G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I
Masofani bevosita o’lchash asboblari va ularni tekshirish
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.1-rasm. Ruletka
7.2. Masofani bevosita o’lchash asboblari va ularni tekshirish
Ma’lumki masofani bevosita o’lchash asboblariga po’lat lenta, ruletka, invar simlar va boshqalar kiradi. Muhandislik-geodeziya ishlarida masofani bevosita o’lchashda ko’proq po’lat lentadan foydalaniladi. Po’lat lenta uzunligi 20, 24 yoki 50 m, qalinligi 0.3,0.5mm va eni 15- 20mm bo’lgan po’lat tasmadan iborat. Po’lat lentalar shtrixli (7.1-rasm a) yoki shkalali (7.1-rasm b) bo’ladi. Shtrixli lentaning boshlang’ich shtixiga ilgak shakliga kesik qilingan; masofa o’lchanayotganda shpilka shu kesikka kiritiladi. Har bir po’lat lentaning 6 yoki 11ta shpilkasi bo’ladi. Lentalar har bir metri tunukachalar bilan, yarim metrli bo’laklari chegalar bilan, detsimetrlari esa teshikchalar bilan belgilangan. Lentaning ikki uchida dastasi bor. Lentaning ikkala tomoni ham chiziqchalar bilan 20 teng qismga bo’linib, 0 dan 20 gacha raqamlar bilan ko’rsatilgan. Ularning bir tomonidagi raqamlar to’g’ri yo’nalishda, ikkinchi tomonidagi raqamlar esa unga qarama-qarshi yo’nalishda yozilgan. Shkalali lentaning ikkala uchida millimeterlarga bo’lingan shkalasi bor. Shkalali lenta masofani aniqroq o’lchashda ishlatiladi.Po’lat lentani olib yurish oson bo’lishi uchun u temir xalqa ustiga o’ralib, qisqichlar bilan qisib mahkamlanadi. 1951-yilda A.A. Lukerin xlorein izoltaysiyali, yetti qavatli telefonsimidan tayyorlangan masofa o’lchash asbobini taklif etgan. Uning uzunligi 24.50 va 100 m. Bu asbobdan po’lat lenta o’rnida foydalaniladi. Ruletka uzunligi 5,10 va 20m,50 m, keladigan tasma yoki po’lat lentadan iborat bo’lib, dasta yordamida dumaloq shakldagi quti ichiga o’raladi.Ruletkaning lentasi chiziqlar bilan metr, santimetr va millimetrga bo’lingan. Qisqa masofalarni, 7.1-rasm. Ruletka 80 uy, hovli va uchatskalar satxini o’lchashda ruletkadan foydalaniladi. Tasmali ruletka har gal ishlatilganidan so’ng quritilishi kerak, aks holda o’lchami o’zgarishi va tezda yirtilishi mumkin. Po’lat lentali ruletka esa ishlatilgandan keyin zanglamasligi uchun artib, moylab qo’yiladi. Masofalarni juda aniq o’lchashda invar lenta va po’lat yoki invar sim ishlatiladi. Bu lenta va simning ikkala uchida millimetrlarga bo’lingan shkalasi bor. Masofani o’lchash paytida lenta yoki sim o’lchanadigan masofada to’g’ri chiziq bo’yicha o’rnatilgan shtativ yoki qoziqlar ustidan tortiladi va ikkala uchiga biriktirilgan qadoq toshlar yoki dinamometr yordamida taranglatib qo’yiladi (7.2- rasm). Shtativ yoki qoziqlar oralig’i bir necha marta o’lchanib o’rtacha uzunlik hisoblab chiqariladi. MDHda bu asboblardan tashqari, masofani aniq o’lchaydigan basis asboblari deb ataladigan BP-1, BP-2 va BP-3 asboblari ham ishlatiladi. Ishlatishdan oldin masofa o’lchash asboblari tekshirilishi, ya’ni uzunligi ma’lum bo’lgan mahsus asbobga – komparatorga taqqoslanishi kerak. Komporatorlar mahsus laboratoriyalarda bo’ladi. Po’lat lentalar qattiq yog’ochdan yasalgan tekis to’sin ko’rinishidagi va ikkala uchiga shkalalar kelingan komporator yordamida tekshirilishi mumkin. Bunda po’lat lenta komporator ustiga qo’yilib, uzunligi aniqlanadi- bunga komporirlash deyiladi. Komporator bo’lmagan taqdirda uzunligi komporatorga taqqoslab oldindan tekshirib qo’yilgan normal uzunlikdagi lentadan komporator o’rnida foydalaniladi. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling