G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.5-rasm.Ipli dalnomer yordamida masofa o`lchash
Masofani ipli dalnomer bilan
o’lchash. Teodolit bilan nivelirning qarash trubasidagi dalnomer o’zgarmas burchakli qilib yasalgan. Qarash trubasining iplar to’ridagi gorizontal chiziqqa parallel qilib (gorizontal chiziqdan teng oraliqda) o’tkazilgan ikkita qo’shimcha chiziqqa dalnomer iplar, dalnomerning o’ziga esa ipli dalnomer deyiladi. 7.5-rasm.Ipli dalnomer yordamida masofa o`lchash 87 Dalnomeri o’zgarmas burchakli teodolit yoki nivelir bilan biror masofani, masalan (KL) chiziqning uzunligini o’lchash kerak deylik (7.5-rasm). Bunda o’lchash asbobi (K) nuqtaga reyka esa (L) nuqtaga o’rnatiladi. Qarash trubasi reykaga vizirlanganda reykaning (AB) qismi dalnomer chiziqlari orasiga to’g’ri keladi. Shunda (ABO) va (abo) uchburchaklarning o’xshashligidan quyidagini yozish mumkin: AB ab = OC Oc (7.11) bu yerda (AB)- reykaning dalnomer chiziqlari orasida ko’ringan qismi (l); (OC)-asbobning obyektividan reykagacha bo’lgan masofa (E); (Oc)- qarash trubasining focus oralig’i (f); (ab) -dalnomer iplarining oralig’i (p). (l, E, f, larni (7.11) formulaga qoyib chiqsak, formula quyidagi ko’rinishga keladi : l p = E f bundan E = f p ∙ l (7.12) (f) bilan p o’zgarmas bo’lganligidan dalnomer koeffitsienti f p ham o’zgarmas bo’ladi. Dalnomer bilan o’lchash masofasi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi E = kl (7.13) (7.13) formula yordamida obyektivning oldingi fokusidan reykagacha bo’lgan masofa hisoblab topiladi. Amalda chiziqning haqiqiy uzunligi asbob o’rnatilgan nuqtadan, ya’ni asbobning vertikal o’qidan reykagacha bo’lgan masofa (D) ga teng bo’lganligidan formulada asbobning vertikal o’qidan obyektivning oldingi fokusigacha bo’lgan oraliq (δ+f) e’tiborga olinishi kerak. Shunda (7.13) formula quyidagicha bo’ladi: D = E + f + δ = kl + f + δ. (7.14) Agar δ+f=c bo’lsa, (7.14) formula D = kl + c (7.15) bo’ladi; 88 bu yerda c-dalnomerning doimiy qo’shiluvchisi; qarash trubasi ichidan fokuslanuvchi teodolitlarda c=0. Dalnomer koeffitsientini topish uchun tekis joyda uzunligi 100-120m keladigan chiziq olib, chiziq boshlangan nuqtaga qoziq qoqiladi, so’ngra qoziqdan boshlab po’lat lenta yordamida 20,40,60,80,100 va 120 m lik masofalar o’lchanib, har 20 m dan keyin qoziqcha qoqiladi. Shundan so’ng chiziqning boshlang’ich nuqtasiga asbob (teodolit), qoziqchalarga esa birin-krtin reykalar o’rnatiladi, qarash trubasining gorizontal holatida bu reykalardan dalnomerning chetki iplari bo’yicha sanoq (n 1 va n 2 ) olinadi. Har gal olingan sanoqlarning farqi (n 2 -n 1 ) asbob o’rnatilgan nuqta bilan reyka o’rnatilgan qoziqqacha bo’lgan masofaga teng bo’lishi kerak. Dalnomer koeffitsienti quyidagi formula yordamida har bir masofa uchun alohida-alohida hisoblab topiladi: k 1 = l n 2 − n 1 (7.16) bu yerda: (l)-asbob o’rnatilgan nuqtadan qoziqqacha bo’lgan (lenta bilan o’lchangan) masofa; n 1 –dalnomerning ustki ipidan olingan sanoq; n 2 –dalnomerning pastki ipidan olingan sanoq. Barcha o’lchashlarning o’rta arifmetik miqdori dalnomer koeffitsienti bo’ladi: K = k 1 + k 2 + k 3 + ⋯ + k n n (7.17) Masofani ipli dalnomer bilan o’lchash uchun masofa boshlangan nuqtaga dalnomerli asbob,oxirgi nuqtaga reyka tik o’rnatiladi, asbobning qarash trubasi reykaga to’g’rilanadi (vizirlanadi), dalnomer iplari oralig’iga to’g’ri kelgan reykaning bo’limlari hisoblanadi, bu bo’limlar (santimetrlar) 100 ga ko’paytiril-gach masofaning uzunligi kelib chiqadi. Masalan 7.6-rasmda dalnomer iplari (aa va bb) orasiga reykaning 21,3 sm li bo’limi to’g’ri kelgan. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling