G ’u L o m o V z. T., Nabiullin r. X. K a m ilo V a g. Z. Jismoniy tarbiya va sport menejmenti


  Jism oniy  tarbiya  va  sportni  budjet  mablag‘laridan


Download 5.26 Mb.
Pdf просмотр
bet21/24
Sana05.12.2019
Hajmi5.26 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24

14.2.  Jism oniy  tarbiya  va  sportni  budjet  mablag‘laridan 
moliyalashtirish
M am lakat  iqtisodiyotini  rivojlantirish,  millatni  sog‘lom- 
lashtirish,  mamlakatning  uyg‘un  rivojlangan  yosh  avlodini 
shakllantirishda  jism oniy  tarbiya  va  sportning  o ‘rni  beqiyos. 
Prezidentim iz  I.A.  Karimov  boshchiligidagi  0 ‘zbekiston  rahba- 
riyati  tom onidan  jismoniy  tarbiya  va  sportni,  ayniqsa,  bolalar 
sportini rivojlantirish masalasiga juda katta e ’tibor qaratilayotgani 
ham da  u  doim iy  nazorat  ostida  turgani  tufayli  mustaqillik 
yillarida  m am lakatim izda  bu  sohadagi  ijtimoiy  va  demografik 
vaziyat  tubdan  o ‘zgardi.
Shunisi  diqqatga  sazovorki,  ijtimoiy  m uam m olar  majmuali 
tarzda  hal  etiladi:  bular  —  onalik  va  bolalikni  m uhofaza  qil­
ish,  ko‘p  bolali  oilalarga  turli  to ‘lovlar,  imtiyozlar,  nafaqalar, 
urush  va  m ehnat  faxriylarini  ijtimoiy  jihatdan  q o ‘llab-quv- 
vatlash,  sportchilarni  ulkan  muvaffaqiyatlari  uchun  moddiy 
rag'batlantirish  kabilar.  Bunday  chora-tadbirlar  tufayli  istiqlol 
yillarida  onalar  o ‘limi  3,2  barobar,  bolalar  o ‘limi  3,5  barobar 
kamaydi,  um rning  davomiyligi  67  yoshdan  73  yoshgacha  uzay- 
di,  aholining  haqiqiy  darom adi  8,2  m arta  ortdi.  M am lakat  iqti­
sodiyoti  jadal  sur’atlar  bilan  rivojlanib  borm oqda,  millatlararo 
hamjihatlik,  d o ‘stlik,  bag‘rikenglik  m ustahkam lanayotir.  Demak, 
davlat  tom onidan jism oniy tarbiya  va  sport  sohasiga  katta  e ’tibor 
berilsa, xalq o ‘z bo‘sh vaqtini sport maydonchalari ham da zallarida 
o ‘tkazish, 
salomatligini 
m ustahkamlash  va  avaylab-asrash, 
farzandlarini  ko‘cha  ta ’siridan,  zararli  odatlardan  m uhofaza  qil­
ib,  sport  m ashg'ulotlariga  ega  bo‘ladi.  Jismoniy  tarbiya  va  sport-
223

ning  davlat  tom onidan  q o ‘llab-quvvatlanishi  keng  miqyosda  olib 
borilmoqda:
1.  Q onunchilik  darajasida:  jism oniy  tarbiya  va  sportning 
amal  qilishi  ham da  taraqqiy  etishi  uchun  qulay  shart-sharoitlar 
yaratilm oqda.
2.  D avlat  boshqaruv  apparatini  ta ’minlash,  ilm iy-tadqiqot 
ishlarini,  sport  m a ’lum otiga  ega  bo‘lish  (Olimpiya  zaxiralari 
kollejlari,  0 ‘zD JT I)  ishlarini  to ‘g‘ridan  to ‘g‘ri  moliyalashtirish 
amalga  oshiriladi.
3.  Bilvosita  moliyalashtirish  ko‘rinishida  qonuniy  tartibda 
va  m e’yoriy  hujjatlarda  imtiyozli  soliqqa  tortish,  qarz  (kredit) 
berish,  bojxona to ‘lovlaridan  qisman yoki to ‘la ozod qilish  ko‘zda 
tutiladi,  y a’ni  sport  tashkilotlarining  ancha  qulay  sharoitlarda 
ishlashi  uch u n   shart-sharoitlar  yaratiladi.
4.  Sport  inshootlari,  stadionlar,  basseynlar  qurilishida  to ‘g‘- 
ridan  to ‘g‘ri  ishtirok  etadi.  Bundan  tashqari,  jism oniy  tarbiya 
va  sportning  m oddiy  asosini  mustahkam lashda  viloyat,  shahar 
ham da  tu m an   hokim iyatlari  qatnashadi.
Davlat to m o n id an  m oliyalashtirish vaqt-vaqti bilan emas, balki 
respublika,  viloyatlar,  shahar  yoki  alohida  tum anlar  darajasida 
jism oniy tarbiya  va  sportni  rivojlantirish  rejasiga  muvofiq  amalga 
oshiriladi.
Jism oniy  tarbiya  va  sportning  rivojlantirilishini  rejalashtirish, 
bashorat  qilish  yordam ida  quyidagi  vazifalar  amalga  oshiriladi:
1.  Respublikada jism oniy  tarbiya  va  sportni  rivojlantirishning 
uzoq  m uddatli  ham da  qisqa  m uddatli  um um iy  yo'nalishlari 
belgilanib,  ustuvor  vazifalar  ajratiladi.
2.  Sohani  boshqarish  apparati  hajmi  belgilanadi.
3.  Ilm iy-texniktaraqqiyotningzam onaviyyutuqlarini  e ’tiborga 
olgan  holda,  ilm iy-tadqiqot  ishlarining  istiqbol  yo'nalishlari  ish­
lab  chiqiladi.
4.  Bolalar  sportini,  omm aviy  va  professional  sportni  rivoj­
lantirish  b o ‘yicha  muayyan  topshiriqlar  beriladi.
5.  Jism oniy tarbiya va  sport sohasida  band xodim larning o pti­
mal  m iqdori  aniqlanadi.
6.  Sport  m unosabatlari  ishtirokchilarining  m ahorati  daraja- 
sini  yanada  oshirish 
b o ' y i c h a  
yo‘nalishlar  aniqlanadi.
224

7. 
Rejalashtirilgan  barcha tadbirlar  moliyaviy  ham da  moddiy 
zaxiralar  bilan  muvofiqlashtiriladi.
H ukum at  tom onidan  tasdiqlangan jismoniy  tarbiya  va  sport­
ni  rivojlantirish  rejasi  ommaviy-sport  tadbirlariga  sarf-xarajatlar 
moddalari  bo'yicha tegishli  darajadagi  budjetni  shakllantirish  u c­
hun  asos  bo‘lib  xizmat  qiladi.
Davlat  budjeti  asosan jismoniy va  huquqiy  shaxslardan  olina- 
digan soliq to ‘lovlari hisobiga shakllanadi. U larning bir qismi davlat 
uchun  eng  aham iyatli  bo‘lgan  yo‘nalishlarni  moliyalashtirishga 
sarflanadi.
M a’lumki, davlat budjeti 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
tom onidan  ko‘rib  chiqilib,  tasdiqlanadi.  Budjet  bosqichm a-bos- 
qich  qabul  qilinadi.  Budjet  ustidan  tegishli  q o 'm ita va  komissiya 
ish  olib  boradi,  ular jismoniy tarbiya  va  sport,  shuningdek,  m o- 
liya  sohasi  bo‘yicha  mutaxassislar hamda  tegishli  ekspertlarni  bu 
faoliyatga jalb  qiladi.
Jismoniy  tarbiya  va  sport sohasi  uchun  davlat  budjeti  barcha 
muvofiqlashtirish  ham da  qonunchilik  komissiyalaridan  o'tgach, 
Oliy  Majlis  tom onidan  uning  oxirgi  varianti  qabul  qilinadi  va 
Senatga  jo ‘natiladi.  Senat  tomonidan  m a’qullangan  budjetni 
Respublika  Prezidenti  imzolaydi.  U  ijro  hokimiyati  tom onidan 
barcha  sarf-xarajat  moddalari  bo'yicha  bajarilishi  shart.  Shahar, 
viloyat  birinchiliklarini  o‘tkazish,  sport  asbob-anjom larini  sotib 
olish,  sport  maktablari,  jamoalarni  ta ’minlash  uchun  pul  mab- 
lag‘lari  mahalliy  budjet  hisobidan  ajratiladi.  Viloyat  va  tum an 
budjeti  hisobidan  sport  maydonchalari,  zallar,  sport  inshoot- 
laridagi  qurilish-ta’mirlash  ishlari  olib boriladi.
Viloyat  budjetlarining  tasdiqlanishi  ham  belgilangan  tartib 
asosida o ‘tkaziladi.  Dastlab mahalliy sport qo‘mitalari tom onidan 
viloyatda jism oniy  tarbiya  va  sportni  rivojlantirishning  majmuali 
dasturlari  ishlab  chiqiladi.  Ishlab  chiqilgan  reja  sarf-xarajat 
moddalari  ko'rsatilgani  holda  ijro  hokimiyatining  tegishli  tuzil- 
maviy  bo‘linmalari  bilan  kelishiladi.  Shundan  so‘ng  budjet 
loyihasi viloyat kengashiga o‘rganib chiqish uchun taqdim  etiladi. 
Kengash  tom onidan  tasdiqlangan  budjet  ijro  uchun  qonunga 
aylanadi.

  Jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishini  moliyalashtirishga
225

budjet m ablag‘larini sarflar ekan, davlat shu tariqa har tom onlam a 
uyg‘un rivojlangan yosh avlodni shakllantirishga, sog‘lom turm ush 
tarzini  qaror  toptirishga,  millatni  sog‘lomlashtirishga,  sevimli 
sport  turlari  bilan  shug‘ullanish  uchun  shart-sharoitlar yaratishga 
katta  e ’tibor  qaratadi.  Milliy  sportni,  jum ladan,  yuqori  natijalar 
sportini  taraqqiy ettirib,  millatni  shu  yo‘l bilan birlashtiradi,  yosh 
avlodda  vatanparvarlik,  o ‘z  mamlakati  bilan  faxrlanish  tuyg‘usini 
shakllantiradi.
14.3.  Jism oniy  tarbiya  va  sportda  o ‘z -o ‘zini  m oliyalashtirish, 
jism oniy  tarbiya-sport  tashkilotlarining  tadbirkorlik 
faoliyatidan  oladigan  daromadi
0 ‘z -o ‘zini  moliyalashtirish  turli  manbalar,  xususan:  jism oniy 
tarbiya-sport  tashkilotlarining  tadbirkorlik  faoliyatidan  oladigan 
darom adlari,  hom iylar,  sport  lotoreyalarining  o ‘tkazilishidan 
tushum lar,  shuningdek,  qonunchilikda  taqiqlanm agan  boshqa 
m anbalarhisobidanam algaoshiriladi.O ‘z-o ‘zinimoliyalashtirishda 
tadbirkorlik  faoliyati  m uhim   o ‘rin  tutadi.  M a’lumki,  tadbirkor 
biror  sohada  faoliyat  ko'rsatishning  barcha  xavf-xatarlarini  o ‘z 
zimmasiga oladi, chunki bu faoliyat natijasi foyda bilan bir qatorda 
katta  yo‘qotishlardan  iborat  bo'lishi  ham  mumkin.  Tadbirkorlik 
faoliyati  iqtisodiyotning  turli-tum an  sohalarida,  jum ladan,  jis­
moniy tarbiya va sport ham da u bilan bog‘liq tarm oqlarda amalga 
oshiriladi.  Zam onaviy  iqtisodiy  fikrlash  tarzi  ham da  tijoratchilik 
faoliyati  zamonaviy  sport  sohasiga  chuqur  kirib,  m usobaqalar  ti- 
zimi,  sportchilar,  m urabbiylar,  hakamlarga  haq to ‘lash va xizmat 
ko‘rsatishni  o ‘zgartirib  yubordi.
Sportdagi  tadbirkorlik  faoliyatining  harakatlantiruvchi  kuch- 
lari  quyidagilardir:
— sport  tadbirkorligida  ish  olib  borish  istagi,  o ‘zida  qaysi  so- 
haga  iqtidor  sezsa,  shu  sohadagi  faoliyatga  astoydil  kirishish;
—  darom ad  olish  orqali  o'zining  mavqeyini  m ustahkamlash 
va jam iyat  uchun  foydali  faoliyat  ko'rsatish;
— o ‘z  ijodkorlik,  shaxsiy  im koniyatlarini  nam oyon  qilish.
Tadbirkorlik  faoliyati  faqat  huquqiy  shaxslar  tom onidan
emas, jism oniy tarbiya-sport tijorat tashkilotlari  tom onidan  ham,
226

agar  bunga  tashkilot  N izom ida  qarshi  fikr  bildirilmagan  bo‘lsa, 
amalga  oshiriladi.  U  har  xil  q o ‘shim cha  xizm atlar  (m ehm on- 
xona,  transport,  savdo-sotiq,  ta ’mirlash  va  b.)  ham  ko‘rsatish 
mumkin.
Shunday  qilib,  tadbirkorlik  faoliyati  subyektlari  sifatida  jis­
moniy  shaxslar ham , jamoaviy tadbirkorlar,  ya’ni  huquqiy  shaxs­
lar  ham   maydonga  chiqa  oladi.  Tijorat  jism oniy  tarbiya-sport 
tashkilotlari xilma-xil shakllarda  — yakka shaxs mulki,  m as’uliyati 
cheklangan  jamiyat,  yopiq  va  ochiq  turdagi  aksionerlik  jamiyati 
ko‘rinishlarida  yuzaga  kelishi  mum kin.  Faoliyat  turlarining 
bunday  xilma-xil  bo‘lishi  xo‘jalik  zarurati,  bozor  iqtisodiyotining 
sharti  hisoblanadi.
Sportdagi  tadbirkorlik  faoliyati  uchta  asosiy  yo‘nalishda  olib 
boriladi:
1)  yakka  tartibdagi  tadbirkorlik  sohasida,  chunki  bozor  iqti­
sodiyoti  sharoitida  ko‘pgina  professional  sportchilar  sport 
bozorlarida  xususiy  tadbirkorlar  sifatida  qatnashadi;
2)  alohida  sport  klublari,  ligalar,  federatsiyalar  sportda  ta d ­
birkorlik  faoliyatini  olib  boradilar;
3)  sport  sohasidagi  tadbirkorlik  faoliyatini  sport  tovarlari, 
xizmatlari,  axboroti  sanoatiga  ixtisoslashgan korxonalar,  radio  va 
telekanallar,  bosma  nashrlar  amalga  oshiradilar.
Tadbirkorlik faoliyati odam ning ijodiy g‘oyalari, tashabbuslari 
ro'yobga  chiqishiga  yordam  beradi,  shaxsning  imkoniyatlari 
ochilishi,  jiddiy  foyda  olishi  uchun  katta  sharoitlar  yaratadi.
Sportdagi tadbirkorlik tadbirkorlikning alohida turi b o iib ,  uni 
har  kirn  ham   amalga  oshira  olmaydi.  Bunday  faoliyat  egalariga 
faqat  tashkilotchilik  qobiliyatigina  emas,  iqtisodiyot,  anatomiya, 
fiziologiya,  sport  pedagogikasi,  sport  m enejm enti  va  marketingi, 
sport  huquqi  ham da  boshqa fanlar b o ‘yicha  chuqur bilimlar  ham 
kerak.  Faqat shunday bilim va ko‘nikm alar uyg‘unligi tadbirkorga 
yaxshi  natijalarga  umid  qilish  uchun  asos  beradi.
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  jism oniy  tarbiya  va  sportning 
rivojlanishi  ham da  amal  qilishi  doim o  moliyalashtirishning 
q o ‘shim cha  manbalarini  izlashni  ko‘zda  tutadi,  shulardan 
biri  —  homiylik.  Homiylik  —  bu  homiy  va  uning  yordam idan 
foydalanuvchi  shaxsning  o ‘zaro  m unosabatlari  bo ‘lib,  ular
227

orasida turli  vositachilar  ham bo‘Iishi  mum kin,  natijada  j j srri 
tarbiya-sport tashkilotlari ham da tadbir tashkilotchilari r ti a r k  
faoliyatlarini  amalga  oshirishda  (mahsulotni  ishlab  cl-1j q ^ ' t/ n § 
sotish  va  b.)  ishtirok  etganlari  uchun  javob  ta riq a sid a   is ^ ls^ ’ 
chiqarish  va  iste’mol  vositalarini  tayyorlovchilar,  s h u r ,jn e .* ''a ^  
xizmat  ko‘rsatish  sohasi  firm alaridan  xilma-xil  m o d d iy   k0 «. 
’ 
(moliyaviy  m ablag‘lar,  tovarlar,  xizmatlar)  oladilar. 
H ir J ? 1^  
lik  subyektlarini  ularning  mahsulotlari  jism oniy  tarbiya  Va 
sohasiga  qanchalik  yaqinligiga  qarab  5  guruhga  a jra tis b  
P o rt 
kin: 
'
1.  Sport  uchun  m o ‘ljallangan  m ahsulotlar,  birinchi  r ja v ^  
sport  tovarlarini  ishlab  chiqaruvchi  firmalar. 
a td a
2.  Sport  sohasiga  yaqin  mahsulotlar:  oziq-ovqatlar,  sj, 
gigiyena  vositalari  ishlab  chiqaruvchi  firmalar. 
^ x s iy
3.  Sportga  bilvosita  aloqador  b o ig a n   m a h su lo tla rn i  i*., 
chiqaruvchi  firm alar  (aviakompaniyalar,  sug‘urta  k o m p a n jv'  
”  
bank  tizim lari). 
‘ 
*a r*>
4.  Sportdan  uzoq  m ahsulotlarni  ishlab  chiqaruvchi  f i r m a
5.  Sportga  mos  b o ‘lmagan  m ahsulotlarni  ishlab  ch i q a r i^ 

firm alar  (tam aki,  alkogolli  mahsulotlar  ishlab  ch iq a rish ), 
Vcni
Jism oniy  tarbiya  va  sport  sohasida  homiylik  o b y ek ti  s if  
quyidagilar  m aydonga  chiqadi: 
^ t i d a
1.  Sohaning  tashkiliy  birliklari  — milliy  olimpiya  q o ‘ lT1jt ^ 
sport  turlari  b o ‘yicha  federatsiyalar,  sport  klublari,  j a m 0 ? 
!’ 
alohida  sportchilar. 
c*lari,
2.  Turli  miqyosdagi  sport  musobaqalari.
3.  Sport  rivojining  turli  darajalari  —  yuqori  n a tija la r  
zaxira,  om m aviy-sport. 
o rti,
Yevropa  m am lakatlarida  davlat  tom onidan  sport  8о^ .  
ajratiladigan  m ablag‘lar  juda  kam.  M asalan,  V e n g riy acj / lsiga 
ko‘rsatkich taxm inan 0,13  %,  Italiyada 0,3  %,  F ra n s iy a d a   o '  
Shveytsariyada  0,2  %,  Shvetsiyada  28  %ni  tashkil  q ila d i 
rabbiylar,  pedagoglarning  turli  sport  klublarida  ko‘ngiH j 
M u - 
ish  olib  borishi  ham   ancha  ko‘p  uchraydi.  M asalan,  F r a n s  
bunday  faoliyatni  1  mln  ga  yaqin  kishi  amalga  o sh ira d i  Sb?™ ^a 
tsariyada  firm alar  va  OAV  jism oniy  tarbiya  h a m d a   s  VC^~ 
ning  rivojlanishiga  davlat  budjetidan  6  barobar  ko‘p
^blag‘

sarflaydilar,  aholining  moliyaviy  ulushi  esa  davlat  budjeti  va 
mahalliy  budjet  m ablag'laridan  212  m arta  ko‘p.  Shunday  qilib, 
xorij  m am lakatlarida jism oniy  tarbiya  va  sportni  moliyalashtirish 
manbalari  bobidagi  um um iy  tendensiya  shundayki,  xususiy 
manbalar  davlat  va  mahalliy  budjetdan  ko‘ra  m o‘lroq  xarajat 
qiladi.
14.4.  M oliyaviy  tahlilning  asosiy  maqsadi
Jahon  ham jam iyatidagi  sodir  b o ‘layotgan  beqarorlik  ham ­
da 
inflyatsiya  jarayonlari 
sharoitida 
foydaning 
oshishi, 
asosan,  tovarlar  bahosining  o ‘sishi,  ya’ni  foydaning  inflya- 
tsion  toMdirilishi  hisobiga  yuz  beryapti.  R aqobatchilik  ham da 
bozorning  tovarlar  bilan  to ‘ldirlishi  rivojlanayotgan  paytda 
foydaning  paydo  bo ‘lishida  m a’lum  m aqsadlarga  qaratilganlik 
omili  o'zinin g  hal  qiluvchi  aham iyatini  y o'qotadi,  chunki 
m azkur  sharoit  ishlab  chiqaruchilarning  narxni  oshirish  va  shu 
yo‘l  bilan  foyda  olish  im koniyatlarini  cheklab  qo'yadi.  U sh- 
bu  holatda  tannarxni  pasaytirish  omili  oldingi  o ‘ringa  chiqadi, 
bunga  ishlab  chiqarish  sam aradorligini  oshirish,  shuningdek, 
haq to ‘lashga sarflanadigan  qator xarajatlarni  korxona  ixtiyorida 
qoladigan  foydadan  maqsadga  m uvofiq  tarzda  olib  borish 
hisobiga  erishiladi.  U larni  m ahsulot  tannarxidan  chiqarib 
tashlash  ishlab  chiqarishning  pirovard  natijalari  o ‘sishiga, 
narxlarning  pasayishi,  foydaning  ortishiga  yordam   beradi.  Shu 
tariqa  sport  tashkiloti  m enejeri  oldida  tashkilotning  o ‘z  ishi 
uchun  shunday  sharoitlar  yaratish  ham da  shu  sharoitga  m u ­
vofiq  m oliyaviy-xo'jalik  siyosatini  ishlab  chiqish  m uam m osi 
turadiki,  ular  qo'yilgan  maqsadga  erishishga  —  foydaning  oshi­
shi  va  uning  optim allashishiga  ko'm aklashishi  kerak.
0 ‘z -o ‘zidan  foyda  iqtisodni  rivojlantirishi  uni  q o ‘llab-quv- 
vatlashga  va  sog‘lom lashtirish  uchun  tegishli  zaxiralar  bazasini 
yaratish kabi o'zigagina xos vazifalarni bajara olishi, ya’ni tashkilot 
o ‘z  qarz  olish-berish  majburiyatlarini  qoplash  im koniyatiga  ega 
bo'lishi  uchun  moliyaviy  holatini  yetarlicha  darajada  saqlab  tu- 
rishi  lozim.  Shuning  uchun  ham  yuqoridagi  m uam m oning  hal 
etilishi  soliqqa  tortish  siyosatini  takom illashtirish,  tadbirkorlik
229

ham da  soliq  m unosabatlarini  rivojlantirish  bilan  o ‘zaro  aloqa- 
dorlikda  olib  borilishi  shart.  Tashkilotning  moliyaviy  ahvoli 
deganda,  korxonaning  o ‘z  faoliyatini  moliyalashtirish  qobiliya- 
ti  nazarda  tutiladi,  o ‘z  navbatida  bu  faoliyat  tashkilot  m ulki- 
ni  shakllantirish,  harakatlantirish  ham da  butligini  ta ’m inlash, 
undan  foydalanishini  nazorat  qilib  borish  jarayonlarini  qam rab 
oladi.  Tashkilotning  moliyaviy-iqtisodiy  natijalari  o ‘z  qarz 
olish-berish 
m ajburiyatlarini  qoplashning  asosiy  vazifalari 
quyidagilar  hisoblanadi:  tashkilotning  foydasini  baholash,  u n ­
ing  holati  va  harakati;  xususiy  va  zayom  kapitali  m anbalarining 
ham da  tuzilishi  dinam ikasini,  ularning  holati  va  harakatini 
baholash,  tashkilotning  moliyaviy  barqarorligi  mutlaq  va  nisbiy 
ko‘rsatkichlari  tahlili  ham da  uning  darajasidagi  o ‘zgarishlarni 
baholash;  tashkilotning  to*lash  qobiliyati  va  uning  balansidagi 
aktivlarning  mavjudligini  tahlil  qilish.
Moliyaviy tahlilning asosiy maqsadi sport tashkiloti moliyaviy- 
xo‘jalik  faoliyatidagi  nuqsonlarni  o ‘z  vaqtida  aniqlab,  bartaraf 
etish,  moliyaviy  holatini  va  to ‘lovlarni  amalga  oshirish  qobiliya- 
tini  yaxshilash  im koniyatlarini  topishdan  iborat.  Sport  tashkiloti 
moliyaviy-iqtisodiy  natijasini  tahlil  etish  uchun  asosiy  axborot 
m anbalari  sifatida  buxgalterlik  hisobot  balansi,  foyda  va  zararlar 
hisoboti,  kapitalning  harakati  to ‘g‘risidagi  hisobot,  boshqa  hiso­
bot turlarini  ko‘rsatish  m um kin.  Foyda va zararlar ko'rsatkichlari 
sport  tashkiloti  xo‘jalik  faoliyatining  moliyaviy  natijalarini 
tavsiflaydi.  Foydaning  o ‘sishi  o ‘z -o ‘zini  moliyalashtirish,  ishlab 
chiqarishni  kengaytirish,  ijtimoiy  m uam m olarni  hal  etish  uchun 
asos  yaratadi,  budjet,  banklar  va  moliyaviy  m unosabatlar  yo'lga 
q o ‘yilgan  boshqa  tashkilotlar  oldidagi  majburiyatlarning  bir  qis- 
mi  bajariladi.
Moliyaviy  tahlilning  asosiy  vazifalari:
1.  Foyda  ko‘rsatkichlari  dinam ikasini  baholash.
2.  Uning  haqiqiy  kattaligi  —  hosil  bo‘lishi  va  taqsimlanishi 
asosliligini  baholash.
3.  Balans  foydaning  tuzilishini  o ‘rganish.
4.  Foydaga  har  xil  om illarning  ta ’sirini  aniqlash  va  o ‘lchash.
5.  Chiqim larni  kamaytirish  asosida  foydani  yanada  oshirish- 
ning  m um kin  bo‘lgan  zaxiralarini  baholash.
230

Sport  tashkiloti  faoliyatining  natijalarini  moliyaviy  tahlil  qi- 
lishdan  asosiy  maqsad  sport  tashkilotining  moliyaviy  va  iqti- 
sodiy  ahvoli,  uning  foyda  va  zararlari,  aktiv  ham da  passivlari 
tuzilishidagi,  debitor  va  kreditorlar  bilan  hisob-kitobdagi  o ‘z- 
garishlarning  obyektiv,  an iq   m anzarasini  beruvchi  asosiy 
oMchamlarni  q o ‘lga  kiritish  hisoblanadi.  Bunda  sport  menejeri 
yoki  bocpqaruvchisini  tashkilotning  joriy  moliyaviy  ahvoli, 
shuningdek,  uning  yaqin  yoki  birm uncha  uzoqroq  istiqboldagi 
holati,  ya’ni  moliyaviy ahvolning  kutilayotgan oMchamlari  qiziq- 
tirishi  m um kin.  Moliyaviy  boshqaruv  b o ‘yicha  qarorlar  qabul 
qilish  uchun  m enejer  dastlabki  xomaki  axborotni  tanlab  olish, 
tahlil  qilish,  baholash  va  jam lash  natijasi  sanaladigan  tegishli 
m asalalardan doim o xabardor boMishi  kerak.  Tahlil  va boshqaruv 
m aqsadlaridan  kelib  chiqib,  dastlabki  m a’lum otlarni  tahlil  qilib, 
uqib  chiqish  lozim.  M oliyaviy-iqtisodiy  tahlil  amaliyoti  m oliya­
viy  hisobotlarni  o ‘qib  chiqishning  asosiy  qoidalarini  allaqachon 
ishlab chiqqan.  Buning  6 tadbirkorlik asosiy  usuli  bor:  horizontal 
tahlil 
— hisobotdan  har bir  pozitsiyani  avvalgisi  bilan taqqoslash; 
vertikal  tahlil 
—  hisobotdan  har  bir  pozitsiyaning  ta ’sirini 
aniqlagan  holda  umum iy  natijalar  bo‘yicha  yakuniy  moliyaviy 
ko‘rsatkichlar  tuzilishini  aniqlash;  trend  tahlili  —  hisobotdan 
har  bir  pozitsiyani  aw algi  davrlar  qatori  bilan  taqqoslash  va 
ko‘rsatkichlar  dinam ikasining  asosiy  tendensiyasini  aniqlash; 
nisbiy  ko‘rsatkichlar  tahlili 
—  hisobotning  alohida  pozitsiyalari 
yoki  turli  shakldagi  hisobot  pozitsiyalari  orasidagi  m unosabat­
lar  hosib-kitobi,  ko‘rsatkichlarning  o ‘zaro  aloqasini  aniqlash; 
qiyosiy  tahlil 
—  sport  tashkiloti,  uning  tarm oq  b o ‘linmalari 
alohida  ko‘rsatkichlarini  raqobatchilar  ko‘rsatkichlari,  sohaning 
o 'rtac h a  m a’lum otlari  bilan  taqqoslab,  ay rim  tarkibiy  qismlarga 
taqsimlash  (analiz),  shuningdek,  qayta  birlashtirish  (sintez) 
asosida  tayyorlangan  yig'm a  hisobotining  xo‘jalik  ichidagi 
tahlilidir;  omillar  asosidagi  tahlil  —  alohida  elem entlarni  u m ­
umiy  natijalar  ko‘rsatkichi  bilan  birlashtirishdan  iborat  bo'lgan 
alohida  om illar ta ’sirining tahlili.  Yuqorida  bayon  etilganlarning 
barchasi  tashkilotlar,  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar,  shuningdek, 
sport  tashkilotlari  moliyaviy tahlilining  um um iy  nazorat  asoslari 
hisoblanadi.
231

Sport  tashkiloti  moliyaviy  jihatdan  faoliyat  yuritishga  qo- 
dir  bo‘lishi  uchun  m enejer  tashkilotning  moliyaviy  ahvolini 
tahlil  qilib  chiqishi  kerak,  buning  uchun  u  aw algi  yillardagi 
faoliyatning  moliyaviy  ahvolini  o ‘rganishi,  foyda  yoki  moliya­
viy  zarar  keltiruvchi  darom ad  yoxud  yo‘qotishlar  moddalarini, 
haddan  tashqari  yuqori  va  qisqartirilishi  zarur  bo‘lgan  xarajatlar 
m oddalarini  aniqlashi  maqsadga  muvofiq. 
M enejer  sport 
tashkilotining  moliyaviy  rejalarini  (qisqa  muddatli  —  1  yilgacha, 
o ‘rtacha  m uddatli  —  3  yilgacha,  uzoq  muddatli  —  5  yilgacha) 
ishlab  chiqishi  lozim.  Bunday  rejalashtirish  moliyaviy  vositalarni 
reklama,  taqdim ot xarajatlari, jam oatchilik bilan  ishlashga  tezkor 
ham da  maqsadga  yo‘naltirib  sarflash  uchun  zarur.
Bundan  tashqari,  m enejer  tijorat  loyihalarining  biznes-reja- 
sini  tayyorlashi,  moliyaviy  qarorlar  qabul  qilish  uchun  axborot 
bazasini  yaratishi  kerak.  Rejalashtirilgan  vazifalam i  bajarish  uc­
hun  menejerga  ularni  amalga  oshirishning  muayyan  mexanizmi 
zarur  bo‘ladi.  Xilma-xil  moliyaviy  qurollar,  masalan,  bank 
depozitlari,  zayom  ham da  valyuta  operatsiyalari,  qim matli 
qog'ozlar,  veksellar,  davlat  va  korporativ  obligatsiyalari  ana 
shunday  m ezanizm lar sanaladi.  Bundan  tashqari,  sport  tashkiloti 
m enejerlar,  sportchilar,  murabbiylarga  pul  m ablagiarini  sarf- 
laydi,  ular  keyinchalik  bu  investitsiyalarni  qoplashlari  kerak.  Shu 
bilan  birga,  sport  tashkilotlari  moliyaviy vositalarni  yaqin  turdagi 
biznesga,  foyda  keltiruvchi  korxonalam i  sotib  olishga  xarjlashi 
m um kin  va  bu  choralar  barchasi  maksimal  darom ad  olishni, 
ishonchlilikni,  likvidlikni  ta ’minlash  maqsadida  amalga  oshiri- 
ladi.  Moliyaviy  m asalalar  bo‘yicha  menejer  shuni  yodda  tutishi 
lozimki,  foyda  m iqdorini  ko‘paytirish  turli  xavflar  bilan  bog‘liq, 
pul  m ablag‘larini  faqat bir-ikkitasigina  moliyaviy qurolga sarflash 
maqsadga  m uvofiq  emas.  Investitsiyalarni joylashtirishning  oqil- 
ona  yo‘li  ularni  moliyaviy  xavf-xatarlar  ehtim olini  imkon  qadar 
kam aytiruvchi  turli  moliyaviy  qurollarga  sarflash  strategiyasini 
topishdir.
M enejerda  moliyaviy  zaxiralarni  joylashtirishning  qanday 
variantlari  mavjud?
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 75%20Спорт
75%20Спорт -> Basketbol nazariyasi va uslubiyati
75%20Спорт -> Sh. X. Isroilov, Z. R. Nurimov, Sh. U. Abidov, S. R. Davletmuratov, A. A. Karimov sport va harakatli
75%20Спорт -> Sport pedagogik mahoratini oshirish yengil atletika
75%20Спорт -> A. Abduhamidov, H. Nasimov, U. Nosirov, J. Xusanov algebra va matematik analiz asoslaridan masalalar toplam I
75%20Спорт -> A. g a z I y e V, I. Is r a IL o V, M. Y a X s h ib o y e V matematik analizdan misol va masalalar
75%20Спорт -> I ism o ilo V, T. Rizayev, X. M. Maxmudova fizikadan praktikum
75%20Спорт -> L. A. Djalilova jismoniy tarbiya va olimpiya harakati
75%20Спорт -> Sport universiteti I. S. Islamov, R. R. Salimgareyeva yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari
75%20Спорт -> G im n a st ik a d a r sl a r id a in no va tsio n t e X n o L o g iy a L a r


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling