G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/199
Sana30.10.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1735273
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   199
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

8.2-rasm.Teodolitni tuzilishi 


103 
O’rnatish vintining uchida ilgagi 9 bor; asbobni nuqtaga markazlashtirish uchun 
hizmat qiladigan shovun 10 shu ilgakka osiladi. Teodolitning qarash trubasi 11 
gorizontal o’q 12 yordamida alidada tayanchi 13 ga o’rnatiladi. Vertikal doira ham 
limb bilan alidadadan iborat. Uning limbi qarash trubasi bilan bir o’qda joylashgan 
bo’lib, truba bilan birga aylanadi. Qarash trubasini gorizontal o’q atrifida vertikal 
tekislikda 180
o
aylantirish mumkin; bunga qarash trubasini zenit bo’yicha 
aylantirish deyiladi. Qarash trubasini mahkamlash 14va yo’naltirish 15 vintlari uni 
mahkamlab qo’yish va vertikal yo’nalishda salgina aylantirish uchun xizmat qiladi. 
Bunday vintlar 16 va 17 gorizontal doiraning limbida bo’lgani singari, gorizontal 
doiraning alidadasida ham bor. Limb tekisligini gorizontal vaziyatga va asbobning 
aylanish o’qini vertikal vaziyatga keltirish uchun bitta, ba`zi teodolitlarda esa bir-
biriga perpendikulyar qilib ikkita adilak 18, limb va vernyer shtrixlarini hamda 
raqamlarini kattalashtirib ko’rsatish uchun lupalar 19 o’rnatilgan. Zarbdan, 
changdan himoyalash maqsadida teodolitning asosiy qismlari g’ilof bilan 
berkitilgan. Ishlatilmagan vaqtida va bir joydan ikkinchi joyga olib borishda teodolit 
maxsus qutiga yoki g’ilofga joylanadi.
8.2. Teodolitning o’rnatish qismlari 
 
Shtativ. Shtativ (8.3-rasm) teodolit o’rnatiladigan uchoyoq bo’lib, uni 
yerdan birmuncha baland ko’tarib, ishlash uchun qulaylik 
tug’diradi. Shtativ metall yoki qattiq yog’ochdan yasalgan 
uchoyoq 1va matall kallak 2 dan iborat. Gaykali vintlar 3ni 
burab, shtativ oyoqlarini uzaytirish va qisqartirish mumkin. 
Shtativ oyoqlariga o’tkir uchli temir qalpoqcha 4 
kiygizilgan. Qalpoq-chalarda shtativning oyoqlarini yerga 
kiritiladigan tirgak 5lar bor. Shtativ kallagining o’rtasi 
teshik; shtativni taglikka 
mahkamlashda asbobning 
o’rnatish vinti shu teshikka burab kiritiladi. 
Shovun. Shovun teodolitni nuqtaga markazlashtirish, ya`ni uning aylanish 
o’qini joydagi nuqta markaziga to’g’rilash uchun kerak bo’ladi. Shovunning oddiy 
va optic turlari bor. Oddiy shovun og’irligi 100-150- g keladigan o’tkir uchli metal 
 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling