G ’u L o m o V z. T., Nabiullin r. X. K a m ilo V a g. Z. Jismoniy tarbiya va sport menejmenti


Notijorat jismoniy  tarbiya  va  sport  tashkilotlarida  mumkin


Download 5.26 Mb.
Pdf просмотр
bet3/24
Sana05.12.2019
Hajmi5.26 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24

Notijorat jismoniy  tarbiya  va  sport  tashkilotlarida  mumkin 
bo‘lgan  moliyalashtirish  manbalari
Davlat  tom onidan
Xususiylik
Jalb  etilgan
T o ‘g ‘ridan  to ‘g ‘ri 
m oliyalashtirish
A ’zolik   badallari
Mablag* lari
D astur-m aqsadli  moliyalashtirish
A sosiy  faoliyatdan 
olingan  daromadlar
H om iylar
m ablag‘lari
M anzilli  moliyalashtirish
A sosiym as  faoliyatdan 
olingan  daromadlar
Grantlar
Davlat  subsidiyasi
Zayom  
mablag* lari
Davlat  dotatsiyasi
Kreditlar
Davlat  subvensiyalari
Q o ‘shim cha  m oliyalashtirish  (soliq 
va  boshqa  imtiyozlar)
29

Ushbu  guruhdagi  jism oniy  tarbiya  va  sport  tashkilotlarini 
m ohyalashtirishnm g  ba’zi  m anbalari  0 M asalan,  dasturh-m aqsadli  moliVa,ashtirish  tashkilotiarining 
maxsus  dasturlan  (m intaqa,  tum an  shahar>  tarm oq  va  tarm oq_ 
lararo)  jism oniy  tarbiya  va  sportni  fivoj lantirishga  xizm at  qiladi. 
M anzilh  m oliyalashtirish  esa  qand^ydir  tashabbuslarni  q o ‘llash, 
masalan,  bayram ,  tarixiy  sana  k u n l ^   biron. bir jism oniy  tarbiya 
va  sport  m arosim larini  o ‘tkazish  bilan  bogMjq  Subvensiya  -  
davlat  tom onidan  hokim iyatlar  orqali  m a4um   m uddatga,  aniq 
maqsadga  benlgan  yordamga b e r ilg ^   pu,  mablag4  D otatsiyadan 
farqh  o'laroq,  u  aniq  maqsadlarga  yoki  Qholatlarda  qaytanb  olinadi.  Aso%   faoJiyat  hisoblanmagan 
m anbalardan  olingan  darom adlarga  bank  depozitlari,  xonalarni, 
asosiy  faoliyatda  foydalanilm aydig^n  jism oniy  tarbiya  va  sport. 
sog4om lashtirish  inshootlarini  ijar^ga  berishdan  tushgan  m ab_ 
lag’lar  va  boshqalar.
N otijorat  sport  tashkilotlari  gurUhjga  kasaba  uyushm alaridan 
m ablag'  oluvchi  birlam chi  jism oniy  tarbiya. sport j am oalari  ham 
kiradi.  Bularga 
jism oniy  tarbiya  jam oalari;  korxonalar  sport 
klublari,  seksiyalar,  guruhlar,  sport  tu d ari  bo‘yicha jam oalar,  tu- 
rizm  va  boshqalar.
Aralash  jism oniy  tarbiya-sport  tashkiiotlari  guruhiga  bud­
jeti  dotatsiyadan  tashkil  topgan,  ^ avjatj  m uassasa  subsidiya- 
S1  va  m arketing  orqali  o ‘zining  xo-jalik  faoiiyatidan  ishlab  to- 
pilgan  boshqa  tashkilotlar  mablag«lari  kiradi)  masaJan)  ush.
bu  guruhga  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Olimpiya  q o ‘m itasi,  sport 
federatsiyalarining  bir  qismi,  ittif o ^   kasaba  uyushm alari  asso- 
tsiatsiyasi,  tijorat  sport  va  p r o f e s s io n   kiubiarj  kjradj
Jism oniy  tarbiya-sport  yo‘nalishidagi jam oalar  Fuqarolar  ko- 
tom onidan o>rnatilgan  tashkiliv _huquqiy shakllarda  fao liyat 
ko'rsatishi  m um kin.
Y uqorida  keltirilgan  tashkiliy  ti^ jm  t0 ifa iarj  jism oniy  tarbiya 
va  sport  sistem asida  turli  tarkiblard^  qo 41anib  kelinadi.
Takrorlash  uchun  savollar:
1.  Iqtisodiyot tarm og'i va b o s h q a ^  fan ining m uh im tarm og‘i 
i . i
'
n im a :
30

2.  Sport  m enejm enti  obyektini  tushuntiring.
3.  Jism oniy  tarbiya  va  sport  yo‘nalishidagi  tashkilot  qanday?
4.  Jism oniy  tarbiya  va  sport  sistemasida  sport  tashkilotlari.
5.  Birlamchi  tarkibiy  qism.
6.  0 ‘zbekistonda  sport  tashkilotlarning  turlari.
7.  “Sport  tashkiloti”  tushunchasi.
8.  Sport  tashkilotlari,  davlat  va xususiy  muassasalar,  firm alar, 
birlashmalar,  ularning  bo'linm alari  va  filiallari.
9.  Iqtisodiyot  tarm og‘i,  sport  m enejm enti  obyekti.
10. Sport yo‘nalishidagi tashkilot, sistemada sport tashkilotlari, 
tarkibiy  qismi,  tashkilotlarning  turlari.
8.3.  0 ‘zbekistonda jismoniy  tarbiya  va  sportni  rivojida 
menejmentning  o ‘rni 
Reja:
0 ‘zbekistonda  jism oniy  tarbiya  va  sportni  rivojidagi  asosiy 
omillar.
0 ‘zbekistonda  jism oniy  tarbiya  va  sportni  rivojida  m enej­
m entning  o ‘rni.
0 ‘zbekistonda  mustaqillik  davrida  sport  tashkilotlari,  sportni 
va  uning  turlarini  rivojlanishiga  yaratilgan  sharoitlar.
Jismoniy  tarbiya  va  sport  m enejm enti  obyektlari.
Jismoniy  tarbiya  va  sport  m enejm enti  subyektlari.
Jismoniy  tarbiya  va  sport  yo'nalishidagi  tashkilotlar.
Sport  turlarining  rivojlanishi:  bolalar  sporti,  milliy  sport  tu r­
lari  va  xalq  o ‘yinlari,  katta  sport.
Olimpiada,  O lim piada  o ‘yinlari.
Sport  inshootlari.
Tayanch  iboralar:
Omil, sport m enejm enti, sport tashkilotlari, sport turlari, 
sharoit,  sport  m enejm enti  obyektlari,  sport  m enejm enti 
subyektlari,  sport turlari,  bolalar  sporti,  milliy sport  turlari, 
xalq  o ‘yinlari,  katta  sport,  Olim piada,  O lim piada  o ‘yinlari, 
sport  inshootlari.
31

M a’lumki,  m am lakatim iz  sporti  1991-yilgacha  sobiq  Itti- 
foq  bo‘yicha  amal  qilgan  hukm ron  tizim ning  bir  qismi  bo‘lib, 
yurtim iz  bu  m asalada  xalqaro  m aydonga  mustaqil  chiqish  va 
o ‘z  im koniyatlarini  nam oyon  etish  huquqiga  ega  bo'lm agan. 
Respublikam izning  sanoqli  sportchilarigina  Olimpiada  o'yinlari, 
Jahon  va  Yevropa  miqyosidagi  nufuzii  m usobaqalarda  qatnasha 
olardi.  Asosiy  e ’tibor  mahalliy  aholi  o'rtasidan  malakali  sport­
chilar  tayyorlash,  jism oniy  tarbiyani  om m alashtirishga  emas, 
balki  boshqa  respublikalardan  tayyor  sportchilarni  taklif  qi­
lib,  xo‘jak o ‘rsinga  m uayyan  natijalar  olishga  qaratilar  edi.  Shu 
bois,  respublikaning  faqat  m arkaziy  shaharlarida  birm uncha 
ishlar  qilinib,  chekka  hududlarida  sportni  rivojlantirishga  yetarli 
aham iyat  berilmadi.  1991-yilgacha  0 ‘zbekistonda  jahon  ando- 
zalari  talablariga javob  beradigan  birorta  ham  yirik sport  inshoo- 
ti  bunyod  etilm agani,  hatto  Toshkent  shahrida  ushbu  talablarga 
mos  sport  majmuasi  b o ‘lm aganining  o'ziyoq  bu  fikrni  yaqqol 
tasdiqlaydi.
M ustaqillikka  qadar  0 ‘zbekiston  xalqaro  sport  jamoatchiligi 
uchun  qariyb  yopiq  edi.  Futbol  va  tennis  bo‘yicha  o'sm irlar 
o'rtasida  sobiq  sotsialistik  davlatlar  sportchiiari  ishtirokida 
o'tkazilgan  turnirlarni  hisobga  olm aganda,  m amlakatim izda 
boshqa  xalqaro  m usobaqalar  deyarli  o'tkazilm adi.
Mustabid  siyosat  jism oniy  tarbiya  va  sport  sohasida  ham 
o ‘z  asoratlarini  qoldirib,  bular  ayniqsa,  quyidagilarda  nam oyon 
bo‘ldi:
1.  0 ‘zbekistonda  jism oniy  tarbiya  va  sport  ishlari  markaziy 
respublikalarga  nisbatan  past  darajada  yo‘lga  qo‘yildi,  sport  ha- 
rakatiga  mahalliy  aholi  ommaviy  ravishda  jalb  qilinmadi,  ular 
orasidan  yuqori  malakali  sportchilarni  tayyorlash  borasida  esa, 
aniq  va  maqsadli  ishlar  olib  borilm adi,  oqibatda  aksariyat  yosh- 
larning  jism onan  sog‘lomligi  talab  darajasida  bo'lm ay,  ular 
orasidan  katta  sportga  sanoqli  sportchilar  chiqa  oldilar.
2.  Sport  tarm oqlarini  rivojlantirish,  sport  inshootlarini  q ur­
ish,  um um an,  sportning  m oddiy-texnikaviy  bazasini  kengaytirish 
va  moliyalashtirish  ishlari  faqat  m arkaz  roziligi  bilan,  cheklangan 
tarzda  amalga  oshirildi.
3.  Soha  uchun  oliy  va  o ‘rta  m a’lum otli  kadrlar  tayyorlash
32

yo‘lga  qo'yilgan  bo‘lsada,  m usobaqalarda  milliy  sportchi  kadrlar 
turli  sun’iy  to ‘siq  va  saralashlardan  o ‘tishga  majbur  edi.  Milliy 
kadrlarni  tayyorlash  va  mahalliy  sportchilar  iqtidorini  ro ‘yobga 
chiqarishdagi  bunday  noxolis  siyosat  asorati  mustaqillikning  b i­
rinchi  yillarida  ko‘pchilik  sportchi  va  murabbiylarning  boshqa 
joylarga  ketib  qolishida  o ‘z  aksini  topdi.
4.  0 ‘zbekiston  sportiga  adolatsiz  m unosabat  tufayli juda  ko‘p 
sportchilarim iz Yevropa,  Jahon va  Olimpiya  musobaqalarida  ish­
tirok  etish  im koniyatidan  m ahrum   etilgan.
5.  0 ‘zbekiston  sportchilarining jahon miqyosiga  mustaqil  ch i- 
qa  olmaganligi  m azkur  sohaning  zam on  talablariga  mos  ravishda 
rivojlanib  borishiga  ham   katta  to ‘sqinlik  qildi.
0 ‘zbekistonda mavjud m uam m olam i bartaraf qilish m aqsadida 
mustaqillikning  birinchi  kunlaridanoq  m am lakat  rahbarining 
tashabbusi  bilan jism oniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga 
qaratilgan  tegishli  qonunlar,  Prezident  farm onlari  va  V azirlar 
M ahkamasining  qarorlari  bosqichm a-bosqich  qabul  qilinib,  u lar 
joriy  etildi.
Qisqa  m uddat  ichida:
— jismoniy tarbiya va sportni  boshqarishning tashkiliy asoslari 
takomillashtirildi;
—  0 ‘zbekiston  Milliy  Olimpiya  q o ‘mitasi,  sport  turlari  b o 'y i­
cha  federatsiyalar  tashkil  qilindi;
—  jismoniy  tarbiya-sog‘lomlashtirish,  om m aviy-sport  ishlari 
va  sportning  milliy  turlari  rivojlantirildi;
— jismoniy tarbiya  va  sport  sohasini  mablag1  bilan  ta ’m inlash 
tizimi  takomillashtirildi,  nodavlat  sektor  rivojlantirildi;
— jism oniy tarbiya va sportning m oddiy-texnik bazasi  m ustah- 
kamlandi;  milliy ta ’lim dasturiga binoan jismoniy tarbiya va sport 
sohasiga  kadrlarni  tayyorlash  va  qayta  o ‘qitish  ishlari  am alga 
oshirilmoqda.
1992-yilning  yanvar  oyida  m am lakatda  jism oniy  tarbiya  va 
sportni  rivojlantirishning  huquqiy  asosi  “Jismoniy  tarbiya  va 
sport  to ‘g‘risida”gi  qonun  qabul  qilindi.
Respublikada  jismoniy  tarbiya  va  sportni  boshqaruv  tizim i- 
ni  muvofiqlashtirish  maqsadida,  qo'm itaga  sport  sohasida  dav­
lat  siyosatini  amalga  oshiruvchi,  o ‘z  vakolati  doirasida  vazir-
33

liklar,  idoralar,  Milliy  Olimpiya  qo'm itasi  (M O Q ),  sport  turlari 
bo‘yicha  milliy  federatsiyalar  ham da  mulkchilik  shakllari  va 
idoraviy  bo'ysunishidan  q at’i  nazar  turli  tashkilotlar  ishini 
muvofiqlashtirish,  shuningdek,  barcha  jism oniy  tarbiya  va  sport 
tashkilotlari  ustidan  nazorat  qiluvchi  organ  m aqom i  berildi.
Sport  sohasida  o ‘quvchilarning  iste’dodlarini  namoyon  etish 
va  ijodiy  qobiliyatlarini  rivojlantirishga  qaratilgan  “0 ‘zbekiston 
o ‘quvchi-yoshlarini  rag'batlantirish  chora-tadbirlari  to ‘g‘risida”gi 
Prezident  Farm oni  va  Vazirlar  Mahkamasining  qarori  muhim 
ahamiyatga  ega  bo‘ldi.  Xususan,  1993-yildan  iqtidorli  yosh  sport­
chilar jismoniy  tarbiya  instituti  va  fakultetlariga  imtiyozli  ravishda 
o ‘qishga  kirish  huquqiga  ega  bo‘ldilar.
Yurtni  bitta  maqsad  atrofida  birlashtira  oladigan,  xalqning 
g ‘uru r va tuyg‘usini oshiradigan, yoshlarni o ‘ziga jalb qila oladigan 
sportning  omm aviy  o ‘yin  turi  —  futbolni  yanada  rivojlantirish 
m aqsadida 1993-yilda qabul qilingan “0 ‘zbekiston Respublikasida 
futbolni  yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to ‘g‘risida”  va
1995-yilda  “0 ‘zbekistonda  futbolni  rivojlantirishning  tashkiliy 
asoslari va  prinsiplarini  tubdan takom illashtirish chora-tadbirlari 
to ‘g‘risida”  Vazirlar  M ahkam asining  qarorlari  qabul  qilin- 
di.  N atijada  m am lakatda  sportni  keng  miqyosda  omm aviy  ra­
vishda  rivojlantirish  harakatlari  jonlanib,  respublikamizning 
barcha  o ‘quv  muassasalarida  futbol  m aydonchalari  tashkil  etil­
di,  QoraqalpogMston  Respublikasi,  viloyatlar va Toshkent  shahri 
m arkazlaridagi  barcha  stadionlar  qayta  ta ’m irlandi,  joylardagi 
futbol  m aydonlari  xalqaro  standartlar  darajasida  rekonstruksiya 
qilindi,  barcha  viloyatlarda  futbol  m aktab-internatlari  tashkil 
etildi  va  tegishli  mutaxassis  kadrlar  bilan  to ‘ ldirildi  ham da  katta 
futbolni  professional  klublar  tizim iga  o ‘tkazilishiga  asos  b o ‘ldi.
M am lakat  sportchilari  Olim piada  o ‘yinlarida  ilk  marotaba 
m ustaqil jam oa sifatida Amerikaning A tlanta shahrida  1996-yilda 
ishtirok  etdilar.  0 ‘zbekiston  H ukum ati  sportchilarim izni  xalq­
aro  musobaqalar,  Olimpiya,  Osiyo  o'yinlarida  muvaffaqiyatli 
qatnashishlari  uchun  barcha sharoitlarni  yaratib bermoqda.  Mus- 
tabid tuzum  davrida,  0 ‘zbekistondan yozgi Olim piada o ‘yinlarida 
atigi  40  nafar sportchi  ishtirok etgan  bo‘lsa,  mustaqillikdan  keyin 
A Q Shning  A tlanta  shahrida  bo‘lib  o ‘tgan  Olim piada  o'yinlari-
34

da  m am lakatim izning  76  nafar  sportchisi  qatnashib,  dzyudochi 
Armen  Bagdasarov  kumush,  bokschi  Karim  ToMaganov  bronza 
medallarini  q o ‘lga  kiritdilar.  1994-yilda  Lillexamerda  o ‘tkazilgan 
qishki  O lim piada  o ‘yinlarida  Lina  Cheryazova  oltin  medalga 
sazovor  bo‘ldi.
2000-yilda  Avstraliyaning  Sidney  shahrida  o ‘tgan  Olimpiada 
o ‘yinlarida  esa  77  nafar  sportchim iz  V atanim iz  sharafini  himoya 
qilib,  bokschilardan  M uham m adqodir  Abdullayev  oltin,  Rustam 
Saidov bronza,  erkin kurashchi A rtur Taymazov kumush  medallar 
sohibi  bo'ldilar.
2004-yili  Afinada  bo‘lib  o ‘tgan  XXVIII  O lim piada  o ‘yinlari- 
da  ishtirok  etgan  202  ta  davlatning  sport jam oalari  bilan  bellash- 
gan  yurtimiz sportchiiari  ikkita oltin,  bitta  kumush,  ikkita  bronza 
medallarining  sohibi  bo‘lib,  34-o‘rinni  egalladilar.
Qisqa  davrda  sport  sohasida  amalga  oshirilgan  ishlar  ko‘lami, 
0 ‘zbekistonning  bu  boradagi  tajribasi  jahonda  e ’tiro f  etilib, 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimov  jism o­
niy  tarbiya  va  sportni  rivojlantirishga  ham da  Xalqaro  O lim ­
piya  harakatiga  qo‘shgan  katta  hissasi  uchun  1996-yilda  Xalqaro 
Olimpiya  qo'm itasining  oliy  m ukofoti  —  Oltin  Olimpiya  ordeni 
bilan  taqdirlandi.  0 ‘zbekiston  Prezidentining  tashabbusi  bilan
1996-yilda  Toshkent  shahrida  “Olimpiya  sh on -shuhrati”  muzeyi 
tashkil  etilib,  uning  ochilish  m arosimida  Xalqaro  Olimpiya 
qo'm itasining  Prezidenti  X A .  Sam aranch  qatnashdi.
Respublika  Prezidentining  tashabbusi  tufayli  sportning  o ‘yin 
turlari  bilan  birgalikda,  taraqqiy  etgan  davlatlardagina  rivoj  to p ­
gan  katta  tennis  m am lakatim izning  barcha  hududlarida  om m a­
viy  ravishda,  tez  sur’atlar  bilan  o ‘sdi.  Bir  necha  yilda jahon  an- 
dozalari  talablariga  javob  beradigan  tennis  saroylari  va  kortlari 
Qoraqalpog1 iston  Respublikasi,  Toshkent  shahri  va  viloyatlarda 
bunyod  etildi,  ular  negizida  turli  darajadagi  xalqaro  musobaqalar 
o ‘tkazib  kelinmoqda.
1994-yildan Toshkentda ATR tasnifidan joy olgan “ Prezident 
kubogi”  xalqaro turniri,  “Toshkent op en ”  xalqaro ayollar turniri, 
shuningdek,  Farg‘ona,  Sam arqand,  G uliston,  Buxoro,  Qarshi 
va  boshqa  shaharlarda  “C hellenjer” ,  “ Fyuchers”  va  “ Satellit” 
turkum idagi  xalqaro  tennis  turnirlari  o'tkazilib  kelinmoqda.
35

1997-yilda  m am lakatim izda  tennisni  rivojlantirish  va  uni  q o ‘l- 
lab-quvvatlashga  qaratilgan  maxsus  jam g'arm a  tashkil  etildi. 
M am lakat  aholisi  o'rtasida  tennisni  targ‘ib  etish  va  jalb  qilish, 
shug‘ullanuvchilarga tegishli  sharoitlar yaratish  m aqsadida  1998- 
yili  “ 0 ‘zbekiston  Respublikasida  tennisni  yanada  rivojlantirish 
chora-tadbirlari  to ‘g‘risida”  Vazirlar  M ahkamasi  qarori  qabul 
qilindi.  U nga  m uvofiq,  viloyatlarda tennis  federatsiyalari,  klub­
lari  tashkil  etildi,  ushbu  sport  turi  yuqori  bosqichga  olib  chi- 
qildi.
M am lakatda  O lim piada  o ‘yinlari  dasturidan  o ‘rin  olgan  sport 
turlarini  m am lakatda  rivojlantirish  bilan  birga,  milliy  sport  turi 
“ K urash”ning jahon  sport  arenalariga  olib  chiqish  borasida  mis- 
lsiz  ishlar  amalga  oshirildi.  O 'zbek  milliy  sporti  —  kurashni 
yanada  rivojlantirish,  uning  xalqaro  maydonda  mustahkam  
o 'rin   egallashi  uchun  zarur  shart-sharoitlar  yaratish  m aqsadida 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  1999-yilda  “Xalqaro  Kurash 
Assotsiatsiyasini 
qo ‘llab-quw atlash 
to ‘g‘risida”gi 
Farm onni 
imzoladi.  U nga  ko‘ra,  yurtimizda  Xalqaro  kurashni  rivojlanti­
rish  jam g‘arm asi  tuzildi.  Xalqaro  Kurash  Assotsiatsiyasi  ham da 
Xalqaro  kurash  akademiyasiga  davlat  tom onidan  huquqiy  va 
amaliy  jihatdan  katta  e ’tibor  ko‘rsatildi.  M amlakat  Prezidenti 
I.  Karimov  Xalqaro  Kurash  Assotsiatsiyasining  faxriy  Prezidenti 
etib  saylandi.
0 ‘zbekistonning sport sohasida erishgan eng katta yutuqlaridan 
biri  milliy  kurashning  dunyo  miqyosiga  chiqishi  bilan  bog‘liqdir. 
Hozirda jahonning  76  m am lakatida kurash  federatsiyalari tuzildi. 
Bu  milliy  sport  turi  bo‘yicha  dastlabki  Osiyo,  Yevropa,  Afrika, 
Amerika  q it’alari  va jaho n  chem pionatlari  o'tkazildi.
M am lakatda  jism oniy  tarbiya  va  sportni  kompleks  rivojlan­
tirish  m aqsadida  “ 0 ‘zbekistonda  jism oniy  tarbiya  va  sport­
ni  yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to ‘g‘risida”gi  Vazirlar 
M ahkam asining  qarori  1999-yilda  qabul  qilindi.  Unga  binoan, 
“0 ‘zbekiston  Respublikasida  jism oniy  tarbiya  va  sportni  rivoj­
lantirish  Davlat  dasturi  konsepsiyasi”  tasdiqlanib,  uning  asosiy 
yo‘nalishlari  sifatida  quyidagilar  qabul  qilindi:
1. 
Jism oniy  tarbiya  va  sportni  tashkil  etish  va  boshqarish  tiz- 
im ini  takom illashtirish.
36

2. Jism oniy tarbiya-sog‘lomlashtirish, om m aviy-sport ishlarini 
va  sportning  milliy  turlarini  rivojlantirish.
3.  Jismoniy  tarbiya  ham da  sportni  ilmiy-uslubiy  va  tibbiy  ta ’­
minlash.
4.  Jismoniy  tarbiya  va  sport  tizimi  im koniyatlarini  rivojlan­
tirish.
5.  Jismoniy  tarbiya  va  sportni  targ‘ib  qilish.
6.  Jismoniy tarbiya va sport sohasida  mablag'  bilan ta ’minlash 
tizim ini  takomillashtirish,  nodavlat  sektorini  rivojlantirish.
Dastur  tadbirlari  asosida  “Jismoniy  tarbiya  va  sport  to ‘g ‘- 
risida”gi  qonunning  yangi  tahrirdagi  loyihasi  ishlab  chiqilib, 
2000-yilda  Oliy  Majlis  sessiyasida  qabul  qilindi.
Toshkent  shahrida  boksni,  milliy sport turlarini  rivojlantirish, 
Shahrisabzda  esa  kurashni  rivojlantirish  respublika  markazlari 
tashkil  etildi.
Aholining jism oniy  tayyorgarlik  va  salomatlik  darajasini  bel- 
gilab  beradigan  “A lpom ish”  va  “ Barchinoy”  testlari  ishlab  ch iq ­
ilib,  amaliyotga joriy  etildi.
Mamlakatimizdagi  barcha  sport  inshootlari  ro'yxatdan  o ‘tka- 
zildi.
Viloyat  markazlarida  olimpiya  zaxiralari  kollejlari  ishga  tu - 
shirila  boshlandi.
0 ‘zbekistonda  sportchi  va  murabbiylar  m ehnatini  m a’naviy 
va  moddiy  rag‘batlantirishga  katta  e ’tibor  berilib,  “0 ‘zbekiston 
Respublikasida  xizmat  ko‘rsatgan  sport  ustozi”  va  “0 ‘zbekiston 
Respublikasida  xizmat  ko‘rsatgan  sportchi”  faxriy  unvonlari 
1992-yili  ta ’sis  etildi.  Shuningdek,  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining  tashabbusi  bilan  Olimpiada  o ‘yinlari  va  jahon 
chem pionatlarida  sovrinli  o ‘rinlarni  egallagan  sportchilarga 
beriladigan  “0 ‘zbekiston  iftixori”  Faxriy  unvoni  (1998-yilda) 
ta ’sis  etildi.
0 ‘zbekiston  sportchiiari  nufuzii  xalqaro  musobaqalarda  qat- 
nashib,  barcha  qiymatdagi  medallarni  qo'lga  kiritdilar  (1-ilova). 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  Farmonlari bilan N orve- 
giyaning  Lillexamer,  AQShning  Atlanta,  Avstraliyaning  Sidney 
va  Gretsiya  mamlakatining  Afina  shaharlarida  bo‘lib  o ‘tgan 
Olimpiya  va  Osiyo  o'yinlarida  hamda  Jahon  chem pionatlarida
37

muvaffaqiyatli  qatnashgan  respublika  sportchilari  va  ularning  us- 
tozlari  davlat  mukofotlari  bilan  taqdirlandilar  (2-ilova).
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Olim piada  o ‘yinlarida, 
Jahon  chem pionatlarida  yuqori  natijalarga  erishgan  mamlakat 
sportchilarini  har  tom onlam a  q o ‘llab-quvvvatlash  yuzasidan 
qator  chora-tadbirlarni  amalga  oshirdi.  Jum ladan,  Olimpiada 
o ‘yinlarida birinchi  o ‘rinni egallagan  sportchiga  100  ming,  ikkin­
chi  o ‘rin  uchun  50  ming va  uchinchi  o ‘rin  uchun  25  ming AQSh 
dollari  m iqdorida  m ukofotlar  belgilandi.  M am lakat  term a jam oa 
a ’zolariga  jahonning  nufuzli  musobaqalariga  sifatli  tayyorgarlik 
ko‘rishi  uchun  istalgan  sport  inshootlaridan  bepul  foydalanish 
huquqi,  shuningdek,  boshqa  shart-sharoitlar  yaratib  berildi.  Ana 
shunday  im koniyatlar  0 ‘zbekiston  sportchilarining  Sidney  va 
A fina  O lim piadalarida  muvaffaqiyatli  qatnashishini  ta ’minladi.
M am lakatda  yosh  avlodning jism oniy va  m a’naviy barkam ol- 
ligini  ta ’minlash,  so g io m   turm ush  tarziga  intilish  va  sportga 
m ehr-m uhabbatni  rivojlantirish,  joylarda  bolalar  sportining 
moddiy  bazasini  yaratish,  aholi  yashaydigan joylarda  zamonaviy 
bolalar  sport  komplekslari  tarm og‘ini  barpo  etish  ham da  sport 
uskunalari  va  jihozlari  bilan  ta ’minlash  ishlarini  yanada  faol- 
lashtirish  maqsadida,  2002-yilda  “0 ‘zbekiston  Bolalar  sporti­
ni  rivojlantirish  jam g‘arm asi”  tuzildi.  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidenti  Jam g‘arm a  homiylik  kengashining  Raisi  etib  saylandi. 
QoraqalpogMston  Respublikasi  J o ‘qori  Kenges  Raisi,  viloyatlar 
va  Toshkent  shahar  hokimlari  mintaqaviy  filiallar  homiylik  ken- 
gashlarining  raislari  etib  tayinlandilar.
Sport  m ashg‘ulotlariga  o ‘quvchilarni  ommaviy  ravishda,  uz- 
luksiz  jalb  qilishni  tashkil  etish  maqsadida,  2003-yilda  0 ‘zbe- 
kiston  Respublikasi  Vazirlar  M ahkamasining  “0 ‘quvchi  va  ta- 
laba  yoshlarni  sportga  jalb  qilishga  qaratilgan  uzluksiz  sport 
m usobaqalari  tizim ini  tashkil  etish  to ‘g‘risida”gi  qarori  qabul  qi­
lindi.  M azkur qaror asosida m am lakatda u m u m ta’lim maktablari, 
akadem ik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlari  o ‘quvchilari  ham da  oliy 
ta ’Iim  muassasalari  talabalarining  “U m id  nihollari” ,  “ Barkamol 
avlod” ,  “ U niversiada”  musobaqalarining  hududlarda  respublika 
final  bosqichlarini  o ‘tkazish  rejasi  belgilandi.
Bolalar uchun  sport  m ahsulotlari  turlarini  ko‘paytirish  ham da
38

mintaqalar,  m aktabgacha bolalar muassasalari,  m aktablar,  akade- 
mik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy o ‘quv yurtlari ehtiyojlarini 
ta ’minlashga  qaratilgan  “ Bolalar  sportini  targ'ib  qilish  va  bolalar 
uchun  sport  m ahsulotlari  ishlab  chiqarish  turlarini  kengaytirish 
bo'yicha  qo'shim cha  chora-tadbirlar  to ‘grisida”gi  2003-yi- 
li  Vazirlar  M ahkamasining  qarori  qabul  qilinib,  uning  asosida 
m amlakatda sport  kiyimlari va anjom larini  ishlab chiqarish yo'lga 
q o ‘yildi.  Jismoniy  tarbiya  va  sportni  ommaviy  axborot  vositalari 
orqali  keng  targ'ib  qilish,  uning  m ohiyatini  m am lakat  aholisiga 
keng  yetkazish  maqsadida,  Vazirlar  M ahkam asining  2003-yilda 
“Ommaviy-sport targ'ibotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari 
to ‘g‘risida”gi  qarori  qabul  qilinib,  unga  binoan,  0 ‘zbekiston 
televideniyesida  maxsus  “ Sport”  kanali  tashkil  etildi.
Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga doir qonun, farm on 
va  qarorlar  bu  sohaning  tez  sur’atlar  bilan  taraqqiy  etishiga, 
xalqaro  maydonda  0 ‘zbekiston  nufuzi  va  obro‘sining  oshishiga, 
qolaversa,  aholining,  ayniqsa,  o ‘quvchi-yoshlarning  sportga 
bo‘lgan  m unosabatini  o ‘zgartirishga  olib  keldi.  M amlakatda 
sog‘lomlashtirish  ishlari  barcha  ijtimoiy  va  ishlab  chiqarish  soha 
muassasalarida jonlandi,  boshlang‘ich  sport jam oalarining  ishlari 
faollasha  boshladi  (3-ilova).
M amlakatda  faoliyat  yuritayotgan  525  ta  bolalar  va  o ‘smirlar 
sport  maktablari,  12  ta  olimpiya  zaxiralari  kollejlari  ham da  8 
ta  Respublika  oliy  sport  m ahorati  maktabida  yuqori  malakali, 
iste’dodli  sportchilar  tayyorlanmoqda.  Malakali  sportchilarni 
tayyorlash  bilan  birga,  om m aviy-sportni  rivojlantirishda  sport 
jam oalari,  federatsiyalar  va  boshlang‘ich  sport  jam oalari  tom o­
nidan  sezilarli  ishlar  amalga  oshirildi.  1991 -yilda  yurtimizda 
faoliyat ko'rsatuvchi  52 sport turi  mavjud  bo'lsa,  2006-yilga kelib, 
ularning  soni  70  taga  yetdi.  Bugungi  kunda  am alda  bo'lgan  70 ta 
sport  turidan  25  dan  ortig'i  barcha  hududlarda  keng  rivoj  topib, 
ularni  omm alashtirish  uchun  tegishli  sharoitlar  yaratilmoqda. 
M azkur  ishlar  evaziga  sport  bilan  shug'ullanayotganlarning  soni 
yildan  yilga  ortib  borm oqda  (4-ilova).
Futbol, tennis, kurash, voleybol, basketbol, gandbol, yengil at- 
letika  bilan  shug'ullanuvchilar soni  yildan  yilga  tez sur’atlar  bilan 
ayniqsa,  yoshlar  orasida,  ommaviylashib  bormoqda.  Jumladan,
39

2006-yilda  futbol  bilan  shug‘ullanuvchilarning  soni  1991-yil- 
dagiga  nisbatan  50,6  foiz,  kurash  bilan  shug‘ullanuvchilar  esa 
39,8  foiz ga  ko‘paygan.  T a’kidlash joizki,  barcha  hududlarda  ana 
shunday  o ‘sish  holati  kuzatilm oqda  (5-ilova).
Joylarda  sport  turlarining jadal  rivojlanishi  shug‘ullanuvchilar 
sonining  m untazam   oshishiga  va  aholini  ommaviy  tarzda  qam - 
rab  oladigan  turli  m usobaqalarning  tashkil  etilishiga  zam in 
yaratmoqda.  Bu m usobaqalar orqali o ‘quvchi-yoshlar,  nogironlar, 
ishchi  va  xizm atchilar,  barcha  ijtimoiy  qatlamga  m ansub  aholi 
vakillari  sportga  jalb  qilindi.  H ar  yili  um um ta’lim  maktabi, 
kasb-hunar  kolleji,  akadem ik  litsey  o ‘quvchilari,  talabalar,  ish­
chi  va xizm atchilar,  huquq-tartibot,  mudofaa xodimlari  o ‘rtasida 
basketbol  va  voleyboi  bo‘yicha  “Kamolot  kubogi” ,  milliy  sport 
o ‘yinlari  m usobaqalari,  harbiy  xizmatga  chaqiriladigan  yoshlar 
o ‘rtasida  “ Shunqorlar”  harbiy  sport  musobaqalari,  nogironlar 
o ‘rtasida  “Jasorat  —  iroda  g‘alaba”  musobaqalari,  shuningdek 
ayollar,  qishloq  xotin-qizlari  spartakiadalari  va  boshqalar  m un­
tazam   o ‘tkazib  kelinyapti.  2000-yildan  boshlab  uzluksiz  sport 
musobaqalari  tizim i  asosida  talabalar  o ‘rtasida  “ U niversiada” , 
o ‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta ’Iimi  tizim ida  “ Barkamol  avlod”  va 
o ‘quvchilarning  “ U m id  nihollari”  sport  musobaqalari  o ‘tkazila 
boshlandi.
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 75%20Спорт
75%20Спорт -> Basketbol nazariyasi va uslubiyati
75%20Спорт -> Sh. X. Isroilov, Z. R. Nurimov, Sh. U. Abidov, S. R. Davletmuratov, A. A. Karimov sport va harakatli
75%20Спорт -> Sport pedagogik mahoratini oshirish yengil atletika
75%20Спорт -> A. Abduhamidov, H. Nasimov, U. Nosirov, J. Xusanov algebra va matematik analiz asoslaridan masalalar toplam I
75%20Спорт -> A. g a z I y e V, I. Is r a IL o V, M. Y a X s h ib o y e V matematik analizdan misol va masalalar
75%20Спорт -> I ism o ilo V, T. Rizayev, X. M. Maxmudova fizikadan praktikum
75%20Спорт -> L. A. Djalilova jismoniy tarbiya va olimpiya harakati
75%20Спорт -> Sport universiteti I. S. Islamov, R. R. Salimgareyeva yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari
75%20Спорт -> G im n a st ik a d a r sl a r id a in no va tsio n t e X n o L o g iy a L a r


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling