G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
16.2-rasm. Chegaraviy burchaklar
Qazib olingan bo‘shliqni tiklanish tomonidan siljish muldasi chegaralari quyidagi chegara burchaklari bilan aniqlanadi: 0 (asos jinslarda), om (mezozoy qatlamlarda), 0 (yuqori qatlamlarda). Qatlam ostki yon tamon jinslarini siljishi tog‘ jinslarini og‘ish burchaklari katta bo‘lganda = 70 56 n hosil bo‘ladi. n qiymatlari tog‘ jinslarining tarkibi va qattiqligiga bog‘liq. Qatlamning yotiqligi bo‘yicha siljishi mulda chegaralari quyidagi chegara burchaklari bilan harakterlanadi: 0 (asos jinslarida), om (mezozoy qatlamlarida), 0 (ustki qatlamlarda). Yer yuzasida siljish muldasining asosidagi maksimal cho‘kish nuqtalari va 3 (yotiqlik bo‘yicha kesimda) yoki , 1 , 2 (yotiqlikka ko‘ndalang kesimda) 278 aniqlanadi.Maksimal cho‘kish burchagi deb, yotiqlikka ko‘ndalang kesimda gorizontal chiziq bilan qazish bilan lahim o‘rtasini maksimal cho‘kish nuqtasi bilan birlashtiruvchi chiziq o‘rtasida hosil bo‘lgan o‘tkir burchakka aytiladi. To‘liq siljish burchaklari –qazib olingan bo‘shliqqa nisbatan ichki burchaklar bo‘lib, siljish muldasining vertikal kesimlarida qatlam tekisligi bilan lahim chegaralarini siljish muldasi asosi chegaralarini birlashtiruvchi chiziqlar orasida hosil bo‘lgan burchaklar hisoblanadi. Ko‘rsatilgan nuqtalarda cho‘kish qiymatlari 10-20% ga maksimal qiymatidan farq qilmasligi lozim. Siljish muldasi oralig‘ida havfli ta’sir zonalari aniqlanadi, u yerda deformatsiyalar kritik qiymatdan katta bo‘lib, inshoatlarga havf tug‘diradi. Kritik deformatsiya sifatida yer yuzasi qiyaligi 3 10 4 − = c ; yer yuzasi egriligi 3 10 2 , 0 − = k 1/m; yer yuzasi cho‘zilganligi 3 10 2 − = deb qabul qilingan. Yer yuzasining egriligi deganda ikki qo‘shni interval qiyaliklar farqini ushbu interval uzunlikari yig‘indisi yarmisi nisbatiga tushuniladi. Qazish lahimni og‘ish tamoniga nisbatan yer yuzasiga havfli ta’sir zonasi quyidagi burchaklar bilan aniqlanadi: (asos jinslarda), M (mezozoy qatlamlarda), (ustki qatlamlardagi siljish burchaklari). Qazish lahimining tiklanish tamonidan esa (asos jinslarida), M (mezozoy qatlamlarda) va (ustki qatlamlardagi) siljish burchaklari. Siljish burchaklari deb qazib olingan bo‘shliqqa nisbatan olingan tashqi burchaklarga tushuniladi, ular siljish muldasi orqali o‘tkazilgan vertikal kesimlardagi gorizontal chiziq bilan asos jinslari, mezozoy qatlami va ustki qatlamlar orqali o‘tkazilgan chiziqlar orasida hosil bo‘lgan burchak hisoblanadi. Ruda konlarini qazishda siljish muldasida o‘pirilish varonka va darzlik zonalari bo‘ladi. Qatlam yotiqligi va unga ko‘ndalang bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha mulda kesimlaridagi gorizontal chiziq bilan yer yuzasidagi oxirgi darzlikni qazib olingan bo‘shliq chegarasi bilan birlashtiruvchi chiziq o‘rtasida hosil bo‘lgan burchaklar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling