G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/199
Sana30.10.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1735273
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   199
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

 
 
8.7-rasm.Vernyer 


107 
sanoq olinadi. Agar alidada ko’rsatkichi limbning ikki shtricning oralig’iga tog’ri 
kelsa, sanoqni ko’z bilan chamalab olishga to’g’ri keladi. Bunday sanoqni aniq olish 
uchun vernyer va sanoq olish moslamalaridan foydalaniladi.
Vernyer limbdan sanoq olish aniqligini oshirish uchun alidadaga chizilgan 
shkaladan iborat. Limb bo’lak qiymatini l bilan va alidadadagi shkala bo’laklar 
sonini n bilan belgilasak, vernyer aniqligi t quyidagiga teng bo’ladi: 
t =
l
n + 1
(8.2) 
Limbdan dastlab uning nol shtrixidan alidada ko’rsatkichiga qadar bo’lgan 
sanoq (gradus va minutlar) olinadi, so’ngra vernyerning qaysi shtrixi limb shtrixiga 
to’g’ri kelgan bo’lsa, alidada ko’rsatkichidan shu shtrixgacha bo’lgan sanoq (minut 
va sekundlar) olinadi. Masalan (8.7- rasm a) da vernyer aniqligi 
20′
40′
= 30′; limbdan 
olingan sanoq 50
o
20’; vernyerdan olingan sanoq 10’; umumiy sanoq 50
o
30’;
(8.7-rasm.b) vernyer aniqligi 
10′
20′
= 30"; limbdan olingan sanoq 20
o
10’; vernyerdan 
olingan sanoq 4’; umumiy sanoq esa 20
o
14’30” dir. Vernyerning nol shtrixi oldidagi 
va oxirgi shtrixi orqasidagi shtrixlar vernyerdan sanoq olishni osonlashtirish 
maqsadida chizilgan bo’lib, vernyer aniqligini hisoblashda e`tiborga olinmaydi. 
Limdan sanoq olish aniqligini oshirish va alidada ekssentisiteti ta`sirini 
kamaytirish uchun alidadaga ikkita vernyer qilingan. Alidada ekssentisiteti limb 
bilan alidade markazining bir-biriga to’g’ri kemasligi natijasida ro’y beradi. 
Ekssentisitet ro’y bermaganda har ikkala vernyerdan olingan sanoqlar bir-biridan 
180
o
farq qilishi kerak. Ikkala vernyerdan olingan sanoqlar farqi 180±2t dan katta 
bo’lsa, alidade ekssentisiteti ro’y beradi; uning ta`sirini yo’qotish uchun burchak 
o’lchashda doimo ikkala vernyerdan sanoqlar olinadi va ularning o’rtachasi hisoblab 
chiqariladi. 
Limb va vernyer bo’laklarini oddiy ko’z bilan kuzatish ancha qiyin. Shuning 
uchun limb va vernyerdan sanoq olishda lupadan foydalaniladi. Vernyer metall 
limbli teodolitlarda ishlatiladi. Optik teodolitlarda limb bo’laklarini kuzatish va 


108 
sanoq olish aniqligini oshirish uchun maxsus sanoq olish moslamalari- shtrixli yoki 
shkalali mikroskoplar ishlatiladi.

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling