Ga yetadi, ba’zan undan ham ortadi
Download 23.83 Kb.
|
12-ma\'ruza (1)
Lyoss gruntlari Ukraina, Markaziy Qrim, Shimoliy Kavkaz, Volgabo‘yida, Belarusning bir qismida keng tarqalgan. Markaziy Osiyo, Kavkazorti, G‘arbiy Sibirning keng hududlari ham lyoss gruntlari bilan qoplangan. Osiyoning aksariyat quruq iqlimli mamlakatlari (Mongoliya, Xitoy, Afg‘oniston, Eron va b.) tekislik hududlari ham lyoss gruntlaridan tarkib topgan. Lyoss qatlamining qalinligi bir necha metrdan 20...30 m ga yetadi, ba’zan undan ham ortadi. Lyoss gruntlari tarkibi, tuzilish va tekstura belgilari, binobarin, mexanik xossalariga ko‘ra boshqa barcha tog‘ jinslaridan sezilarli darajada farq qiladi. Lyoss gruntlarining qattiq zarralari 80...90% ga kvars, dala shpati va eruvchan minerallardan tarkib topadi. Yiriklik jihatidan qattiq zarralarning 60% gacha, ba’zan hatto 90% gacha bo‘lgan miqdori changsimon, qolganlari – loyli, oz qismigina qumli fraksiyalarga kiradi. Granulometrik tarkibi va yumshoqlik soniga ko‘ra lyoss gruntlari changsimon loyli – qumlar va qumli loylarga kiradi. Lyoss gruntlarining namligi tabiiy holatda odatda 0,08...0,16 dan oshmaydi, namlik darajasi Sr<0,5. Lyossimon gruntlar strukturasi turg‘un bo‘lmagan gruntlar guruhiga kiradi. Ular namligining oshishi natijasida zarrachalararo bog‘lanishlarning keskin susayishi va strukturasining buzilishi kuzatiladi. Bu xol poydevor zaminida joylashgan gruntlarda va ayrim hollarda tabiiy holdagi gruntlarda ham uchraydi. Struktura buzilishi gruntlarda qo‘shimcha cho‘kish paydo bo‘lishiga olib keladi. «Lyoss» so‘zini 1923- yil Leonard atama sifatida fanga olib kirdi. Bunday gruntlar xalqimiz tomonidan uzoq yillardan buyon «sog‘» tuproq deb yuritiladi. Professor G‘.O.Mavlonov o‘ta cho‘kuvchan gruntlarning muhandis – geologik xususiyatlarining asosiylari deb quyidagilarni keltiradi: 1 . Sarg‘ish, oq sarg‘ish rangli. G‘ovakligi 46-59%. Tarkibida K , Mg tuzlari 5% dan ortiq. Qum va tosh aralashmalarining holi. Changsimon zarrachalar (0,05 – 0,01 mm) 50% ko‘p. Yorilganda tik devorlar hosil qiladi. Suv ta’sirida cho‘kadi. Suv o‘tkazuvchanligi yuqori. 9. Bog‘lovchi moddalar suvda eriydi, iviydi, quriganda mustahkamligi oshadi. 10. Suvda eriydigan tuzlari ko‘p. Bunday gruntlar yer kurrasining 13 mln. km2 maydonini egallagan. G‘.O.Mavlonovning ta’riflashicha Markaziy Osiyo lyoss va lyossimon tog‘ jinslarining tarqalishi va minerologik tarkibini aniq misollarda ko‘rsatgan, ya’ni ular tog‘ yon barg‘irlarida, Mirzacho‘lda, shimoliy Toshkent hududlarida, Chirchiq, Ohangaron, Qashqadaryo, Vaxsh daryosi vodiylarida va boshqa katta hududlarda keng tarqalgan bo‘lib, har xil qalinlikka ega. Cho‘kuvchi gruntlar qatlamining qalinligi 5 – 10 metrdan ortiq bo‘lib, ba’zi yerlarda 30 metrgacha yetadi. Xitoy xududida 450 metrgacha yetadi. Lyoss va shu kabi o‘ta cho‘kuvchan gruntlar struktura tuzilishining asosiy sabablari ularning struktura bog‘lanishlarining suvga chidamliligi va g‘ovaklarning yuqoriligidandir. Ularning paydo bo‘lishi hozirgacha bahsli hisoblanib kelinmoqda. O‘ta cho‘kuvchanlikni laboratoriyada kompressiya asbobida aniqlanadi: (1.1) Namlanish natijasida gruntlarning mustahkamligi keskin kamayadi, ( va c) ularni 2 toifaga ajratiladi. I-tur. zaminda tashqi kuch ta’siri ostida va xususiy og‘irligi ta’sirida sodir bo‘ladigan cho‘kish miqdori 5 sm dan oshmaydi. II-tur. tashqi yuk va xususiy og‘irligidan sodir bo‘ladigan cho‘kish 5 sm. dan ortiq. Tabiiy namlik sharoitida lyoss gruntlari sementatsion bog‘lanishlar hisobiga ancha mustahkam bo‘ladi va balandligi 10 m gacha va undan ortiq tik qiyaliklarni ko‘tarib turishga qodir. Lyosslarning namlanishi sementatsion bog‘lanishlarning erishi va uning makrog‘ovakli teksturasi buzilishiga olib keladi. Bu gruntning mustahkamligi tez yo‘qolishi, zichlikning ko‘p miqdorda va tez rivojlanuvchi deformatsiyalanishi – o‘ta cho‘kishiga sabab bo‘ladi. Shu sababli lyoss gruntlari o‘ta cho‘kuvchan gruntlar deb ataladi. Download 23.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling