G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yerning shaklini geoid deb
1.2-rasm.Gorizont pasayish burchagi 10 Muhammad G’aznaviyning Hindistonga qilgan yurishlaridan birida Nandanada (32 o shimoliy kenglikda) tog’ tepasiga chiqib, astrolyabiya, ya’ni burchak o’lchash asbobi yordamida gorizont pasayish burchagini (1.2-rasmda α burchak) o’lchagan. Shu bilan birga, tog’ning balandligi (h) ni ham aniqlagan (1.2-rasm). Yer sharining radiusi quyidagi formula bilan aniqlangan. R = cos α 1 − cos α ∙ h (1.3) Olim Abu Rayhon Beruniyning aniqlashicha, Yer meridianing 32 o shimoliy kenglikdagi 1 o yoyning uzunligi 55,887 milga teng bo`lgan.Hozirgi o’lchovlar birligida 110,275 km ga tengdir. Bizni zamonimizda kelib bu qiymat hisoblashlarga ko’ra 32 o shimoliy kenglikda meridian 1 o yoyning uzunligi 110,88 km teng. Demak, Abu Rayxon Beruniyning gradus o’lchash natijari o’z davri uchun juda aniq bo’lib hisoblanadi. XIX asr boshlarida turli mamlakatlarda astronomiya, geodeziya sohasida olib borilgan ishlar yerning shakli ellipsoididan bir oz farq qilishini ko’rsatdi. Masalan, buyuk olim Laplas Fransiya va boshqa davlatlarda olib borilgan gradus o’lchashlar natijasini tahlil qilib, meridian 1 o ning uzunligi ekvatordan qutblarga tomon bir xilda kamaymasligini aniqladi. Shunga asoslanib yer o’ziga xos noaniq shaklga ega ekan degan hulosaga kelindi.1873 yilda nemis fizigi I.V.Listing Yerning shaklini geoid deb atalishini taklif etdi. Shundan so’ng Yerning haqiqiy shakli bo’lgan geoid shakliga yaqin keladigan va undan juda farq qiladigan ellipsoidning kattaligini aniqlash zaruriyati paydo bo’lib qoldi. Buning uchun yer yuzining faqat bir qismigina emas, balki turli joylarida o’tkazilgan gradus o’lchash natijalaridan foydalanishga to’g’ri keldi. Geoid shakli Yerning tortish kuchiga bog’liq bo’lganligidan gravimetrik ishlar ham olib borildi. Yerning kattaligini aniqlashda Rossiyada bajarilgan gradus o’lchashning ahamiyati juda katta.Masalan, 1816 yildan boshlab geodezist K.I.Tenner rahbarligida Rossiyaning harbiy chegarasidagi guberniyalarda, astronom V.Ya.Struve rahbarligida Boltiq bo’yi guberniyalarida gradus o’lchash ishlari olib 11 borilib, bu ishlar 1850 yigacha davom etgan va Dunay daryosining quyilish joyidan to Skandinaviya yarim orolining shimoliy qirg’og’igacha bo’lgan 25º20’ meridian yoyining uzunligi hisoblab chiqarilgan.Bu yoyga “Struve yoyi” deb nom berilgan.Bu XIX asrning birinchi yarmida bajarilgan eng yirik gradus o’lchash hisoblanadi. Geodeziya fanini nazariy jihatdan rivojlantirishda rus olimlari P.L. Chebishev., A.P. Bolotov., N.Y. Singer., va boshqalar salmoqli hissa qo’shgan. 1928yilda mashhur geodezist F.N.Krasovskiy davlat hududida geodezik tayanch shoxobchalarni barpo etish va topografik tasvirga olish ishlarining dasturini tuzib chiqqan.1933yilda davlat hududini gravimetrik planini olish ishlari olib borilgan.1945 yilda sobiq ittifoq hududining 1:1000000 masshtabli xaritalari tuzilgan. Aerotopografik tasvirga olish ishlariga F.V.Drobishev., M.D.Koshin., A.N.Lobanov, N.G.Viduyev, G.F.Glotov, N.N.Lebedevlar muhandislik inshootlarini barpo etishda geodezik ishlarni bajarish usullarini yaratishga katta hissa qo’shganlar. Hozirda ham o’zbek olimlari ham yirik korxonalarda olib boriladigan geodezik va marksheyderlik ishlarni bajarish usullarni tadqiq qilishda samarali ishlar qilganlar. Hozirda ham Geodeziyava marksheyderlik ishi fani xalq manfaatini ko’zlab, xalq xo’jaligini rivojlantirish va mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini oshirish uchun xizmat qilmoqda. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling