G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Yorug’lik
dalnomerlar guruhi Koeffitsiyentlar qiymati Masofa o’lchash chegaralari a, mm b, mm quyi yuqori G 5; 10 1; 2 0,5 15 - 20 P 0,3; 0,5; 1; 2 0,3; 0,5; 1; 2 0,002 0,1 - 3 T 5; 10 3; 2; 5 0,002 1 - 15 Ular bilan masofa o’lchashda yo’l qo’yarli o’rta kvadratik xato cheki quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi: (7.26) bu yerda: a va b- koeffitsiyentlar (qiymatlari 7.1-jadvalda berilgan); (D)- o’lchanadigan masofa, mm. Dalnomerlar nomidagi belgilar quyidagi ma’nolarni bildiradi: (S) - asbob nomidagi bosh harf (S - svetodalnomer); (G, P va T) - guruh belgilari; (N) - ko’rish trubasi oboyektiviga kiydiriladi (N - nasadka); keltirilgan raqam esa o’lchanadigan masofaning eng yuqori qiymatini bildiradi. Misol: SG-20 belgida (G) guruhidagi yorug’lik dalnomer (svetodalnomer), 20 km gacha masofani o’lchashga mo’ljallangan; ST-15N belgida (T) guruhidagi Yorug’lik dalnomeri, o’lchanadigan masofa 15 km gacha, ko’rish trubasi ob’yektiviga kiydiriladi; SP-02 belgida (P)guruhiga kiradigan Yorug’lik dalnomeri, 2 km gacha masofa o’lchashga yaroqli. Dalnomerlarni loyihalab ishlab chiqaradigan yetakchi davlatlar AQSH, Germaniya, Rossiya, Shveysariya, Shvetsiya, Angliya va Yaponiya hisoblanadi. (G)guruhdagi dalnomerlarda yorug’lik tarqatish manbai bo’lib quvvati 2 - 10 (mVm) bo’lgan geliy neon gaz lazerlari xizmat qiladi. Ularga misol qilib, “Koyfel va Esser“ (AЈSh) firmasining Reydjmaster; „AGA Geotroniks“ (Shvetsiya) firmasining geodimetrlari 8 va 600; Rossiyaning „Kvars“ va „Granat“ yorug’lik dalnomerlarini ko’rsatish mumkin. Amaliy geodezik ishlarida qo’llanadigan (P 96 guruhi) dalnomerlarga MA 100 „Tellurometr“ (Angliya); MSDQM, SPOZ (Rossiya); Mekometr 3000 „Kern“ (Shveysariya) kiradi. (T) guruhiga kiradigan dalnomerlar: 2SM-2, SM-5, ST-5 “Blesk”, 3SM-2 (Rossiya); Bitl “Presiji interneyshl” (AQSH); Eldi 2 “Opton” (Gremaniya); 100, 112, 14 A, 120 geodimetrlar “AGA Geotronika” (Shvetsiya); SD-6 “Tellurometr” (Angliya) va boshqalar. Ma’lumki hozirgi paytda geodeziya bo’yicha mutaxassisliklari uchun asosiy asbob “elektron taxeometrlar” hisoblanadi.Ushbu asbobda mujassamlangan elektron dalnomer yordamida joy sharoitini hisobga olmasdan oson va tez ravishda yuqori aniqligi bilan masofani o’lchash mumkin. 7.11-rasm va 7.12-rasmlarda keltirilgan zamonaviy elektron taxeometrlar masofalarning gorizontal qiymatlarini aniqlash uchun algoritmlar bilan jihozlanagan. Injenerlik qidiruv ishlarni olib borishda ma’lumotlarni avtomatik tarzda real vaqt rejimida qayd etish uchun standartli moslamalar mavjud. Masofa o’lchashining standartli vaqti 1,5 s dan 3 s gacha. Takroriy avtomatik o’lchashlar murakkab klimatik sharoitlarda ishonchli natijalarni hosil qilish uchun qo’llanadi. 1 Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling