G ’u L o m o V z. T., Nabiullin r. X. K a m ilo V a g. Z. Jismoniy tarbiya va sport menejmenti


Download 5.26 Mb.
Pdf просмотр
bet1/24
Sana05.12.2019
Hajmi5.26 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24

G ’U L O M O V  Z.T.,  NABIULLIN  R.X. 
K A M ILO V A   G.Z.
JISMONIY TARBIYA VA 
SPORT MENEJMENTI

0 ‘Z BE K IST 0N   RESPUBLIKASI 
OLIY  VA  0 ‘RTA  MAXSUS  TA’LIM  VAZIRLIGI
0 ‘ZB E K IST 0N   RESPUBLIKASI  MADANIYAT  VA 
SPORT  ISHLARI  VAZIRLIGI
0 ‘Z B EK IST0N   DAVLAT JISM O N IY   TARBIYA  INSTITUTI
G‘ulomov  Ziyovitdin  Tohirovich 
Nabiullin  Rishat  Xismatullovich 
Kamilova  Guzal  Ziyovitdinovna
JISMONIY TARBIYA VA 
SPORT MENEJMENTI
(Darslik)
I I  Q IS M
TOSHKENT
«TURON-IQBOL»
2015

U O ‘K  796.075.6 
К ВК  75.1
65.290-2 
J  67
Taqrizchilar:
Tursunov  В .М . 
—  
texnika fa n la r i  doktori,  professor,
Yunusov  T.T.  —  biologiya fa n la r i  nomzodi,  professor.
G‘ulomov,  Z.T.
J 6 7  
Jismoniy  tarbiya  va  sport  menejmenti  [M atn]:  darslik  /  
Z.T.  G ‘ulom ov,  R.X.  N abiulin,  G .Z.  Kamilova:  0 ‘zbekiston 
Respublikasi  Oliy va o ‘rta-maxsus ta ’lim vazirligi,  0 ‘zbekiston 
Respublikasi  M adaniyat va sport  ishlari vazirligi,  0 ‘zbekiston 
Davlat  jism oniy  tarbiya  instituti.  —  T:  «TU R O N -IQ B O L», 
2014.  -264  b.
M as’ul  muharrir:
K erim ov  F.A.  — pedagogika fa n la r i  doktori,  professor.
M azkur  darslik  «Jismoniy  tarbiya  va  sport  menejmenti»  fani 
bo'yicha  Davlat  standartiga  mos  ravishda  yaratilgan  bo‘lib,  Oliy 
va  o ‘rta  maxsus  o ‘quv  yurtlarida  jism oniy  tarbiya  va  sport  so­
hasida  m enejerlar  tayyorlashda  muhim   nazariy  va  amaliy  aha- 
miyatga  ega.  Darslikning  bosh  maqsadi  —  yurtimizda  va  xorijda 
rivojlanib  kelayotgan  m enejm ent,  jum ladan,  jism oniy  tarbiya  va 
sport  m enejm entining  asosiy  kategoriyalari,  ya’ni  uning  qonun- 
qoidalari,  vazifalari,  usullari,  axborot  texnologiyasi  ham da  tash­
kiliy tizim larini  nazariy va  amaliy  tom onidan  chuqur o'rganishga 
m o‘ljallangan.
U O ‘K  796.075.6 
KBK  75.1ya73 
65.290-2
IS B N   9 7 8 - 9 9 4 3 - 1 4 - 3 5 9 -3
©  «TURON-IQBOL»,  2015

VIII  bob.  SPORT  TASHKILOTLARI:  MOHIYATI, 
TASHKILIY-HUQUQIY  SHAKLLARI
8.1.  O ‘zbekistonda  sport  tashkilotlarining  huquqiy 
shakllarini  belgilovchi  qonun-qoidalar
Reja:
0 ‘zbekiston  Respublikasida jism oniy  tarbiya  va  sport  rivojiga 
bag'ishlangan  qonun  va  qarorlar.
Jismoniy tarbiya va sport qonunchiligi  ushbu qonun va boshqa 
qonunchilik  dalolatnom alaridan  iborat.
QoraqalpogMston  Respublikasida jism oniy  tarbiya  va  sport.
Jismoniy  tarbiya  va  sport  sohasidagi  fuqarolarning  huquq- 
lari.
Xorijlik  fuqarolar  va  fuqarolikka  ega  bo‘lmagan  shaxslarning 
jism oniy  tarbiya  va  sport  sohasidagi  huquqlari.
Jismoniy  tarbiya  va sport  sohasidagi  davlat  siyosatining  asosiy 
prinsiplari.
Jismoniy  tarbiya  va  sport  sohasida  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar  M ahkamasining  vakolatlari.
O 'zbekistonda  jism oniy  tarbiya  va  sport  m enejm entining 
faoliyati  qonundagi  jism oniy  tarbiya  va  sportni  davlat  boshqa- 
ruvidagi  vakolatida.
M adaniyat  va  sport  ishlari  bo'yicha  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
vazirligi  vakolatlari.
Sport tashkilotlarining huquqiy shakllarini  belgilovchi  qonun- 
qoidalar.
Sport  tashkilotlari:  m ohiyati,  tashkiliy-huquqiy  shakllari.
Sport  tashkilotining  menejeri.
Jism oniy  tarbiya  va  sportda  m enejer  modeli.
Inson  va  sport  tashkiloti  orasidagi  o ‘zaro  harakat.
Jismoniy  tarbiya  va  sport  sistemasida  tashkilotlar  turlari.
3

Jism oniy  tarbiya  va  sport  tashkilotlarida  boshqaruv  m uno- 
sabatlari.
Tayanch  iboralar:
Sport  tashkilotlari,  huquqiy  shakllar,  qonun-qoidalar, 
sport  tashkilotlari:  mohiyati,  tashkiliy-huquqiy  shakllari, 
sport  tashkilotining  menejeri,  jism oniy  tarbiya  va  sportda 
m enejer  modeli,  inson  va  sport  tashkiloti  orasidagi  o ‘zaro 
harakat,  tashkilotlar  turlari,  boshqaruv  munosabatlari.
0 ‘zbekiston  Respublikasida  mustaqillikning  birinchi  kunlari- 
dan  boshlab,  jism oniy  tarbiya  va  sport  rivojiga  bag‘ishlangan 
qator  qonun  va  qarorlar  qabul  qilingan, jum ladan:
U lardan  eng  so‘nggisi,  eng  takomillashgani  va  eng  zam on 
talablariga javob bera oladigani  2000-yil 27-iyunda qabul qilingan 
“Jism oniy  tarbiya  va  sport  haqida”gi  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
qonuni  hisoblanadi.  Ushbu  qonunga  ko‘ra  0 ‘zbekistonda  jis­
m oniy  tarbiya  va  sport  rivoji  aynan  shu  qonunchilik  asosida 
am alga  oshiriladi.
1.  Jism oniy  tarbiya  va  sport  qonunchiligi  ushbu  qonun  va 
boshqa  qonunchilik  dalolatnom alaridan  iborat.
Q oraqalpog‘iston  Respublikasida  jism oniy  tarbiya  va  sport 
“ Q oraqalpog‘iston  Respublikasi  qonunchiligi”  asosida  bosh- 
qariladi. Agarda,  0 ‘zbekiston Respublikasining xalqaro kelishuvga 
binoan,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  jism oniy  tarbiya  va  sport 
qonunchiligida  ko‘zda  tutilm agan  qoidalar  ko‘rsatilgan  bo‘lsa, 
am alda  xalqaro  kelishuv  qoidalari  qo'llanilinadi.
2.  Q onunda jism oniy tarbiya va sport sohasidagi fuqarolarning 
ham   huquqlari  belgilab  berilgan.  Q onunga  ko‘ra,  0 ‘zbekiston 
Respublikasining  fuqarolari jinsi,  tabaqasi,  millati,  tili,  dini,  ijti­
moiy  kelib  chiqishi,  ishonchi,  shaxsiy va jamoaviy holatidan  q at’i 
nazar jism oniy  tarbiya  va  sport  bilan  shug‘ullanishga,  jam oa jis­
m oniy  tarbiya  va  sport  birlashmalari  tuzish,  jismoniy  tarbiya  va 
sport  harakatini  boshqarish  huquqiga egadirlar.  Xorijlik fuqarolar 
va  fuqarolikka  ega  bo‘lmagan  shaxslar  ham  jism oniy  tarbiya  va 
sport  sohasida  0 ‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolari  bilan  teng 
huquqqa  egadirlar.
4

3.  Q onunda  jism oniy  tarbiya  va  sport  m enejm enti  nazariya- 
sidagi  boshqaruv  prinsiplariga  qo‘shim cha  quyidagi  “Jism oniy 
tarbiya  va  sport  sohasidagi  davlat  siyosatining  asosiy  prinsiplari” 
qayd  etilgan,  bularga  quyidagilar  kiradi:
—  insonparvarlik;
— dem okratizm ;
— fuqarolar jismoniy  tarbiyasining  uzluksizligi  va  davomiyligi;
— jism oniy tarbiya va sport sistemasida davlat va jam oat bosh- 
qaruvining  yaxlitligi.
4.  Jism oniy tarbiya va sport sohasida 0 ‘zbekiston  Respublika­
si  Vazirlar  M ahkamasining  vakolatlari  alohida  qayd  etilgan.  Qo- 
nunga  ko‘ra  Vazirlar  M ahkamasi  quyidagilarni  amalga  oshiradi:
— jism oniy tarbiya va sport  rivojiga  bag‘ishlangan  qator davlat 
dasturlarini  ishlab  chiqadi  va  amalga joriy  etadi;
— jism oniy  tarbiya  va sportni  boshqaruvchi  davlat  organlarini 
tuzish,  ularni  qaytadan  tashkil  etish  va  faoliyatini  tugatish  tar- 
tiblarini  belgilaydi;
— jism oniy  tarbiya  va  sport  mutaxassislari  tayyorlash,  m ala- 
kasini  oshirish  va  attestatsiya  tartiblarini  belgilaydi;
—  jism oniy  tarbiya  va  sport  rivojini  moliyaviy  ta ’minlashni 
o'rnatilgan  tartibda  amalga  oshiradi;
—  qonunchilikka  mos  ravishda  boshqa  vakolatlarni  amalga 
oshiradi.
5.  0 ‘zbekistonda  jism oniy  tarbiya  va  sport  m enejm entining 
faoliyati  qonundagi  jism oniy  tarbiya  va  sportni  davlat  boshqa­
ruvidagi  vakolatida  nam oyon  bo‘ladi.  Ilgari  bunday  organ  “Jis­
moniy tarbiya  va  sport  bo‘yicha  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Davlat 
q o ‘m itasi”  hisoblangan,  hozirda  ushbu  vakolat  “0 ‘zbekiston 
Respublikasi  M adaniyat  va  sport  ishlari  vazirligi”ga  yuklatilgan.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Madaniyat  va  sport  ishlari  vazirligi 
quyidagilarni  amalga  oshiradi:
—  jism oniy  tarbiya  va  sport  rivojiga  bag‘ishlangan  maqsadli 
dasturlarni  ishlab  chiqadi  va  amalga joriy  etadi;
—  jismoniy  tarbiya  va  sport  jam oalari  birlashmalari  bilan 
hamkorlikda  0 ‘zbekiston  sportchilarini  Olim piada  o ‘yinlari  va 
boshqa  xalqaro  musobaqalarga  tayyorlash  maqsadli  dasturlarini 
bajarishni  ishlab  chiqadi  va  amalga joriy  etadi;
5

— sport  turlari b o ‘yicha  0 ‘zbekiston term a jam oalari tarkibini 
vaqtida  tasdiqlaydi  va xalqaro  sport  musobaqalarida  qatnashishga 
yuksak  darajada  tayyorgarchiligini  ta ’minlaydi;
— har  xil  toifadagi  aholi  qatlamlarining jism oniy  rivojlangan- 
lik  darajasini  aniqlash  uchun  kerak  bo‘ladigan  sport  m e’yorlar 
(norm ativ)ini  ishlab  chiqadi  va  tasdiqlaydi;
— jism oniy tarbiya va sport xodimlarini tayyorlash,  malakasini 
oshirish  va  attestatsiyadan  o ‘tkazishni  tashkil  qiladi;
— jism oniy  tarbiya  va  sport  sohasida  sportchilarni  tayyorlash 
markazlari,  ta ’Iim  muassasalari  va  ilmiy  tashkilotlar  yaratadi;
—  jism oniy  tarbiya  va  sportning  barcha  yo‘nalishdagi  mu- 
am m olari  bo ‘yicha  ilmiy,  uslubiy va omm abop  adabiyotlarni  ish­
lab  chiqish  va  chop  etish;
— o ‘z vakolati doirasida jism oniy tarbiya va sport,  shu bilan bir 
qatorda,  jism oniy  tarbiya-sog‘lomlashtirish  va  sport  inshootlari 
m e’yor  (norm a)  va  qoidalar  m e’yoriy  dalolatnom alarini  ishlab 
chiqaradi  va  tasdiqlaydi;
— jism oniy  tarbiya  va  sportni  ilmiy  axborot  ta ’minlash  siste- 
masini  tashkil  qilish;
—  qonunchilikka  mos  ravishda  boshqa  vakolatlarni  amalga 
oshiradi.
6. 
Jism oniy  tarbiya  va  sport  menejmenti  joylarda  davlat  or- 
ganlari  tom onidan  boshqaruvni  tashkil  etishda  ham   katta  aha- 
miyat  kasb  etadi.  Joylarda  davlat  organlari  tom onidan  boshqa­
ruvni  tashkil  etishda  quyidagi  vazifalar  bajariladi:
— o ‘z  hududi  doirasida jism oniy tarbiya  va sport  rivojiga  rah- 
barlikni  amalga  oshiradi;
— jism oniy  tarbiya  va  sport  rivojini  mahalliy  budjetdan  mo- 
liyalaydi;
—  jam oat  jism oniy  tarbiya  va  bolalar  sport  birlashmalarini 
yaratishga  ko‘maklashadi;
—  mahalliy  korxonalarda  jismoniy  tarbiya-sogMomlashtirish, 
sport va turistik ahamiyatga ega tovarlarni  ishlab chiqarishga hissa- 
sini  qo‘shadi;
— jism oniy tarbiya va sportning  moddiy  bazasini  kengaytirish- 
ga, jism oniy tarbiya va sport  marosimlarini  o ‘tkazishga yuridik va 
jism oniy  shaxslar,  ko'ngillilar  tom onidan  ajratilgan  mablagMarni 
jamlash;
6

—  fuqorolar  orasida  sport  m e’yorlarini  topshirish  ishlarini 
tashkil  etish;
—  mustaqil  jism oniy  tarbiya  va  sport  harakatini  rivojlantirish 
uchun  fuqarolarning  yashash  va  dam   olish  joylarida  sharoitlar 
yaratadi;
—  bolalar  va  o ‘smirlar  sport  m aktablari,  jism oniy  tarbiya  va 
sport  muassasalarini  kerakli  o ‘quv  moddiy  baza  va  boshqalar 
bilan  ta ’minlashda  moliyalashtirishni  tashkil  etadi;
—  qonunchilik  doirasida  boshqa  vakolatlarni  amalga  oshi­
radi.
7.  Mustaqillik  davriga  kelib  0 ‘zbekistonda  jam oatchilik  jis­
moniy  tarbiya  va  sport  tashkilotlari  rivojiga  katta  e ’tibor  berila 
boshlandi  va  qator  birlashm alar  yuzaga  keldi,  bu  esa  o ‘z  nav- 
batida,  sport  memejm enti  oldiga  yangi  vazifalarni  qo‘ydi.  Ju m ­
ladan,  jam oatchilik  jism oniy  tarbiya  va  sport  birlashmalari  qa­
toriga  kiruvchi  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Milliy  Olimpiya  q o ‘- 
mitasini  misol  qilish  mumkin.  Yana  jam oatchilik  jismoniy  ta r­
biya  va  sport  birlashmalari  qatoriga  jism oniy  tarbiya  va  sport 
jam iyatlari,  federatsiyalar  assotsiatsiyalar,  sport  turlari  bo'yicha 
jam g'arm alar,  jism oniy  tarbiya-sog‘lomlashtirish  va  sport  klub­
lari  va  boshqa  jam oat  birlashmalari  kiradi.  U larning  asosiy 
maqsadlari jism oniy tarbiya  va  sportni  rivojlantirish,  0 ‘zbekiston 
Respublikasi  “V atanparvar”  himoya jam iyati, texnik-amaliy sport 
turlarini  rivojini  ta ’minlovchi  sport-texnik  klublariga  ko‘mak 
uyushtirishdan  iboratdir.
Jam oatchilik  jism oniy  tarbiya  va  sport  birlashmalari  o ‘z  ni- 
zomlariga  ko‘ra  fuqarolar  bilan  jism oniy  tarbiya-sog'lom lash- 
tirish  va  sport  ishlarini  tashkil  etadi  va  sportchilar  zaxiralarini 
tayyorlashni  amalga  oshiradi.
8.  0 ‘zbekiston  Respublikasida  Olimpiya  harakatini  rivojlanib 
borishi  sport  m enejm entidan  boshqaruvning tashkiliy  masalalriga 
e ’tibor berishni  talab  qila  boshladi.  0 ‘zbekiston  Respublikasidagi 
olimpiya  harakati  Xalqaro  Olimpiya  harakatining  bir  qismi 
hisoblanadi  va  o ‘z  oldiga  olimpiya  g‘oyalari  va  prinsiplarini  tar- 
g'ibot  qilish,  xalq  orasida  om m alashtirish,  0 ‘zbekiston  Res­
publikasidagi  sportchilarni  Olim piada  o ‘yinlarida  ishtirok  etish- 
larini  ta ’minlashni  maqsad  qilib  qo'ygan.
7

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Milliy  Olimpiya  q o ‘mitasi  tom o ni­
dan boshqarilayotgan 0 ‘zbekiston Respublikasi olimpiya harakati- 
ga  ko‘ngillilik  asosida sportchilar, jism oniy tarbiya  va sport jam i- 
yatlari,  federatsiyalar  sport  turlari  bo'yicha  assotsiatsiyalar,  jis­
m oniy  tarbiya-sog‘lomlashtirish  va  sport  klublari  va  boshqa  bir- 
lashm alar  kiradi.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Milliy  Olimpiya  qo‘mitasi  nodavlat 
tijorat  tashkiloti  hisoblanadi  va  o ‘z  faoliyatini  0 ‘zbekiston  Res­
publikasi  qonunchiligi  asosida  yurgizadi.  Q o‘mita,  o‘z  navbatida, 
Xalqaro  Olimpiya  qo‘mitasining  O'zbekistondagi  Olimpiya  xar- 
tiyasi  hisoblanadi.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  hududidagi  olimpiya 
ramzlaridan,  shior,  bayroq,  madhiya,  “olimpiyachi”,  “Olimpiada” 
nom laridan  foydalanishdagi  mulkchilik  huquqini  yuridik  himoya- 
lash  bo‘yicha  chora-tadbirlar  ko‘radi.
9.  Jism oniy  tarbiya  va  sport,  sog‘lom  turm ush  tarzini  targ‘ib 
qilish.
M enejm ent  yordam ida jism oniy  tarbiya va  sport  davlat  bosh­
qaruv organlari,  so g iiq n i saqlash organlari, ta ’Iim muassasalari va 
jam oat jism oniy tarbiya va sport  birlashmalari jism oniy tarbiya va 
sport  ham da  sog'lom   turm ush  tarzi  yo‘llarini  tashkil  qiladilar.
Sportda johillikka sig‘inish va zo‘ravonlik,  inson m anfaatlarini 
kam sitish,  sportda  inson  salomatligiga ziyon  keltiruvchi  kimyoviy 
va  boshqa  stim ulyatorlardan  foydalanish  man  etiladi.
10.  T a ’Iim  muassasalarida jism oniy  tarbiya.
T a’Iim  muassasalarida jismoniy  tarbiya  uning  barcha  bosqich- 
larda  uzluksiz  ta ’Iim  sistemasining  eng  m uhim   ta ’Iim  qismi  hi­
soblanadi,  u  yuqori  malakali mutaxassislar tom onidan davlat stan- 
dartlari,  o ‘quv  rejalari  va  o‘quv  dasturlari  asosida  olib  boriladi. 
Barcha  ta ’Iim  muassasalarida  jismoniy  tarbiya  va  sportdan 
majburiy darslar,  darsdan tashqari mashg‘ulotlar, talabalarning fiz- 
iologik  imkoniyalaridan  kelib  chiqqan  holda  olib  boriladi.  T a’Iim 
muassasalari  yoshlarning  harbiy xizmatga  chaqirgungacha  bo‘lgan 
jism oniy  tarbiya  tayyorgarligini  ham  olib  boradi.
11.  Korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlar  va  boshqa  fuqarolar 
o ‘z -o ‘zini  boshqaruv  organlarining  jism oniy  tarbiya  va  sport  ri- 
vojidagi  ishtiroki.
K orxonalar,  muassasalar,  tashkilotlar  uchun  fuqarolarning 
jism oniy  tarbiyasini  m uhim   davlat  ijtimoiy  siyosatidir,  ular
s

fuqarolarnning  o ‘z-o ‘zini  boshqarish  organlari,  jam oat  jism oniy 
tarbiya  va  sport  klublari,  birlashmalari,  kasaba  uyushmalari, 
yoshlar,  o'sm irlar  va  boshqa  tashkilotlar  ishtirokida  davlat  jis­
moniy  tarbiya  va  sport  rivoji  dasturlarini  amalga  oshiradilar. 
Shular  asosida  ular  jism oniy  tarbiya  va  sport  boshqaruvi  davlat 
mahalliy  organlari  bilan  birgalikda  o ‘zlarining  jism oniy  tarbiya 
va  sport  rivoji  dasturlarini  amalga  oshiradilar.
Aholining  yashash joylarida,  fuqarolarning  ommaviy  dam  ol­
ish  joylarida  jism oniy  tarbiya  va  sport  rivoji  dasturlarini  am al­
ga  oshirishni  tashkil  qilish,  sharoitlar  yaratish  joylardagi  jis­
moniy  tarbiya  va  sport  boshqaruvi  davlat  mahalliy  organlari 
va  fuqarolarning  o ‘z-o ‘zini  boshqarish  organlari  orqali  amalga 
oshiriladi.
12.  Sanatoriya-kurort  muassasalari,  dam  olish  uylari  va  turis- 
tik  bazalarda jism oniy  tarbiya-sogMomlashtirish  ishlari.
Barcha  sanatoriya-kurort  muassasalari,  dam   olish  uylari  va 
turistik  bazalarda  jism oniy  tarbiya  va  sportning  moddiy  bazasi 
ham da  individual  va  guruhli  jism oniy  tarbiya-sog‘lomlashtirish 
darslari  o ‘tkazish  uchun  tegishli  sharoitlar  yaratiladi.
Sanatoriya-kurort  muassasalari,  dam  olish  uylari  va  turis­
tik  bazalarning  m a’muriyati  dam  oluvchilarning  salomatligini 
mustahkamlash,  sportning  boshqa  kom ponentlarini,  kasalliklarni 
oldini  olish  (profilaktika  qilish)  va  davolash  uchun  mavjud  jis­
m oniy  muassasalarni,  jism oniy  tarbiya  va  sport  inshootlaridan 
foydalanishlari  shart.
13.  N ogironlar  (nogironlar)  uchun jism oniy  tarbiya  va  sport.
0 ‘zbekistonda  jism oniy  tarbiya  va  sportning  rivojlanib  bori-
shi  nogironlar  uchun  butun  bir  ijtimoiy  integratsiya  va jism oniy- 
m a’naviy  tiklanishga  asos  bo‘lib,  qonunchilik  asosida  amalga  os- 
hirib  kelinadi.
Davlat  hukum at organlari joylarda  maxsus jism oniy tarbiya  va 
sport-sog‘lomlashtirish  ishlarini  boshqarish,  sport  inshootlaridan 
ham da  mavjud  um um   sport  inshootlaridan  nogironlarning  jis­
moniy  tarbiya  m ashg'ulotlari  uchun  foydalanilanishga  tegishli, 
maxsus  shart-sharoitlar  yaratishni  ta ’minlaydilar.
14.  Sog'liqni  saqlash  organlari  va  muassasalarining  jism oniy 
tarbiya  va  sport  rivojidagi  ishtiroki.
9

Sog‘liqni  saqlash  organlari  va  muassasalarining jism oniy  tar­
biya  va  sport  rivojidagi  ishtiroki  quyidagilardan  iborat:
—  jism oniy  tarbiya  va  sportdan  insonlarning  salomatliklarini 
m ustah-kam lash,  ular  kasalliklarini  oldini  olish  va  davolash 
sifatida  foydalanadi;
— aholi  har xil  ijtimoiy guruhlarining jism oniy  rivoji  holati  va 
dinam ikasini  tahlil  qilish  va  tegishli  davlat  boshqaruv  organlariga 
takliflar  kiritish;
—  sport  jam oalarini  xalqaro  sport  musobaqalariga  tayyorlash 
davridagi  m editsina  ta ’m inotida  ishtirok  etadi;
—  jism oniy  tarbiya  va  sport  bilan  shug‘ullanuvchi  shaxslar 
ustidan  tibbiy  nazorat  olib  boradi;
— jism oniy tarbiya  va sport sohasidagi sog‘liqni  saqlash  muta- 
xassislarini  o ‘z  vaqtida  tayyorlash,  malakasini  oshirish  va  attes- 
tatsiyadan  o'tkazishni  amalga  oshiradi;
—  jism oniy  m ashqlar  maxsus  dasturini  ishlab  chiqadi,  sog‘- 
lom lashtirish  m arkazlari,  shifokor-jism oniy  tarbiya  dispanserlar 
yaratadi,  ularni  maxsus  apparatura  va  qurilm alar  bilan  jihoz- 
laydi.
15.  Jism oniy  tarbiya  va  sport  mashqlari,  sport  musobaqalari 
va  sport  tom oshabop  m arosim lar  o'tkazish  vaqtlarida  xavfsizlik 
m e’yor qoidalarini,  salomatlikni  m uhofaza  qilish,  fuqarolar  faxri 
va  nom usini  saqlash.
Jism oniy  tarbiya-sog‘lom lashtirish  va  sport  m ashqlari,  sport 
m usobaqalariga  tegishli  inshootlarining  m a’m uriyati  mashqlar, 
sport  m usobaqalari  o ‘tkaziladigan  joylarda  jism oniy  tarbiya  va 
sportni  boshqaruvchi  davlat  organlari  tom onidan  ta ’sis  etilgan 
barcha  texnik  anjom larning  tegishli  holatini  ham da  texnik 
xavfsizlik  qoidalari  va  sanitar-gigiyena  m e’yorlarini  ta ’minlaydi.
Jism oniy  tarbiya-sog‘lomlashtirish  va  sport  m ashqlari  hamda 
sport  m usobaqalari  ishtirokchilar va tom oshabinlar salomatligiga, 
g‘ururi  va  nafsiga  zarar  yetkazmaydigan  holatda  o ‘tkazilishi 
lozim.
Sport  m usobaqalari  hakamligiga  o ‘m atilgan  tartibda  attesta- 
tsiyadan  o ‘tgan  shaxslar  tayinlanadi.
Jism oniy  tarbiya  va  sportda  taqiqlangan  va  m an  etilgan  vo- 
sitalar.
10

Jism oniy tarbiya va sport m ashqlarida xalqaro sport tashkilotlari, 
jism oniy  tarbiya  va  sport  boshqaruv  organlari  tom onidan  taqiq- 
langan  vositalardan  foydalanishga  yo‘l  q o ‘yilmaydi.
Yuqori  sport  natijalariga  erishish  maqsadida  stimulyatorlar, 
doping  mahsulotlari  va  Xalqaro  Olimpiya  qo‘mitasi  tom onidan 
taqiqlangan  boshqa  vositalardan  foydalangan  sportchilar  muso- 
baqalardan  chetlashtirilinadi  (diskvalifikatsiya).
Bilib  turgan  holda  stim ulyatorlar,  doping  mahsulotlari  va 
Xalqaro  Olimpiya  qo'm itasi  tom onidan  taqiqlangan  boshqa  vosi- 
talarni  tarqatish  yoki  q o ‘llashga  hayrixohlik  qilgan  shaxslar  qo­
nun  oldida javobgarlikka  tortiladilar.
0 ‘zbekistonda  havaskorlik  va  professional  sporti.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolari  sportchi,  murabbiy  va 
hakam  sifatida  havaskorlik  va  professional  sporti  bilan  shug‘ul- 
lanishlari  mumkin.
Professional  sporti  sohasidagi  korxonalar,  muassasalar  va 
tashkilotlarining yaratilish tartiblari va faoliyat ko‘rsatish shartlari 
qonunchilik bilan  belgilangan.
Professional  sportchi,  sport  turlari  bo'yicha  murabbiy  va  ha- 
kamlarga  bo‘lgan  malakaviy  (kvalifikatsion)  talablar  jismoniy 
tarbiya  va  sportni  boshqaruvchi  davlat  organlari  tom onidan 
aniqlanadi.
0 ‘zbekistonda  yuksak  malakali  (klassdagi)  sportchilarni  tay­
yorlash.
0 ‘zbekistonda  yuksak  malakali  (klassdagi)  sportchilarni 
tayyorlash  ixtisoslashgan  oliy  va  o ‘rta  maxsus  o ‘quv  yurtlarida 
( 0 ‘zbekiston  Davlat jism oniy tarbiya instituti,  Olimpiya zaxiralari 
kolleji,  Oliy masterlik maktablari,  Olimpiya tayyorgarlik markaz- 
lari  va  boshqalar)  amalga  oshiriladi.  U larning  faoliyat  tartibi 
vakolatlangan  jism oniy  tarbiya  va  sportni  boshqaruvchi  davlat 
organlari  tom onidan  belgilanadi.
0 ‘zbekistondagi  jism oniy  tarbiya  va  sportni  boshqaruvchi 
davlat  organlari  sport  term a  jam oalari  a ’zolariga  tegishli  shart- 
sharoitlarni  yaratish  maqsadida,  sport  m ashg'ulotlarini  o ‘qish, 
m ehnat  faoliyati  va  harbiy  xizmat  bilan  muvoffaqiyatli  darajada 
birga  olib  borish  uchun  korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlar  va 
harbiy  qismlar  o ‘rtasida  tegishli  shartnom alar  tuzadilar.
l l

0 ‘zbekistonda jism oniy  tarbiya  va  sportni  moliyalashtirish.
O 'zbekistonda  jism oniy  tarbiya  va  sportni  moliyalashtirish, 
asosan,  respublika  va  mahalliy  budjet  hisobidan  amalga  oshi­
riladi.
Shu  bilan  bir  qatorda jism oniy  tarbiya  va  sportni  moliyalash­
tirish  manbalariga  quyidagilar  ham   kiradi:
— tadbirkorlik  va  boshqa  xo‘jalik  faoliyatlari  darom adlari;
— aholiga  ko‘rsatilgan  pulli jism oniy tarbiya-sog‘lomlashtirish 
va  sport  m ashqlari  ham da  sport  m usobaqalaridan  tushgan  m ab- 
lag'lar;
—  o ‘rnatilgan  tartibda  o ‘tkazilgan  sport  lotoreyalaridan  tush­
gan  mablag‘lar;
—  aholining,  korxonalarning,  muassasalarning  va  tashkilot- 
larning  hayrxohlik  m ablag‘lari,  jam oatchilik jism oniy  tarbiya  va 
sport  birlashmalari  ishtirokchilarning  a ’zolik  badallari;
—  sport  turlari  bo‘yicha  maxsus  jam g‘arm alarning  mablag1- 
lari;
—  sport-tom oshabob  m arosim lardan  tushgan  darom adlar;
—  homiylik  q o ‘llab-quvvatlash;
—  korxonalarning,  muassasalarning  va  tashkilotlarning  sport 
ram zlari  va  em blem alarini  foydalanishdan  ajratgan  ulushlari;
— xorij  investitsiyalari  va  xalqaro jam g‘arm alar  m ablag‘lari;
—  xalqaro  tashkilotlardan  kelgan  tushumlar;
—  qonunchilikka  m os  boshqa  manbalar.
Jism oniy  tarbiya-sog‘lom lashtirish  va  sport  inshootlari.
Jism oniy  tarbiya-sog‘lom lashtirish  va sport  inshootlari  davlat, 
hissadorlik,  xususiy  va  boshqa  m ulkchilik  tasarrufida  bo‘lishi 
mum kin.
Davlat  tasaw u rid an   chiqarish,  privatizatsiya  qilish  dasturini 
ishlab chiqarish va  am alga  oshirish b o ‘yicha  hukum at va boshqa­
ruv  organlari  tom onidan  jism oniy  tarbiya-sogMomlashtirish  va 
sport  inshootlarining  funksional  xususiyatlarini  saqlashni  ta ’- 
minlagan  holda  boshqa  yangi  egalariga  o'tkazish  shartlarini  ta ’­
minlash  tartibi  o ‘rnatiladi.
Joylardagi davlat boshqaruv organlari barcha jism oniy tarbiya- 
sogMomlashtirish  va  sport  aham iyatiga  ega  bo‘lgan  inshootlarni 
rejalashtirish,  loyihalash,  qurish  va  ekspluatatsiyaga  kiritish 
ustidan  nazorat  qiladi.
12

T a’lim  muassasalarini,  yashash  m ikrorayonlarini  qurish  va 
qayta  qurish  tegishli  jism oniy  tarbiya-sog‘lomlashtirish  va  sport 
inshootlari  majmuasisiz  ham da  ularni  ta ’mirlash,  yangilash  yoki 
tugatishni  hisobga  olm asdan  amalga  oshirilmaydi.
Hududlarda  mavjud  jism oniy  tarbiya-sog‘lomlashtirish  va 
sport inshootlariga teng  keladigan  sport majm ualarini  qurm asdan 
turib,  ularni  tugatish  m an  etiladi.
T a’lim  muassasalari,  korxonalar,  tashkilotlar,  asosiy  jism o­
niy  tarbiya-sog‘lom lashtirish  va  sport  inshootlariga  ega  bo‘lgan 
yashash  mikrorayonlarning  minimal  ta ’m inot  m e’yorlari  vako- 
latlangan jism oniy tarbiya va sportni boshqaruvchi davlat organlari 
tom onidan  belgilanadi.
20.  0 ‘zbekistonda jism oniy tarbiya va sport sohasida pedagogik 
faoliyat.
0 ‘zbekistonda  jism oniy  tarbiya  va  sport  sohasida  pedagogik 
faoliyatga  tegishli  m a’lum oti  va  kasbiy  tayyorgarligi  bo'lgan 
shaxslarga  ruxsat  beriladi.
Davolash  jism oniy  tarbiya  va  sport  sohasida  pedagogik  fao ­
liyatga  qonunchilikda  ko‘zda  tutilgan  tartibda  tegishli  m a’lum oti 
va  kasbiy  tayyorgarligi  bo‘lgan  shaxslarga  ruxsat  beriladi.
21.  0 ‘zbekistonda  aholiga  pulli  xizmat  ko‘rsatish.
Aholiga  pulli  jism oniy  tarbiya-sog‘lomlashtirish  xizmati  jis­
moniy tarbiya va sport  ham da jism oniy shaxslar tom onidan  am al­
ga  oshiriladi.
Pulli  jism oniy  tarbiya-sog‘lomlashtirish  xizmatlari  ro‘yxati 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  M adaniyat  va  sport  ishlari  vazirligi 
tom onidan  tasdiqlanadi.
22.  Imtiyozli  jism oniy  tarbiya-sog‘lomlashtirish  va  sport  xiz­
mati.
6  yoshgacha  bo‘lgan  bolalar,  nogironlar,  yetim  qolgan  bola­
lar,  pensionerlar,  1941—1945-yillar  urush  qatnashchilari  va  nogi- 
ronlari  ham da ularga tenglashtirilgan shaxslarga jism oniy tarbiya- 
sog‘lomlashtirish  va  sport  xizmati  bepul  amalga  oshiriladi.
Jismoniy  tarbiya-sog'lom lashtirish  va  sport  xizmati  bepul 
amalga  oshirilinadigan  im tiyozlardan  foydalanuvchi  boshqa  to i- 
fadagi  fuqarolar  ro ‘yxati  va  im tiyozlar  asosida  ham da  im tyozlar 
qiymati,  ularni  taqsimlash  tartibi  va  tegishli  harajatlarni  yopish 
manbalari  qonunchilik  asosida  amalga  oshiriladi.
13

23.  Sportchilarni  ijtimoiy  himoyalanishi.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  M adaniyat  va  sport  ishlari  vazirligi, 
sport  turlari  bo'yicha  federatsiyalar,  jam oat  birlashmalari  ham da 
jism oniy  shaxslar  sportchilarga  moliyaviy  yordam  ko‘rsatishlari 
mum kin.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  M adaniyat  va  sport  ishlari  vazirligi, 
sport  turlari  bo'yicha  federatsiyalar,  jam oat  birlashmalari,  sport 
markazlari, boshqa ixtisoslashgan sport tashkilotlari va muassasalar 
sportchilarga  tegishli  ijtimoiy-maishiy  sharoitlar  yaratishlari  va 
ularni  him oya  qilishlari,  salomatliklarini  ta ’minlashlari  maj- 
buriydir.
A lohida  toifadagi  sportchilar  qonunchilikda  o'rnatilgan  ta r­
tibda  imtiyozli  pensiyaga  ega  bo'ladilar.
Sport  m usobaqalarida  ishtirok  etgan  shaxslar sug'urta  polisiga 
ega  bo'lishlari  shart.
24.  Xalqaro  hamkorlik.
0 ‘zbekiston  Respublikasidagi  jism oniy  tarbiya-sog'lom lash- 
tirish va sportni boshqarishga vakolatli davlat mutassadi organlari, 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  M adaniyat  va  sport  ishlari  vazirligi, 
sport  turlari  bo‘yicha  federatsiyalar,  jam oat  birlashm alari,  sport 
m arkazlari,  boshqa  ixtisoslashgan  sport  tashkilotlari  va  muas­
sasalar  jism oniy  tarbiya  va  sport  m uam m olari  bo‘yicha  xalqaro 
ham korlikda  qatnashadilar.
U lar  xorij  m am lakatlarining  tegishli  sport  tashkilotlari  bilan 
bevosita  aloqa  o'rnatish  huquqiga  egadirlar,  ular  bilan  jismoniy 
tarbiya  va  sport  bo'yicha  qo'shm a  korxonalar  tuzish,  birgalikda 
jism oniy  tarbiya-sog'lom lashtirish  va  sport  musobaqalari,  uchra- 
shuvlar,  qonunchilikda  o'rnatilingan  tartib  doirasida  o'yinlar 
o'tkazish  huquqiga  egadirlar.
25.  Kelishm ovchiliklarni  hal  etish.
Jism oniy  tarbiya  va  sport  bo'yicha  yuzaga  kelgan  kelishmov- 
chiliklar  qonunchilikda  o'rnatilingan  tartib  doirasida  hal  etiladi.
26.  Jism oniy  tarbiya  va  sport  bo'yicha  qonunchilikni  buzi- 
lishidagi  m as’uliyat.
Jism oniy  tarbiya  va  sport  bo'yicha  qonunchilikni  buzgan 
shaxslar  o'rnatilgan  tartibda javobgarlikka  tortiladilar.
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  jism oniy  tarbiya  va  sportni
14

boshqarishga davlat tom onodan  katta e ’tibor beriladi,  ushbu  fao­
liyat  orqali  yurtning  genofondini  saqlashga  qulay  imkoniyatlar 
tug‘iladi,  aholi  sog'lom  turm ush  tarziga  jalb  etiladi,  xalqaro 
m usobaqalarida  sportchilarim izning  yutuqlarini  vatanimizning 
ijobiy  obro‘- e ’tiborini  yaratish  va  riw ojlanishda  foydalaniladi.

Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 75%20Спорт
75%20Спорт -> Basketbol nazariyasi va uslubiyati
75%20Спорт -> Sh. X. Isroilov, Z. R. Nurimov, Sh. U. Abidov, S. R. Davletmuratov, A. A. Karimov sport va harakatli
75%20Спорт -> Sport pedagogik mahoratini oshirish yengil atletika
75%20Спорт -> A. Abduhamidov, H. Nasimov, U. Nosirov, J. Xusanov algebra va matematik analiz asoslaridan masalalar toplam I
75%20Спорт -> A. g a z I y e V, I. Is r a IL o V, M. Y a X s h ib o y e V matematik analizdan misol va masalalar
75%20Спорт -> I ism o ilo V, T. Rizayev, X. M. Maxmudova fizikadan praktikum
75%20Спорт -> L. A. Djalilova jismoniy tarbiya va olimpiya harakati
75%20Спорт -> Sport universiteti I. S. Islamov, R. R. Salimgareyeva yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari
75%20Спорт -> G im n a st ik a d a r sl a r id a in no va tsio n t e X n o L o g iy a L a r


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling