G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
7.12-rasm. Svetodalnomer 98 dalnomer, GD-300, GDM dalnomerlari, EOD-1, SDD, “Kristall”, DS-2, DST-2, ST- 61, ST-62M, TD-2 dalnomerlari shular jumlasidandir. TD-2 dalnomeri yordamida 150-5000m masofani o’lchashdagi o’rtacha kvadratik xato 1.5 sm dan oshmaydi. Keyingi vaqtlarda ishlab chiqarilgan GD-314 dalnomeri ixchamligi bilan diqqatga sazovordir, 2000m gacha bo’lgan masofani bu dalnomer bilan 10 minutda o’lchash mumkin, bunda o’rtacha kvadratik xato 5 sm ga teng bo’ladi. Bulardan tashqari, kvant generatorli dalnomerlar ham ishlab chiqarilmoqda. Svetodalnomerlarda lazer qo’llanilishi ulardan kunduzgi foydalanish, dalnomerlarning vaznini kamaytirib, uni ixchamlashtirishga imkon beradi. Mamlakatimizda kvant generatorli svetodalnomerlarning “Kvars”, GD-316, KDG-3 va boshqa markadagilari ko’plab ishlab chiqarilmoqda. Hozir ishlatilayotgan va sinalayotgan svetodalnomerlarning kechasi qancha uzoqdagi masofani o’lchay olishi va masofa olishdagi xatosi jadvalda berilgan. Ma’lumki, ob-havo sharoiti svetodalnomerlarning o’lchash aniqligiga va masofasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Masalan, havoda ozgina tutun bo’lganda ham svetodalnomer bilan masofa o’lchash uzoqligi 6-10km qisqaradi. Shuning uchun jadvaldagi ma’lumotlar eng qulay ob-havo sharoiti uchun hisoblangan. Svetodalnomerlarning kunduzgi o’lchay oladigan masofasi kechasi o’lchay oladigan masofasidan ikki baravar qisqaroqdir. Shuning uchun lazerli dalnomerlar ishlab chiqarish katta ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda qo’llanilayotgan svetodalnomerlarni o’lchash aniqligiga, qanchalik uzoq masofani o’lchay olishiga va qanday maqsadlarda ishlatilishiga qarab shartli ravishda uch guruhga bo’lish mumkin. 1) juda aniq o’lchaydigan svetodalnomerlar. Bu dalnomerlar bilan 20-30 km masofani 1:300000-1:400000 aniqlikda o’lchash mumkin. Ular 1 va 2 klass davlat geodezik tayanch shaxobchalarini o’tkazayotganda masofa o’lchash maqsadida qo’llanadi. Bunday dalnomerlarga misol qilib EOD-1 “Kvars” va boshqa dalnomerlarni ko’rsatish mumkin. 2) o’lchash aniqligi o’rtacha svetodalnomerlar. Bu dalnomerlar yordamida 5-15 km masofani 1:100000-1:300000 aniqlikda o’lchash mumkin SVV-1, TD-2, “Kristall” 99 va boshqalar shunday dalnomerlar jumlasidandir. Ular 2 va3-klass davlat geodezik tayanch shaxobchalarining hamda mahalliy shaxobchalarning tomonlarini o’lchashda va boshqa muhandislik-geodezik masalalarini o’lchashda qo’llaniladi. 3) texnikaviy aniqlikdagi svetodalnomerlar. Bu dalnomerlar topografik dalnomer deb ham yuritiladi. Ular yordamida qariyib 5km gacha bo’lgan masofani 1:10000- 1:100000 aniqlikda o’lchash mumkin. Topografik dalnomerlar turli masshtabdagi topografik planlar olishda va muhandislik-geodezik ishlarda qo’llaniladi. Bu dalnomerlarga misol qilib DS-2, DST-2, ST-61, ST-62m va boshqa dalnomerlarni ko’rsatish mumkin. 1957-yili Janubiy Amerikada tellerometr deb atalgan radiodalnomer ishlab chiqarilgandan so’ng radiodalnomerlar geodeziya ishlarida keng qo’llanila boshladi. Shundan keyin turli mamlakatlarda radiodalnomerlar ustida ilmiy-tekshirish ishlari olib borilib xilma-xil radiodalnomerlar yaratildi. Radiodalnomerlardan ba’zilarining o’lchay oladigan masofasi va o’lchash xatoligi jadvalda berilgan. Jadvalda keltirilgan padiodalnomerlar ishlash prinsipi va tuzilishi jihatidan bir- biriga o’xshaydi. Ularda 10 metrlik diapazondagi qisqa radioto’lqinlardan foydalaniladi. Barcha radiodalnomerlar belgilangan to’rtta chastotada ishlaydi. Radiodalnomerlar bilan masofa o’lchashda aktiv nur qaytargichlar qo’llanilsa o’lchash masofasi 60 km, xatto 1000km ga uzayadi. Radiodalnomerlarning svetodalnomerlardan afzalligi shuki, ularni kunduzi, kechasi, xatto har xilob-havo sharoitida ham ishlatish mumkin. 7.2-jadval Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling