarmoqlari har 10 gektar joyga bittadan punkt to’g’ri keladigan qilib quriladi. Zarur bo’lganida shahar, qishloq territoriyalarida va sanoat qurilishi maydonlarida yuqori aniqlikda 1-bosqich poligonometrik tarmoq o’tkazilishi mumkin. Odatda yuqori aniqlikdagi 1-bosqich poligonometrik tarmoq katta territoriyalarda (15-20 km 2 joyda) barpo qilinadi. Ba’zan 4-klass triangulyatsiya o’rniga 1-bosqich poligonometrik tarmoqlar o’tkazilishi mumkin. Bunday vaqtda masofa o’lchashdagi nisbiy xato 1:20000 va 1:25000 , burchak o’lchashdagi nisbiy xato esa 3” dir. Yuqori aniqlikdagi 1-bosqich poligonometriya yo’lining uzunligi yuqori klass tarmoq punktlari oralig’ida 10 km gacha, tugun nuqtalar oralig’ida 7 km gacha bo’lishi mumkin. 1-bosqich poligonometrik tarmoq tomonlarini o’lchashdagi nisbiy xato 1:10000, burchak o’lchashdagi o’rtacha kvadratik xato esa ±5” dir. Yuqori klass tarmoq oralig’ida o’tkazilgan 1-bosqich poligonmetriya yo’lining uzunligi imorat tushgan territoriyalarda 3,5 km tugun nuqtalar oralig’ida esa 2,0 km bo’lishi mumkin, bunday vaqtda poligonometriya yo’li tomonlarining o’rtacha uzunligi taxnminan 300 m bo’lishi kerak. Imoratlar bo’lmagan joylarning 1:1000 va 1:2000 masshtabli planini olishda poligonometriya yo’lining uzunligi 4-5 km gacha bo’lishi mumkin. 2-bosqich poligonometrik tarmoq o’tkazishda masofa o’lchashdagi xato 1:5000, burchak o’lchashdagi o’rtacha kvadratik xato esa 10” ga teng. Imorat tushgan joylarda yuqori klass tarmoq punktlari oralig’ida o’tkaziladigan 2- bosqich poligonometriya yo’lining uzunligi 2.5 km, tugun nuqtalar oralig’ida 1.5 km, yo’l 77 tomonlarining uzunligi taxminan 200 m, imorat bo’lmagan ochiq joylarda yo’lning uzunligi 3-4 km bo’lishi mumkin. Mahalliy poligonometrik tarmoq o’tkazishda poligon burilishi burchaklari aniq teodolitlar bilan o’lchanadi. Burchak o’lchashdagi xato quyidagi formula yordamida topiladi: ∆Q chek = ±m√n (6.6) formulada: m-burchak o’lchashdagi o’rtacha kvadratik xato n- burchaklar soni. Mahalliy poligonometrik tarmoqlar qurishda poligon tomonlarining uzunligi topografik svetodalnomerlar yoki invar similar bilan yo bo’lmasa paralaktik uslubda o’lchanadi. 2- bosqich poligonometriyada masofani aniq optik dalnomer bilan o’lchash mumkin. Mahalliy balandlik tarmoqlari geometrik nivelirlash uslubida yuqori klass nivelirlash tarmoqlari punktlari oralig’ida yoki yopiq poligon tarzida nisbiy balandliklar xatosi h chek = ± 50 mm √Ldan katta bo’lmaydigan qilib o’tkaziladi. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling