94
bu yerda (
λ= u / f) - elektromagnit tebranish to’lqin uzunligi.
Fazali dalnomerlar afzalligi (
D) qiymatini yuqori aniqlikda, 1:1 000 - 1:1 500
tebranish davrining hissasiga teng o’lchashdan iborat.
Hozirgi zamon fazali dalnomerlarda elektromagnit
tebranish chastotasi
(
f =108Gts), tebranish davri (
T= Т=10-8s), vaqt o’lchash aniqligi (
mt=10-11sni)
tashkil qiladi.(
Mt) vaqt davomida elektromagnit tebranishlar havoda3 mm ga yaqin
masofani bosib o’tadi.
Shunday qilib, fazali dalnomerlar masofani mm aniqlikda o’lchash imkonini
beradi.
(56) formuladagi (
N)har qanday butun son qiymatga ega bo’lishi mumkin, bu
esa formulani yechishda noaniqlikka olib keladi. Masalani yechish uchun bir tekis
chastota usuli va belgilangan chastota usuli qo’llaniladi.
Bu usullardan qaysi biri
qo’llanilganiga qarab dalnomerning konstruktiv chizmasi va texnik ko’rsatkichlari
ma’lum darajada o’zgaradi.
Hozirgi paytda ishlab chiqarilayotgan dalnomerlarda
uzatgich va qabul
qilgich moslamalari bir blokda joylashgan va u
chiziq bosh uchi nuqtasida
markazlashtiriladi, qaytargich esa chiziqning oxirgi uchida o’rnatiladi. Ularda(
t)
qiymatini o’lchash ikki usulda bajariladi: bevosita impulsli deb ataluvchi elektron
sekund o’lchagich
bilan va bilvosita, modullashtirib
qaytargichga yuborilgan nur
oqimi bilan undan qaytib kelganini fazasi bo’yicha solishtirib aniqlash usuli bilan.
Elektron dalnomerlar bo’yicha qabul qilingan standartga asosan ular aniqligi
va vazifasiga qarab 3 guruhga bo’lingan: (
G, Pva T) guruhlar, ularning tavsifi 8-
jadvalda keltirilgan.
(G) va (
P) guruhlariga kiruvchi dalnomerlar davlat
geodezik tarmoqlarini
barpo etishda va amaliy geodezik ishlarda qo’llanadi. (
T) guruhi
esa zichlash
tarmoqlarini barpo etish va topografik ishlarda ishlatiladi.