G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/199
Sana30.10.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1735273
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   199
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Masofani ipli dalnomer bilan 
o’lchash. Teodolit bilan nivelirning 
qarash 
trubasidagi 
dalnomer 
o’zgarmas burchakli qilib yasalgan. 
Qarash trubasining iplar to’ridagi 
gorizontal chiziqqa parallel qilib 
(gorizontal chiziqdan teng oraliqda) 
o’tkazilgan 
ikkita 
qo’shimcha 
chiziqqa dalnomer iplar, dalnomerning o’ziga esa ipli dalnomer deyiladi. 
 
7.5-rasm.Ipli dalnomer yordamida  
masofa o`lchash 


87 
Dalnomeri o’zgarmas burchakli teodolit yoki nivelir bilan biror masofani
masalan (KL) chiziqning uzunligini o’lchash kerak deylik (7.5-rasm). Bunda 
o’lchash asbobi (K) nuqtaga reyka esa (L) nuqtaga o’rnatiladi. Qarash trubasi 
reykaga vizirlanganda reykaning (AB) qismi dalnomer chiziqlari orasiga to’g’ri 
keladi. Shunda (ABO) va (abo) uchburchaklarning o’xshashligidan quyidagini 
yozish mumkin: 
AB
ab
=
OC
Oc
(7.11) 
bu yerda (AB)- reykaning dalnomer chiziqlari orasida ko’ringan qismi (l); 
(OC)-asbobning obyektividan reykagacha bo’lgan masofa (E); (Oc)- qarash 
trubasining focus oralig’i (f); (ab) -dalnomer iplarining oralig’i (p). (l, E, f, larni 
(7.11) formulaga qoyib chiqsak, formula quyidagi ko’rinishga keladi 
:
l
p
=
E
f
bundan
E =
f
p
∙ l (7.12) 
(f) bilan p o’zgarmas bo’lganligidan dalnomer koeffitsienti 
f
p
ham o’zgarmas 
bo’ladi. Dalnomer bilan o’lchash masofasi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi 
E = kl (7.13) 
(7.13) formula yordamida obyektivning oldingi fokusidan reykagacha bo’lgan 
masofa hisoblab topiladi. Amalda chiziqning haqiqiy uzunligi asbob o’rnatilgan 
nuqtadan, ya’ni asbobning vertikal o’qidan reykagacha bo’lgan masofa (D) ga teng 
bo’lganligidan formulada asbobning vertikal o’qidan obyektivning oldingi 
fokusigacha bo’lgan oraliq (δ+f) e’tiborga olinishi kerak. Shunda (7.13) formula 
quyidagicha bo’ladi: 
D = E + f + δ = kl + f + δ. (7.14) 
Agar δ+f=c bo’lsa, (7.14) formula 
D = kl + c (7.15) 
bo’ladi; 


88 
bu yerda c-dalnomerning doimiy qo’shiluvchisi; qarash trubasi ichidan 
fokuslanuvchi teodolitlarda c=0.
Dalnomer koeffitsientini topish uchun tekis joyda uzunligi 
100-120m keladigan chiziq olib, chiziq boshlangan nuqtaga qoziq 
qoqiladi, so’ngra qoziqdan boshlab po’lat lenta yordamida 
20,40,60,80,100 va 120 m lik masofalar o’lchanib, har 20 m dan 
keyin qoziqcha qoqiladi. Shundan so’ng chiziqning 
boshlang’ich 
nuqtasiga 
asbob 
(teodolit), 
qoziqchalarga esa birin-krtin reykalar o’rnatiladi, 
qarash 
trubasining 
gorizontal 
holatida 
bu 
reykalardan dalnomerning chetki iplari bo’yicha 
sanoq (n

va n
2
) olinadi. Har gal olingan sanoqlarning farqi (n
2
-n
1

asbob o’rnatilgan nuqta bilan reyka o’rnatilgan qoziqqacha bo’lgan 
masofaga teng bo’lishi kerak. Dalnomer koeffitsienti quyidagi 
formula yordamida har bir masofa uchun alohida-alohida hisoblab 
topiladi:
k
1
=
l
n
2
− n
1
(7.16) 
bu yerda: (l)-asbob o’rnatilgan nuqtadan qoziqqacha bo’lgan (lenta bilan 
o’lchangan) masofa; n

–dalnomerning ustki ipidan olingan sanoq; 
n
2
–dalnomerning pastki ipidan olingan sanoq.
Barcha o’lchashlarning o’rta arifmetik miqdori dalnomer koeffitsienti bo’ladi: 
K =
k
1
+ k
2
+ k
3
+ ⋯ + k
n
n
(7.17) 
Masofani ipli dalnomer bilan o’lchash uchun masofa boshlangan nuqtaga 
dalnomerli asbob,oxirgi nuqtaga reyka tik o’rnatiladi, asbobning qarash trubasi 
reykaga to’g’rilanadi (vizirlanadi), dalnomer iplari oralig’iga to’g’ri kelgan 
reykaning bo’limlari hisoblanadi, bu bo’limlar (santimetrlar) 100 ga ko’paytiril-gach 
masofaning uzunligi kelib chiqadi. Masalan 7.6-rasmda dalnomer iplari (aa va bb) 
orasiga reykaning 21,3 sm li bo’limi to’g’ri kelgan. 
 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling