G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I
Svetodalnomer va radiodalnomerlar
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
7.7. Svetodalnomer va radiodalnomerlar Svetodalnomer va radiodalnomerlar ikki nuqta orasidagi masofani o’lchashda elektromagnit to’lqinlarining shu nuqtalar orasida tarqalish vaqtini aniqlashga asoslangan. Masalan, (A va B) nuqtalar oralig’ini o’lchash uchun (A) nuqtaga dalnomer, (B) nuqtaga elektromagnit to’lqinlarini qaytaruvchi asbob o’rnatiladi. Dalnomerdan chiqqan elektromagnit nurlar nur qaytargichdan aks etib, dalnomerning qabul qilish moslamasiga qaytib keladi. Nurlarning dalnomerdan nur qaytargincha yetib borgan 1 Schofield W., Breach M. Engineering surveying. Oxford, “Elsevier”, 2007, 128-129 pages. 7.11-rasm.Svetodalnomer bilan o`lchash sxemasi 97 va undan aks etib dalnomerning qabul qilish moslamasiga qaytgan vaqtini hisoblab topgach, (A va B) nuqtalar orasidagi masofani quyidagi formula bo’yicha aniqlash mumkin. D = vt 2 (7.27) bu yerda (v)- elektromagnit to’lqinlarining atmosferada tarqalish tezligi. Nur qaytargich ikki xil bo’lishi mumkin: 1) dalnometrdan chiqqan elektromagnit to’lqinlarini qabul qilib olib, chastotasi yoki amplitudasini o’zgartirib qaytaradigan asbob; bunday asbob aktiv qaytargich deb ataladi va radiodalnomerlarda qo’llaniladi; 2) dalnomerdan chiqqan elektromagnit to’lqinlarini o’zgartirmasdan qaytaradigan asbob; bu asbob passiv qaytargich deb ataladi va barcha svetodalnomerlarda ishlatiladi. Passiv nur qaytargichlar prizma va linzalardan tayyorlanadi. Elektromagnit to’lqinlarining tarqalish tezligi v impulsi yoki fazoli uslubda o’lchanishi mumkin. Impulsli uslubda elektromagnit to’lqinlarining tarqalish tezligi bevosita o’lchanadi; fazoli uslubda esa dalnomerdan chiqqan va nur qaytargichdan aks etib qaytgan elektromagnit to’lqinlarining farqi o’lchanadi va elektromagnit nurining tarqalish tezligi shu farqdan foydalanib aniqlanadi. Shunga yarasha dalnomerlar impulsli va fazoviy dalnomerlarga bo’linadi. Elektromagnit to’lqinlarining tarqalish tezligini impulsli uslubda bevosita o’lchash aniqligi fazoli uslubda bevosita o’lchash aniqligidan kamroqdir. Shuning uchun hozirgi vaqtda qo’llanilayotgan svetodalnomer va radio dalnomerlarning bir- biridan farqi shundaki, svetodalnomerlarda elektromagnit nurlar sifatida yorug’lik nuridan, radiodalnomerlarda esa turli diapazondagi radioto’lqinlardan foydalaniladi. Birinchi svetodalnomerni 1936 yilda V.V.Balakov va V.G. Vafiadi lar ixtiro qildi. Keyinchalik svetodalnomerlarning boshqa yangi turlari paydo bo’ldi; SVV-1 dalnomeri, modulyatsiyali interferetsion dalnomer, modulyatorli difraksion Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling