G. V. Leybnis 15 yoshida universitet talabasi bo`ldi. 19 yoshida esa bakalavr darajasiga erishdi. U, ayni paytda, faylasuf, matematik va tarixchi olim bo`lib yetishdi
Download 28.19 Kb.
|
Mavzu
Mavzu:18-19 asr Yevropada ilm-fanning rivojlanishi XVII-XVIII asrlarning boshlarida aniq fanlar sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Bu muvaffaqiyatlar birinchi navbatda ingliz olimi I. Nyuton (1642-1727) va nemis olimi G. V. Leybnis (1646-1716) nomlari bilan bog`liq. I. Nyuton 14 yoshga kirganida fan uning asosiy mashg`ulotiga aylandi. Uning fizika fani taraqqiyotiga qo`shgan hissasi butun olam tortishish, mexanik harakat va nurning tarqalish qonunlarini kashf etganligi bilan belgilanadi Nyuton 1671- yilda shisha linzani, eng katta teleskoplardan ko`ra osmon jismlarini yaxshiroq ko`rsatadigan kichkina oynali teleskop ham ixtiro qildi. Shu tariqa olim yulduzlar olamini odamlarga yanada «yaqinlashtirdi». Fan sohasida erishgan katta muvaffaqiyatlari uchun 30 yoshga ham to`lmagan I. Nyuton Qirollik jamiyat a'zosi (akademik) etib saylandi. G. V. Leybnis 15 yoshida universitet talabasi bo`ldi. 19 yoshida esa bakalavr darajasiga erishdi. U, ayni paytda, faylasuf, matematik va tarixchi olim bo`lib yetishdi. 1700- yilda Berlin Fanlar akademiyasiga asos soldi va uning birinchi prezidenti etib saylandi. U: «umumiy, zaruriy bilimning asosi faqat aql bo`lishi mumkin», deb yozgari edi. Fizikada «yetarli asos qonuni»ni birinchi bo`lib izohlab berdi. Matematikada esa differensial va integral hisoblashni kashf etdi. Katta sonlarni hisoblash mashinasini, mayatnikli soatni yaratdi.
Rossiya ilmfani va madaniyatini M. Lomonosovsiz tasavvur etish mumkin emas. Buyuk rus shoiri A. S. Pushkin u haqda bunday deb yozgan edi: «Tarixchi, notiq, mexanik, kimyochi, minerolog, rassom va shoir. U hamma narsani sinab ko`rgan va hamma narsani o'rgangan». M. Lomonosov Moskvadagi Slavyan-yunon-lotin akademiyasida o`qidi. So`ng Germaniya universitetlarida kimyo va metallurgiya fanlaridan ta'lim oldi. Vatanga qaytgach, Peterburg Fanlar akademiyasida ishlay boshladi. M. Lomonosov yangi fan - fizikaviy kimyo faniga asos soldi. Mamlakatda birinchi kimyo laboratoriyasini tashkil etdi. Elektronika tabiatini tadqiq etdi, uning insoniyat buyuk kelajagidagi istiqbolini ko`ra bildi. Momaqaldiroq hodisasini o`rganishni boshlab berdi va yashin bilan elektr uchquni tabiatining birligini isbotladi. Ayni paytda u kimyoviy reaksiya jarayonida modda massasining saqlanish qonunini kashf etdi. Bundan tashqari, Venera sayyorasida atmosfera mavjudligini aniqladi. Ilmiy kashfiyotlari uni butun Yevropaga tanitdi. M. Lomonosov Shvetsiya va Bolonya Fanlar akademiyasi faxriy a'zoligiga saylangan edi. yer osti foydali qazilmalariga talabning tobora ortib borishi yer qobig`i xossalarini o`rganish zaruratini vujudga keltirdi. Natijada qator tog` jinslarining vujudga kelish jarayoni aniqlandi. Bu esa Yer haqidagi fan geologiyani rivojlantirishga imkon berdi. Meditsina (tibbiyot) sohasida ham muhim kashfiyotlar amalga oshirildi. Chunonchi, XVII asrda golland olimi A. Levenguk 300 marta kattalashtirib ko`rsatadigan mikroskop yaratdi. Bu esa inson tanasi, o`simliklar, hayvon dunyosi tuzilishini batafsil o`rganish va bakteriyalar (juda mayda organizmlar)ni aniqlash imkonini berdi. Keyinchalikmikroskop yordamida ko`pgina bakteriyalarning ko`p kasalliklarga sababchi ekariligi isbotlandi. XVIII asrda ingliz shifokori E. Jenner odamga chechak kasali sigirdan yuqsa uning yengil o`tishini, so`ngra bu kasalni yuqtirgan kishiga chechakka qarshi immunitet paydo bo`lishini, ya'ni unga chechak kasali boshqa yuqmasligini aniqladi. Ana shu kuzatishlarga asoslanib, Jenner chechakka qarshi emlash usulini kashf etdi. Bu esa millionlab kishilarning hayotini saqlab qoldi. Matematikaning muvaffaqiyatlari, Nyuton kashfiyotlari va teleskopning takomillashtirilishi XIX asrda astronomiyani rivojlantirishga qudratli turtki berdi. Minglab ilgari ma'lum bo`lmagan yulduzlar kashf etildi. 1846- yilda osmonni teleskop orqali kuzatish yordamida Neptun planetasi kashf etildi. Quyosh va Oy tutilishlarining muddatlarini aniqroq hisoblab chiqish va oldindan aytib berish ham ilm-fan qudratining yaqqol dalili bo`ldi. Ilgari Quyosh va Oy tutilishi xurofotchilarni dahshatga solar edi. Astronomiya ma'lumotlaridan kalendar, geografik kartalar tuzishda, dengiz kema qatnovida foydalanildi. Astronomiya odamlarning dunyoqarashiga ham katta ta'sir ko`rsatdi. 1842- yilda ingliz fizigi D. Joul va nemis fizigi Yu. Mayer tajribalar yo`li bilan energiyaning saqlanish qonunini asoslab berdilar. Kimyoviy elementlar atom og`irligining ortib borishi tartibida joylashtirilsa, ularning xossalari davriy tarzda takrorlanishi aniqlandi. Shu qonunga asoslanib buyuk rus olimi D. I. Mendeleyev 1869- yilda elementlarning davriy tizimini yaratdi. XIX asr transport sohasida ham temir va bug` asri bo`lib qoldi. 1830-yildajahonda332kmtemiryo'lbo'lib, bu yo`llarning katta qismi Buyuk Britaniyada qurilgan edi. XIX asr 40- yillarigakelib temir yo'1 qurilishi Germaniya va Fransiyada ham boshlandi. 1870- yilga kelib jami 200 ming km temir yo'l qurilgan edi. XIX asrning 20- yillaridan bug` mashinalari bilan harakatga keltiriladigan g`ildirakli daryo paroxodlaridan keng foydalanila boshlandi. Keyinroq, 30- yillarning oxirlaridan g`ildirakli paroxodlar okean orqali Hindiston va Amerikaga qatnay boshladi. Bora-bora g`ildiraklar o`rnini eshkak vintlar egalladi. 50-60- yillarda g`arb mamlakatlarida yelkanli dengiz floti o`z o`rnini paroxodlarga bo`shatib bera boshladi. Aloqa vositalari ham takomillashtirildi. Elektr simli telegraf kashf etildi. Morze alifbosi ixtiro qilindi va harf bosuvchi qurilmalar yafatildi. XIX asrning o`rtalarida quruqlikdagi telegraf liniyalardan tashqari suv osti kabellari ham yotqizila byshlandi. Buyuk Britaniyadan Amerikaga Atlantika okeani tubi orqali dastlabki telegraf kabeli 60- yillarning oxirida o`tqazildi. Telegrafning vujudga kelishi elektrdan amalda foydalanishning asosiy sohasi bo`ldi. Texnika muvaffaqiyatlari XVIII asrning ikkinchi yarmida va XIX asrda mehnat unumdorligini g`oyat oshirish imkonini berdi. Download 28.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling