G'afur G'ulom
Download 153.5 Kb.
|
G\'ofur G\'ulom
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gafur Gulom asarlari
G'afur G'ULOM (1903-1966) O'zbek adabiyotining yirik namoyandasi G'afur G'ulom 1903- yil-ning 10- may kuni Toshkentning Qo'rg'ontegi mahallasida tug'ildi. U endigina 9 yoshga kirganda otasi G'ulom Mirza Orif o'g'li vafot etadi. Oradan olti yil o'tar-o'tmas bolalar mehribon onadan ham ayriladilar. Ukalari va singillari bilan yolg'iz qolgan G'afurning «qilmagan xizmati, tutinmagan ishi» qolmaydi. U oilani boqish uchun kosiblik, mixkorlik, aravakashlik qiladi, bosmaxonalarda harf teruvchi bo'lib ishlaydi. Biroq G'afur G'ulom hayotning bu sinovlari qarshisida dovdirab qolmadi. U o'zidagi iqtidorni faqat ma'rifat orqali ro'yobga chiqarish mumkin ekanligini juda erta angladi. Avval boshlang'ich maktabda o'qidi. Keyin esa o'sha paytda urf bo'la boshlagan rus-tuzem maktabiga kirdi. Muallimlar tayyorlaydigan maktabni ham bitirgach, avval o'qituvchilik, so'ng jurnalistlik qildi. 1914- yilda boshlangan Birinchi jahon urushi xalqning shundoq ham og'ir hayotini butunlay izdan chiqardi. Garchi bu urush bizning yurtimizdan uzoqda - Yevropa hududida kechgan bo'lsa-da, Rossiya mustamlakachilari urush ortidagi turli qora ishlarni bajarish uchun bizning o'lkamizdan ham erkaklarni majburan mardikorlikka olardi. Boquvchisiz qolgan xonadonlar, ayollar va bolalar tirikchilik o'tka-zishga nihoyatda qiynalishardi. O'lkamizda yetishtiriladigan aksariyat noz-ne'matlarni esa chor hukumati turli bahonalar, aldovlar bilan tashib ketardi. Shaharlarda ishsizlik, qimmatchilik va qahatchilik avj olgandi. Ko'chalarda to'p-to'p tilanchilar va gadoylar daydib yurardi. Ular safiga urush bo'layotgan o'lkalardan non qidirib qochib kelgan yuz minglab och aholi qo'shilgandi. Bag'ri keng o'zbek xalqi muh-tojlarga boshpana, o'z bolalari rizqidan qiyib bo'lsa-da, osh-non berardi. Rejissor Shuhrat Abbosovning «Toshkent - non shahri» filmini tomosha qilsangiz, bu voqealar dahshatini yanada yaqindan his qilasiz. Mana shu og'ir kunlarning barchasini yosh G'afur o'z ko'zlari bilan ko'rgani, yuragidan o'tkazgani tufayli ham uning qalbida insonparvarlik, yetimparvarlik hislari juda erta uyg'ondi. Shoirning o'zi aytishicha, uning dastlabki she'riy mashqlari ham aynan yetim bolalarga bag'ishlab yozilgan edi. G'afur G'ulom she'rlar bilan birga o'nlab hikoyalar, «Netay», «Yodgor», «Tirilgan murda» singari qissalar ham yozdi. Ikkinchi jahon urushi paytida esa adibni dunyoga tanitgan mumtoz she'riy asarlari -«Kuzatish», «Sen yetim emassan», «Vaqt», «Sog'inish», «Onalar» singari she'rlari yaratildi. Uning yana bir mashhur asari - «Shum bola» qissasi 1936- yilda yozilgan bo'lsa-da, 60- yillarda adib uni qaytadan ishladi, yanada sayqalladi. G'afur G'ulom Sharq mumtoz adabiyotining, zamonaviy o'zbek she'riyatining katta bilimdoni edi. Shu sababli ham u Oybek va Hamid Olimjon bilan birga 1943- yilda O'zbekiston Fanlar akade-miyasining haqiqiy a'zosi etib saylangandi. Adib 1966- yilning 10- iyunida og'ir xastalik tufayli vafot et-gan. G'afur G'ulom o'zbek adabiyoti, fani va madaniyatining rivojiga qo'shgan ulkan hissasi uchun 1999- yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni asosida «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi. 2003- yilning may oyida G'afur G'ulom tavalludining 100- yilligi mamlakatimizda keng nishonlandi. Toshkent shahridagi eng katta istirohat bog'laridan biriga shoir nomi berilib, uning muh-tasham haykali o'rnatildi. Metro bekatlaridan biri ham ijodkorning qutlug' nomi bilan ataladi. G'afur G'ulomning o'zi «Vaqt» she'rida bashorat qilgan ezgu istaklari aynan mustaqillik yillarida ro'yobga chiqdi: Hayot sharobidan bir qultum yutay Damlar g'animatdir, umruzoq soqiy. Quyosh-ku falakda kezib yuribdi, Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy. G'afur G'ulom asarlari "Hiylai shari " , " Mening o'g'rigina bolam " (1965 yil ), " Shum bola " ( 1936 yil ) , " Netay " (1930 yil ) , " Yodgor " ( 1936 yil ) " Ilatiyada bir ov " , "Chorbozi " , " Kim aybdor " . Download 153.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling