G ’u L o m o V z. T., Nabiullin r. X. K a m ilo V a g. Z. Jismoniy tarbiya va sport menejmenti


Download 5.26 Mb.
Pdf просмотр
bet4/24
Sana05.12.2019
Hajmi5.26 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24

Bolalar  sporti
Yosh  avlodni  sport  bilan  shug‘ullanish,  sog‘lom  turm ush  tar- 
ziga  amal  qilish,  m a’naviy  va jism oniy  kamolga  intilish,  Vatanga 
m ehr-m uhabbat,  o ‘z  yurti  bilan  g‘ururlanish  ruhida  tarbiyalash 
ishlari  asosiy  yo‘nalish  sifatida  belgilandi.  0 ‘zbekistonda  bolalar 
om m aviy-sportini  rivojlantirishni  ta ’minlash  maqsadida joylarda 
sport muassasalarining barpo etilishi,  yangi-yangi sport turlaridan 
to ‘garaklar faoliyatining  yo‘lga  qo'yilishi,  ularning  tegishli jihoz- 
lar  va  malakali  sport  murabbiylari  bilan  ta ’m inlanishi,  jism oniy 
tarbiya  va  sport  bilan  shug‘ullanayotgan  bolalar va  o ‘sm irlar  soni 
yildan  yilga  ortib  borishiga  asos  bo‘lmoqda  (6-ilova).
M amlakat  Prezidenti  boshchiligidagi  “0 ‘zbekiston  Bolalar 
sportini  rivojlantirish  jam g‘arm asi”  homiylik  kengashi  o ‘z
40

faoliyatini  joylarda  bolalar  jism oniy  tarbiya  va  sportining  m od­
diy  bazasini  shakllantirish,  aholi  m anzilgohlarida  zamonaviy 
bolalar  sport  komplekslari  tarm og‘ini  barpo  etishdan  boshladi. 
Bolalar  sportini  har  tom onlam a  rivojlantirish  maqsadida,  mam- 
lakat  va  hududlar  miqyosida  sport  bilan  shug‘ullanayotgan  bola­
lar  va  o ‘sm irlar  soni  aniqlanib,  ilmiy  va  tibbiy  asoslar  hamda 
hududlarning  tabiiy  sharoitlari  hisobga  olingan  holda,  istiqbolli 
sport turlari rivojlantirila boshlandi. Jam g‘arm a orqali sport ishoo- 
ti  qurilishi  va  ta ’mirlanish  ishlari  yo‘lga  qo‘yildi.  Respublikada 
tibbiy  va  ilmiy  asoslangan  3,8  mingdan  ortiq  sport  to ‘garaklari 
tashkil  qilinib,  ularga  290  mingdan  ortiq  bolalar jalb  qilindi.
Bolalar  omm aviy-sport  m ahorati  b o ‘g‘inidagi  tadbirlar, 
ommaviy  razryadlar  ko‘rsatkichidan  ikkinchi  — sportning  yuqori 
m ahorati  bo‘g‘iniga,  o ‘sm ir-yoshlar sporti  orqali  tayyorlanadigan 
I  razryadli,  sport  ustasi  nomzodi  va  sport  ustasi  darajasiga  chiq­
ish  im koniyatlarini  yaratadi.  M am lakatda  omm aviy  va  yuqori 
sport  tizim i  doirasidagi  Bolalar  va  o ‘smirlar  sport  maktablari, 
olimpiya  o ‘rinbosarlari  kollejlari,  Respublika  oliy  sport  mahorati 
m aktablarida  yuqori  malakali  va  iste’dodli,  o ‘z  Vatani  shon- 
shuhrati  uchun  kurasha  oladigan  sportchilar  tayyorlanishi  yo‘lga 
qo‘yildi.
Malakali  sportchilarni  tayyorlashdagi  birlam chi  chora-tad- 
birlar  Davlat  sport  qo‘mitasi,  Xalq  ta ’limi  vazirligi  va  Kasaba 
uyushmalari  tizimida  faoliyat  ko‘rsatayotgan  525  bolalar  va  o ‘s- 
m irlar  sport  maktablarida  (BO‘SM)  amalga  oshirilm oqda  (13- 
ilova).  Yoshlar,  bolalar  va  o ‘smirlar  sport  maktablarida  malakali 
sport  ustozlari  qo‘l  ostida  o ‘qishdan  tashqari  vaqtda  sport  bilan 
shug'ullanib,  yuqori  bilim  va  sport  mahoratiga  ega  bo‘lganlar esa, 
sport  kollejlariga  o ‘qishga  qabul  qilinadilar.  Zam onaviy  o ‘quv  va 
sport  bazasiga  ega  bo'lgan  ana  shunday  kollejlar  Jizzax,  Xorazm, 
Andijon,  Farg‘ona  shaharlarida  foydalanishga  topshirildi.
Vazirlar  M ahkamasining  1996-yil  17-yanvardagi  “0 ‘zbekis- 
tonda futbolni  rivojlantirishning tashkiliy  asoslari  va  prinsiplarini 
tubdan  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to ‘g‘risida”gi  27-son- 
li  qaroriga  muvofiq  Qoraqalpog1 iston  Respublikasi,  viloyatlar 
markazlari  va  Toshkent  shahrida  futbol  m aktab-internatlari 
tashkil  etildi.  Vazirlar  M ahkamasining  “ 0 ‘zbekistonda  jis-
41

moniy  tarbiya  va  sportni  yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari 
to ‘g‘risida”gi  1999-yil  27-maydagi  271-sonli  qaroriga  asosan 
viloyatlar  m arkazlarida  olimpiya  o ‘rinbosarlari  kollejlari  tashkil 
etilm oqda.  Bolalar  va  o ‘sm irlar  o'rtasida  ommaviy  uch  bos- 
qichli  m usobaqalardan  tashqari,  har  yili  60  dan  ortiq  sport 
turlari  bo'yicha  m am lakat,  viloyat,  tum an  birinchiliklari  o ‘tkazib 
kelinmoqda.
Milliy  sport  turlari  va  xalq  o ‘yinlari
Mustaqillik  xalqimizning  milliy  sport  o ‘yinlarini  qayta  tik- 
lash  va xalqaro  maydonga olib chiqish  imkoniyatini  berdi.  M am ­
lakatda  1992-yildan  buyon  milliy  sport  turlari  va  xalq  o ‘yinlari 
festivali  o'tkazilib,  1999-yildan  ayollar o ‘rtasida  ham   “T o 'm aris” 
milliy  sport  m usobaqalari  va  xalq  o'yinlari  festivali  o ‘tkazila 
boshlandi.
M am lakatim iz  rahbariyatining  doimiy  e ’tibori  tufayli  xalqi­
mizning faxri bo'lgan  o ‘zbek  kurashi  xalqaro  m aydonda  tan olin- 
di.  1992-yildan Term iz,  Buxoro,  Urganch,  Shahrisabz,  Toshkent 
va  boshqa  shaharlarda  o ‘zbek  kurashi  b o ‘yicha  A m ir  Tem ur, 
A t-Term iziy,  Bahovuddin  N aqshband,  Bobur  M irzo,  Pahlavon 
M ahm ud  xotiralariga  bag‘ishlangan  xalqaro  turnirlar  o ‘tkazib 
kelinyapti.  0 ‘zbek  kurashining  yangi  qoidalari,  yangi  kiyimi 
tasdiqlanib,  1992-yilda Janubiy  Koreyada,  1993-yilda  K anadada, 
1994-yilda  Y aponiyada,  1995-yilda  H indistonda,  1996-yilda  At- 
lantada,  1998-yilda  M onako  va  M oskvada  o ‘tgan  xalqaro  tur- 
nirlarda  targ'ib  qilinib,  ilmiy  tizim ga  asoslangan  tarzda  dunyo 
miqyosiga  olib  chiqildi.  1998-yilda  Xalqaro  kurash  assotsiatsiyasi 
tashkil  etilib,  1999-yilda  Toshkent  shahrida  kurash  bo‘yicha  b i­
rinchi,  2000-yilda  Turkiyaning Antaliya  shahrida  ikkinchi,  2001- 
yilda  Vengriyaning  Budapesht  shahrida  uchinchi,  2002-yilda  esa 
Jahon  chem pionatlari  o ‘tkazildi.
Shu  bilan  birga,  belbog'li  kurash,  turon  yakka  kurashi,  ko‘p- 
kari-uloq kabi milliy sport turlari ham  xalqaro sport m aydonlarida 
m unosib  o ‘rin  egallay  boshladi.  M azkur  sport  turlari  bo‘yicha 
ham  m am lakatda  m untazam   ravishda  xalqaro  m usobaqalar tash­
kil  etilm oqda.  2000  yilda Toshkent  shahrida  Milliy sport turlarini
42

rivojlantirish  markazi  tashkil  etilgani  bu  boradagi  ishlarni  m u- 
vofiqlashtirish  im konini  bermoqda.
Uzoq  tarixga  ega  bo‘lgan  milliy  kurashimiz  um um insoniy 
qadriyatlarni  o ‘zida  aks  ettirishi,  usullarining  boyligi  bilan  qisqa 
vaqt  ichida  ko‘pgina  m am lakatlar  sport  jam oatchiligi  e ’tiborini 
tortdi.  M amlakatimiz  Prezidenti  va  sport  faollari  sa’y-harakati 
tufayli  xalqaro  miqyosda  tobora  om m alashib  borayotgan  sport­
ning  bu  turi  yaqin  kelajakda  O lim piada  o ‘yinlari  dasturiga  kiri- 
tilishi  shubhasiz.
Katta  sport
0 ‘zbekiston  sportchiiari  eng  yirik  xalqaro  m usobaqalarda  — 
Olimpiada va Osiyo o ‘yinlarida, Jahon va Osiyo chem pionatlarida 
mustaqil davlat vakili sifatida qatnashishdek ulkan va m as’uliyatli 
sharafga  muyassar  b o ‘ldilar.
M amlakat sportchiiari xalqaro sport m aydonlarida 0 ‘zbekiston 
sportchiiari  M D H   tarkibida  1992-yilda  Barselonada  o ‘tkazilgan 
Olimpiada  o ‘yinlarida  qatnashdilar.  0 ‘sha  yilning  o'zidayoq  17 
nafar  vakillarimiz  3  ta  oltin,  2  ta  kumush  va  1  ta  bronza  m e- 
dallarini  qo‘lga  kiritib,  sport  dunyosida  katta  imkoniyatlarga  ega 
bo‘lgan  yangi  davlatning  salohiyatini  namoyish  etdilar.  1992- 
yilda  M anila  (Filippin)da  b o ‘lib  o'tgan  B utunjahon  shaxmat 
olimpiadasida  0 ‘zbekiston  erkaklar  term a  jamoasi  100  dan  o r­
tiq m amlakat vakillarini  ortda  qoldirib, jahon chem pioni  G. Kas­
parov  boshchiligidagi  Rossiya  term a jam oasidan  so‘ng  faxrli  ik­
kinchi  o 'rinn i  egallagani  katta  voqea  bo'lgan  edi.  1991-yilgacha 
m am lakatim izdan  faqat  bitta  xalqaro  grossmeyster  —  G eor­
giy  A’zamov  yetishib  chiqqan  bo'lsa,  mustaqillik  davrida  esa 
10  nafar  grossmeyster  yetishib  chiqdi.  Shuningdek,  o'sm irlar 
o'rtasida  Jahon  chem pioni,  degan  sharafga  m usharraf  bo'lgan
I.H am roqulov,  dunyo  reytingida  yuqori  o 'rinni  egallab  turgan 
2004-yil  Tripolida  o'tgan  jahon  chem pionati  g'olibi  sifatida 
shaxmat tojini kiygan R. Qosimjonov kabi iste’dodli shaxm atchilar 
ham   yetishib  chiqdilar.
O 'zbekiston  sportchiiari  yozgi  va  qishki  Olimpiya,  Osiyo  va 
B utunjahon o'sm irlar o'yinlarida  ham da  eng yirik xalqaro  muso-
43

baqalarda  m uvaffaqiyatli  ishtirok  etib,  birgina  bokschilarimiz 
orasidan  7  ta  Olimpiya  chem pioni,  11  ta  Olim piada  o'yinlari 
sovrindori,  14  ta  Jahon  chem pioni,  30  ta  Jahon  chem pionati 
sovrindori,  31  ta  Osiyo  o ‘yinlari  g‘olibi,  198  ta  Osiyo  chem pioni, 
3  ta  Jahon  kubogi  g‘olibi,  1  ta  “Yaxshi  niyat”  o ‘yinlari  g'olibi 
yetishib  chiqqani  ham  bu  fikrning  tasdig'idir  (1-ilova).
O 'zbekistonda  xalqaro  sport  tadbirlari  M ustaqillikka  qadar 
qariyb  o ‘tkazilm agan  bo‘lsa,  so‘nggi  yillarda  respublikamiz  eng 
yirik xalqaro  m usobaqalarni  yuksak tashkiliy darajada o'tkazishga 
qodir  bo'lgan  m am lakat  sifatida  shuhrat  topdi.  Zam onaviy  sport 
inshootlarining  bunyod  etilishi  diyorim izda  eng  yirik  xalqaro 
m usobaqalarni  o ‘tkazish  imkoniyatini  bermoqda.  1995-yilda 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I. Karimov  tashabbusi  bilan 
T oshkentda  birinchi  m arta  Markaziy  Osiyo  o'yinlari  tashkil 
qilinib,  m usobaqalar  Xalqaro  Olimpiya  q o ‘mitasi  Prezidenti 
X.A. Sam aranch  ishtirokida  o ‘tkazildi.
Bundan  tashqari,  yurtimizda  o ‘zbek  kurashi  b o ‘yicha  birinchi 
jah o n   chem pionati,  boks,  erkin  kurash,  yunon-rum   kurashi, 
shaxm at,  pauerlifting  va  sambo  bo'yicha  Osiyo  chem pionatlari, 
tennis,  kurash,  karate,  erkin  va  yunon-rum   kurashi,  shaxmat 
va  boshqa  ko'plab  sport  turlari  bo'yicha  a n ’anaviy  yirik  xalqaro 
turnirlar  o ‘tkazilm oqda.
Sport  inshootlari
M am lakatim izda  jism oniy  tarbiya  va  sportning  m oddiy-tex- 
nika  bazasini  rivojlantirish  yuzasidan  katta  ishlar  amalga  oshi- 
rildi.  X ususan,  Toshkent,  N am angan,  Jizzax,  Farg'ona,  Buxoro, 
Xorazm ,  A ndijon,  Sam arqand,  G uliston  va  boshqa  shaharlarda 
xalqaro  standartlarga  javob  beradigan  qator  sport  majmualari 
qurildi.  Toshkent  shahridagi  “Y unusobod” ,  “J a r” ,  Milliy  bank, 
N am angan  shahrida  “ Pahlavon” ,  Jizzax  shahridagi  Olimpiya 
zaxiralari  kolleji  sport  majmualari  va  boshqalar  shular  ju m ­
lasidandir  (14—15-ilovalar).  2005-yilga  kelib  m am lakatim izda 
yangi  barpo  etilgan  sport  inshootlari  soni  7981  taga  yetdi,  ya’ni 
1991-yildagiga  nisbatan  17,5  foizga  ko‘paydi.  Ularni  bunyod 
etishda,  ayniqsa,  murakkab  sport  inshootlari  —  stadionlar,  suz-
44

ish  havzalari,  sport  zallariga  alohida  e ’tibor  berilyapti.  2005-yil- 
da  1991-yilga  nisbatan  stadionlar  soni  257  taga  yoki  58,2  foizga, 
sport  zallari  2264  taga  yoki  44  foizga,  suzish  havzalari  82  taga 
yoki  41,9  foizga  oshdi.  Bundan  tashqari,  futbol  maydonlari 
soni  2619  taga  yoki  31,7  foizga,  tennis  kortlari  863  taga  yoki 
qariyb  82,5  foizga  ko‘paydi.  Asosiysi,  yangidan  barpo  etilgan 
yoki  rekonstruksiya  yo‘li  bilan  qayta  tiklangan  barcha  sport- 
sog‘lomlashtirish maskanlari zamonaviy loyihalar,  sharqona uslub 
va  yuqori  sam aradorlik  asosida  tashkil  etilayotgani,  barcha  sport 
turlari  bo'yicha  texnik  malakalarni  egallash  im konini  beruvchi 
vositalar  bilan jihozlanayotgani  tahsinga  loyiqdir.
Jism oniy  tarbiya  va  sport  sohasidagi  bunday  amaliy  ishlar 
yaqin  kelajakda  yanada  ko‘proq  natijalar  berishi  shubhasiz.
Takrorlash  uchun  savollar:
1.  0 ‘zbekistonda mustaqillik davrida sport tashkilotlari,  sport­
ni  va  uning  turlarini  rivojlanishiga  yaratilgan  sharoitlar.
2.  Sport  m enejm enti  obyektlari.
3.  Jism oniy  tarbiya  va  sport  yo‘nalishidagi  tashkilotlar.
4.  0 ‘zbekistonda  sport  tashkilotlarning  turlari.
5.  “ Sport  tashkiloti”  tushunchasi.
6.  Sport tashkilotlari,  davlat va xususiy muassasalari,  firmalar, 
birlashmalar,  ularning  bo‘linmalari  va  filiallari.
7.  Sport  turlarining  rivojlanishi:  bolalar  sporti,  milliy  sport 
turlari  va  xalq  o ‘yinlari,  katta  sport.
8.  Olim piada,  Olim piada  o ‘yinlari.
9.  Sport  inshootlari.
8.4.  0 ‘zbekistonda  mustaqillik  davrida jismoniy  tarbiya  va 
sportning  rivoji 
Reja:
0 ‘zbekistonda  jism oniy  tarbiya  va  sportni  boshqarishning 
tashkiliy  asoslarini  takomillashtirish.
0 ‘zbekiston  Milliy  Olimpiya  q o ‘m itasining  tuzilishi.
Sport  turlari  bo'yicha  federatsiyalarning  tashkil  qilinishi.
Jism oniy  tarbiya-sog‘lomlashtirish  ishlarini  tashkil  etilishi.
45

O m m aviy-sport  ishlari  va  sportning  milliy  turlarini  rivojlan- 
tirilishi.
Jism oniy  tarbiya  va  sport  sohasini  mablag1  bilan  ta ’minlash 
tizim i  takomillashtirilishi.
Nodavlat  sektorlarining  rivojlantirilishi.
Jismoniy tarbiya va sportning  moddiy-texnik bazasini  mustah- 
kamlash.
Milliy  ta ’Iim  dasturiga binoan jism oniy tarbiya  va  sport  soha- 
siga kadrlar tayyorlash,  mutaxassislar malakasini oshirish va qayta 
tayyorlash  ishlarning  am alga  oshirilidhi.
Tayanch  iboralar:
Boshqarishning  tashkiliy  asoslari,  takomillashtirish, 
Milliy  Olimpiya  q o ‘mitasi,  sport  federatsiyalari,  jismoniy 
tarbiya-sog‘lom lashtirish,  om m aviy-sport  ishlari,  sportning 
milliy turlari,  m ablag1 bilan ta ’minlash tizim i,  nodavlat sek- 
torlari,  m oddiy-texnik  baza,  milliy  ta ’Iim  dasturi,  kadrlar 
tayyorlash,  mutaxassislar malakasini oshirish,  qayta tayrlash 
ishlari.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  mustaqillikka  erishgandan  so‘ng 
qisqa  davr  m obaynida jism oniy  tarbiya  va  sport  sohasining  rivoj- 
lanishida  davlat  siyosati  darajasida  qator  ishlar  amalga  oshirildi.
M ustaqillikning  birinchi  kunlaridanoq  m am lakat  rahbarining 
tashabbusi  bilan jism oniy  tarbiya  va  sport  sohasini  rivojlantirish­
ga  qaratilgan  tegishli  qonunlar,  Prezident  farm onlari  va  Vazir­
lar  M ahkam asining  qarorlari  bosqichm a-bosqich  qabul  qilinib, 
hayotga joriy  etildi.
Qisqa  m uddatda:
— jism oniy  tarbiya  va  sportni  boshqarishning  tashkiliy  asos­
lari  takom illashtirildi;
—  0 ‘zbekiston  Milliy  Olimpiya  qo'm itasi,  sport  turlari  bo‘yi- 
cha  federatsiyalar  tashkil  qilindi;
—  jism oniy  tarbiya-sog‘lom lashtirish,  om m aviy-sport  ishlari 
va  sportning  milliy  turlari  rivojlantirildi;
— jism oniy tarbiya va sport  soshasini  mablag'  bilan ta ’minlash 
tizimi  takom illashtirildi,  nodavlat  sektorlari  rivojlantirildi;
— jism oniy tarbiya va sportning  moddiy-texnik bazasi  mustah- 
kamlandi;
46

— 
milliy  ta ’lim  dasturiga  binoan  jism oniy  tarbiya  va  sport 
sohasiga  kadrlar  tayyorlash,  mutaxassislar  malakasini  oshirish  va 
qayta  tayyorlash  ishlari  amalga  oshirildi.
Shu jum ladan,  mamlakat  aholisining 7  yoshdan  70  yoshgacha 
bo'lgan  shaxslarning  jism oniy  tayyorgarligini  beliglab  beruvchi 
“A lpomish”  va  “Barchinoy”  maxsus test sinovlarining  m e’yorlari 
ishlab  chiqildi  va joriy  etildi.
Ayniqsa,  shunisi  e ’tiborliki,  m amlakatim izda  2000-yildan 
boshlab  yosh  o'sm irlar  sport  harakatini  rivojlantirishga  qaratil- 
gan  uzluksiz  om m aviy-sport  musobaqalari  joriy  etilgan:  shu 
jum ladan,  um um iy  o 'rta  ta ’lim  maktab  o'quvchilari  o'rtasida 
“U m id  nihollari” ,  akademik  litseylar va o ‘rta maxsus  kasb-hunar 
kollejlari  o'quvchilari  o'rtasida  “ Barkamol  avlod” ,  oliy  o ‘quv 
yurtlari  talabalari  o ‘rtasida  “ U niversiada”  sport  musobaqalari 
bosqichm a-bosqich  respublika  miqiyosida  o'tkazilm oqda.
Shu  bilan  bir  qatorda,  ta ’lim  milliy  tizim ini  isloh  qilishning 
sifat  bosqichida  ushbu  sohada  yangi  prinsipial  yo'nalishlarni 
shakllantirish  uchun  shart-sharoitlar  yaratilgan  bo‘lib,  ta ’limni 
boshqarishga ilmiy yondashuvni takom illashtirish,  uning m oddiy- 
texnikaviy,  texnologik,  axborot,  ilmiy-uslubiy va  kadrlar  bazasini 
mustahkamlash borasida jism oniy tarbiya va sport sohasiga sohasi 
bo'yicha  mutaxassislar  tayyorlash  borasidi  ham   katta  ahamiyat 
berilmoqda.  Shu jum ladan,  respublikada  sport  sohasida  malakali 
sportchilar  va  murabbiy  mutaxassislarni  tayyorlaydigan  12ta 
Olimpiya  va  sport  zaxiralari  kollejlari,  0 ‘zbekiston  Davlat  Jis­
m oniy  tarbiya  instituti  va  oliy  ta ’lim  muassasalarida  jism oniy 
tarbiya  fakultetlari  faoliyat  ko‘rsatmoqda.
Respublimkamizda  om m aviy-sportni  rivojlantirishga,  shu  b i­
lan  bir  qatorda,  ayollar  sport  harakatini  rivojlantrishga  ham   kat­
ta  e ’tibor  qaratilm oqda.  Shu  jum ladan,  ayollar  o ‘rtasida  sog‘- 
lom  turm ush  tarzini  shakllantirish  maqsadida  “ Respublika  ayol­
lar  spartakiadasi”  sport  musobaqalari  tashkil  etildi  va  har  yili 
o'tkaziloqda.  Oiladagi o ta-on a va farzand o ‘rtasida bo'lgan m ehr- 
oqibatni  kuchaytirish,  qolaversa,  ularda jismoniy tarbiya  va  sport 
orqali  sog'lom   turm ush  kechirish  ko'nikm alarini  hosil  qilishga 
qaratilgan  “Sog'lom  oila” ,  “ O tam ,  onam   va  m en ” ,  “ Eng  sportli 
va  kuchli  oila”  kabi  sport  musobaqalari joriy  etilgan  bo'lib,  res­
publika  miqyosida  bosqichm a-bosqich  o'tkazib  kelinm oqda.
47

18
-j
a
d
v
a
l
0
‘z
b
ek
is
to
n
 
R
es
p
u
n
b
li
k
a
si
d
a
 
2
01
2
-y
il
 
ox
ir
ig

n
is
b
at
an
 
oi
ly
 
m
a
’l
u
m
ot
ga
 
eg

b
o
‘l
ga

jis
m
o
n
iy
ta
rb
iy

ka
d
rl
a
ri
Sh

ju
m
la
d
a
n
ucpruos  Xiuinuin 
3uiuuE[Xof 
boiqsiQ
1751
1
5
8
5
18
2
0 *Т
04
2
2
5
8
1
1
6
2
1
6
6
8 О
ОО
ОО
1
5
6
7 04
СЛ
1
3
7
4
г 
2
2
9
9
15
28
 
I
1
2
0
5
4
5
IUOS  JB[UIipOX 
ХиПШ(ВДО
-
40
fN
О
гм
гм
гч
т
т
ОО ”*Г
ГМ ГЧ ГЧ
ГЧ
ип 40 3 1/*-)
OS
•*
jE|XiqqBjniu 
BipiX,oq 
UE[jnj  y o d s
40
ГМ
CN
40
гч
*т г-
оо
»г>
СЛ
Г^
Г^ 04
О «Л
•л
сл
гч
40
-
2 г-
Г~-
сл
fN
15
7
7
ME[UIipOX 
UE|qEJ5)EUJ  y o d g
m
сл
r-
CN
'T
сл
гм
тГ
оо
гм
сл
40
гч
40
сл
сл
40
ГЧ

«л
сл
гм
ОО

TJ-
»/“)
»л
ОО
C
n
]
СЛ
г-
г*-
4
9
2
0
иЕ[!ЦЭЬм,ОЛ 
UEjiooqsui  jjodg -
i
1 1 -
1 1 - ип
гч
04
ГЧ
СЛ 04 04
UB|iipbu,oX 
ЗиШ1ЛЕ[ЕОШвГ 
UBjqnpj 
BXiqjBj  Xiuouisjf
40
ГМ 1
1 г-~- 40 СЛ о сл ОО 1 гч
гм ГМ
on
ГМ
гч
ивццолщтЬ.о
iJBjBSBSSBnui
ON
p-*
in
40
40
тг
04
т
т
«т
ТГ
Г-
СП ■*г г-
гч
сл
40
ГЧ
сл
гч
Tt-
о 04
ГЧ
о
сл
СЛ
40
04
ивццэлщтЬ.о 
(э[[0)[ 
ел
  Aasjiq
m
г-
СЛ
сл
ГМ
оо
г--
*Г\
•г.
гч
гч
'*
Г'-
04
СЛ
ОО
О
40
40
СЛ
40
т
чО
сл
■f
г-
сл
9001

ГЧ
**■ т
68
30
 
|
иВ|1ЦЭЛЩ1Ь,0
IJBJBSBSSBnUJ
Ull^EJUmUIfl

15
0
8
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 75%20Спорт
75%20Спорт -> Basketbol nazariyasi va uslubiyati
75%20Спорт -> Sh. X. Isroilov, Z. R. Nurimov, Sh. U. Abidov, S. R. Davletmuratov, A. A. Karimov sport va harakatli
75%20Спорт -> Sport pedagogik mahoratini oshirish yengil atletika
75%20Спорт -> A. Abduhamidov, H. Nasimov, U. Nosirov, J. Xusanov algebra va matematik analiz asoslaridan masalalar toplam I
75%20Спорт -> A. g a z I y e V, I. Is r a IL o V, M. Y a X s h ib o y e V matematik analizdan misol va masalalar
75%20Спорт -> I ism o ilo V, T. Rizayev, X. M. Maxmudova fizikadan praktikum
75%20Спорт -> L. A. Djalilova jismoniy tarbiya va olimpiya harakati
75%20Спорт -> Sport universiteti I. S. Islamov, R. R. Salimgareyeva yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari
75%20Спорт -> G im n a st ik a d a r sl a r id a in no va tsio n t e X n o L o g iy a L a r


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling