G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/199
Sana30.10.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1735273
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   199
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

 
1.2-rasm.Gorizont pasayish 
burchagi 


10 
Muhammad G’aznaviyning Hindistonga qilgan yurishlaridan birida Nandanada 
(32
o
shimoliy kenglikda) tog’ tepasiga chiqib, astrolyabiya, ya’ni burchak o’lchash 
asbobi yordamida gorizont pasayish burchagini (1.2-rasmda α burchak) o’lchagan. 
Shu bilan birga, tog’ning balandligi (h) ni ham aniqlagan 
(1.2-rasm). Yer sharining radiusi quyidagi formula bilan aniqlangan. 
R =
cos α
1 − cos α
∙ h (1.3) 
Olim Abu Rayhon Beruniyning aniqlashicha, Yer meridianing 32
o
shimoliy 
kenglikdagi 1
o
yoyning uzunligi 55,887 milga teng bo`lgan.Hozirgi o’lchovlar
birligida 110,275 km ga tengdir. Bizni zamonimizda kelib bu qiymat hisoblashlarga 
ko’ra 32
o
shimoliy kenglikda meridian 1
o
yoyning uzunligi 110,88 km teng. Demak, 
Abu Rayxon Beruniyning gradus o’lchash natijari o’z davri uchun juda aniq bo’lib 
hisoblanadi.
XIX asr boshlarida turli mamlakatlarda astronomiya, geodeziya sohasida olib 
borilgan ishlar yerning shakli ellipsoididan bir oz farq qilishini ko’rsatdi. Masalan, 
buyuk olim Laplas Fransiya va boshqa davlatlarda olib borilgan gradus o’lchashlar 
natijasini tahlil qilib, meridian 1
o
ning uzunligi ekvatordan qutblarga tomon bir 
xilda kamaymasligini aniqladi. Shunga asoslanib yer o’ziga xos noaniq shaklga ega 
ekan degan hulosaga kelindi.1873 yilda nemis fizigi I.V.Listing Yerning shaklini 
geoid deb atalishini taklif etdi. Shundan so’ng Yerning haqiqiy shakli bo’lgan geoid 
shakliga yaqin keladigan va undan juda farq qiladigan ellipsoidning kattaligini 
aniqlash zaruriyati paydo bo’lib qoldi. Buning uchun yer yuzining faqat bir 
qismigina emas, balki turli joylarida o’tkazilgan gradus o’lchash natijalaridan 
foydalanishga to’g’ri keldi. Geoid shakli Yerning tortish kuchiga bog’liq 
bo’lganligidan gravimetrik ishlar ham olib borildi. 
Yerning kattaligini aniqlashda Rossiyada bajarilgan gradus o’lchashning 
ahamiyati juda katta.Masalan, 1816 yildan boshlab geodezist K.I.Tenner 
rahbarligida Rossiyaning 
harbiy chegarasidagi 
guberniyalarda, astronom 
V.Ya.Struve rahbarligida Boltiq bo’yi guberniyalarida gradus o’lchash ishlari olib 


11 
borilib, bu ishlar 1850 yigacha davom etgan va Dunay daryosining quyilish joyidan 
to Skandinaviya yarim orolining shimoliy qirg’og’igacha bo’lgan 25º20’ meridian 
yoyining uzunligi hisoblab chiqarilgan.Bu yoyga “Struve yoyi” deb nom 
berilgan.Bu XIX asrning birinchi yarmida bajarilgan eng yirik gradus o’lchash 
hisoblanadi. 
Geodeziya fanini nazariy jihatdan rivojlantirishda rus olimlari P.L. 
Chebishev., A.P. Bolotov., N.Y. Singer., va boshqalar salmoqli hissa qo’shgan. 
1928yilda mashhur geodezist F.N.Krasovskiy davlat hududida geodezik tayanch 
shoxobchalarni barpo etish va topografik tasvirga olish ishlarining dasturini tuzib 
chiqqan.1933yilda davlat hududini gravimetrik planini olish ishlari olib 
borilgan.1945 yilda sobiq ittifoq hududining 1:1000000 masshtabli xaritalari 
tuzilgan. Aerotopografik tasvirga olish ishlariga F.V.Drobishev., M.D.Koshin., 
A.N.Lobanov, 
N.G.Viduyev, 
G.F.Glotov, 
N.N.Lebedevlar 
muhandislik 
inshootlarini barpo etishda geodezik ishlarni bajarish usullarini yaratishga katta 
hissa qo’shganlar. 
Hozirda ham o’zbek olimlari ham yirik korxonalarda olib boriladigan 
geodezik va marksheyderlik ishlarni bajarish usullarni tadqiq qilishda samarali 
ishlar qilganlar. Hozirda ham Geodeziyava marksheyderlik ishi fani xalq manfaatini 
ko’zlab, xalq xo’jaligini rivojlantirish va mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini 
oshirish uchun xizmat qilmoqda. 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling