G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.3-rasm.Po`lat lenta bilan o`lchash
82 7.3. Masofani po’lat lenta bilan o’lchash va o’lchash aniqligi Joyda po’lat lenta bilan o’lchangan chiziqning uzunligi quyidagi formula bo’yicha hisoblab topiladi: D = l ∙ n + r; (7.4) bu yerda: l-po’lat lentaning uzunligi; n-lentaning chiziq bo’yicha yotqizilish soni; r- ortib qolgan (lenta yetmay qolgan) masofa. Masofa 20 m li po’lat lenta bilan o’lchansa (7.4) formula mana bunday ko’rinishga kiradi: D = 20 ∙ n + r (7.5) Masalan, joydagi (AB) chiziq uzunligi (7.3-rasm) po’lat lenta bilan quyidagicha o’lchanadi. Bir kishi lentani uning (O) shtrixini (A) nuqtadagi qoziq markaziga to’g’rilab ushlab turadi; ikkinchi kishi esa lentani (B) nuqtaga tomon tortadi va o’lchanayotga (AB) chiziq ustiga tarang yotqizilib, shpilkalaardan birini lentaning (O) shtrixiga (ilgaksimon kesigiga) to’g’rilab yerga qoqiladi-da, yana oldinga qarab yuradi. Lenta uchini (A) nuqtada o’lchab turgan kishi yerga qoqilgan shpilkaga yetib kelgach, oldinda borayotgan kishini to’xtatadi va lentaning ilgaksimon kesigini shpilkaga kiritadi; oldinda boruvchi kishi lentani (AB) chizig’iga to’g’rilaydi, tarang qilib tortadi va ikkinchi nuqtani shpilkaga qoqib belgilaydi. Shundan keyin orqadagi kishi birinchi shpilkani sug’urib oladi va ikkalasi oldinga qarab yuradi, to chiziq oxiriga (B nuqtaga) yetgunga qadar ish shu tartibda davom ettiriladi. Lentaning uchi oxirgi nuqtaga yetmasa, ya’ni lenta yotqizilganda masofa ortib qolsa, oxirgi shpilkadan lentaning (B)nuqtaga to’g’ri kelgan joyigacha bo’lgan masofagina hisoblanadi. Bunda lentaning metrli bo’limlaridan metr belgisi bo’yicha detsimetrlardan- ularni ko’rsatuvchi teshiklar 7.3-rasm.Po`lat lenta bilan o`lchash 83 bo’yicha, santimetrlardan-shtrixli lentada ko’z bilan chamalab, shkalali lentada esa shkaladan sanoq olinadi. misolimizda lenta chiziq bo’ylab 6 marta yotqizildi va 6 nuqtadan (B) nuqtagacha bo’lgan oraliq lenta uzunligidan qisqa, ya’ni 16,24 m bo’lib chiqdi. Shunda (AB) chiziqning uzunligi D = 20 × 6 + 16,24 = 136,24 m bo’ladi. Po’lat lenta bilan masofa o’lchash aniqligi asosan joyning xarakteriga bog’liq. Masalan, shosse, trotuar, tekis yo’l va boshqa shu kabi joylar masofa o’lchash uchun juda qulay hisoblanadi. Butazor, ariq, zovur, kanal kesib o’tgan joylar, jarliklar, tog’ yonbag’ri va boshqa joylarda masofani o’lchash ancha qiyin. Shuning uchun po’lat lenta qulay joylardagina ishlatiladi. Po’lat lenta bilan masofa o’lchash aniqligiga joyning relyefi va xarakteridan tashqari, lentani komparirlashda yo’l qo’yilgan xato, lentaning chiziqqa to’g’ri yotqizilmaganligi, shuningdek olchangan masofaning gorizontal proyeksiyasini aniqlashdagi xato, masofa o’lchashda lentaning gorizontal va vertikal tekislik bo’yicha bo’lishi, temperatura farqiga qarab kiritiladigan aniqlik e’tiborga olinmaganligi, lentani komparirlashda va shu lenta bilan masofa o’lchashda uning bir xil kuch bilan tortilmaganligi va boshqalar ta’sir qiladi. Po’lat lentani komparirlashdagi xatoning masofa o’lchash aniqligiga ko’rsatadigan ta’sirini kamaytirish uchun lenta vaqt-vaqti bilan va aniqlangan xato (±2 mm dan katta bo’lsa) masofani o’lchashda e’tiborga olinishi zarur. Masofani o’lchashda lentaning to’g’ri chiziqdan chetga chiqishi 15 sm dan ziyod bo’lmasligi kerak. Buning uchun po’lat lenta ko’z bilan chamalab yoki teodolit yordamida to’g’ri tortilishi zarur. Lentani komparirlashda va masofani o’lchashda tortish kuchi bir xil bo’lishi uchun dinamometrdan foydalaniladi. Masofani o’lchashda po’lat lentaning gorizontal va vertikal bo’yicha bukilishi 0,1 m dan oshlasligi lozim. O’lchangan masofaning gorizontal proyeksiyasini hisoblashda yo’l qo’yiladigan xatoning salbiy ta’sirini kamaytirish uchun qiyalik burchagini 50’ gacha aniqlikda o’lchash zarur. Katta aniqlik talab etilmaydigan hollarda qiyalik burchagi 2 o dan ortiq bo’lsa, o’lchash natijasiga tegishli tuzatish kiritiladi. 84 100 m va bundan qisqa masofalarni 20 m li po’lat lenta bilan o’lchaganda chiziqning ortib qolgan 20 m dan qisqa qismini po’lat lenta bilan o’lchagan ma’qul. Har qanday o’lchashlarda xato bo’ladi, shuning uchun masofaning to’g’ri yoki noto’g’ri o’lchanganligini bilish hamda o’lchash aniqligini oshirish maqsadida har bir masofa ikki marta (to’g’ri va teskari yo’nalishda yoki ikkita asbob bilan) o’lchab tekshirib ko’riladi. Ikki marta o’lchash natijalarining farqi o’lchash xatosi deb yuritiladi. Turli sharoitlarda masofani po’lat lenta bilan o’lchashdagi nisbiy xato cheki tajriba yo’li bilan belgilangan. O’lchash juda qulay joylar (shosse, trotuar, tekis yo’l va boshqalar) uchun belgilangan chekli nisbiy xato- 1:3000; o’lchash qulay joylar (maysazor, haydalgan yer va boshqalar) uchun 1:2000; o’lchash noqulay joylar (butazor, ariq-zovur va jarliklar bo’lgan joylar, past-baland bo’lgan joylar, tog’ yonbag’rlari va hokazolar) uchun 1:1000. Masofani o’lchashdagi nisbiy xato shu sharoit uchun yo’l qo’yilgan chekli xato nisbiy xatoni √2 ga ko’paytirishdan chiqqan sondan kishik bo’lsa, ya’ni juda qulay sharoitdagi nisbiy xato 1:2000, qulay sharoitdagi nisbiy xato 1:1500, noqulay sharoitda esa 1:700-1:800 bundan ham kichik bo’lsa, masofa to’g’ri o’lchangan hisoblanadi. Masofani bir necha marta o’lchab olingan o’rtacha arifmetik miqdor masofaning haqiqiy uzunligi deb qabul qilinadi. Misol: masofa qulay sharoitda ikki marta o’lchangan deylik. Lentaning taqqoslab tekshirilishini, temperaturani o’zgarishini hamda qiyalikni nazarda tutib kiritilgan tuzatishlarni hisobga olganda birinchi marta o’lchash natijasi D 1 =343,65 m, ikkinchi marta o’lchash natijasi D 2 =343,45 m bo’lgan. Shunda o’lchash xatosi ∆D = 343,65 − 343,45 = 0,20 m bo’ladi. ikki marta o’lchab olingan natijalardan hisoblab chiqarilgan arifmetik miqdor D o’rt = 343,65 + 343,45 2 = 343,55 m Nisbiy xato |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling