G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/199
Sana30.10.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1735273
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   199
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

8.1-rasm.Burchak o`lchash 
sxemasi 


102 
burchak yo’nalishini belgilash uchun xizmat qiladigan qarash trubasi hamda limb 
markazidan aylanadigan va sanoq olinadigan doira-alidada. Ana shu asbob teodolit  
deb ataladi. Teodolit nuqtaga shtativ va shovun yordamida o’rnatiladi. Teodolit 
qismlarining bir-biriga nisbatan qanchalik to’g’ri o’rnatilganligi adilak yordamida 
tekshiriladi.
Berilgan nuqtaning yerning tabiiy yuzasidagi o’rnini topish uchun ko’pincha 
joyda vertikal burchakni o’lchashga to’g’ri keladi. Vertikal burchak qiyalik burchagi 
deb ham yuritiladi. Qiyalik burchagi joydagi biror chiziq (AB) bilan uning 
gorizontal proyeksiyasi (Ab) orasidagi burchakdan iborat. Qiyalik burchagi (α
1

gorizontal tekislik (P) dan yuqorida bo’lsa, musbat qiyalik burchagi deb atalib
ishorasi musbat bo’ladi. Qiyalik burchagi α
2
gorizontal tekislik (P) dan pastda 
joylashgan bo’lsa, manfiy qiyalik burchagi yoki 
pasayish burchagi deb atalib, ishorasi manfiy 
bo’ladi. Mamlakatimizda ishlab chiqariladigan 
teodolitlar gorizontal burchaklarnigina emas, balki 
vertikal burchaklarni o’lchashga ham moslangan. 
Vertikal burchakni o’lchash uchun teodolitning 
qarash trubasi yoniga vertikal doira o’rnatilgan. 
Vertikal doira, dalnomer va bussol bilan 
ta`minlangan teodolitlar teodolit-taxeometr deb 
yuritiladi.
Teodolitning asosiy qismlari tuzilishi va 
bajaradigan ishiga qarab, o’rnatuvchi qismlar va ish qismlariga bo’linadi. Qarash 
trubasi, limb, alidada, vernyer va sanoq olish moslamari – ish qismlaridir, shtativ, 
shovun, taglik va adilaklar esa o’rnatish qismlaridir.Teodolitning sxemasi 52-
rasmda berilgan. Teodolitning limbi 1va alidadasi 2 gorizontal doirani tashkil etadi. 
Alidadaning aylanish o’qi asbobning aylanish o’qi 3 deb ataladi, bu o’q limbning 
ichi kovak o’qi 4 ga, limb o’qi esa taglik 5ning vtulkasiga kirib turadi. Teodolit 
shtativ 6 ga o’rnatilgandataglikning ko’tarish vintlari 7 shtativ kallagiga tiralib 
turadi. Teodolit shtativda o’rnatish vinti 8 yordamida mahkamlab qo’yiladi. 
 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling