G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I


Geodeziya fani quyidagi tarmoqlarga bo`linadi


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/199
Sana30.10.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1735273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   199
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Geodeziya fani quyidagi tarmoqlarga bo`linadi: 
Oliy geodeziya - Yerning shakli va kattaligi,gravitatsion maydoni, yer 
yuzasidagi nuqtalarni yagona koordinata tizimida aniqlash bilan shug`ullanadigan 
fan.Yerning shakli va kattaligini aniqlash, geodezik tayanch shoxobchalarini barpo 
qilish oliy geodeziya fanining vazifasidir. 
Kosmik geodeziya- Yerning shaklini aniqlash,materiklardan dunyo 
okeanidagi orollarga nuqta koordinatalarini uzatish, yer yuzasida o`tkazilgan asosiy 
geodezik ishlarni yagona tizimiga birlashtirish, materiklardagi geodezik tayanch 
shoxobchalarini tekshirish bilan shug`ullanadigan fandir. 
Selenogeodeziya – Oyning shakli, kattaligini va Oy yuzasi xaritasini tuzishni 
o`rganish. 
Planegeodeziya- Quyosh sistemasidagi planetalarning shakli va kattaligini 
hamda ular yuzasining xaritasini tuzish bilan shug`ullanadigan fandir. 



Radiogeodeziya- radiolokatsiya usullari bilan yer yuzasidagi nuqtalarning 
koordinatalarini aniqlash, radiogeodezik asboblar yordamida masofalarni o`lchashni 
o`rganadi (svetodalnomer,radiodalnomer). 
Fototopografiyageodeziyaning joyni yerda turibolingan suratlariga 
asoslanib topografik xarita va planlar tuzish ishi bilan shug`ullanadigan tarmog`idir. 
Aerofototopografiya – joyni samolyotda o`rnatilgan maxsus asboblar 
yordamida olingan suratlariga asoslanib xarita va plan tuzish ishi bilan 
shug`ullanadi. 
Topografiya- geodeziyaning topografik plan olish nazariyasi va amaliyoti 
bilan shug`ullanadigan tarmog`idir. Topografik xarita va planl asoslanib ar tuzishda 
aviatsiya ,fotografiyaning keng ishlatilishi tufayli fotografiya va aerofototopografiya 
sohalari vujudga keldi. 
Kartografiya-Yer yuzasining xaritalarini tuzish, o`rganish va foydalanish 
usullarini o`rganadigan fan. 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling