Gacha qo’yiladi; Mustaqil ishni himoya qilganlik va mustaqil yondashganlikka 5 ball gacha
Download 21.04 Kb.
|
1678425261 (1)
Mustaqil ish taqdimot (ppt, pptx) va Word (doc, docx) ko’rinishlarida tayyorlanib LMS.tuit.uz tizimiga yuklanadi. Mustaqil ish 1.1-jadval ko’rsatilgan vaqtda darsda himoya qilinadi. Mustaqil ishga 6 ball beriladi: - Belgilangan talablar asosida shaklantirilgan mustqail ishga 1 ball gacha qo’yiladi; - Mustaqil ishni himoya qilganlik va mustaqil yondashganlikka 5 ball gacha qo’yiladi. Mustaqil ish dars vaqtida himoya qilinadi. MUSTAQIL ISH quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi kerak: titul; mundarija; kirish; asosiy qism; xulosa; foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati; MUSTAQIL ISH matni A4 formatdagi standart qog‘oz varag‘ida qoida tariqasida, 1,5 qator oralig‘ida (“polutornыy”) yozilishi lozim. Har bir bet: yuqoridan va pastdan 2 sm; chapdan 3 sm; o‘ngdan 1,5 sm hoshiyaga ega; xatboshi 1,25 sm ga teng va bir xilda bo‘lishi lozim. Matnni kompyuter vositasida bosib chiqarishda “Times New Roman” 14 o‘lchamli shriftda “Microsoft Word” matn redaktoridan foydalanish tavsiya etiladi. Betlar titul varag‘idan boshlab oxirgi varaqgacha izchil ketma-ketlikda raqamlanadi. Betning tartib raqami varaqning pastki o‘ng burchagida MUSTAQIL ISH ni kirish qismidan boshlab yoziladi. Titul qismi betlanmaydi. bo‘lim nomlari sarlavhaning yuqori va pastki qismidan 12 o‘lchamli (“pt”) oraliq qoldirilishi kerak. Rasmlar ular joylashgan boblar tartib raqami ko‘rsatilgan holda, izchil ketma-ketlikda, rasmning pastida o‘rta qismida raqamlanadi (masalan: “1.1-rasm.”). Har bir rasm nomlanishi kerak. Rasmning nomi uning ostiga yoziladi. Har bir rasmning yuqori va pastki tomonlaridan 12 o‘lchamli (“pt”) oraliq qoldirilishi kerak. Jadvallar ular joylashgan boblar tartib raqami ko‘rsatilgan holda, izchil ketma-ketlikda, jadvalning tepa o‘ng burchak qismida raqamlanadi (masalan: “1.1-jadval.”). Jadvalning keyingi betga o‘tgan qismi alohida ajratilib raqamlanadi. (masalan: “1.1-jadval davomi”). MUSTAQIL ISH matnida beriladigan formulalar “Microsoft Word” matn redaktorining “Formula” funksiyasi yordamida aniq yozilgan bo‘lishi kerak. Formulalarni rasm holatda joylashtirish mumkin emas. Formulalar matndan alohida bo‘sh qatorlar bilan ajratib yoziladi. Har bir formulaning yuqori va pastki tomonlaridan 12 o‘lchamli (“pt”) oraliq qoldirilishi kerak. Har bir formula u joylashgan bob tartib raqami ko‘rsatilgan holda, izchil ketma-ketlikda, formulaning o‘ng tomonida qavs ichida raqamlanadi (masalan: “(1.1)”). 1.1-jadval
Download 21.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling