G ’u L o m o V z. T., Nabiullin r. X. K a m ilo V a g. Z. Jismoniy tarbiya va sport menejmenti


Download 5.26 Mb.
Pdf просмотр
bet10/24
Sana05.12.2019
Hajmi5.26 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24

Adabiyotlar
1.  Каримов  И.А.  Ж а^он  молиявий-ик;тисодий  инк;ирози, 
У збекистон  ш ароитида  уни  бартараф  этиш нинг  йуллари  ва 
чоралари.  —  Т.:  У збекистон,  2009.
2.  К аримов  И.А.  Э нг  асосий  мезон  —  хаёт  х ак щ ати н и  
акс  эттириш .  —  Т.:  У збекистон,  2009.
3.  М ам лакатим изни  м одернизация  к,илиш  ва  янгила- 
н и ш н и  изчил  давом   эттириш   —  давр  талаби.  П резидент 
И слом  К ари м овнин г  2008  йилда  м ам лакатим изни  ижти- 
м оий -иктисоди й  ривож лантириш   якунлари  ва  2009  йил- 
га  мулжалланган  и^тисодий  дастурнинг  энг  му^им  устувор 
йуналиш ларига  багиш ланган  Вазирлар  М ахкам асининг 
м ажлисидаги  маърузаси  / /   Халк;  сузи,  2009  йил  14  ф ев­
раль.
4.  Акрамов  Р.  С  верой  в  искренний  футбол.  —  Т.:  Янги 
аср  авлоди,  2012.
5.  Ахматов  М .С.  Узлуксиз  таълим  тизимида  омм авий 
спорт  согламлаш тириш   иш ларини  самарали  бошк;ариш.
-   Т.:  2005.
6.  Гулямов  З.Т.,  А кбаров  Ф .С.  Основы  менеджмента  и 
его  особенности  в  условиях  ф орм ирования  ры нка  в  Узбе­
кистане.  — Т.:  ТГАИ,  2006.
7.  М ескон  М .,  Альберт  М .,  Хедоури  Ф.  О сновы  м енедж ­
мента.  —  М.:  АНХ,  1995.
8.  П рчинкин  А.В.  М енеджмент  в  сфере  ф изической 
культуры  и  спорта.  —  М.:  С оветский  спорт,  2010.
9.  Рихард  X.,  Бёме  Г.  К ак  руководить  людьми  (практи­
ка  менеджмента).  «ЕВ РО М ЕН ЕД Ж М ЕН Т»,  Бад  Гарцбург 
(Германия).  2013.
10. Яраш ев К .Д . Ж и см оний тарбия ва спортни бошк.ариш.
— Т.:  Абу Али  ибн  С ино.  2002.
11.  УР  ОУМ ТВ.  М актаб,  академ ик  лицей,  касб-^унар 
коллежларига  ж и см оний  тарбия  ук,итувчиларини  тайёр- 
лаш   муаммолари  (илм ий -назари й  анжуман  туплами).  —  Т.: 
ТДПУ,  2013.
82

12.  Elektron  ta ’lim  resurslari:
Internet  saytlari
www.bilim.uz
www.ekonomika.ru
www.menejment.com
www.edu.uz  — vazirlik  sayti
www.ziyo.edu.uz  —  vazirlik  sayti
w ww.perform ance.  edu.uz  — vazirlik  sayti
83

IX  bob.  SPORT  TURLARIN1  RIVOJLANTIRISHNING 
MAQSADLI  DASTURIDA  M ENEJM ENT  VA  MARKETING
9 .1 .  Jism oniy  tarbiya  va  sport  menejmentining  maqsadlari 
Reja:
Jism oniy tarbiya  va  sport  m enejm entida  boshqaruvning  m aq­
sadlari.
Jism oniy  tarbiya  va  sportda  m enejm ent  maqsadining  ilmiy 
asoslanganligi.
Jism oniy  tarbiya  va  sportda  m enejm entning  maqsad  turlari.
Tayanch  iboralar:
M aqsad,  m enejm ent  boshqaruvining  maqsadi.  Joriy 
maqsadlar.  Istiqbol  maqsadlari.  Uzluksiz  maqsadlar.  Fur- 
satli  maqsadlar.  Bir  martali  maqsadlar.  Oddiy,  qotib 
qolgan  maqsadlar.  M uamm oli  maqsadlar.  Innovatsion 
maqsadlar.  Xodim lar  malakasini,  m ahoratini  oshirish 
bo'yicha  maqsadlar.  Xodim  maqsadi.  Maqsadning  tobe- 
ligi.  M aqsadning  yoyib  bo‘lishligi.  M aqsadning  o ‘zaro 
m unosabatda  bo'lishligi.  M aqsadlar  shajarasi.  Maqsadli 
m enejm ent.  M aqsadli boshqaruv usuli pog‘onaIari. Maqsadli 
boshqaruv  usuli  afzalliklari.  Boshqaruv  funksiyalari:  iqti­
sodiy, sotsial, hududiy tarm oq ijrochi. Boshqarishning o ‘ziga 
xos  aniq  funksiyalari.  Rahbar  funksiyalari,  boshqarish, 
tashkiliy,  um um iy  funksiyalar.
M aqsad  —  bu  muddao,  murod, 
ya’ni  u  yoki  bu  niyatga  erish- 
m oq  uchun  ko‘zda  tutilgan  m ushtarak  orzu.  Aynan  shu  maqsad 
kishi  faoliyatini,  o ‘z  orzularini  ushalishiga  yo‘naltiradi.  M aq- 
sadimiz:
♦ 
jism oniy tarbiya  va  sportda  bo'lajak  harakatim izni  oldindan 
aniqlab  beradi;
84

♦ jism oniy  tarbiya  va  sportda  faoliyatimizning  ustuvor  yo‘na- 
lishini  belgilaydi;
♦  faoliyatim izni  jism oniy  tarbiya  va  sportning  aniq  yo'nali- 
shiga,  turiga  (futbol,  basketbol,  kurash  va  hokazo)  yo'naltiradi;
♦  jism oniy  tarbiya  va  sportda  u  yoki  bu  faoliyatimizning 
zarurlik  darajasini  belgilab  beradi;
♦ jism oniy tarbiya  va sportda pirovard  natijam izning baholash 
m e’yorini  belgilaydi  va  hokazo.
Jismoniy  tarbiya  va  sportda  m enejm ent  m aqsadning  ilmiy 
asoslanganligi  va  to ‘g‘ri  belgilanganligi  boshqaruv  uchun  juda 
muhimdir.  Chunki  u  aynan  shu  maqsadga  binoan  quyidagilari 
amalga  oshiradi:
—  jism oniy  tarbiya  va  sportda  boshqaruv  funksiyalarni  bel­
gilaydi;
— jism oniy  tarbiya  va  sportda  boshqaruv  usullarini  tanlaydi;
— jism oniy  tarbiya  va  sportda  boshqaruvning  tuzilmaviy  ta r­
kibi  (boshqarish  strukturasi)ni  shakllantiradi;
— jism oniy  tarbiya  va  sportda  lavozimlarni  belgilash  va  kadr- 
lar  (personal)ni  tanlash  kabi  muhim  masalalarni  hal  etadi.
Jismoniy  tarbiya  va  sport  m enejm entida  boshqaruv  maqsadi 
quyidagi  talablarga javob  berishi  lozim:
—  jism oniy  tarbiya  va  sportda  maqsad  bir  m a’noli  va  aniq 
bo‘lishi  kerak;
— jism oniy tarbiya va sportda maqsad  real va bajarilishi  m um ­
kin  bo‘lishi  kerak;
—  jism oniy  tarbiya  va  sportda  maqsad  m iqdoran  o'lchovga 
ega  bo‘lishi  kerak;
— jism oniy  tarbiya  va  sportda  maqsad  barcha  bajaruvchilarga 
tushunarli  bo‘lmog‘i  darkor;
— jism oniy  tarbiya  va  sportda  maqsad  bo‘limlar  va  m as’ullar 
bo'yicha  differensiallashgan  bo‘lishi  kerak;
—  jism oniy  tarbiya  va  sportda  maqsad  ko‘p  qirrali  b o ‘lishi 
kerak.
Jismoniy  tarbiya  va  sportda  m enejm entning  boshqaruv  m aq­
sadlari  juda  ham  xilma-xildir.  Bu  esa  ularni  muayyan  tarzda 
turkum lashni  taqozo  etadi.
85

J
is
m
o
n
iy
 
ta
rb
iy

va
 
sp
o
rt
d
a
 
m
ene
jm
ent
n
in

m
aq
sa
d
 
tu
r
la
r
i
86

M azkur turkum lanishdan  ko‘rinib turibdiki,  maqsadlar o ‘zaro 
b o g iiq   b o ‘lib,  muayyan  ierarxiyaga,  y a’ni  yuqori  va  quyi  m aq- 
sadlarga  bo‘linishi,  bir  maqsad  boshqa  bir  maqsadga  b o ‘ysunishi 
mumkin.
Joriy  maqsadlar  deganda  bir  yil  ichida,  yil  choragi,  bir  oy 
va  undan  ham   kam roq  m uddat  mobaynida  amalga  oshiriladigan 
maqsadlar  tushuniladi.
M aqsadlarni  belgilashda  joriy  maqsadlar  nuqtayi  nazaridan 
yondashuv,  ya’ni  har  bir  bo‘linm a  maqsadlari,  ularni  bajarish 
m uddatlari,  aniq  ijrochilar,  aniq  maqsadli  tadbirlar,  resurslar 
m anbalari,  belgilangan  tadbirlar  bajarilishini  asoslab  berilishi 
barcha b o ‘g‘inlar va darajalarda boshqaruv ishonchliligini oshirish 
kafolatini  beradi,  butun  boshqaruvning  apparati  harakatlarining 
puxta  bo‘lishini  belgilaydi.
Istiqbol  (perspektiv)  maqsadlar  deganda,  5  yil  yoki  undan 
ko‘proq  davr  mobaynida  amalga  oshiriladigan  m aqsadlar  tu ­
shuniladi.  M asalan,  yurtimizda,  uning jism oniy  tarbiya  va  sport 
tarm oqlarida  ishlab  chiqilgan  dasturlarda  qo‘yilgan  maqsad  m a ’­
lum   m uddatni  o ‘z  ichiga  oladi.
Uzluksiz  maqsadlar  deganda  har  kuni  qabul  qilinadigan  va 
amalga  oshiriladigan  odatiy  m aqsadlar  tushuniladi.  M asalan, 
m ehnat  unum dorligini  o ‘stirish,  intizom ni  m ustahkam lash, 
m ahsulot  tannarxini  pasaytirish  kunda  talab  qilinadigan  maq- 
sadlardir.
Fursatli  maqsadlar  deganda,  biron-bir  m uam m oni  hal  etish 
zaruriyati  tug‘ilgan  hollarda  paydo  b o ‘ladigan  m aqsadlar  tu ­
shuniladi.  M asalan,  korxonani  qayta  uskunalash,  jihozlarni 
yangilash  iqtisodiy  zaruriyatga  qarab  paydo  b o ‘ladi.  Boshqarish 
jarayonida bir m artalik maqsadlarga ham  zaruriyat tug‘ilishi m um ­
kin.  Bunday  maqsadlar  korxona  uchun  kutilmagan,  favqulotda 
vujudga  kelgan  m uam m oni  yechish  uchun  o ‘rtaga  q o ‘yiladi.
Boshqaruvga  maqsadli  yondashuv  nam oyandalari  fikrlarini 
inobatga  olgan  holda,  jism oniy  tarbiya  va  sportdagi  barcha 
m aqsadlarni  quyidagi  guruhlarga  bo‘lish  mumkin:
Jism oniy tarbiya va sport  rivojida dinam ika ко‘/.da tutilmagan 
oddiy  a n ’anaviy  statik  holatdagi  maqsadlar.
Jism oniy  tarbiya  va  sport  rivojidagi  m uam m oli  maqsadlar.
87

Jism oniy tarbiya  va  sport  rivojidagi  xodim lar  malakasini,  ma- 
horatini  oshirish  b o ‘yicha  maqsadlar.
Birinchi  guruhdagi  maqsadlar  —  h ar  kuni  qabul  qilinadigan 
va  amalga  oshiriladigan  odatiy  m aqsadlar  b o ‘lib,  ularning  ba- 
jarilishini  ta ’m inlash  tegishli  bo‘g‘indagi  rahbarning  bevosita 
burchiga  kiradi.
Ikkinchi  guruhdagi  maqsadlar  —  odatiy  m aqsadlardan  farq 
qiladi. Bu m aqsadlar korxonaga va uning personaliga qiyinchiliklar 
tug‘diradi.
M asalan,  sport  tovarlariga  bo‘lgan  talabning  to ‘satdan  keskin 
pasayishi,  uning  sotilish  hajmini  kamayishiga  olib  keladi.  U sh­
bu  masalani  hal  etish  maqsadi  qo‘yiladigan  b o ‘lsa,  u  muammoli 
maqsadga  aylanadi.  Chunki  sport  tovarlarini  sotish  hajmini  qisqa 
m uddat  ichida  k o ‘paytirish  korxona  personalidan jiddiy  choralar 
ko‘rib,  shijoat bilan  harakat qilishni va quyidagi chora-tadbirlarni 
amalga  oshirnishni  talab  etadi:
—  sport  tovarlariga  bo‘lgan  talabning  keskin  pasayish  sabab- 
larini  aniqlash;
—  ko‘p  om illi  korrelyatsion-regression  tahlilni  amalga  os­
hirish;
— to 'liq   m arketing  tadqiqotini  o'tkazish;
—  sport  tovarlariga  b o ‘lgan  ehtiyojning  keskin  pasayishiga 
ta ’sir  etuvchi  ichki  va  tashqi  omillarni  tahlil  qilish;
—  obyektiv  axborotlar  yig‘indisi  va  texnologiyasi  asosida  eng 
m aqbul,  asoslangan  boshqaruv  qarorlarini  qabul  qilishni  taqozo 
etadi.
Innovatsion  m aqsadlar  —  bu  yangi  sport  tovarlarini  ishlab 
chiqarish,  yangi  texnologiyalarni  joriy  qilish  va  ilmiy-texnika 
taraqqiyoti  yutuqlarini  jismoniy  tarbiya  va  sportga  tadbiq  etish 
bo‘yicha  q o ‘yiladigan  navbatdagi  guruh  maqsadlardir.
Maqsad  qanchalik  murakkab  bo‘lsa,  u  m enejm ent boshqaruvi 
uchun  shunchalik  m uam m oli  yoki  innovatsion  bo'lishi  mumkin. 
Biroq,  bir  m aqsadning  o ‘zi  birov  uchun  oddiy,  boshqa  uchun 
m uam m oli,  hatto  innovatsion  bo'lishi  ham   mumkin.
M enejerlar,  rahbarlardan  ba’zilari  o ‘sha  maqsadni  yechish 
usullarini  m ukam m al  biladi,  ya’ni  uning  bilimi,  m ahorati  yetarli 
bo‘lib,  uni hech  qanday qiynalmay yechadi.  Boshqa rahbar esab u
88

maqsadni  o ‘zi  uchun  murakkab  va  m uam m oli  darajada  tasavvur 
qiladi.  Shuni  eslatish  joizki,  hozirgi  kunda  butut  jahonda  har 
qanday  murakkab  m uam m olarni  (milliard  AQSh  dollari  yoki 
yevro  hajmidagi  loyihalarni)  hal etilishida asosiy va so‘nggi  so‘zni 
aytish  m enejerlar  zimmasiga  yuklatilgan.
Navbatdagi  maqsadlar guruhi  — bu  korxona personal  (xodim) 
lari  malakasini  oshirish  sohasidagi  maqsadlar  bo‘lib,  ular 
uzoq  muddatli  reja  asosida  m untazam   ravishda  amalga  oshiri- 
lib  boriladi.  Korxona  um um iy  maqsadining  samaradorligi  o ‘z 
o ‘rnida yakka,  ya’ni  har bir xodim  maqsadining  qanchalik to ‘g‘ri 
aniqlaganligi  va  naqadar  samarali  ijro  etilishiga  bog'liq  bo'ladi. 
Shu sababli  har bir xodim  oldiga q o ‘yiladigan  maqsadga  nisbatan 
quyidagi  talablarga  javob  berishi  lozim:  Xodim  maqsadi  yuqori 
ierarxik  pog‘onalar,  b o ‘limlar  maqsadiga  mos  b o ‘lishi  va  unga 
bo‘ysunishi  kerak.  Obrazli  qilib  aytganda,  ayrim  xodimlarning 
maqsadlari  yuqori  pog‘onadagi  maqsadlar  qanoti  ostida  bo'lishi 
va  ular  bir-birlariga  zid  kelmasligi  lozim.
Quyidagi  hollarda  yakka  m aqsadlar  korxonanining  umumiy 
maqsadini  samarali  bo‘lishiga  xizm at  qiladi:
—  xodim ning  o ‘z  oldiga  q o ‘yadigan  maqsadi  optimal  hajmda 
bo‘lib,  tajribaga  asoslangan  va  uzog‘i  bilan  4-5  tagacha  bo'lishi 
kerak.  Agarda  ularning  soni  ko‘payib  ketsa,  kutilgan  natijaga  er- 
ishish  qiyinlashadi,  oqibatda  korxonaning  umumiy  maqsadiga 
putur  yetishi  mumkin;
—  yakka  maqsadning  pirovard  natijasi  va  aniq  muddati 
belgilangan  bo'lishi  kerak,  aks  holda  u  mavhumlikka  yuz  tutadi;
—  rejalashtiriladigan  m aqsad  har  bir  xodimning  harakati 
evaziga  erishiladigan,  shu  bilan  birga  amalga  oshiriladigan  dara­
jada  bo‘lishi  kerak.  Agar  m aqsad jud a  murakkab  va  ustiga-ustak 
amalga  oshishi  gum on  bo‘lsa,  unda  m enejm ent  boshqaruvi  ijobiy 
natijalarga  erishishdan  m ahrum   bo‘ladi.
H ar  qanday  maqsadning  amalga  oshirilgandagi  sam arador­
ligi  pirovard  natijaning  ko‘zlangan  marraga  mos  kelishi,  unga 
to ‘g‘ri  baho  berilishi  va  personalni  rag'batlantirish  darajasiga 
bog‘liq.  Erishilgan  natijaga  adolat  yuzasidan  baho  berish  va  uni 
tegishli  ravishda  rag‘batlantirish  odat  tusiga  kirgan  bo‘lsa,  u 
holda  bu  korxonada  o ‘rnatilagan  boshqarish  usuli  o ‘zini  oqlab,
89

ravnaq topib  beraveradi  va  m uam m olarning  kamayishiga  erishish 
osonlashadi.
M enedm entda  m aqsadlarning  ko'pgina  omillarga  bog'liq 
ekanligini  inobatga  olgan  holda  uning  quyidagi  sifatlarini  esdan 
chiqarm aslik  lozim:
—  personalning  har bir  maqsadga  tobe  boMishi;
—  personal  m aqsadining jam oa  maqsadlariga  mos  b o ‘lishi;
—  m aqsadlarni  am alga  oshirishda  har  bir  personalning  o ‘zaro 
m unosabatda  va  ham jihatlikda  bo‘lishi.
M aqsadga tobe b o ‘lish deganda personal tom onidan maqsadni 
qo ‘yish  va  uni  am alga  oshirishning  mavjud  shart-sharoitlariga 
bogMiqligi, yoxud strategik maqsadning qator taktik maqsadlariga, 
istiqbol  m aqsadining  esa  o ‘rta  va  qisqa  muddatli  maqsadlarga 
bogMiqligi  va  bir  m aqsadning  boshqa  maqsadga  b o ‘ysunishi  tu- 
shuniladi.
Personal  m aqsadning  jam oa  maqsadlariga  mos  b o ‘lishi  d e­
ganda,  uning  o ‘z  m ohiyati,  amalga  oshirish  davri,  pog‘onalari, 
b o ‘g‘inlar  va  hokazolar  bo'yicha  bir  qator  lokal  va  xususiy 
maqsadlarga  mos  kelishi  tushuniladi.
M aqsadlarni  am alga  oshirishda  har  bir  personalning  o ‘zaro 
m unosabatda  va  ham jihatlikda  bo'lishi  deganda  uning  muhimligi 
jihatdan  zanjirlanishi,  tartiblanishi  tushuniladi.  M aqsadning  bu 
jihati  barcha  lokal,  xususiy va yakka  m aqsadlarni  am alga oshirish 
bo'yicha  aniq  am aliy  tadbirlarni  ishlab  chiqish  im konini  beradi.
M aqsadning  m uayyan  ierarxiyaga  ega  ekanligi,  ya’ni  bir 
m aqsadning  boshqa  bir  maqsadga  bo'ysunishi  (tobe  bo‘lishi), 
bir-biri  o ‘zaro  m unosabatda b o ‘lishi  ularni qandaydir bir tartibga 
solish  zaruriyatini  tug'diradi.  Bunday  vazifani  bajarish  uchun 
m enejm ent  fanida  “m aqsadlar  shajarasi”  deb  atalgan  usul  q o ‘l- 
laniladi.
“ M aqsadlar  shajarasi”  —  bu  m aqsadlar  bilan  ularga  erishish 
vositalari  o'rtasidagi  aloqaning  grafik  tasviridir.  “ M aqsadlar 
shajarasi”  — m enejm ent boshqaruvining ierarxik ko‘rinishidagi bir 
necha  pog‘onalard an  tashkil  topgan  bo‘lishi  m um kin,  masalan:
—  eng  yuqori  pog'onadagi  bosh  maqsad;
—  bir  pog‘ona  pastdagi  birinschi  darajali  kichik  maqsadlar 
majmuasi;
90

— yana bir pog‘ona pastdagi ikkinchi darajali kichik maqsadlar 
va  hokazodan  tashkil  topgan  m aqsadlar  majmuasi.
M asalan,  yurtim izda  davlat  va  iqtisodiyotni  qayta  qurishning 
bosh  maqsadi  Prezidentim iz  I.  Karimov  tom onidan  quyidagicha 
aniqlab  beriladi:  “Pirovard  maqsadimiz  ijtimoiy  o ‘rnatilgan  bar- 
qaror,  bozor  iqtisodiyotiga  ochiq  tashqi  siyosatga  ega  bo‘lgan 
kuchli dem okratik huquqiy davlatni va fuqarolik jam iyatini  barpo 
etishdan  iboratdir”.  Bu  maqsad  ko‘p  qirralik  va  uning  amalga 
oshirilishi siyosiy,  m a’naviy,  iqtisodiy,  huquqiy sohalardagi asosiy 
maqsadlarga  qay  darajada  erishilishiga  bog‘liq.  H ar  bir  yo‘nalish 
bo‘yicha ham  bosh  maqsadga  mos  keluvchi  birinsi  darajali,  keyin 
esa  ikkinchi  darajali  maqsadlar  qo'yiladi.
Ikkinchi  darajali  m aqsadlarning  har  biri  o ‘z  navbatida  quyi 
bo‘g‘in  maqsadlariga  bo‘linadi.
Shunday  qilib,  m aqsadning  tobe  bo‘lishlik,  yoyib  bo‘lishlik 
va  zanjirlash  mumkinligi  kabi  sifatlari  um um iy  maqsadni  lokal, 
xususiy  va  yakka  maqsadlarga  ajratishga,  ularni  ustuvorlik  dara- 
jasiga  qarata  bilish  im koniyatini  yaratishga  yordam   beradi.
Boshqarishda  maqsadli  yondashuv  usuli,  m aqsadli  m enej­
m ent  — bu  boshqarishning  muayyan tizim i bo'lib,  unda birnecha 
bosqich  bir-biri  bilan  bog‘langan  b o ‘ladi:
—  maqsad  (pirovard  natija);
— maqsadga  erishtiruvchi  chora  va  tadbirlar;
— rejalashtirish;
— tashkillash;
— motivatsiyalash;
— nazorat.
Bu  usulning  mohiyati  quyidagicha  izohlanadi:  har  bir  rahbar 
yuqori  pog‘onadan  boshlab  to  quyi  pog‘onagacha  o'zining  aniq 
maqsadiga,  amalga  oshirish  rejasiga  ega  bo‘lishi  shart.
M aqsadli  yondashuv  usuli  5  pog‘onadan  iborat:
K orxonaning  uzoq  muddatli  va  strategik  m aqsadini  aniqlash.
2.  Faoliyat  sohalari  bo‘yicha  korxonaning  um um iy  m aqsad- 
larini  aniqlash.
3.  Xususiy,  yakka  m aqsadlarni  rejalashtirish  va  ularning  baja- 
rilish  usullarini  ishlab  chiqish.
4.  N atijani  baholash.
91

5.  Tuzatishlar  kiritish.
B iritnchi  pog‘ona  maqsadlari  korxonaning  strategik  rejalash- 
tirishiga  taalluqli.  U larni  korxonaning  yuqori  pog‘onasidagi 
menejerlari 
shakllantiradi. 
M enejerlar 
korxona 
istiqbolini 
belgilashga  m as’ul  b o ‘lishadi  ham da  o ‘rta  bo‘g‘in  menejerlari 
ishni  boshqaradilar.  U lar  prezident,  bosh  ijrochi,  direktor  yoki 
vitse-prezident  deb  atalishlari  ham   mum kin.
Ikkinchi  pog‘ona  m aqsadlari  oliy  va  o ‘rta  daraja  m enejerlari 
tom onidan  belgilanadi.  U lar  nisbatan  uzoq  muddatli  b o ‘lmagan, 
aniq  davrga  m o ‘ljallangan  m aqsadlardir.  O datda,  bu  m aqsadlar 
korxonaning  aniq  faoliyat  sohalari  miqyosida  bo‘ladi.  Bular  tur- 
kumiga  m a’lum   funksional  vazifalar  kiradi:
—  ishlab  chiqarish;
—  moliyaviy  ta ’m inot;
—  m ehnatni  boshqarish;
—  marketing;
—  rentabillikni  ta ’m inlash  kabi  funksional  sohalar  maqsadlari 
kiritiladi.
U chinchi  pog‘ona  m aqsadlari  —  maqsadli  boshqaruvning 
o ‘zagi  hisoblanadi.  Bunda  m aqsadni  amalga  oshirish  bo'yicha 
amaliy  tadbirlar  ishlab  chiqiladi,  rejalar  tuziladi.  Bu  pog‘ona 
m enejerlarining  vazifasi  —  har  bir  xodim  oldidagi  m aqsadni 
aniqlash va ularni am alga oshirish b o ‘yicha aniq usul va vositalarni 
ishlab  chiqishdan  iborat.
T o ‘rtinchi  pog‘onadi  korxonaning  erishgan  natijasiga,  ya’ni 
m aqsadning  qay  darajada  bajarilganligiga  baho  beriladi.  Bu  va­
zifani  korxonaning  yuqori  pog‘onadagi  rahbarlari  bajaradi.
N ihoyat,  m aqsadli  yondashuv  usulining  so‘nggi  pog‘onasida 
oldindan  qabul  qilingan  rejalarga  ayrim   tuzatishlar  kiritish  ma- 
salasi  turadi.  Bunday  tuzatishlarga,  odatda,  hisobga  olinm agan 
om illar  natijasida  ayrim   m urakkab  m aqsadlarning  amalga  osh- 
maganligi  sabab  bo‘lishi  m um kin.
M aqsadli  boshqaruv  usuli  bir  qator  afzalliklarga  ega.  Yaxshi 
tashkil  etilgan  m aqsadli  boshqaruv  usuli:
—  korxonani  boshqaruv  tizim ini  takomillashtirishga  yordam  
beradi;
—  har  bir  xodim  va  butun  korxonaning  yuqori  natijalarga 
erishishga  im kon  tug‘diradi;
92

—  har  bir  xodim  rejasini  barcha  b o ‘g‘inlar  rejalari,  shuning­
dek,  korxonaning  strategik rejasi  bilan uzviy bog‘liqligini  ta ’m in- 
laydi;
—  rahbarlardan  aniq  va  bajarilishi  m um kin  bo‘lgan  m aqsad­
larni  qabul  qilishni  talab  qiladi  va  hokazo.
Xulosa qilib aytganda,  maqsadli boshqauv qoidalarini jism oniy 
tarbiya  va  sport  m enejmentiga  keng  joriy  etilishi,  ularni  ayniqsa 
m enejm entning  asosiy  kategoriyalari,  ya’ni  prinsiplar,  funk- 
siyalar,  usullar,  texnologiyalar  va  tizim lar  bilan  uzviy  ravishda 
bog‘lab  olib  borilishi  sportchilarni  turli  xil  qiyin  vaziyatlarda 
ham  o ‘z maqsadlaridan og‘ishmagan  holda ishonch  bilan harakat 
qilishlariga  xizmat  qiladi.
Takrorlash  uchun  savollar:
1.  Boshqarish  maqsadi  qanday  turlarga  bo‘linadi?
2.  Joriy va  istiqboldagi  m aqsadlar  o ‘rtasidagi  farq.
3.  M uamm oli  va  innovatsion  maqsadlar.
4.  Jismoniy  tarbiya  va  sport  m enejm entida  boshqaruvning 
m aqsadlarini  nim alarda  ko'rish  mum kin?
5.  Jismoniy  tarbiya  va  sportda  m enejm ent  maqsadning  ilmiy 
asoslanganligini  qanday  tushuntirib  bera  olasiz?
6.  Jismoniy tarbiya  va  sportda  m enejm entning  maqsad  turlari 
qanday  guruhlarga  bo‘linadi?
7.  Boshqarish  maqsadi  nim a?
9 .2 .  O ‘zbekistonda  xalqaro  sport  aloqarlarini  rivojlanishida 
m enejmentning  o ‘rni 
Reja:
Xalqaro  sport  aloqalarining  davlatlararo  munosabatlari.
Xorij  mamlakatlar  bilan  sport  aloqalarning  rivojlanishi.
Xalqaro  sport tashkilotlarining  huquqiy  statusi  xususiyatlari.
Xalqaro  sport  tashkilotlari,  “Xalqaro  tashkilot” .
Davlatlararo,  hukum atlararo  va  nodavlat  xalqaro  tashkilot­
lar.
Milliy jam oat  tashkilotlari,  ittifoqlar.
Xalqaro jism oniy tarbiya-sport birlashmalari, nodavlat jam iyat 
tashkilotlari.
93

Xalqaro jism oniy  tarbiya-sport  birlashmalari  tarkiblari.
Xalqaro  nodavlat  tashkilotlarning  asosiy  belgilari:
— o ‘z  faoliyatidan  foyda  chiqarish  m aqsadining  ystunligi;
—  juda  bo‘lm aganda  bir  davlat  tom onidan  tan  olinishi  yoki 
xalqaro  hukum atlararo  tashkilot  tarkibida  maslahatchilik  statusi- 
ga  ega  bo‘lishi;
—  bittadan  ko‘p  davlatlardan  pul  mablag‘i  olib  turishi;
— juda  b o ‘lm aganda  ikki  davlat  doirasida  faoliyat  ko‘rsatishi;
— ta ’sislik  dalolatnom asi  asosida  tuzilganligi.
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 75%20Спорт
75%20Спорт -> Basketbol nazariyasi va uslubiyati
75%20Спорт -> Sh. X. Isroilov, Z. R. Nurimov, Sh. U. Abidov, S. R. Davletmuratov, A. A. Karimov sport va harakatli
75%20Спорт -> Sport pedagogik mahoratini oshirish yengil atletika
75%20Спорт -> A. Abduhamidov, H. Nasimov, U. Nosirov, J. Xusanov algebra va matematik analiz asoslaridan masalalar toplam I
75%20Спорт -> A. g a z I y e V, I. Is r a IL o V, M. Y a X s h ib o y e V matematik analizdan misol va masalalar
75%20Спорт -> I ism o ilo V, T. Rizayev, X. M. Maxmudova fizikadan praktikum
75%20Спорт -> L. A. Djalilova jismoniy tarbiya va olimpiya harakati
75%20Спорт -> Sport universiteti I. S. Islamov, R. R. Salimgareyeva yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari
75%20Спорт -> G im n a st ik a d a r sl a r id a in no va tsio n t e X n o L o g iy a L a r


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling