G ’u L o m o V z. T., Nabiullin r. X. K a m ilo V a g. Z. Jismoniy tarbiya va sport menejmenti


Download 5.26 Mb.
Pdf просмотр
bet12/24
Sana05.12.2019
Hajmi5.26 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24

Takrorlash  uchun  savollar:
1.  M arketing  fanining  hozirgi  zam on  ta ’riflari.
2.  M arketing  fanining  turlari.
3.  M arketing  fanining  maqsadi.
4.  M arketing  fanining  konsepsiyasi.
5.  M arketing  fanining  funksiyalari  va  elementlari.
6.  M arketing  fanining  qadimiy  va  zamonaviy  funksiyalari.
7.  M arketingda  rejalashtirish  funksiyalari.
8.  M arketingda  tashkil  etish  funksiyalari.
9.  M arketingda  motivatsiya  funksiyalari  va  motivatsion  m o­
dellar.
106

10.  M arketingda  nazorat  funksiyalari.
11.  Jismoniy  tarbiya  va  sportni  maqsadli  rivojlantirish  m ar­
keting  funksiyalari.
9 .4 .  Xorij  mamlakatlarida  sport  marketing  fanining 
maqsadlari 
Reja:
Xorij  m am lakatlarida  sport  marketingining  shakllanishi.
Xorij  m am lakatlarida  sport  marketingining  maqsadi.
Marketing  (m arket)  so‘zi  “bozordagi  faoliyat”  m a’nosimi?
Marketing  —  murakkab,  dinam ik,  ko‘p  qirrali  tushunchadir.
Sport  marketingi  —  sport  tovarlarini  yaratish,  taklif  etish  va 
ayirboshlash.
Marketingga  Peter  D rukkerning  ta ’rifi.
Fransuz  marketing  m aktabida  q o ‘llaniladigan  ta ’rif.
Amerika M arketing Assotsiatsiyasining  1985 yilda marketingga 
bergan  ta ’rifi.
Tayanch  iboralar:
Xorij,  sport  marketingi,  maqsad,  m arketing  (m arket), 
“bozordagi  faoliyat”,  murakkab,  dinamik,  ko‘p  qirrali, 
sport tovarlari, taklif etish, ayirboshlash,  Peter  Drukkerning 
ta ’rifi,  fransuz  m arketing  maktabi,  Amerika  M arketing 
Assotsiatsiyasi.
Xorij  m am lakatlarida  sport  marketingining  m aqsadi  —  bu 
q a t’iy fanning va  bozorda samarali  faoliyat  ko‘rsatishning  mujas- 
samlashishidir.  Bu  atam a  dastlab,  1902-yilda  AQShda  paydo 
bo‘lgan,  1920-yildan  keyin  esa  bu  atam adan jahonning  ko‘pgina 
mamlakatlari  foydalana  boshladilar.  M arketing  (m arket)  so‘zi 
ingliz  tilidan  tarjim a  qilinganda  “bozordagi  faoliyat”  m a’nosini 
anglatadi.
Marketing  —  m urakkab,  dinam ik,  ko‘p  qirrali  tushunchadir, 
bu  esa  marketingga  tam om an  universal  tavsif  berish  m um kin 
emasligidan  dalolatdir.  So‘nggi  yillarda chop  etilgan  marketingga 
doir  adabiyotlarda  m arketingning  juda  ko‘p  ta ’riflari  berilgan. 
U lardan  ba’zi  birlarini  keltirishni  lozim  topdik.
107

Taniqli  am erikalik  marketolog  olim   F.  Kotler  marketingning 
ta ’rifini 
quyidagicha  ifodalaydi: 
“ M arketing  —  tovarlarni 
yaratish,  taklif  etish  va  ayirboshlash  asosida  ayrim  olingan  kishi 
va  guruhlarning  talab va  ehtiyojlarini  qondirishga  qaratilgan  iqti­
sodiy  va  boshqaruv jarayonidir”.
Boshqaruv  m uam m olari  bo'yicha  yetakchi  nazariyotchi 
olim lardan  biri  Peter  Drukkerning  ta ’rifi  esa  quyidagicha: 
“ M arketingning  maqsadi  sotishga  qaratilgan  harakatlarni  yo‘q 
qilishdan iboratdir.  Uning maqsadi xaridorlarni shunday o ‘rganish 
va tushunishdan  iboratki,  tovar va xizm atlar uning talabiga aynan 
mos  tushib,  pirovardida  o ‘zini-o‘zi  sotadi” .
Fransuz  m arketing  maktabida  qoMlaniladigan  ta ’rif  ham 
Peter  D rukker  ta ’rifiga juda  yaqin  turadi.  U nga  ko‘ra:  “ M arke­
ting  —  bu  sotishni  ta ’minlash  va  sotuvga  tovarlar  va  xizmatlarni 
iste’m olchilarning  talabiga  mos  holda  chiqarish  orqali  ularning 
talabini  qondirish  maqsadida  o ‘tkaziladigan  chora-tadbirlar 
m ajm uyidir” .
A m erika M arked ngAssotsiatsiyasining 1985-yildamarketingga 
bergan ta ’rifi  esa quyidagicha:  “ M arketingning  m ohiyati  insonlar 
va  tashkilotlar  talabini  qondirish  m aqsadida  tovar  va  xizmatlar 
ishlab  chiqarishni  rejalashtirish  va  uni  amalga  oshirish,  narx 
belgilash,  tovarlar  harakati  va  sotilishini  uyushtirishdir” .
K eltirilgan ta ’riflardan ko‘rinibturibdiki, m arketing — serqirra 
jarayondir.  Shu  bilan  bir  qatorda  m arketing  bozor  munosabatlari 
subyektlarining  biznes  falsafasi,  fikrlash  strategiyasi  va  taktikasi 
faoliyati  ekan  desak  xato  qilmagan  bo‘lamiz.  D em ak,  marketing 
bir  vaqtning  o ‘zida  “ham  m ushohada  va  ham  harakat  jarayoni” 
ekan.  Hozirgi  bozor  iqtisodiyoti  yuqori  darajaga  ko‘tarilgan 
m am lakatlarda  marketing  tamoyillari  oddiy  tovar  ishlab  chiqa- 
rishdan  boshlab  to  murakkab  texnologiyalargacha  bo'lgan  jara- 
yonlarda  yaqqol  ko‘rinm oqda.  Bugungi  bozor  iqtisodiyoti  toboro 
chuqurlashib borayotgan sharoitda firm alar,  korxonalar va boshqa 
bozor  subyektlarining  raqobatga  bardosh  berib,  samarali  faoliyat 
ko‘rsatishining  birdan  bir  yo‘li  marketing  im koniyatlaridan  keng 
foydalanish  ekanligi  hech  kimga  shubha  tug‘dirmaydi.
Respublikam izda  ham  so'nggi yillarda  m am lakatim izda ishlab 
chiqarilayotgan  tovarlarga  talab  va  taklifni  o ‘rganish  bo'yicha
108

marketing  tatqiqotlarini  o ‘tkazish  mexanizmini  ishlab  chiqish 
borasida  talaygina  ishlar  amalga  oshirildi.  Bu  esa  bizning  dav- 
latimizda  ham  marketingning  bozor  qonun-qoidalariga  m u­
vofiq  xo‘jalik  yuritish  tizim ining  asosiy  vositasiga  aylanish  davri 
boshlanganligidan  dalolatdir.
Bunda  marketingning  quyidagi  asosiy  tamoyillariga  amal  qi­
lish  talab  etiladi:
1.  Iste’m olchilar  ehtiyoji  bo'yicha  qarorlar  qabul  qilganda 
talabning  holati  dinamikasi  va  bozor  konyukturasini  diqqat  bilan 
o ‘rganish.  Bu  tamoyilga  amal  qilish  mavjud  talab  va  kutilayotgan 
talab  darajasi  bo'yicha  bozor  holatini,  raqobatchilarning  bozor­
dagi  faoliyatini,  mijozlarning  bozordagi  xulq-atvori  va  ularning 
mazkur  korxona  tovariga  m unosabatlarini  yaxshi  bilishni  ko‘zda 
tutadi.  Bu yerda marketingning bosh  vazifasi mijozlarning nim ani 
xohlashlarini  tushunib  yetishdan  iboratdir.
2.  Ishlab  chiqarishning  talab  strukturasi  va  bozor  talabiga 
maksimal  darajada  mosligini  ta ’m inlashga  sharoit  yaratish.
M arketingning  hozirgi  zam on  konsepsiyasi  korxonaning  bu- 
tun  faoliyati  (ishlab  chiqarish,  ilm iy-texnik,  sotish  va  hokazolar) 
iste’m olchilar  talabi  va  uning  kelgusidagi  o'zgarishi  bilan  bog‘liq 
bilimlarni o ‘z ichiga oladi.  M arketing iste’m olchilar talabi mavjud 
bo‘lgan  tovarlarni  yaratish,  ishlab  chiqarish  va  sotish jarayonlari 
demakdir.  M arketing xizmati korxonaning ishlab chiqarish, ilmiy- 
texnikaviy,  moliyaviy  siyosatini  belgilashda  m uhim   ahamiyat 
kasb  etadi.  Bunda  talabning  holati  va  o ‘sish  darajasini  tahlil  qi­
lish  asosida  u  yoki  bu  mahsulotni  ishlab  chiqarish  zaruriyati  bor 
yoki  yo‘qligi  haqida  xulosa  qilinadi.
3.  Asosiy  iste’molchilarga  m azkur  korxonaning  tovarlari  h a­
qida  m a’lum ot  berish  va  ularning  aynan  shu  korxona  tovarlarini 
sotib olishlariga  asosan  reklama va  ruxsat  etilgan  boshqa vositalar 
orqali  ta ’sir  ko'rsatish.
Yangi sport tovarini yaratdim  va ishlab chiqardim , bu yaratgan 
va  ishlab  chiqargan  tovarlarim   bozorga  o ‘zi  yo‘l  topadi,  deb 
o ‘ylaydigan  korxona  rahbarlari  yangilishadilar.  Albatta,  ko‘pgina 
korxonalarning  asosiy  vazifalaridan  biri  samara  beradigan  yan­
gi  tovarlarni  ishlab  chiqarish  hisoblanadi.  Lekin,  bu  tovarlarni 
muvaffaqqiyat  bilan  bozorga  siljitish  ham  muhim   vazifalardan 
sanaladi.
109

M arketingn in g  turlari
Hozirgi  kunda  m arketing  iste’m olchilar  talabini  qondirish 
bilan  bog‘liq  b o ‘lgan  ham m a  faoliyat  turlarida  qo'llaniladi.  Ana 
shularning  ayrim lari  bilan  tanishamiz.
Agar  m arketing  ayrim  olingan  korxona  darajasida  qo‘llanilsa, 
mikromarketing 
deb  ataladi.  Ayrim  olingan  davlat  yoki  xalqaro 
miqyosda  q o ‘llanilgan  hollarda  makromarketing  deyiladi.
Shaxs m arketingi 
deganda, aniq shaxsga nisbatan jam oatchilik 
fikrini q o 'llab -q u w a tlash  va o'zgartish bilan bog‘liq faoliyat yuri- 
tish tushuniladi.  K o'pgina shaxslar,  xususan,  siyosiy faoliyat bilan 
shug'ullanuvchilar,  artistlar,  vrachlar,  sporkmenlar,  biznesm enlar 
o'zining  dongini  taratish  va  biznesini  rivojlantirish  maqsadida 
personalmarketingdan 
foydalanadilar.
G ‘oyalar  m arketingi, 
asosan,  chekish  va  spirtli  ichim liklar 
iste’mol  qilish  darajasini  kamaytirish,  narkotik  m oddalar  iste’- 
molini  to'xtatish,  atrof-m u hitn i  him oya  qilish  bilan  bogMiq  so- 
tsial  g'oyalarga  qaratiladi.
Joy marketingi 
deganda,  xaridorlarning  ayrim  olingan  hudud, 
joylarga  nisbatan  m ijozlar m unosabatini  o'zgartirish,  tashkil  etish 
va  saqlab  qolish  bilan  bog'liq  faoliyat  tushuniladi.  Masalan, 
qadimiy  shaharlarim iz  hisoblanmish  Sam arqand,  Xiva,  Buxoro 
shaharlariga  xorijiy  m am lakatlardan  turistlarning  tashrifini  yana- 
da  ko‘paytirish  m aqsadida  turistik  tashkilotlar  m arketing  fao ­
liyatini  yuritadilar.
Bozorni  qam rab  olish  hajmi  bo'yicha  ommaviy  marketing, 
differensiyalashtirilgan  va  maqsadli  m arketinglar  to ‘g‘risida  fikr 
yuritish  m um kin.
Ommaviy m arketing 
— ham m a xaridorlar uchun m o‘ljallangan, 
ko‘p  m iqdorda  ishlab  chiqariladigan  bir  tur  tovarlarning  m arke- 
tingidir.  M asalan,  bir  vaqtlar  “C oca-co la”  kompaniyasi  ham m a 
bozorlarda  sotiladigan  bir  turdagi  m ahsulot  ishlab  chiqargan. 
Bunday  yondashuv  m ahsulotlarni  eng  past  narxda  sotishga  im ­
kon  beradi.
Differensiyalashtirilgan  marketing 
deganda,  ham m a  xaridor­
lar  uchun  m o ‘ljallanib,  lekin  har  xil  xususiyatga  ega  bo‘agan,  bir 
necha  xil  m ahsulotlarning  ishlab  chiqarilishi  va  marketingi  bilan
110

tavsiflanadigan  marketing  turi  tushuniladi.  M asalan,  hozirgi 
kunda  “C oca-cola”  kompaniyasi  har  xil  qadoqlangan  bir  necha 
turdagi  spirtsiz,  gazlashtirilgan  ichimliklar  ishlab  chiqarm oqda.
M aqsadli  marketing 
—  marketingning  shunday  turiki,  bunda 
mahsulotlar  m a’lum  bir  bozor  segmenti  uchun  ishlab  chiqariladi 
va  ularning  marketingi  ana  shu  bozor  segmentiga  m o ‘ljallab 
tashkil etiladi.  Shuningdek,  marketingning turi  talabning  holatiga 
qarab  ham  har  xil  b o ‘ladi.
0 ‘zgartiruvchi  (konversion)  marketing 
—  iste’m olchilarning 
talabi  salbiy  bo‘lgan  hollarda  qo‘llaniladi.  Uning  maqsadi  iste’­
molchilarning  salbiy  munosabatini  ijobiy  tom onga  o ‘zgartirish- 
dan  iboratdir.  M asalan,  tamaki  firm alari  tarkibida  nisbatan  kan- 
serogen  m oddalari  kam  bo‘Igan  sigaretalar  ishlab  chiqarishni 
yo‘lga  qo‘yish  va  reklama  tadbirlarini  kuchaytirish  yo‘li  bilan 
iste’m olchilarni jalb  qilishga  harakat  qiladilar.
Rag‘batlantiruvchi  marketingdan 
tovar  va  xizmatlarga  talab 
bo'lm ay  qolgan  hollarda  q o ‘llaniladi.  Rag‘batlantiruvchi  m ar­
ketingning asosiy instrum enti — narxlarni keskin pasaytirish, rekla- 
mani  kuchaytirish  va  tovarni  siljitishning  samarali  uslublaridan 
foydalanishdir.
Rivojlantiruvchi marketing 
tovarlarga yashirin talablar mavjud 
bo‘lgan  holatlarda  qo‘llaniladi.  Masalan,  zararsiz  sigaretalar  va 
yoqilg‘ini  tejaydigan  avtomobillarga  bo'lgan  talabni  yashirin 
talabga  kiritish  mum kin.  Bunda  rivojlantiruvchi  m arketingning 
asosiy instrum enti b o ‘lib,  o ‘zgargan talabga mos yangi tovar ishlab 
chiqarish,  reklam adan  foydalanish,  aniq  iste’m olchilar  guruhiga 
m o‘ljallangan  tovarlar  ishlab  chiqarish  va  hokazolar  hisoblanadi.
Remarketing 
— tovarning haddan tashqari ko‘payishi natijasida 
unga  bo‘lgan  talab  pasaygan  vaqtlarda  qo‘llaniladi.
Demarketing 
—  talab  juda  yuqori  bo‘lgan  sharoitda  qo‘lla- 
niladigan  m arketing  turidir.  Uning  vazifasi  talabni  vaqtinchalik 
cheklashga qaratiladi.  D em arketingning asosiy instrum enti  narxni 
oshirish  va  reklam a  tadbirlarini  to ‘xtatib  q o ‘yishdan  iboratdir.
QoMlab-quwatlovchi  marketing 
—  talab  va  taklif  bir-biriga 
mos  kelgan  sharoitda,  mavjud  talabni  uzoqroq  m uddatga  saqlab 
qolishda  foydalaniladigan  m arketing  turidir.
Aks  ta ’sir  etuvchi  marketing 
—  inson  hayoti  uchun  zararli
i l l

b o ‘lgan  m ahsulotlarni  iste’mol  qilmaslikka  undash  kerak  bo‘lgan 
paytlarda  q o ‘llaniladigan  marketing  turidir.  Masalan,  insonlarni 
narkotik  m oddalarni  va  spirtli  ichim liklarni  iste’mol  qilishdan 
voz  kechishga  chaqirish  maqsadida  narxning  keskin  oshirilishi, 
ularning  zarari  haqida  doimiy  axborotlar  berib  turishda  m azkur 
m arketing  turidan  foydalaniladi.
M arketingning  m ohiyatini  chuqurroq  anglab  yetish  uchun 
m arketing  m unosabatlarining  ishtirokchilari,  obyektlari,  sub­
yektlari,  m aqsadlari,  konsepsiyalari,  turlari  va  funksiyalari  haqi- 
dagi  bilimlarga  ega  bo'lish  kerak.
M arketingning  obyektlari  deganda,  moddiy  tovarlar,  xizm at­
lar,  g 'o y ala r  tu sh u n ilad i.  K o‘p in c h a  bu  obyektlarni  “T o v ar­
lar”  tushunchasiga  birlashtiriladi.
M arketing  subyektlari  deganda  esa,  ishlab  chiqaruvchilar, 
iste’m olchilar,  m arketing  bo'yicha  mutaxassislar,  vositachilar  va 
hokazolar  tushuniladi.
M arketing  sohasidagi  adabiyotlarda,  asosan,  marketingning 
to ‘rtta  m aqsadi  keltiriladi.  Bular  quyidagilar  hisoblanadi:
1.  M um kin  b o ‘lgan  maksimal  yuqori  iste’molga  erishish.
2.  Iste’m olchilar  talabining  m aksim al  qondirilishiga  erishish.
3.  Iste’molchilarga  keng  assortim entdagi  tovarlarni  tanlashiga 
im koniyat  yaratish.
4.  Aholi  turm ush  darajasi  sifatini  oshirish.
Mumkin bo‘lgan maksimal yuqori iste’molga erishish. 
K o‘pchi- 
lik  rahbarlar  marketingning  maqsadi  —  ishlab  chiqarishning 
maksimal  o ‘sishi  va  korxonaning  boyishida  asosiy  omil  yuqori 
iste’molga  erishishni  rag‘batlantirishda,  deb  biladilar.  Bu  fikrni 
boshqacha  ifodalasak,  odam lar  qancha  ko‘p  sotib  olsa  va  qancha 
ko‘p  iste’mol  qilishsa,  shuncha  baxtli  bo‘ladilar,  degan  m a’noni 
anglatadi.  Lekin,  b a’zi  bir  kishilar  moddiy  boyliklar  massasining 
ortishi  katta  baxtga  erishishdan  dalolatdir  degan  fikrga  shubha 
bilan  qaraydilar.  Demak,  marketingning  maqsadi  faqat  m um kin 
bo ‘lgan  maksimal  iste’molga  erishishdangina  iborat  emas  ekan.
I s te ’molchilar  talabining  maksimal  qondirilishiga  erishish. 
Bu 
nuqtayi  nazarga  muvofiq  m arketing  tizim ining  asosiy  maqsadi 
m um kin  bo'lgan  maksimal yuqori  iste’molga  erishish  emas,  balki 
iste’m olchilarning  talabini  maksimal  qondirishdan  iboratdir.
112

Bu  degani  tovar  massasi  iste’moli  ko‘p  bo‘lsa-da,  u  biron-bir 
ahamiyatga  ega  bo'lmasligi  m um kin.  U larning  ahamiyatliligi, 
tovar massasining ko'pligi bilan emas,  balki bu tovar massalarining 
qanchalik  darajada  iste’m olchilarning  talabini  qondira  oli­
shi  bilan  o'lchanadi.  Afsuski,  iste’m olchilar  talabining  qondi- 
rilish  darajasini  o'rganish  to  hozirgi  kungacha  m uam m oligicha 
qolmoqda.
Iste’molchilarga  keng  assortimentdagi  tovarlarni  tanlashga 
imkoniyat  yaratish. 
Ba’zi  bir  bozor  mutaxassislari  marketing 
tizim ining  asosiy  maqsadi  tovarlar  xilma-xilligini  maksimal 
ta ’m inlash  va  iste’molchilarning  keng  assortim entdagi  tovarlarni 
tanlashiga  imkoniyat  yaratishdan  iboratdir,  deb  hisoblaydilar. 
Tizim ning  maqsadi  iste’m olchining  talabiga to ‘liq  mos  keladigan 
tovarni  topishiga  yordam  berishdan  iborat  bo'lishi  kerak.
Aholi  turmush  darajasi  sifatini  oshirish. 
K o‘pchilik  m utaxas­
sislar  marketing  tizim ining  asosiy  maqsadi  aholi  “turm ush  da- 
rajasining  sifati”ni  yaxshilashdan  iborat  deb  biladilar.  Bu  tu- 
shuncha  quyidagilarni  o ‘z  ichiga  oladi:
1)  tovarning  sifati,  m iqdori,  assortim enti,  narxi;
2)  m ehnatga  haq  to'lash  darajasi;
3)  madaniy  m uhitning  sifati  va  boshqalar.
Takrorlash  uchun  savollar:
1.  Xorij  mamlakatlarida  sport  marketingi  qanday  shakllan- 
gan?
2.  Xorij  mamlakatlarida  sport  marketingining  maqsadi.
3.  M arketing  (market)  so‘zi  “bozordagi  faoliyat”  m a’nosi 
nima?
4.  M arketing  —  murakkab,  dinam ik,  ko‘p  qirrali  ekanligi  n i­
malardan  iborat?
5.  Sport  marketingi  nima?
6.  Sport  tovarlarini  yaratish,  taklif  etish  va  ayirboshlash  q an ­
day  amalga  oshiriladi?
7.  Marketingga  Peter  D rukkerning  ta ’rifi.
8.  Fransuz  marketing  m aktabida  q o ‘llaniladigan  ta ’riflar.
9.  Amerika  Marketing  Assotsiatsiyasining  1985-yilda  m arke­
tingga  bergan  ta’rifidan  kelib  chiqadigan  xulosalar.
113

Adabiyotlar
1.  К арим ов  И.А.  Ж а^он  м о л и яви й -щ ти со ди й   и щ и р о зи , 
У збекистон  ш ароитида  уни  бартараф  этиш нинг  йуллари  ва 
чоралари.  —  Т.:  Узбекистон,  2009.
2.  Каримов  И.А.  Э нг  асосий  мезон  —  ^аёт  ^ак;икатини 
акс  эттириш .  —  Т.:  Узбекистон,  2009.
3.  М ам лакатим изни  м одернизация  к.илиш  ва  янгила- 
н и ш н и   изчил  давом  эттириш   —  давр  талаби.  П резидент 
И слом   К ари м овнин г  2008  йилда  м ам лакатим изни  ижти- 
моий-ик;тисодий  ривож лантириш   якунлари  ва  2009  йил- 
га  м улж алланган  ик,тисодий  дастурнинг  энг  му^им  устувор 
йуналиш ларига  багиш ланган  Вазирлар  М ахкам асининг 
м аж лисидаги  маърузаси  / /   Хал^  сузи,  2009  йил  14  ф ев­
раль.
4.  А крамов  Р.  С  верой  в  искренний  футбол.  —  Т.:  Янги 
аср  авлоди,  2012.
5.  Ахматов  М .С.  Узлуксиз  таълим  тизимида  оммавий 
спорт  согламлаш тириш   иш ларини  самарали  бош ^ариш .
-   Т.:  2005.
6.  Гулямов  З.Т.,  Акбаров  Ф .С.  О сновы  м енедж м ен­
та  и  его  особенности  в  условиях  ф орм ирования  ры нка  в 
У збекистане.  —  Т.:  ТГАИ,  2006.
7.  М ескон  М .,  Альберт  М .,  Хедоури  Ф.  О сновы  менед­
ж мента.  —  М.:  АНХ,  1995.
8.  П рчи нкин  А.В.  М енеджмент  в  сфере  ф изической 
культуры  и  спорта.  —  М.:  Советский  спорт,  2010.
9.  Рихард  X.,  Бёме  Г.  К ак  руководить  людьми  (практи­
ка  менеджмента).  «ЕВ РО М ЕН ЕД Ж М ЕН Т»,  Бад  Гарцбург 
(Германия).  2013.
10. Я раш ев К.Д. Ж исм оний тарбия ва спортни бошк,ариш.
—  Т.:  Абу Али  ибн  С ино.  2002.
11.  УР  ОУМ ТВ.  М актаб,  академ ик  лицей,  касб-хунар 
коллеж ларига  ж исм оний  тарбия  ук;итувчиларини  тайёр- 
лаш   муаммолари  (илм ий-назарий  анж уман  туплами).  —  Т.: 
ТД П У ,  2013.
114

12.  Elektron  ta ’Iim  resurslari:
Internet  saytlari
www.bilim.uz
www.ekonomika.ru
www.menejment.com
www.edu.uz  — vazirlik  sayti
www.ziyo.edu.uz  — vazirlik  sayti
www .perform ance,  edu.uz  — vazirlik  sayti
115

X  bob.  OLIMPIYA  HARAKATLARI  VA  OLIMPIYA  SPORTI
M ENEJM ENTI
10.1.  Olimpiya  harakati  va  Olimpiada  tashkilotlari
M am alakatim iz  Prezidenti  I.A.  Karimov  o ‘zining  “0 ‘zbekis­
ton  iqtisodiy  islohotlarini  chuqurlashtirish  yo'lida”  asarida: 
“Kuchli  ijtimoiy  siyosat  avvalo  sermahsul  m ehnat  qilish  uchun 
yaxshiroq  rag‘bat  va  im koniyatlar  yaratishdan,  iqtisodiy  yo‘l 
tanlash  va  faoliyat  ko‘rsatish  erkinligiga  bo'lgan  kafolatli  hu- 
quqni  qaror  toptirishdan,  aholining  m ehnat  va  ijtimoiy  faolligini 
oshirishdan  ham   iboratdir” ,  deb  ta ’kidlagan  edi.  Ushbu  ma- 
salalarni  amalga  oshirishda,  jism onan  va  aqlan  sog‘lom,  bar- 
kamol  avlodga  tayanm asdan  iloj  yo‘q,  shuning  uchun  yurtimizda 
mustaqilligim izning  birinchi  yillaridan  boshlab  jism oniy  tarbiya 
va  sportga  katta  e ’tibor  berib  kelinyapti.
Sovet  Ittifoqining  tugatilishi  munosabati  bilan  15  ta  ittifoq- 
dosh  Respublikalarda  har  biri  o ‘z  Milliy  Olimpiya  qo'm italarini 
tuzila  boshlandilar,  ular  jam oatchilik  sport  tashkilotlari  sifatida 
yer  yuzida  jism oniy  tarbiya  va  sport  rivojiga  katta  xizmat  qil­
ib  kelyaptilar.  Olimpiya  harakatidagi  jismoniy  tarbiya  va  sport 
m enejm entining m ohiyati faoliyat usuliga ko‘ra, jam oaning rahbar 
organi  Olimpiya  qo'm itasi  hisoblanadi.  Q o'm ita  o ‘zining  N izom i 
asosida  ish  yuritadi.  N izom ga  ko‘ra  qo'm ita  tarkibi  quyidagicha: 
Olim piada  q o ‘mitasi  kengashi,
Olim piada  q o ‘mitasi  ijrokomi,
Olim piada  q o ‘mitasi  prezidenti,
Olim piada  q o ‘mitasi  ijrochi  direktori.
Olim piada  qo'm itasi  ijrochi  direktori  0 ‘zbekiston  Olim piada 
q o ‘mitasi prezidenti tavsiyasiga ko‘ra Olimpiada qo ‘mitasi  ijroko­
mi tom onidan tayinlanadi,  Respublika Olimpiada qo‘mitasi a ’zosi 
sifatida  keng  vakolatlarga  ega  hisoblanadi.
116

0 ‘zbekiston  Respublikaisi  O lim piada  q o ‘mitasining  maqsad 
va  vazifalari:
Xalqaro  Olim piada  q o ‘mitasi  (XOQ)ning  Olimpiada  xar- 
tiyasiga  binioan  0 ‘zbekiston  Respublikaisining  Olimpiada  o ‘yin- 
lariga,  o ‘smirlar  Olim piada  o ‘yinlariga  va  shu  bilan  bir  q a­
torda,  barcha  regional,  kontinental  va  jahon  sport  kompleksi 
musobaqalariga  tavsiya  etadi.
Olimpiya  harakatlari  bilan  bogMiq  b o ‘lgan  fundam ental 
prinsiplar  va  olim piada  qadriyatlari,  xususan,  sport  sohasi  va 
ta ’lim,  Olim piada  ta ’lim  dasturi  bilan  bogMiq  bo‘lgan  Olimpiya 
m aktablari,  jismoniy  tarbiya  va  sportga  ixtisoslashgan  pedagogik 
institutlar  va  universitetlar,  O lim piada  ta ’limiga  bag‘ishlangan 
jism oniy  tarbiya  va  sport  institutlari,  universitetlari  ochish 
g‘oyalarini  qo‘llab-quw atlash.  Bular  qatoriga  Milliy  Olimpiya 
jam oat  akademiyalari,  Olimpiya  muzeylari  va  Olimpiya  h ara­
katlari  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  boshqa  m adaniyat  dasturlari,  O lim ­
piya  harakatlari  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  dasturlar  kiradi.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  O lim piada  q o ‘mitasi  tom onidan 
Xalqaro  Olimpiada  q o ‘mitasi  (XOQ)ning  Olim piada  xartiyasi- 
ning  bajarilishini  ta ’minlash.
0 ‘zbekiston  Respublikasida om m aviy-sport va yuksak ko‘rsat- 
kichli  sportni  rivojlanishiga  ko‘maklashish.
0 ‘zbekiston  Respublikasida jism oniy  tarbiya va  sport boshqa- 
ruvida  ishtirok etuvchi  rahbarlarni,  menejerlarni,  mutaxassislarni 
tayyorlash,  qayta  tayyorlashda  qatnashish,  ilmiy-amaliy  konfe- 
rensiyalar,  kengash  va  sem inarlarni  shunday  tashkil  etish,  ular 
yurtim izda  Olimpiya  harakatlarini  maksimal  darajada  tashviqot 
qilish.
Sportning  sof,  toza,  m usaffo  bo'lishi  uchun  kurash,  shu ju m ­
ladan,  Butunjahon  dopingga  qarshi  kodeks  talablariga  og‘ishmay 
am al  qilish  va  bajarish.
Xalqaro  Olimpiada  q o ‘mitasi  (XOQ)ning  Olim piada  xartiya- 
sining bajarilishini  ta ’m inlash  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Olimpiya 
harakatini  har  tom onlam a  rivojlantirish,  targ‘ibot  va  himoya  qi­
lish.
Jism oniy tarbiya  va  sport vositasida  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
fuqarolarini  Olimpiya  ta ’limiga, jism oniy va  m a’naviy tarbiyasiga 
ko‘maklashish.
117

0 ‘zbeldston  sportining  xalqaro  miqyosda  mavqeyini  mustah- 
kamlash  va  o bro‘sini  oshirish.
Sportdagi  har  qanday  kamsitishlik  va  zo‘ravonlikka  qarshi 
kurash.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Olimpiya  qo‘mitasining  nizomiy 
m aqsadlarini  amalga  oshirish  uchun:
Xalqaro  O lim piada  q o ‘mitasi  (XOQ)ning  tan  olishi  asosida 
va  XOQning  Olim piada  xartiyasiga  binoan  0 ‘zbekiston  Respub- 
likasining  Olim piada  o ‘yinlarida,  XOQ tom onidan  o ‘tkaziladigan 
o'sm irlar O lim piada o ‘yinlarida va barcha mintaqaviy, kontinental 
va  Butunjahon  sport  musobaqalarida  qatnashuvini  ta ’minlaydi.
0 ‘zbekiston  Respublikasining  Olimpiya  harakatlarini  sport 
m usobaqalarida  qatnashuvini  ta ’minlaydi,  0 ‘0 Q   a ’zolarining 
m anfaatlarini  himoya  qiladi  va  davlat,  hukum at,  federal  tash­
kilotlari  bilan  ham korlik  qiladi,  o ‘zbekistonlik  har  qanday  tash- 
kiliy-huquqiy  shaklga  ega  b o ‘lgan  va  mulkchilik  shakliga  ega 
bo'lgan  va  qonun  doirasida  tuzilgan  xalqaro  sport  birlashmalari 
sport  m usobaqalarida  qatnashuvini  ta ’minlaydi.
XOQning  O lim piada xartiyasi  qoidalarining  bajarilishiga to ‘s- 
qinlik  qilishi  m um kin  boMgan,  siyosiy,  huquqiy,  diniy  va  iqti­
sodiy  har  qanday  zo'ravonliklarga  qarshilik  qiladi,  o'zining  mus- 
taqilligini  saqlashga  har  qanday  im koniyatlarni  ishga  soladi.
0 ‘zbekiston  Respublikasining  barcha  sport  turlari  bo‘yicha 
term ajam oalarinitayyorlash, shakllantirish, tasdiqlash, Olimpiada 
o ‘yinlari  va  boshqa  xalqaro  sport  m arosimlari,  komplekslarini 
am aldagi  sport  federatsiyalari  va  mutasaddi  davlat  tashkilotlari 
bilan  kelishgan  holda  musobaqalarda  qatnashuvini  ta ’minlaydi.
O lim piada  o ‘yinlarida  ishtirok  etishi  shart  hisoblanadi: 
sportchilar,  m urabbiylar,  rasmiy  shaxslar,  sport  turlari  bo‘yicha 
jam oa  a ’zolarini  (Olimpiya  delegatsiyasi)  yuboradi.
Xalqaro  O lim piada  q o ‘mitasi  (XOQ)ning  va  XOQning 
O lim piada  xartiyasiga  binoan  0 ‘zbekiston  Respublikasini  O lim ­
piada  o ‘yinlarida,  XOQ  tom onidan  o ‘tkaziladigan  o'sm irlar 
O lim piada  o ‘yinlarida  va  barcha  mintaqaviy,  kontinental  va 
B utunjahon  sport  musobaqalarida  sport  delegatsiyasiga  rahbarlik 
qilish,  jam oani  shakllantirish  va  tashkil  qilish  ishlari  bilan  shu- 
g'ullanadi.

M usobaqalar  vaqtida  foydalaniladigan  form a  va  epikirov- 
kalardan  tashqari  barcha  rasmiy  form a  va  epikirovkalarni  an iq ­
lash,  belgilash  va  tasdiqlash  huquqiga  ega.
Sport  delegatsiyasini  epikirovkasini,  manzilga  yetib  bori- 
shi  va  yashashini  ta ’minlaydi,  delegatsiya  a ’zolariga  o ‘lim  xavfi- 
ni,  m ehnatga  yaroqsizlikni,  kasallikni  oldini  oluvchi  tegishli  su- 
g'urtani  rasmiylashtiradi,  davolanish  va  dori-darm on  sotib  ol­
ish  xarajatlarini  qoplaydi,  shu  bilan  bir  qatorda,  delegatsiya 
a ’zolarining  xulqiga javob  beradilar.
Butunjahon dopingga qarshi  komitetining tegishli  B utunjahon 
dopingga qarshi kom iteti  kodeksiga mos keluvchi dopingga qarshi 
siyosat  va  0 ‘0 Q   qoidalarini joriy  etadi  va  am alda  q o ‘llaydi,  shu 
bilan  bir  qatorda,  a ’zolikka  aloqador  masalalarda,  m oliyalashti­
rish,  o ‘tkazilgan  test  natijalari  bo‘yicha  qarorlar  qabul  qiladi 
ham da  Butunjahon  dopingga  qarshi  komiteti  kodeksida  ko‘zda 
tutilgan  M OQning  roli  va  m as’uliyatini  inobatga  oladi.
Olimpiada  hamjihatligi  masalalarida  ishtirok  etadi.
XOQ  amalga  oshiradigan  Olim piada  m arosim larida  ishtirok 
etadi, ushbu m arosim lar qatoriga regional  0 ‘yinlar, XOQ so‘rovi- 
ga  ko'ra  komissiyalar  ishida  qatnashadi,  Olimpiada  kongresslari- 
ni  tayyorlashda.
XOQ  tom onidan  tan  olingan,  MOQ  assotsiatsiyasi  tarkibiga 
o'rnatilgan  tartibda  kiradi.
Olimpiada  m arosim larini  0 ‘zbekiston  Respublikasida  tash­
kil  etishga  ariza  beriladigan  b o ‘lsa,  tegishli  shahar  (m anzil) 
aniqlanadi.
Olim piada  marosimlarini  0 ‘zbekiston  Respublikasi  yoki 
boshqa  davlatlarida  tashkil  etiladtgan  bo‘lsa,  o ‘rnatilgan  tartibda 
nom zodlarni  tavsi  ya  etadi.
Olim piada  belgisi  (ram zi),  bayrog‘i,  shior  va  gim ni,  “olim - 
piadachi”  va  “O lim piada”  nom larini  Olimpiada  harakatini  rivoj­
lantirish  maqsadida  XOQ  o ‘rnatgan  tartibda  va  uning  oldindan 
belgilagan  ruxsati  asosida  foydalanadi.
Xalqaro  Olim piada  qo‘mitasi  (XOQ)ning  va  XOQning 
Olimpiada  xartiyasiga  binoan  0 ‘zbekiston  Respublikasi  to m o ­
nidan  Olimpiya  harakati,  o'sm irlar  Olimpiada  o ‘yinlari  va  O lim ­
piada  o ‘yinlariga  takliflar  kiritadi.
119

T a ’Iim  muassasalariga  Olimpiya  harakati,  o'sm irlar  O lim ­
piada  o'yinlari  va  O lim piada  o ‘yinlari  haqida  bilim lar tarqatadi, 
faoliyati  Olim piya  ta ’lim otini  rivojlantirishga  yo'naltirilgan 
tashkilotlarni  tuzishga  va  shakllantirishga  yordam  beradi  va 
ham korlik  qiladi.
Olimpiya  harakati  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  Olimpiya  jamiyat 
akademiyasi,  Olim piya  muzeyi  va  Olimpiya  harakati,  o'sm irlar 
Olimpiada  o ‘yinlari  va  Olimpiada  o ‘yinlari  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 
madaniy  dasturlarni  yaratadi  va  qo'llab-quw atlaydi.
Sportning  madaniy-tarbiyaviy  salohiyatini  va  shular  bilan 
bog‘liq  bo'lgan  m a ’naviy,  estetik  va  boshqa  insonparvarlik 
qadriyatlarni  am alga  oshirishga  ko‘maklashadi,  sportda  halol 
kurash  ideallari  va  prinsiplarini,  m a’naviy-m a’rifiy  va  bosh­
qa  insonparvarlik  qadriyatlarini  qo'llab-quw atlaydi  va  rag‘bat- 
lantiradi.
Sportni  rivojlantirish  siyosatida,  yuksak  yutuqlarga  yo'nal- 
tirilgan  har  xil  jism oniy  tarbiya  va  sport  federal  dasturlarini 
amalga  oshirishda  ishtirok  etadi.
Yagona  B utuno‘zbekiston  sport  klassifikatsiyasi,  jism oniy 
tarbiya  va  sport,  sog'lom lashtirish  va  sport  marosimlarini  ishlab 
chiqish  va  tashkil  etishda  ishtirok  etadi.  Sport  unvonlari  bilan 
taqdirlash  va  boshqa  jism oniy  tarbiya  va  sport  m e’yoriy  aktlari, 
fuqarolarni  jism oniy  tarbiyalash  m uam m olari  bilan  bog‘liq 
bo‘lgan  ilmiy  izlanishlar  va  yuksak  yutuqlarga  yo‘naltirilgan  har 
xil  jism oniy  tarbiya  va  sport  federal  dasturlarini  rivojlantirish 
bilan  shug'ullanadi.
Olimpiya harakati, o ‘smirlar O lim piada o ‘yinlari va Olimpiada 
o ‘yinlari  bilan  bog‘liq  bo'lgan,  yuksak  yutuqlarga  yo‘naltirilgan 
har  xil  jism oniy  tarbiya  va  sport  dasturlari  doirasidagi  O lOQ 
a ’zolari  faoliyatini  muvofiqlashtiradi.
Sportning  milliy  turlarini,  xalq  sport  o‘yinlarini  o ‘tkazishni 
saqlashga  va  rivojlantirishga  ko‘maklashadi.
N ogironlar  orasida jism oniy  tarbiya  va  sport  m ashg'ulotlarini 
o ‘tkazishga  ko'm aklashadi.
Sporichilar,  murabbiylar,  sport  arbitrlari  va  hakam lar,  jis­
moniy  tarbiya  va  sport  veteranlarining  m afaatlarini  himoya 
qiladi.
120

0 ‘zbekiston  Respublikasida  omm aviy-sport  va  yuksak  yutuq- 
larga  yo‘naltirilgan  sportni  rivojlantirish  maqsadidagi  ko‘mak- 
lashuvlarni  tashkil  etishdagi  jam g‘arm alarda  va  m ehribonlik 
tashkilotlarida  qatnashadi.
Xalqaro  Olimpiada  qo'm itasi  (XOQ)ning  va  XOQning  O lim ­
piada  xartiyasi  talablariga  binoan,  XOQga  tegishli  olimpiya 
ramzlaridan  foydalanish  huquqlari,  shior,  bayroq,  madhiya, 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  hududidagi  “O lim piada  o ‘yinlari”ni 
himoya  qilish  choralarini  ko‘radi.  O 'O Q   o ‘ziga  tegishli  olim pi­
ya  ram zlaridan  foydalanish  huquqlari,  shior,  bayroq,  madhiya  va 
0 ‘zbekiston  Respublikasi nig  boshqa  belgilariga  ega.
O 'O Q   Xalqaro  Olim piada  qo‘mitasi  (XOQ)ning  va  XOQ­
ning  Olimpiada  xartiyasi  XOQga  tegishli  olimpiya  ram zlaridan 
foydalanish huquqlariga ega, shior, bayroq, m adhiya,  0 ‘zbekiston 
Respublikasi  hududidagi  “ Olimpiada  o ‘yinlari” ,  shu  bilan  bir 
qatorda,  0 ‘0 Q   o ‘ziga  tegishli  olimpiya  ram zlaridan  reklam a  va 
tijorat  sifatida  foydalanadi.
0 ‘zbekiston  Respublikasinig  barcha  hududlarida  ayollar  va 
yoshlarning  Olimpiya  harakatidagi,  om m aviy-sport  va  yuksak 
yutuqlarga  yo‘naltirilgan  sportning  rivojidagi  ishtiroklarini  har 
tom onlam a  rag'batlantiradi,  qoMlab-quwatlaydi  va  ko‘mak- 
lashadi,  shu  bilan  bir  qatorda,  O 'O Q   rahbar  organlari  ishida 
va  Butuno‘zbekiston  va  mintaqaviy  jismoniy  tarbiya  va  sport 
marosimlarida  ishtirok  etadi.
Q onun  doirasida  o ‘rnatilgan  tartib  asosida  tadbirkorlik  fao­
liyatining  nizomiy  maqsadlariga  erishishni  amalga  oshiradi,  yu- 
ridik  shaxs  huquqiga  ega  bo‘lgan  xo‘jalik  jam iyatlari  tashkil 
etadi,  lotoreyalar,  m adaniy-jism oniy tarbiya va sport  marosimlari 
o ‘tkazadi,  shu  jum ladan,  reklama  xarakteridagi  xizmatlarni 
ko‘rsatadi.
Q onun  doirasida  o ‘rnatilingan  tartib  asosida  tashqi  iqtisodiy 
faoliyatni amalga oshiradi,  xalqaro nodavlat tashkilotlariga kiradi, 
bevosita  xalqaro  bog‘lanishlar  va  aloqalarni  qoM lab-quwatlaydi. 
Tegishli  kelishuv  va  shartnom alarni  tuzadi.
Q onun  doirasida  o ‘rnatilingan  tartib  asosida  m uruw atlik 
yordami,  homiylik  va  fuqaro  ham da  jism oniy  va  yuridik  shaxs- 
lardan  yordam  oladi.
121

Q onun  doirasida  o ‘rnatilingan  tartib  asosida  m ehr-m uruvvat 
yordam ini ko'rsatadi, fuqaro ham da jism oniy va yuridik shaxslarga 
yordam   ko'rsatadi.
0 ‘0 Q   a ’zolaridan  kirish,  a ’zolik  va  maqsadlik  badallar  olish 
huquqiga  ega.
B utuno‘zbekiston,  mintaqaviy  sport  musobaqalarini  va  bosh­
qa  Olimpiya  harakatlari  maqsadi  va  shartlariga  mos  keladigan 
m arosim larni  o ‘tkazadi.
0 ‘zbekiston  Respublikasinig  qonunlarida  ko‘zda  tutilgan 
davlat,  hukum at va mahalliy o ‘z -o ‘zini boshqaruvchi  organlarinig 
tegishli  tartibi  va  hajm ida  qarorlar  chiqaradi  va  ishtirok  etadi.
Ommaviy  axborot  vositalarini  ta ’sis  etadi  va  nashriyot  fao ­
liyatini  amalga  oshiradi.
0 ‘z  faoliyati  haqida  erkin  ravishda  axborotlar  tarqatadi.
Jam oat  hayotining  har  xil  masalalari  bo'yicha  tashabbuslar 
bilan  chiqadi,  davlat  hukum at  organlariga  takliflar  kiritadi.
0 ‘zbekiston  Respublikasinig  hududlarida  yoki  xorij  m am ­
lakatlarida  qonun  doirasida  o ‘rnatilgan  tartib  asosida  o'ziniing 
filiallari  va  vakolatxonalarini  ochadi.
Yuksak  yutuqlarga  yo'naltirilgan  maktablar  har  xil  jism oniy 
tarbiya  va  sport  Olim piya  zaxiralari  markazlarini  ochishda 
ishtirok  etadi.
0 ‘zbekiston  Respublikasidagi  term a  jam oalarining  O lim ­
piada  o ‘yinlariga  tayyorlash  amaliyoti  jarayonida  qator  boshqa­
ruv  m enejm ent  funksiyalarini  amalga  oshirishga  to ‘g‘ri  keladi. 
Xususan,  0 ‘0 Q   xodim lari  jam oalarni  shakllantirish  bilan  shu- 
g‘ullanadilar, buning uchun sportchilarga litsenziya olish, jamoaga 
sportchilarni  tanlab  olish  qoidalari  va  tartiblarini  ishlab  chiqish 
va  sportchilarni  epikirovka  qilish,  joylashtirish,  ovqatlantirish 
m asalalarini  hal  etadilar,  transport,  yig'inlarni  tashkil  etish, 
sportchilarga  sport  inventarlari  va jihozlarga  buyurtm a  berish  va 
sotib  olishni  tashkil  etadilar.
O 'O Q   federatsiyalar  bilan  kelishgan  holda  shartnom alar  tu- 
zadi,  ularga  asosan  O lim piada  o ‘yinlari  va  boshqa  sport  mu- 
sobaqalariga  jam oalarni  tayyorlash  va  ishtirokini  ta ’minlash 
b o ‘yicha  m a’lum  moliyaviy  m as’uliyatlarni  o ‘z  ustiga  oladi,  o ‘z 
navbatida,  federatsiyalar  m a’lum  sport  natijalariga  erishishni  o ‘z 
zim m alariga  oladilar.
122

10.2.  O ‘zbekistonda  Olimpiya  harakatining  rivojida jism oniy 
tarbiya  va  sport  menejmentining  o ‘m i
Mustaqillik  davrida  yurtdoshlarim izning  sportdagi,  ayniqsa, 
Olimpiya  harakatidagi  yutuqlari  haqida  ko‘p  misollar  keltirish 
mumkin.  Birgina  Respublika  Olimpiya  zaxiralari  bolalar  va 
o'sm irlar  ixtisoslantirilgan  maktabi  misolida  yoshlarimizning 
yutuqlariga  nazar  tashlaydigan  bo'lsak,  mustaqillik  jismoniy 
tarbiya  va  sport  rivojiga  nim alar  berganini  yaqqol  ko‘rish  m um ­
kin  (21-jadval).
Olimpiya  harakatidagi  jism oniy  tarbiya  va  sport  m enej­
m entining mohiyati faoliyat usuli, ijtim oiy-iqtisodiy munosabatlar 
darajasi,  ishlab  chiqarish  kuchlari,  jum ladan,  jism oniy  tarbiya 
va  sport  rivojlanishiga  bog‘liq  holda  o ‘zgaradi.  Ishlab  chiqarish 
rivojlanishi  va  iqtisodiy  murakkablashuvi  bilan  ularni  boshqaruv 
masalalari  ham   murakkablashadi  va  mustaqil  fan  sifatida  ajralib 
chiqadi.  Ishlab chiqarish vositalarini mulkchilikning turli shakllari 
mavjud  bo‘lgan  sharoitda  tovar  ishlab  chiqaruvchilar  o ‘rtasida 
raqobat  vujudga  kelib,  ishlab  chiqarishni  boshqarish,  foydani 
ko‘paytirishga  yo'naltiriladi.  Shuning  uchun  hozirgi  kunda  jis­
m oniy  tarbiya  va  sport  m enejm entida  ham  tarixiy  ravishda 
shakllangan  m enejm entning  barcha  xususiyatlari  o ‘z  aksini  to- 
pyapti.
M amlakatimizda  Olimpiya  harakatiga  xizmat  qiladigan  jis­
moniy  tarbiya  va  sportning  m oddiy-texnik  bazasini  rivojlantirish 
yuzasidan  katta  ishlar  amalga  oshirildi.  Xususan,  Toshkent, 
N am angan, Jizzax,  Farg‘ona,  Buxoro,  Urganch, Andijon,  Sam ar­
qand,  G uliston  va boshqa shaharlarda xalqaro standartlarga javob 
beradigan  qator  sport  m ajm ualari  qurildi.  Toshkent  shahrida 
“0 ‘zbekiston” ,  “Y unusobod” ,  “J a r” ,  Milliy  bank,  N am angan 
shahrida  “ Pahlavon” ,  Jizzax,  Sam arqand,  Andijon,  Farg‘ona, 
Urganch,  Qarshi,  C hirchiq  shaharlarida  Olimpiya  zaxiralari 
kollejlari,  sport  majmualari  va  boshqalar  shular jum lasindandir.
0 ‘tkazilgan  tadqiqodlar  shuni 
ko‘rsatdiki, 
professional 
sportdagi kabi Olimpiada sportlarida ham  jismoniy tarbiya va sport 
m enejm enti,  jum ladan  uning  yo‘nalishi  notijorat  ko‘rinishdagi 
tadbirkorlik  katta  aham iyat  kasb  etadi.
123

С
л
и .
и
J3
у.
"53
о
.2
*■*
.2
к.
jd
ь
1
L.
ъ

л
>
"З*
э
-*■*
1—

&
.2
с
л


(5JD

U

Л
л
я
и
ы>
’* ч*
cd
О
N
о*
Я
и
Л
‘S* TZm
В
р
С
о
О
и
О
л
а,
££
ж
3
3
2
rt

4—»
О- 
м
СЛ
л
QJ
С* Е
С*
чэ
L-
15
О -
rt
р
О
О
ся
а
Е
о
U
Л
JS
«
X
Я
N
О
—< rs
— ro
РЭ
U
h
U
h
cd
•a
U
h
cd
"3
a
K
u
m
u
sh
U
h
Ъ
ЧО
cd
>
-
U
h
Ъ
r-*
rs
cd
>
-
Ъ
г-
ГчГ
-
CS ro rs
-
ГО
uo
rs
ro
rS
С
Ч-*
О
ГО
rs
40 I/O 40
ro rs
l/~]
M
u
so
b
a
q
a
n
in
g
 
n
o
m
i
S
U
Z
IS
H
‘С
15
ъ
cd
тэ
cd
■a
s
о
XIII 
O
si
yo
 
va
 
O
k
ea
n
iy

b
ir
in
c
h
il
ig

(D
e
h
li
)
fi
я
£5

cd
2
[>»
ъ
cd
ТЭ
_cd
. 1
О
F
lor
id

sh
ta
ti
 
O
ch
iq
 
b
ir
in
c
h
il
ig

(A
Q
S
h
)
F
lor
id

sh
ta
ti
 
Mu
tla

b
ir
in
c
h
il
ig

(A
Q
S
h
)

B
re
g
ra
d
” 
Xa
lq
aro
 
m
u
so
b
a
q
a
la
ri
 
(F
ra
n
s
iy
a
)
cd
С
1
cd
С
'>%
Ъ
cd
XJ
cd
‘S
h
e
О
>
X
X
'П'
>
О
с
с
cd
О
*5b
*J3
о
с
‘С
X
cd
>,
"3
cd
В
О

B
re
g
ra
d
” 
Xa
lq
ar

m
u
so
b
a
q
a
la
ri
 
(F
ra
n
s
iy
a
)
Quyi 
S
ak
son
iya
 
b
ir
in
c
h
il
ig

(G
e
rm
a
n
iy
a
)
Berg
ts
abe

Xa
lq
ar
o
 
m
u
so
b
a
q
a
la
ri
 
(G
e
rm
a
n
iy
a
)
S
el
in
g
o

O
si
yo
 
y
u
b
il
ey
 
tu
rn
ir

(M
a
la
y
z
iy
a
)
IV 
Su

sp
o
rti
 
b
o
‘y
ic
h

O
si
yo
 
b
ir
in
c
h
il
ig
i
S
u
zi
sh
 
b
o
'y
ic
h
a
 

M
il
o
” 
O
si
yo
 
b
ir
in
c
h
il
ig
i
’§)
2
о

x
.5?
2
о
о
с
о
СЛ
‘С
cd
cd
Н
cd

n

С
О
тз
js
’5Ь
2
о
"U
h
2
о
‘Ел
О
Y
os

h
is
o
b
id
a
g

O
si
yo
 
b
ir
in
c
h
il
ig

(X
it
o
y
)
'5Ь
о
X
5
e
Id
СЛ
2
‘o
U
h
СЛ
‘tob
О
X
о
а
щ
ы
CL,
с
л
>
чО
ON
СГ\
04
o \
O
n
о
о
о
rs
О
О
о
о
rs
2
0
0
3
Tj-
о
о
rs

Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 75%20Спорт
75%20Спорт -> Basketbol nazariyasi va uslubiyati
75%20Спорт -> Sh. X. Isroilov, Z. R. Nurimov, Sh. U. Abidov, S. R. Davletmuratov, A. A. Karimov sport va harakatli
75%20Спорт -> Sport pedagogik mahoratini oshirish yengil atletika
75%20Спорт -> A. Abduhamidov, H. Nasimov, U. Nosirov, J. Xusanov algebra va matematik analiz asoslaridan masalalar toplam I
75%20Спорт -> A. g a z I y e V, I. Is r a IL o V, M. Y a X s h ib o y e V matematik analizdan misol va masalalar
75%20Спорт -> I ism o ilo V, T. Rizayev, X. M. Maxmudova fizikadan praktikum
75%20Спорт -> L. A. Djalilova jismoniy tarbiya va olimpiya harakati
75%20Спорт -> Sport universiteti I. S. Islamov, R. R. Salimgareyeva yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari
75%20Спорт -> G im n a st ik a d a r sl a r id a in no va tsio n t e X n o L o g iy a L a r


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling