G ’u L o m o V z. T., Nabiullin r. X. K a m ilo V a g. Z. Jismoniy tarbiya va sport menejmenti


Download 5.26 Mb.
Pdf просмотр
bet2/24
Sana05.12.2019
Hajmi5.26 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24

Takrorlash  uchun  savollar:
1.  0 ‘zbekiston  Respublikasida  jism oniy  tarbiya  va  sport  ri- 
vojiga  bag‘ishlangan  qonun  va  qarorlar.
2.  Jism oniy  tarbiya  va  sport  qonunchiligi  ushbu  qonun  va 
boshqa  qonunchilik  dalolatnom alari.
3.  Qoraqalpog'iston  Respublikasida jism oniy tarbiya  va  sport.
4.  Jism oniy  tarbiya  va  sport  sohasidagi  fuqarolarning  h u ­
quqlari.
5. Xorijlik fuqarolar va fuqarolikka ega b o im ag an  shaxslarning 
jism oniy  tarbiya  va  sport  sohasidagi  huquqlari.
6.  Jismoniy  tarbiya  va  sport  sohasidagi  davlat  siyosatining 
asosiy  prinsiplari.
7.  Jism oniy tarbiya va sport sohasida 0 ‘zbekiston  Respublika­
si  Vazirlar  M ahkamasining  vakolatlari.
8.  0 ‘zbekistonda  jism oniy  tarbiya  va  sport  m enejm entining 
faoliyati  qonundagi  jism oniy  tarbiya  va  sportni  davlat  boshqa­
ruvidagi  vakolatida.
9.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  M adaniyat  va  sport  ishlari  va­
zirligi  vakolatlari.
10.  Sport tashkilotlarining  huquqiy shakllarini belgilovchi qo- 
nun-qoidalar.
11.  Sport  tashkilotlari:  m ohiyati,  tashkiliy-huquqiy  shakllari.
12.  Inson  va  sport  tashkiloti  orasidagi  o ‘zaro  harakat.
13.  Jismoniy  tarbiya  va  sport  sistemasida  tashkilotlar  turlari.
14.  Jism oniy tarbiya  va sport tashkilotlarida boshqaruv  m uno- 
sabatlari.
15.  Sport  tashkilotlari:  m ohiyati,  tashkiliy-huquqiy  shakllari 
qanday?
15

Reja:
Iqtisodiyot  tarm o g‘i  va  boshqaruv  fanining  m uhim   tarm og'i 
hisoblangan  sport  m enejm enti.
Jismoniy  tarbiya  va  sport  yo'nalishidagi  tashkilot.
Jismoniy  tarbiya  va  sport  sistemasida  sport  tashkilotlari  bir- 
lamchi  tarkibiy  qism.
“ Sport  tashkiloti”  degan  tushuncha  bir  necha  m a’noli  maz- 
m unga  egadir.
Boshqarish  nazariyasida  “tashkilot”  birinchi  navbatda  um u­
miy  pirovard  natija.
Sport  tashkilotining  ta ’sir  doirasidan,  faoliyat  yo‘nalishi, 
asosiy  xususiyatlari.
U m um iy  m aqsad  yo'lida  birlashgan  ikki  kishidan  kam  b o ‘l- 
magan  insonlar  guruhi.
M enejerlaning tashkilotchiligini,  funksiyalarini  o ‘rganish,  har 
bir  rasmiy  tashkilotda  norasm iy  tizim lar  (yetakchilar).
N orasm iy  tashkilot  o ‘zining  tizimi.
Tashkilot  har  xil,  um um iy  tavsifnom a  va  belgilarga  ega.
Iqtisodiyot  tarm og'i  va  boshqaruv  fanining  m uhim   tarm og‘i.
Sport  m enejm enti  obyektini  o'rganish.
Jism oniy  tarbiya  va  sport  yo'nalishidagi  tashkilot.
Jism oniy  tarbiya  va  sport  sistemasida  sport  tashkilotlari  bir- 
lamchi  tarkibiy  qism  hisoblanadi.
0 ‘zbekistonda  sport  tashkilotlarning  turlari.
“ Sport  tashkiloti”  tushunchasi.
Sport  tashkilotlari,  davlat  va  xususiy  muassasalari,  firm alar, 
birlashmalar,  ularning  b o ‘linmalari  va  filiallari.
Tayanch  iboralar:
Iqtisodiyot tarm og‘i, sport menejmenti obyekti, sport yo‘- 
nalishidagi  tashkilot,  sistem ada  sport  tashkilotlari,  tarkibiy 
qism,  tashkilotlarning  turlari,  “ Sport  tashkiloti”  tu shun­
chasi,  davlat  va  xususiy  muassasalar,  firm alar,  birlashm alar 
va  filiallar,  m usobaqalar,  m ashqlar,  m arosimlar,  shanbalik, 
m itinglar,  bayram lar,  “tashkilot” ,  jarayonni  bosqarich, 
funksiya.
8.2.  Sport  tashkilotlari:  m ohiyati,  tashkiliy-huquqiy  shakllari
16

Iqtisodiyot  tarm og‘i  va  boshqaruv  fanining  m uhim   tarmog‘i 
hisoblangan  sp o rt  m enejm enti  obyektini  o ‘rganish  jismoniy 
tarbiya  va  sp o rt  yo‘nalishidagi  tashkilot  hisoblanadi.  Jismoniy 
tarbiya  va  sp o rt  sistemasida  sport  tashkilotlari  birlam chi  tarkibiy 
qism  hisoblanadi.  0 ‘zbekistonda  bunday  tashkilotlarning  soni 
100  ga  yaqinlashib  qolgan.
“ Sport  ta sh k ilo ti”  degan  tushuncha  bir  necha  ma’noli 
mazmunga  egadir.  Sport  tashkilotlari  deb  -   davlat  va  xususiy 
muassasalarni,  firm alar,  birlashmalar,  ularning  b o ‘linmalari  va 
filiallarini  tushunish  m um kin.  Lekin  tashkilot  deb  musobaqalar, 
mashqlar  o‘tkazish,  har  xil  marosimlarni  tashkil  etish,  shanbalik, 
mitinglar,  b ay ram iar  o'tkazishni  tushunish  m um kin.  Ushbu 
holatda  “ta sh k ilo t”  so‘zi  amalga  oshirilayotgan  biron-bir jaray- 
onni  bildiradi.  Bizga  yana shu  narsa  m a’lumki,  “tashkilot” bosh- 
qaruvning  alohida  bosqichi  bo‘lib,  uning  m uhim   funksiyasini 
ifodalaydi.
Boshqarish  nazariyasida  “tashkilot”  birinchi  navbatda  umu­
miy  -   pirovard  natijaga  erishish  yo‘lida  guruhga  jamlangan 
insonlarning ish  faoliyatini maqsad bilan yo‘naltirish hisoblanadi. 
Boshqacha  so‘^   bilan  aytganda,  bu  birga  ishlayotgan,  umumiy 
maqsadga  in tiigan  va  m a’lum  funksiyalarni  bajarishga  ixti­
soslashgan  ikki  va  undan  ortiq  kishilarning  faoliyatidir.  Sport­
ning ko‘p turlarid a  ikki  kishi guruh  (jamoa) hisoblanadi,  ularning 
bir-birlarini  qoMlab  bajargan  o ‘zaro  harakatlari,  vakolatlarni 
to ‘g‘ri  taqsimlanganligiga  qarab,  tashkilot  yutuqlarga  erishishi 
mum kin  (yaxrna lakda  sirg‘anish,  parus  sporti,  bobsley,  tennis  va 
boshqalar).
Yuqorida  keltirilgan  fikrlar  asosida,  tashkilotning  ta ’sir doira- 
sidan,  faoliyat y o ‘nalishidan  q at’i  nazar,  uning asosiy xususiyatini 
belglilash  m urnkin.  U m um iy  maqsad  yo‘lida  birlashgan  ikki 
kishidan  kam  b 0 ‘lmagan  insonlar guruhi,  ularning  ushbu  maqsad 
sari  intiltiruvchi  va  yo'naltiruvchi  omil  -   boshqarish.  Albatta, 
insonlarning  m aqsad  sari  guruhlarga  birlashuvi  tushunarli  va 
o ‘zini  oqlashi  turgan  gap,  chunki  hamkorlikda  amalga  oshirilgan 
faoliyat  odatda  o ‘zining  ijobiy  samarasini  beradi.  Lekin  bunday 
holatlarda  har  bir  guruh  ishtirokchisi  umumiy  maqsadga  er­
ishish  yoMida  0 ‘z  xohishi  bilan  o'zining  shaxsiy  erkinligi  va
17

shaxsiy  mustaqilligining  bir  qismini  yo‘qotadi.  M enejerlarning 
tashkilotchiligini,  funksiyalarini  o ‘rganishda  va  har  bir  rasmiy 
tashkilotda  norasmiy  tizim lar  (yetakchilar)  ham  borligi  personal 
xulqiy  omilining  muhimligini  ko'rsatadi.  Insonlar  orasidagi 
guruhlar,  odatda,  quyidagi  holatlarda  yuzaga  keladi:  uchrashuv- 
lar,  um um iy  m anfaatlar,  m uloqot  ehtiyojlari,  o ‘zining  m a’naviy, 
ruhiy  va  ijodiy  sohadagi,  qolaversa  rasmiy  tashkilot  miqyosida 
erishib  bo‘lmaydigan  holatlarda.  N orasmiy  tashkilot  o ‘zining  ti- 
zimiga  ega  bo'lishi  m um kin,  shu jum ladan6  sardor-rahbar,  m aq­
sadlar  va  faoliyat  yo‘nalishlari.
Tashkilot  har xil,  ayniqsa  murakkab maqsadlarga ega bo'lishi- 
ga  qaram asdan,  o ‘z  o ‘rnida  um um iy  tavsifnoma  va  belgilarga 
egadir.  U lar  quyidagilardan  iborat:
— zaxiralardan  foydalanish;
— tashqi  m uhit  bilan  bevosita  aloqa  va  bog‘liqlik;
— tashkilotning  ichki  muhiti;
—  boshqaruvning  zaruriyatligi.
U m um an  olganda,  tashkilotning  maqsadi  pirovard  natijaga 
erishish  uchun  zaxiralarni  qayta  ishlash  yoki  ularga  tegishli  ta ’sir 
ko‘rsatishdan  iborat.  Zaxiralar  —  bular  odam lar  (yoki  inson 
resurslari  deb  ataladi),  kapital,  materiallar,  texnologiya,  axborot 
(informatsiya)  va  boshqalar.  Bunday  jarayonni  ko‘proq  ishlab 
chiqarish  (sport tovarlari  ishlab chiqarish)  tashkilotlarida  yaqqol- 
roq  ko'rish  m um kin.  Jism oniy  tarbiya  va  sport  sohasida  ham  
yuqorida keltirilgan zaxiralar turlari keng ishlatiladi. Tashkilotning 
eng  nazarga  tashlanadigan  tafsifnom alaridan  biri  —  uning  tash­
qi  m uhit  bilan  bo'lgan  aloqasidir.  Tashkilot  bir  vaqtning  o 'zi- 
da  ham   o ‘zining  ichki  zaxiralari,  ham   iste’molchilari,  ham 
foydalanuvchilari  va  boshqalar  bilan  bo'lgan  munosabatlarida 
tashqi  m uhit  bilan  to 'liq   m unosabatda  b o ‘ladi.  “Tashqi  m u h it” 
deganda,  inobatga  olinishi  lozim  bo'lgan  va  amaliy  faoliyatda 
tashkilotga  nisbatan  chetda  bo'lgan  kuchlar  tushuniladi.
“Tashqi  m u h it”  tarkibiga  iqtisodiy  sharoitlar,  hukum at  dalo- 
latnom alari  va  qonunchilik,  iste’m olchilar va jam oat  tashkilotlari 
(kasaba  uyushm alari,  xotin-qizlar  jam oalari  va  boshqalar), 
raqobatchilik  tashkilotlari,  jam iyatda  mavjud  qadriyat  sistemasi, 
umum jam iyat  qarashlari  (m unosabatlar),  a n ’analar,  texnika
18

v;i  (exnologiyalar,  xalqaro  ahvol  va  boshqalar.  Ushbu  o ‘zaro 
bog'liqlikda  bo'lgan  omillar  tizimi  sport  tashkilotlari  ichida  yoki 
orasida  bo'ladigan  barcha  jarayonlarga  o ‘zining  jiddiy  ta ’sirini 
ko'rsatadi.  Tashqi  omillarni  ikki  asosiy guruhlarga  ajratish  m um ­
kin:
—  bevosita  ta ’sir  ko‘rsatuvchi;
—  bilvosita  ta ’sir  ko'rsatuvchi.
Bevosita  ta ’sir  ko'rsatuvchi  om illar  —  bu  sport  tashkilotlari 
faoliyatiga  to ‘g‘ridan  to ‘g‘ri  ta ’sir  etuvchi  va  o ‘z  navbatida,  ush­
bu  faoliyatga  o'zining  zarur  ehtiyojini  his  etadigan  omillardir. 
Bular  qatoriga  qonunlar,  m ehnat  va  boshqa  zaxiralar  bilan 
ta ’minlovchi  tashkilotlarni,  davlat  boshqaruvini  amalga  oshiruv- 
chi  muassasalarni,  iste’molchi  va  raqobatchilarni  kiritish  m um ­
kin.
Bilvosita ta ’sir ko‘rsatuvchi  om illar qatoriga esa tashkilot fao ­
liyatiga zudlik bilan  ta’sir ko‘rsata olmaydigan,  lekin shu bilan bir 
qatorda muhim ahamiyatga ega bo'lgan ko‘rsatkichlar kiradi.  Bular 
qatoriga  iqtisodiyot  holati,  ilm iy-texnika  taraqqiyoti,  ijtimoiy- 
madaniy  va  siyosiy  o'zgarishlar,  guruhlar  m anfaatlarining  ta ’siri, 
xalqaro  munosabatlar  va  boshqalarni  kiritish  mumkin.  Tashqi 
m uhit  quyidagi  xususiyatlar  bilan  tavsiflanadi:  tashqi  m uhit 
om illarining o'zaro bog'liqligi,  tashqi om illarning murakkabliligi, 
tashqi  m uhitning  harakatsizligi  va  m a’lum  darajadagi  noaniqligi, 
nom a’lumligi.
Sport  tashkilotlari  tashqi  muhitga  bevosita  bog'liq  bo'lishiga 
qaram asdan,  odatda,  ular  tashqi  omillarga  ta ’sir  ko'rsata  olmay- 
dilar.  H atto  gullayotgan,  eng  jadal  darajada  rivojlanayotgan 
kom paniyalar  ham  o ‘z  sohalaridagi  yangilik  taraqqiyotiga  qarshi 
hech nim a qila olmaydilar, buning ustiga o'zlari uchun imkoniyat- 
lar  topish  yo'lida  ushbu  progressiv  yo‘nalish  doirasida  faol  ish 
olib  boradilar.  H ar  qanday  pog'onadagi  rahbar  o ‘z  faoliyatida 
yutuqlarga  erishish  uchun  ko'pdan  ko‘p  tashqi  m uhit  omillarini 
inobatga  olgan  holda  ish  yuritishi  lozim.  Sport  bo‘linmalari,  bu- 
tu n   bir  tashkilot  kabi  o ‘z  faoliyatlarida  um um iy  maqsadga  eri­
shish  sari  yo'naltirilgan  va  boshqarib  boriladigan  xodimlar  gu- 
ruhlarini  tashkil  etadilar.  Sport  tashkilotlarida  faoliyatlar  soha 
bo'yicha  tarkibiy  qismlarga  taqsim langan  bo'lganligi  uchun,
19

ishda  yutuqlarga  erishish  uchun  kimdir  guruh  ishini  yo'naltirib, 
boshqarib  borishi  lozim.  Misol,  sport  klublarida  muvaffaqiyatli 
ishlash uchun  uning alohida bo‘linmalarining faoliyati yo‘naltirib 
borilishi,  ya’ni  sportchilarni  (yoki  jam oani)  samarali  tayyorlash 
va  belgilangan  m uddatda  ko‘zlangan  natijalarga  erishishi  talab 
etiladi.  Barcha  bo‘linmalarning  kuchanib  harakat  qilishlarini 
yo'naltirm asdan  turib,  ko‘zlangan  maqsadga  erishib  bo‘lmaydi. 
Boshqaruv  faoliyati  ikki  shaklga  bo‘linadi:
Birinchi  —  m ehnatni  tarkibiy  qismlarga  taqsimlash,  ya’ni 
um um iy faoliyatning tarkibiy qismlarini belgilash,  boshqacha so‘z 
bilan  aytganda,  m ehnatning gorizontal  taqsimoti  ko‘zda tutilyap- 
ti.  Ushbu jarayon  sport tashkilotlarida  maxsus  bo‘linm alar tashkil 
qilish  orqali  amalga  oshiriladi.
Ikkinchi  —  tik  chiziqli,  deb  ataladi  va  sport  tashkilotlarida 
ishni  rahbar  tom onidan  yo'naltirilishini  va  boshqarilishini  ta ’­
minlaydi.
Sport  tashkilotlarining  tashqi  m uhitdan  bog‘liqligi  uni  ochiq 
sistema holatida faoliyat yurgizishini ta’minlaydi. Sistem adeganda, 
jism oniy  tarbiya  va  sport  tashkilotlaridagi  barcha  elem entlarning 
majmuasi  ko‘zda  tutiladi.  Sport  tashkilotlarining  ichidagi  va 
tashqarisidagi  elem entlarning  bir-birlari  bilan  bogMiqligi,  aloqa 
va  m unosabatda  bo‘lishi,  ularning  m a’lum  darajada  yaxlitligini 
va  birgaligini  bildiradi.  Ya’ni  sistemalarni  moddiy  va  abstrakt 
turkum larga  bo‘linadi.  Moddiysi  organik  tabiatli  bo‘lmagan 
sistema  (Jismoniy,  geologik,  ximik  va  boshqalar)  va  tirik  sistema 
(biologik  sistema,  tirik  tanalar,  ekosistemalar  va  boshqalar), 
moddiy  tirik  sistem anm ng  alohida  turkimi  —  ijtimoiy  sistema 
(oddiy  ijtimoiy  birlashm adan  tortib,  to jamiyatdagi  ijtim oiy-iqti- 
sodiy  tizim lar)dan  iboratdir.  Abstrakt  sistema  —  tushunchalar, 
gipotezalar,  nazariyalar  va  boshqalardan  iboratdir.
H ar  qanday  sport  tashkiloti  ochiq  sistema  sifatida  ikki  xil 
xususiyatga  egadir  —  chegaralanish  va  atrof-m uhit,  shu  bilan  bir 
qatorda,  nisbatan  alohidalik  va  o ‘zaro  bogManganlik  asosida  har 
xil  boshqaruv  pog‘onalariga to ‘g‘ri  keladigan  sistem aning  alohida 
bo‘lakchalaridan  iborat  bo‘ladi.  O lz  navbatida,  sistemaning 
alohida bo'lakchalari alohida mustaqil  sistema,  deb qaralishi  ham 
m um kin.  D em ak,  sport  klubi  (tashkiloti)  ochiq  sistema  sifatida
20

o ‘z  tarkibiga  quyidagi  tarkibiy  qismlarni  (podsistem a)  kiritishi 
mumkin:  m a’muriy  apparat,  murabbiylar tarkibi,  xizmat  qiluvchi 
yoki  texnik  personal,  sportchilar jam oasi  va  boshqalar,  shu  bilan 
bir  qatorda,  o ‘z  navbatida,  har  sanab  o ‘tilgan  qism lar  (podsis- 
temalar)  boshqa  bir  ochiq  sistema  sifatida  ko‘rilishi  m um kin, 
lekin  uning  ierarxik  pog‘onasi  boshqa  bo'ladi.
Sport  tashkilotlarini  boshqarishdagi  murakkab  m asalalardan 
biri  —  um um iy  sistem aning  chegaralarini  belgilashdan  iboratdir. 
Sistemaning  chegaralarini  belgilashning  murakkabligi  sport  tash ­
kilotlarini  boshqarishdagi  masalalarga  qaysi  nuqtayi  nazardan 
qaralishiga  bog‘liq.  M asalan,  sport  inshootlari,  sport  klublari  m e­
nejeri  nuqtayi  nazaridan  ochiq  sistema  sifatida,  birinchi  nav- 
batda,  chegarasining  joylanishi,  uning  tarkibiga  kiruvchi  quril- 
malarning  xususiyatlari,  yordam chi  inshootlar  obyektlari  ham da 
tom oshabinlarga  ajratilgan  o'rindiqlar  soni  va  boshqalar  bilan 
belgilanadi.
Sport  inshootlari  qurilishi  menejeri  nuqtayi  nazaridan  qaral- 
ganda,  sport  klublari  chegarasi  sifatida  ularni  kengaytirish,  qayta 
qurish  yoki  qayta  ta ’mirlash  ko‘zda  tutiladi.  Bunday  ishlarning 
barchasi  sistemaning  tashqarisida joylashgan  bo‘lib,  uning  atrof- 
muhiti  hisoblanadi  (ya’ni,  tashqi  muhit).
Shunday  qilib,  sport  tashkilotlari,  ochiq  sistema  hisobida 
atrof-m uhiti  bilan  o ‘zaro  m unosabatda  bo‘ladi.  Ushbu  o ‘zaro 
m unosabatlar  juda  b o ‘lm aganda  quyidagi  uchta  tushunchalar 
orqali  tavsiflanadi:
—  iste’mol  qilish  (xomashyo  va  zaxiralarni  tashqi  m uhitdan 
qabul  qilish);
— tovar va  xizmatlarni  ishlab  chiqarish  m aqsadida  zaxiralarni 
qayta  ishlash  va  transform atsiyalash  bilan  bog‘liq  b o ‘lgan  xara- 
jatlar;
—  mahsulot  ishlab  chiqarish  (sport  tovarlari  va  sport  xiz- 
matlari).
Boshqacha  so‘z  bilan  aytganda,  har  qanday  sport  tashkiloti 
o ‘z faoliyatida uchta o'zaro bir-biri  bilan  bog‘liq b o ‘lgan jarayon- 
larni  amalga  oshiradi:
— xomashyo  va  zaxiralarni  tashqi  m uhitdan  olish;
—  xomashyo  va  zaxiralarni  qayta  ishlab  (qayta  o ‘zgartirib), 
mahsulotga  (sport  tovari  va  sport  xizmatiga)  aylantirish;
21

— 
mahsulotni  (sport  tovarlari  va  sport  xizmatlarini)  tashqi 
m uhitga  uzatish.
H ar  qanday  sport  tashkiloti  insonlar  tom onidan  o'zlarining 
umum iy  maqsalarini  amalga  oshirish  uchun  yaratilgan  obyekt 
boMganligi sababli,  uning ichki  m uhit faoliyati,  asosan,  boshqaruv 
qarorlari  va  boshqaruv  harakatlari  orqali  amalga  oshiriladi. 
Rahbariyatning  e ’tiborini  tortadigan  eng  zarur  narsalar:  maqsad, 
tizim   (struktura),  masalalar,  texnologiya,  xodim lar va  sport  tash­
kilotining  boshqaruvidagi  tashkiliy  madaniyat  hisoblanadi.  U sh­
bu  om illar  har  qanday  sport  tashkilotining  ichki  o ‘zgaruvchan 
param etrlaridir.
Maqsad — guruh tom onidan birgalikda ishlash orqali erishishga 
intilgan  aniq  yakuniy  holat  yoki  erishilishi  lozim  bo'lgan  natija.
Tashkilot  tizimi  —  qo'yilgan  maqsadga  erishishni  ta ’m in- 
laydigan,  har  qanday  sport  tashkilotining  funksional  elem entlar 
boshqaruv  sistemasi  ierarxiya  (pog‘ona)larining  mantiqiy  o ‘zaro 
bog'liqligidir.
Masalalar  —  m o'ljalda  ko'zlangan  m uddatda,  oldindan  bel- 
gilangan  usulda  bajarilishi  lozim  bo'lgan  ish  rejasi,  ishlar  seriyasi 
yoki  ishlarning  biron-bir qismi.  Tashkilotning  maqsadi  a n ’anaviy 
ravishda  uch  toifaga  bo‘linadi:  odam lar  (personal)  bilan  ishlash, 
buyum lar  bilan  ishlash  va  axborot  (informatsiya)  bilan  ishlash. 
Sport  m enejm entidagi  boshqaruv  faoliyati  — bu  asosan,  xodim lar 
(personal)  va  axborot  (inform atsiya)  bilan  ishlashdir.
Texnologiya  —  bu  xomashyo,  zaxira  va  axborotni  qayta  ish­
lash  tartibidir  (algoritm ),  bunga  personal,  axborot,  jism oniy 
m ateriallar  va  m ahsulot,  xizm atlar  kiradi.  Personal  har  qanday 
tashkilotning  asosi  hisoblanadi,  u  pirovard  m ahsulotni  yaratadi, 
sifat ham insonlargabog'liq, ular sport tashkilotining madaniyatini 
va  m uhitini  yaratadilar.
Tashkiliy  madaniyat  xulq  m e’yori,  sport  tashkiloti  rahba- 
riyati  foydalanadigan  m enejm ent  prinsiplari,  uning  faoliyat  m o- 
hiyatiga  bogMiq.  Sport  tashkilotida  tashkiliy  madaniyat  va  xulq 
nam oyandalari  bo‘lib,  insonlar  (xodim ,  personal)  hisoblanadi.
Sport  tashkilotlarining  ichki  m uhit  tarkibi  param etrlari  mis- 
siya,  maqsad  va  tashkiliy  tizim  (struktura)dan  iborat  bo'ladi.
Sport  tashkiloti  mavjudligini  aniq  belgilovchi  sabab,  uning
22

missiyasi  hisoblanadi.  Odatda,  maqsad  missiyani  amalga  oshirish 
m aqsadida  shakllantiriladi  va  navbatdagi  boshqaruv  qarorini 
qabul  qilishga  mezon  sifatida  xizmat  qiladi.  Missiya  tashkilot 
huquqiy  o ‘rnini  (statusini)  oydinlashtiradi,  h ar  xil  boshqaruv 
ierarxiyalarida  maqsad  va  stragegiyani  aniqlashda  yo‘nalish  va 
moMjalni  belgilaydi.  M asalan,  sport  klubining  asosiy  missiyasi 
jam iyatning  sportchilar  tayyorlashdagi  ehtiyojini  qondirishdan 
iborat  b o iish i  mumkin.  Ushbu  missiyani  bajarish  uchun  rah ­
bariyat,  eng  birinchi  navbatda,  malakali  m urabbiylar  tarkibini 
to ‘plashi,  yuksak  klassdagi  sportchilarni  tayyorlashga  sharoit 
yaratish  va  ularni  tayyorlash jarayonini  ta ’minlashi  lozim.
Missiyani  tanlash  sport  tashkilotining  im koniyatlari,  uning 
zaxiralari  va  tashqi  omillarga  bevosita  bog‘liqdir.  Sport  tashki­
lotlari,  ayniqsa,  kichik  klublar  oldidagi  xavf  haddan  tashqari 
m urakkab  missiyani  tanlashdir.  Sport  tashkilotlarining  bosh 
maqsadini  yuqori  rahbarlar  belgilashini  inobatga  olgan  holda, 
ularning  shaxs  sifatidagi  qadriyatlari  va  maqsadlari  missiyani 
tanlash  va  shakllantirishga  m a’lum  ta ’sir  o'tkazadi.  Sport  tash­
kilotlarining  umumiy  maqsadlari  sport  jam oalarining  missiyasi 
va  rahbariyat  ko‘zlagan  m a ’lum  qadriyatlarga  asoslanadi.  Ushbu 
maqsadlar  sport  tashkilotining  yutuqlariga  tegishli  hissa  qo‘sha 
oladigan darajadagi qator tavsifnoma va qadriyatlarga ega bo‘lishi 
lozim.
Birinchidan,  ular  aniq  va  o ‘lchash  darajasida  bo‘lishi  lozim. 
Jism oniy  tarbiya  va  sport  doirasida  ushbu  faoliyatning  ko‘pgina 
ko‘rsatkichlari javob beradi: sport turlarining soni va m ashqlarning 
hajmi,  mashq  jarayonining  hajm  va  sifat  tavsifnomasining 
dinamikasi,  sport  ko‘rsatkichlari,  murabbiylar,  sportchilarning 
moddiy  va  ijtimoiy  ta ’minlanganligi  va  boshqalar.
Ikkinchidan,  maqsadlar  vaqt  birligida  m o ‘ljallangan  bo‘lishi 
lozim.  U lar uzoq muddatli  (sportda bu,  odatda,  4 yillik m uddatni 
o ‘z  ichiga  oladi),  o ‘rta  muddatli  —  1  yildan  4  yilgacha  va  qisqa 
muddatli  —  1  yilgacha.
U chinchidan,  maqsad  erisha oladigan  darajada bo'lishi  lozim, 
chunki  sport  tashkilotining  samaradorligini  oshirilishiga  imkon 
yaratilishi  kerak.  Sport  tashkilotlarining  im koniyat  darajasidan 
yuqori  keladigan  maqsadlarni  ilgari  surish  kutilm agan  noxush
23

holatlarni  keltirib  chiqarishi  mumkin.  Masalan,  sport  tashkilot­
lari  (jam oalar),  sportchilar  oldiga  asoslanmagan  yuqori  reytingni 
qo‘yilishi,  ularning  yutuqqa  intilishlariga  to ‘siq  bo'lishi  m um kin, 
natijada  ularning  motivatsiyasi juda  ham  tushib  ketadi.
O datda,  oldindan  ochiq  m a’lum  qilinmaydigan,  qator  kun- 
dalik  va  jadal  (operativ)  maqsadlarni  hal  etmasdan  turib,  sport 
tashkilotlarining  asosiy  maqsadiga  erishib  bo'lm aydi.  Ularning 
shakllanishi  quyidagilarni  ko‘zda  tutadi:  Birinchidan,  ularning 
mujassmlashuvi  sport  tashkilotining  asosiy  maqsadini  tashkil  eti- 
shi  va  ularning  birortasi  ham  so‘ngisiga qaram a-qarshi  turmasligi 
lozim;  ikkinchidan,  kundalik  va  jadal  (operativ)  maqsadlarning 
bir-birlariga  o'xshaganligi  bilan  ularning  ba’zilari  boshqalariga 
nisbatan  nizo  holatiga  o'tishi  mum kin;  uchinchidan,  jadal  (ope­
rativ)  m aqsadlarni  hal  etishga  qabul  qilingan  qarorlar  sport  tash­
kilotining  mohiyatiga ta ’sir ko‘rsatadi va uni o ‘zinikiga o ‘xshagan 
missiyali  va  maqsadli  tashkilotdan  tafovutlaydi.
Sport  tashkiloti  o ‘z  oldiga  q o ‘yilgan  maqsadni  amalga  oshi- 
rishi  uchun,  u  m a’lum  darajada  tizimlangan  boMishi,  ya’ni  har 
qanday  sistem aning  ichki  shaklini  ifodalaydigan  tashkiliy  ti- 
zimga  (strukturaga)  ega  boMishi  lozim.  Elementlari  orasida  bog‘- 
liqlik  o ‘rnatilgan,  oldiga  qo‘yilgan  maqsadga  erishish  uchun 
xizmat  qiladigan  sistema,  tashkiliy  tizim  deb  ataladi.  Sport  tash­
kilotining  tashkiliy  tizim ini  shakllanishidagi  hal  etuvchi  omil 
m ehnat  taqsim oti  hisoblanadi.  Sport  tashkilotining  tashkiliy  ti- 
zimi  asosan,  uning  strategiyasi  asosida  aniqlanadi,  vaqt  o ‘tishi 
bilan  strategiyaning  o ‘zgarib  borishi,  o ‘z  navbatida,  tashkiliy  ti- 
zimning  ham   o ‘zgartirish  zaruriyatini  tug‘diradi.
Hozirgi zam on m enejm entida a n ’anaviy tizim larga quyidagilar 
kiradi: m a’muriy, funksional, divizion, loyihali, matritsali, konglo- 
m erant,  m a ’m uriy-funksional  va  boshqalar.  N om lari  keltirilgan 
tashkiliy  tizim larga  xos  xususiyatlar,  jismoniy  tarbiya  va  sportni 
tashkil  etishda  o ‘z  aksini  topgan.  Sport  m enejm enti  nazariyasida 
tashkilotning  yana  boshqa  tizim lari  mavjud.  M asalan,  ular 
qatoriga  chiziqli  tashkiliy  tizim ni  kiritish  m um kin,  u  “rahbar  va 
ijrochi”  m unosabatlariga  asoslangan.  Yana  funksional  tashkiliy 
tizim ni  ko‘rish  m um kin,  u  yuqori  rahbar  bilan  pastdagi  ijrochi 
orasida  tik  chiziqli  m unosabatlarni  yo'qligi  va  faqat  kesishgan
24

gorizontal funksional aloqalarning shakllanganini bildiradi.  Funk- 
sional  boshqaruvda  chiziqli  boshqaruv  tizimiga  malakali,  aniq 
funksiyalarni  va ishlarning yo‘nalishlarini biladigan  mutaxassislar 
kiradi.  M asalan,  sport  jamoasi  murabbiyi,  shifokor,  massajchi, 
m a’muriy guruh va boshqalardan tashkil topgan.  Bunday tashkiliy 
tizim   m a ’muriy  rahbarlarning  ishini  osonlashtiradi,  boshqaruv 
jarayonini  yanada  sifatli  olib  borishga  yordam  beradi.  Shu  bilan 
bir  qatorda,  funksional  tizim  boshqaruvidagi  birinchi  rahbar  ro- 
lini  susaytiradi,  chunki  ijrochi  o ‘z  faoliyatida  bir  necha  o ‘rta 
pog‘onadagi  rahbarlardan  topshiriq  olib  ishlaydi.
Chiziqli-shtabli  tashkiliy  tizilm aning  xususiyati  shundaki, 
rahbarlar  ixtiyorida  shtab  funksiyalarini  bajaruvchi  ijrochilar 
tashkil  etiladi.  Bunday  holatlarda  ham   shtab,  ham  ijrochilar 
yuqori  rahbarga  bo'ysunadilar.  Bunga  misol  qilib  federatsiyalar 
tarkibidagi  b a’zi  faoliyat  yo‘nalishlariga  xizmat  qiluvchi  har  xil 
komitet  (komissiya)Iarni  ko‘rish  mum kin.
Umumlashgan  tashkiliy  tizim  sifatida  chiziqli-funksional  ti- 
zimni  ko'rish  mum kin.  Uning  mohiyati  shundaki,  maqsadlarni 
belgilash  va  zaxiralarga  taqsim ot-rahbarlik  qilish  chiziqli  ra h ­
bar  (m enejer)lar  vakolatiga  kiradi,  q o ‘yilgan  maqsadga  e ri­
shish  esa  ajratilgan  zaxiralar  doirasida  funksional  b o ‘linmaIar 
zimmasiga  yuklatiladi.  Hozirgi  davrda  ushbu  tashkiliy  tizilm a 
barcha  sohalarda  keng  qo‘llanib  kelinmoqda.  U ning  yana  bir 
zamonaviy  shakllaridan  biri  divizion  toifasidagi  tizim dir,  bunda 
boshqaruv  apparati  boshqaruv  funksiyalari  asosida  tizim lanadi  va 
differensatsiyalanadi,  faqat  boshqaruv  funksiyasi  asosida  emas, 
balki  boshqaruv  organiga  mustaqil  bo‘linm alarni  ajratish  asosida 
tuziladi.  Divizion tizim ning xususiyati shundaki,  har bir bo‘linm a 
ichidagi  o ‘zining  funksional  boshqaruv  apparati  markaziy  rah ­
bariyat  bilan  bog‘langan.  M asalan,  kompleks  sport  maktabida 
umumiy  rahbarlik,  moliya  va  boshqa  zaxiralar  taqsim oti,  m aq­
sadli  vazifalarni  maktab  m a’m uriyati  amalga  oshiradi,  sport 
bo‘linmalari  (gimnastika,  sport o ‘yin!ari  va  boshqalar)  faoliyatini 
boshqarishni  bosh  murabbiy  yoki  b o ‘linma  o ‘quv  rahbarligida 
murabbiylar  tarkibi  bajaradi.  Ushbu  toifadagi  tizim  m uam m o- 
larni  har tom onlam a  o ‘rganib,  ko'zlangan  maqsadga  erishish  im - 
konini  beradigan  qaror  qabul  qilish  im konini  beradi.
25

Jism oniy  tarbiya  va  sport  tashkilotlari  va  ularning  rang-ba- 
rang  faoliyati  yurtim izdagi  jism oniy  tarbiya  va  sport  sistemasini 
tashkil  etadi.  Insonlar  m anfaalari  va  jism oniy  tarbiya  va  sport 
faoliyatining  rang-barangligi  ko‘p  miqdordagi  sport  tashkilot- 
larini  paydo  bo'lishiga  olib  keldi.  Jism oniy  tarbiya  va  sport  sis- 
temasidagi  tashkilotlarni  turlashda  shunga  e ’tibor  berish  lozim- 
ki,  ular  yurtimizdagi  katta  iqtisod  tarm og'ining  bir  qismi  bo‘lib, 
xizmat  ko‘rsatish  tarm og ‘iga  kiradi,  boshqa  tashkilotlar  esa 
rang-barang  va  o ‘ziga  xos  shakldagi  m ahsulot  (tovar)  ishlab 
chiqaruvchi  va  xizmat  ko'rsatuvchi  hisoblanadilar.  Birinchi  gu­
ruh  tashkilotlari  sport  tovarlari  (sport  inventarlari,  oyoq  kiyimi, 
ustki va ichki  kiyimlar,  aslahalar)  ishlab chiqaradilar va sotadilar, 
sport  tashkilotlarini  ta ’mirlash  va  qurish  bilan  shug‘ullanadilar. 
Ikkinchi  guruh  tashkilotlari  jism oniy  tarbiya-sog‘lomlashtirish, 
sport,  axborot  kabi  servis  xizmatlari  bilan  shug‘ullanadilar.  U sh­
bu  xizm at  turining  xususiyatlari  va  alohidaliklarini  belgilaymiz:
—  ular  saqlanm aydigan  va  bir  vaqtli  —  m a’lum  vaqtda  foy- 
dalanilm agan  xizm atdan  keyinchalik  foydalanib  b o im ay d i, 
chunki  uni  qaytarib  bo'lm aydi  (sport  musobaqalarining va mash- 
g'ulotlarning  vaqti  va  boshqalar);
—  ular  sezilmaydigan  bo‘ladi,  chunki  foydalanilm aguncha 
xizmat  sifatini  aniqlab  b o ‘lmaydi;
—  ular  turli-tu m an d ir,  chunki  xizmat  darajasi,  uning  bahosi 
va  sifati  har xil paytda  h ar xil b o ‘lishi  m um kin,  uning  ustiga  ko‘p 
narsalar  m ijozning  psixologiyasi,  individual  sifatlari  va  boshqa 
xususiyatlariga  bog‘liq.
U chinchi  guruh  tashkilotlar  boshqarish  bo'yicha xizmat  ko‘r- 
satadilar.  U shbu  guruh  tashkilotlari  o'zining  vakolati,  o ‘lchami, 
sport  ixtisosligi  va  boshqa  ko‘rsatkichlar  bo ‘yicha  turkum lanadi, 
bu  esa,  o ‘z  navbatida,  ularni  klassifikatsiyalashga  asos  bo‘ladi. 
Klassifikatsiyalash  usullarini  aniqlashda  real  holatni,  a n ’ana- 
larni  va  oldingi  davrdagi  tajribalardan  foydalanish  maqsadga  m u- 
vofiqdir.
M ustaqillikgacha  davlat  tashkilotlari  bosh  rolni  o'yinagan, 
ya’ni  Jism oniy  tarbiya  va  sport  q o ‘mitasi,  uning  bo‘linmalari 
barcha  m intaqalarda  faoliyat  ko'rsatgan.  U nga  qanday  muassa- 
saga  tegishli  bo'lishidan  q a t’i  nazar,  barcha  jism oniy  tarbiya
26

va  sport  tashkilotlari  b o ‘ysungan.  Y urtim izda  ijtim oiy-iqtiso- 
diy  tuzim ni  o'zgarishi  tarkibiy  qayta  qurilishga  olib  keldi.  Pre- 
zidentim izning  qator  farm onlari  va  H ukum at  qarorlari  jis­
moniy  tarbiya  va  sport  sohasida  tub  islohotlarga  olib  keldi  va 
yangi  boshqaruv  m unosabatlari  shakllana  boshladi,  natijada  no- 
a n ’anaviy  m unosabatlar  bilan  yangi  sport  tashkilotlari  paydo 
bo‘la  boshladi.
M ustaqillik  davrida jism oniy  tarbiya  va  sport  boshqaruvining 
o ‘ziga  xos  funksiyalari  am al  topdi,  ulardan  eng  m uhim lari  reja­
lashtirish  va  ishni  yo'naltirish  bo‘ldi.  Jism oniy  tarbiya  va  sport 
tashkilotlari kasaba uyushm alari sistemasi o ‘zlarining mavqelarini 
saqlab  qoldilar,  davlat  tom onidan  dotatsiya  olish  im koniyatiga 
ham  ega  bo ‘ldilar.  Sport  federatsiyalari,  0 ‘zbekiston  Respubli­
kasi  Olimpiya  qo ‘m itasi  m ustaqillikka  ega  b o ‘lib,  bir  vaqtning 
o ‘zida  ham   davlat  k o ‘magiga,  ham   sportni  tijoratlashtirish 
imkoniyatiga  erishdilar.  Jism oniy  tarbiya  va  sport  tashkilotlari 
sistemasida  yangi  tashkiliy-huquqiy  status  bilan  tijorat  tashki­
lotlari  paydo  b o ‘ldi,  bular  hissadorlik  jam iyatlari,  m as’uliyati 
cheklangan jam iyatlar,  xususiy  tashkilotlar  va  boshqalar.
Hozirgi  zam on  sharoitida  jism oniy  tarbiya  va  sport  tashki- 
lotlarini  turkum lash  m e’yoriga  quyidagilar  xizm at  qilishi  m um ­
kin:  tegishlilik,  boshqaruv  m unosabatlarining  tavsifi,  foyda  va 
mablag'  olish  usullari.
Tegishlilik  bo‘yicha  quyidagicha  ajratish  mum kin:
a)  davlat  tashkilotlari.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  M adaniyat 
va  sport  ishlari  vazirligi,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Turizm   Milliy 
kompaniyasi,  tum anlardagi jism oniy  tarbiya  va  sport  boshqaruvi 
organlari  va  boshqalar;
b)  vazirlikning  muassasa  tashkilotlari  (Qurolli  K uchlar  va­
zirligi,  Xalq  ta ’limi  vazirligi,  Sog'liqni  Saqlash  vazirligi  va  bosh­
qalar);
c)  jam oatchilik  —  sport  turlari  bo'yicha  federatsiyalar,  0 ‘z­
bekiston  Respublikasi  Olimpiya  qo'm itasi,  sport  klublari  va  itti- 
foqlar, jamiyatlar;
d) jam oatchilik  —  davlat  (ko'ngillilar  sport jam iyatlari);
e)  xususiy  tashkilotlar  —  professional  klublar,  sport  tovarlari 
ishlab  chiqarish  va  xizmat  ko'rsatish  bo'yicha  firm alar.
27

Davlat  va  muassasa  jism oniy  tarbiya  va  sport  tashkilotlari 
ko‘p  jihatdan  a n ’anaviy  boshqaruv  funksiyalarini  (rejalashtirish, 
tashkillash,  motivatsiya  va  nazorat)  saqlab  qoldilar,  lekin  yangi 
qonunchilik  sharoitini  hisobga  olgan  holda,  ularning  maqsadi, 
ta ’sir  doirasi,  faoliyat  hajmi  va  malakaviy  darajasi  tubdan  o ‘z- 
gardi.  U lar  shunday  status  va  boshqaruv  tizimini  tanladilarki, 
yangi  tashqi  m uhit  sharoitiga  moslashish  imkoniyati  tug‘ildi.
Sport  klublari  va  tijorat  sport  klublari  amalga  oshiradigan 
asosiy  faoliyat  turlari  quyidagilardan  iborat:  fuqarolar  bilan  jis­
m oniy  tarbiya  va  sport,  sog‘lom lashtirish  ishlarini  tashkil  qi­
lish,  shu  bilan  bir  qatorda,  ta ’Iim  m askanida  o ‘qiyotgan  bolalar 
bilan,  veteranlar  va  nogironlar  bilan;  sportchi  zaxiralarini, 
sport  jam oalarini  va  yuqori  malakali  sportchilarni  tayyorlash. 
Fuqarolarni  jism oniy  tarbiyalash,  har  xil  sport  turlari  b o ‘yicha 
istiqbolli  va  iqtidorli  sportchilarni  topib  tarbiyalash  bilan  bog‘- 
liq  sport  tashkilotlarining  faoliyati  havaskorlar  sporti  toifasiga 
to ‘g‘ri  keladi.  Shu  bilan  bir  qatorda,  hozirgi  kundagi  qonunchi­
lik  sport  tashkilotlari  tom onidan  tijorat  (tadbirkorlik)  faoliyatini 
taqiqlam aydi,  aksincha,  uni  yurgizish  imkoniyatini  ko‘zda 
tutadi.
Jism oniy tarbiya va sport tashkilotlari o ‘zlarining asosiy faoliyat 
ko‘rsatish  doiralarida  aholiga  pulli  xizmat  ko‘rsatadilar,  undan 
tushgan  darom ad  sport  tashkiloti  faoliyatini  moliyalashtirish 
m anbalaridan  biri  bo‘lib  xizmat  qiladi.
Jism oniy tarbiya va sport tashkilotlari o ‘zlarining tavsif m uno- 
sabatlariga  ko‘ra  professional  va  havaskorlikka  ajraladi.
Professional  sport  tashkilotlariga,  odatda,  o ‘zlarining  doi- 
miy  maqsadlariga,  professional  boshqaruv  xodimlariga  ega  bo‘l- 
gan  va  ish  hajmiga  ko‘ra  boshqaruv  funksiyalari  b o iin g an , 
xarakteri,  vakolati  va  m as’uliyati  mos  personalli jam oalar  kiradi. 
Faoliyat  reglamenti  m e’yoriy  hujjat  va  boshqa  tashkiliy-huquqiy 
dalolatnom a  orqali  puxtalanadi.  X odim larning  tutgan  yo'llari  va 
ularning  rollari  kontrakt,  shartnom a,  buyruq  va  instruksiyalar 
orqali  aniqlanadi.
Professional  sport  tashkilotlariga  qaraganda  havaskor  tash­
kilotlar jam oatchilik  asosida  boshqariladi.  Boshqaruvchilik  funk­
siyalari  va  huquqlarga  ega  bo‘lgan  professional  xodim lar  ishtirok
28

etishlari  mum kin.  Ularning  asosiy  funksiyalariga,  tashkillash, 
rejalashtirish,  ish  yuritish,  rag'batlantirish  kiradi.  Rahbar  xodim 
ishida  ishtirokchilarni  rag‘batlantira  (motivatsiyalay)  oladigan, 
yuqori  darajada  tashabbus,  m as’uliyat,  sardorlik  sifatlari  zarur. 
Bunday  shakldagi  tashkilotchilik  muassasalar,  korxonalar,  o'quv 
maskanlari,  bolalar  tashkilotlaridagi  birlamchi  jism oniy  tarbiya 
va  sport  jamoalariga  xosdir.  V aqtinchalik  omili  har  doim  har 
xil  bo‘lishi  m um kin,  chunki  barcha  um um iy  faoliyat  doimiylik 
xarakteriga  ega.
N otijorat  tashkilotlariga  o ‘z  faoliyatlarini  yurgizish  uchun 
davlatdan  dotatsiya  yoki  boshqa  m ablag‘  oluvchilar  kiradi.  Bu- 
larga  davlat  tashkilotlari,  muassasalar  kiradi,  masalan,  jism oniy 
tarbiya  va  sport  qo‘mitalari,  kuch  ishlatuvchi  tizim larning  muas- 
sasa  tashkilotlari,  ta ’lim  vazirliklari,  sportchilar  tayyorlash  m ar­
kazlari  va  boshqa tarm oqlar.  Jism oniy tarbiya  va sport  sohasidagi 
notijorat  sport  tashkilotlarining  m um kin bo'lgan  moliyalashtirish 
manbalari  17-jalvalda  keltirilgan.
1 7-jadval
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 75%20Спорт
75%20Спорт -> Basketbol nazariyasi va uslubiyati
75%20Спорт -> Sh. X. Isroilov, Z. R. Nurimov, Sh. U. Abidov, S. R. Davletmuratov, A. A. Karimov sport va harakatli
75%20Спорт -> Sport pedagogik mahoratini oshirish yengil atletika
75%20Спорт -> A. Abduhamidov, H. Nasimov, U. Nosirov, J. Xusanov algebra va matematik analiz asoslaridan masalalar toplam I
75%20Спорт -> A. g a z I y e V, I. Is r a IL o V, M. Y a X s h ib o y e V matematik analizdan misol va masalalar
75%20Спорт -> I ism o ilo V, T. Rizayev, X. M. Maxmudova fizikadan praktikum
75%20Спорт -> L. A. Djalilova jismoniy tarbiya va olimpiya harakati
75%20Спорт -> Sport universiteti I. S. Islamov, R. R. Salimgareyeva yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari
75%20Спорт -> G im n a st ik a d a r sl a r id a in no va tsio n t e X n o L o g iy a L a r


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling