G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I


Masofani bevosita o’lchash asboblari va ularni tekshirish


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/199
Sana30.10.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1735273
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   199
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

7.2. Masofani bevosita o’lchash asboblari va ularni tekshirish 
Ma’lumki masofani bevosita o’lchash asboblariga po’lat lenta, ruletka, invar 
simlar va boshqalar kiradi. Muhandislik-geodeziya ishlarida masofani bevosita 
o’lchashda ko’proq po’lat lentadan 
foydalaniladi. 
Po’lat lenta uzunligi 20, 24 yoki 
50 m, qalinligi 0.3,0.5mm va eni 15-
20mm bo’lgan po’lat tasmadan iborat. 
Po’lat lentalar shtrixli (7.1-rasm a) yoki 
shkalali (7.1-rasm b) bo’ladi. 
Shtrixli lentaning boshlang’ich 
shtixiga ilgak shakliga kesik qilingan; masofa o’lchanayotganda shpilka shu 
kesikka kiritiladi. Har bir po’lat lentaning 6 yoki 11ta shpilkasi bo’ladi. Lentalar har 
bir metri tunukachalar bilan, yarim metrli bo’laklari chegalar bilan, detsimetrlari esa 
teshikchalar bilan belgilangan. Lentaning ikki uchida dastasi bor. Lentaning ikkala 
tomoni ham chiziqchalar bilan 20 teng qismga bo’linib, 0 dan 20 gacha raqamlar 
bilan ko’rsatilgan. Ularning bir tomonidagi raqamlar to’g’ri yo’nalishda, ikkinchi 
tomonidagi raqamlar esa unga qarama-qarshi yo’nalishda yozilgan. 
Shkalali lentaning ikkala uchida millimeterlarga bo’lingan shkalasi bor. Shkalali 
lenta masofani aniqroq o’lchashda ishlatiladi.Po’lat lentani olib yurish oson bo’lishi 
uchun u temir xalqa ustiga o’ralib, qisqichlar bilan qisib mahkamlanadi.
1951-yilda A.A. Lukerin xlorein izoltaysiyali, yetti qavatli telefonsimidan 
tayyorlangan masofa o’lchash asbobini taklif etgan. Uning uzunligi 24.50 va 100 m. 
Bu asbobdan po’lat lenta o’rnida foydalaniladi. 
Ruletka uzunligi 5,10 va 20m,50 m, keladigan tasma yoki po’lat lentadan 
iborat bo’lib, dasta yordamida dumaloq shakldagi quti ichiga o’raladi.Ruletkaning 
lentasi chiziqlar bilan metr, santimetr va millimetrga bo’lingan. Qisqa masofalarni, 
 
7.1-rasm. Ruletka 


80 
uy, hovli va uchatskalar satxini o’lchashda ruletkadan foydalaniladi. Tasmali ruletka 
har gal ishlatilganidan so’ng quritilishi kerak, aks holda o’lchami o’zgarishi va tezda 
yirtilishi mumkin. Po’lat lentali ruletka esa ishlatilgandan keyin zanglamasligi 
uchun artib, moylab qo’yiladi.
Masofalarni juda aniq o’lchashda invar lenta va po’lat yoki invar sim 
ishlatiladi. Bu lenta va simning ikkala uchida millimetrlarga bo’lingan shkalasi bor. 
Masofani o’lchash paytida lenta yoki sim o’lchanadigan masofada to’g’ri chiziq 
bo’yicha o’rnatilgan shtativ yoki qoziqlar ustidan tortiladi va ikkala uchiga 
biriktirilgan qadoq toshlar yoki dinamometr yordamida taranglatib qo’yiladi (7.2-
rasm). Shtativ yoki qoziqlar oralig’i bir necha marta o’lchanib o’rtacha uzunlik 
hisoblab chiqariladi.
MDHda bu asboblardan tashqari, masofani aniq o’lchaydigan basis 
asboblari deb ataladigan BP-1, BP-2 va BP-3 asboblari ham ishlatiladi. 
Ishlatishdan oldin masofa o’lchash asboblari tekshirilishi, ya’ni uzunligi 
ma’lum bo’lgan mahsus asbobga – komparatorga taqqoslanishi kerak. 
Komporatorlar mahsus laboratoriyalarda bo’ladi. Po’lat lentalar qattiq yog’ochdan 
yasalgan tekis to’sin ko’rinishidagi va ikkala uchiga shkalalar kelingan komporator 
yordamida tekshirilishi mumkin. Bunda po’lat lenta komporator ustiga qo’yilib, 
uzunligi aniqlanadi- bunga komporirlash deyiladi.
Komporator bo’lmagan taqdirda uzunligi komporatorga taqqoslab oldindan 
tekshirib qo’yilgan normal uzunlikdagi lentadan komporator o’rnida foydalaniladi. 
 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling