G`afur G`ulomning hayoti va ijodi


Download 445 b.
Sana04.04.2017
Hajmi445 b.



G`afur G`ulomning hayoti va ijodi

  • G`afur G`ulomning hayoti va ijodi



O`zbek adabiyotining yirik namoyandasi G`afur G`ulom 1903- yilning 10- may kuni Toshkentning Qo`rg`ontegi mahallasida tug`ildi. U endigina 9 yoshga kirganda otasi G`ulom Mirza Orif o`g`li vafot etadi. Oradan 6 yil o`tar o`tmas bolalar mehribon onadan ham ayriladilalar. Ukalari va singillari bilan yolg`iz qolgan G`afurning “qilmagan xizmati, tutinmagan ishi” qolmaydi.

  • O`zbek adabiyotining yirik namoyandasi G`afur G`ulom 1903- yilning 10- may kuni Toshkentning Qo`rg`ontegi mahallasida tug`ildi. U endigina 9 yoshga kirganda otasi G`ulom Mirza Orif o`g`li vafot etadi. Oradan 6 yil o`tar o`tmas bolalar mehribon onadan ham ayriladilalar. Ukalari va singillari bilan yolg`iz qolgan G`afurning “qilmagan xizmati, tutinmagan ishi” qolmaydi.



G`afur G`ulom oilani boqish uchun kosiblik, mixkorlik, aravakashlik qiladi, bosmaxonalarda harf teruvchi bo`lib ishlaydi. Biroq G`afur G`ulom hayotning bu sinovlari qarshisida dovdirab qolmadi. U o`zidagi iqtidorni faqat ma`rifat orqali ro`yobga chiqarish mumkin ekanligini juda erta angladi. Avval boshlang`ich maktabda o`qidi. Keyin esa o`sha paytda urf bo`la boshlagan rus-tuzem maktabiga kirdi. Muallimlar tayyorlaydigan maktabni ham bitirgach, avval o`qituvchilik, so`ng jurnalistlik qildi.

  • G`afur G`ulom oilani boqish uchun kosiblik, mixkorlik, aravakashlik qiladi, bosmaxonalarda harf teruvchi bo`lib ishlaydi. Biroq G`afur G`ulom hayotning bu sinovlari qarshisida dovdirab qolmadi. U o`zidagi iqtidorni faqat ma`rifat orqali ro`yobga chiqarish mumkin ekanligini juda erta angladi. Avval boshlang`ich maktabda o`qidi. Keyin esa o`sha paytda urf bo`la boshlagan rus-tuzem maktabiga kirdi. Muallimlar tayyorlaydigan maktabni ham bitirgach, avval o`qituvchilik, so`ng jurnalistlik qildi.



1914- yilda boshlangan Birinchi jahon urushi xalqning shundoq ham og`ir hayotini butunlay izdan chiqardi. Garchi bu urush bizning yurtimizdan uzoqda- Yevropa hududida kechgan bo`lsa-da, Rossiya mustamlakachilari urush ortidagi turli qora ishlarni bajarish uchun bizning o`lkamizdan ham erkaklarni majburan mardikorlikka olardi. Boquvchisiz qolgan xonadonlar, ayollar va bolalar tirikchilik o`tkazishga nihoyatda qiynalishardi.

  • 1914- yilda boshlangan Birinchi jahon urushi xalqning shundoq ham og`ir hayotini butunlay izdan chiqardi. Garchi bu urush bizning yurtimizdan uzoqda- Yevropa hududida kechgan bo`lsa-da, Rossiya mustamlakachilari urush ortidagi turli qora ishlarni bajarish uchun bizning o`lkamizdan ham erkaklarni majburan mardikorlikka olardi. Boquvchisiz qolgan xonadonlar, ayollar va bolalar tirikchilik o`tkazishga nihoyatda qiynalishardi.



O`lkamizda yetishtiriladigan aksariyat noz-ne`matlarni esa chor hukumati turli bahonalar, aldovlar bilan tashib ketardi. Shaharlarda ishsizlik, qimmatchilik va qahatchilik avj olgandi. Ko`chalarda to`p-to`p tilanchilar va gadoylar daydib yurardi. Ular safiga urush bo`layotgan o`lkalardan non qidirib qochib kelgan yuz minglab och aholi qo`shilgandi. Bag`ri keng o`zbek xalqi muhtojlarga boshpana, o`z bolalari rizqidan qiyib bo`lsa-da, osh- non berardi. Rejissor Shuhrat Abbosovning “Toshkent- non shahri” filmini tomosha qilsangiz, bu voqealar dahshatini yanada yaqindan his qilasiz.

  • O`lkamizda yetishtiriladigan aksariyat noz-ne`matlarni esa chor hukumati turli bahonalar, aldovlar bilan tashib ketardi. Shaharlarda ishsizlik, qimmatchilik va qahatchilik avj olgandi. Ko`chalarda to`p-to`p tilanchilar va gadoylar daydib yurardi. Ular safiga urush bo`layotgan o`lkalardan non qidirib qochib kelgan yuz minglab och aholi qo`shilgandi. Bag`ri keng o`zbek xalqi muhtojlarga boshpana, o`z bolalari rizqidan qiyib bo`lsa-da, osh- non berardi. Rejissor Shuhrat Abbosovning “Toshkent- non shahri” filmini tomosha qilsangiz, bu voqealar dahshatini yanada yaqindan his qilasiz.



Mana shu og`ir kunlarning barchasini yosh G`afur o`z ko`zlari bilan ko`rgani,yuragidan o`tkazgani tufayli ham uning qalbida insonparvarlik, yetimparvarlik hislari juda erta uyg`ondi. Shoining o`zi aytishicha, uning dastlabki she`riy mashqlari ham aynan yetim bolalarga bag`ishlab yozilgan edi.

  • Mana shu og`ir kunlarning barchasini yosh G`afur o`z ko`zlari bilan ko`rgani,yuragidan o`tkazgani tufayli ham uning qalbida insonparvarlik, yetimparvarlik hislari juda erta uyg`ondi. Shoining o`zi aytishicha, uning dastlabki she`riy mashqlari ham aynan yetim bolalarga bag`ishlab yozilgan edi.



Yozish-chizish ishlariga tug`ma iqtidori bo`lgan G`afur G`ulom o`z davrining mashhur nashrlari bo`lmish gazeta va jurnallar bilan yaqin aloqa o`rnatadi, tahririyatlarda xizmat qiladi. O`sha yillari “Kambag`al dehqon”, “Qizil O`zbekiston”, “Sharq haqiqati”singari gazetalarda, “Mushtum” jurnalida uning yuzlab katta-kichik maqolalari,felyetonlari bosiladi.

  • Yozish-chizish ishlariga tug`ma iqtidori bo`lgan G`afur G`ulom o`z davrining mashhur nashrlari bo`lmish gazeta va jurnallar bilan yaqin aloqa o`rnatadi, tahririyatlarda xizmat qiladi. O`sha yillari “Kambag`al dehqon”, “Qizil O`zbekiston”, “Sharq haqiqati”singari gazetalarda, “Mushtum” jurnalida uning yuzlab katta-kichik maqolalari,felyetonlari bosiladi.



O`zining iste`dodi adabiy ijodda ko`proq namoyon bo`lishini sezgan G`afur G`ulom davrning yangi urfga kirayotgan she`riy shakllari(barmoq, sarbast)da ko`p mashqlar qiladi. Buning hosilasi bo`lib, dastlabki she`riy to`plami

  • O`zining iste`dodi adabiy ijodda ko`proq namoyon bo`lishini sezgan G`afur G`ulom davrning yangi urfga kirayotgan she`riy shakllari(barmoq, sarbast)da ko`p mashqlar qiladi. Buning hosilasi bo`lib, dastlabki she`riy to`plami

  • 1931- yilda “Dinamo” nomi ostida chop etiladi.

  • 1932- yili esa “Tirik qo`shiqlar” degan ikkinchi to`plami nashr qilinadi.



Qissalari:

  • Qissalari:

  • “Netay” (1930)

  • “Tirilgan murda”(1934)

  • “Shum bola”, “Yodgor” (1936



Poemasi: “Ko`kan”

  • Poemasi: “Ko`kan”

  • Balladalari: “To`y”, “Ikki vasiqa”



Urush yillarida yozilgan she`rlari:

  • Urush yillarida yozilgan she`rlari:

  • “Sen yetim emassan”

  • “Oltin medal”

  • “Kuzatish”

  • “Vaqt”

  • “Sog`inish”

  • “Bizning ko`chada ham bayram bo`lajak”

  • “Men-yahudiy”



G`. G`ulomning 12 jildlik mukammal asarlar to`plami nashr qilingan.

  • G`. G`ulomning 12 jildlik mukammal asarlar to`plami nashr qilingan.



1943- yilda, G`afur G`ulomga, o`zbek fani va madaniyati rivojiga qo`shgan ulkan hissasi inobatga olinib akademik unvoni berilgan.

  • 1943- yilda, G`afur G`ulomga, o`zbek fani va madaniyati rivojiga qo`shgan ulkan hissasi inobatga olinib akademik unvoni berilgan.

  • 1946- yilda urush yillarida yozilgan she`rlari jamlangan “Sharqdan kelayotirman” to`plami uchun Davlat mukofotiga sazovor bo`ladi.



G`afur G`ulom 1966- yil 10- iyul kuni 63 yoshida og`ir xastalik tufayli vafot etdi.

  • G`afur G`ulom 1966- yil 10- iyul kuni 63 yoshida og`ir xastalik tufayli vafot etdi.

  • 2003- yilda adib tavalludining 100 yilligi respublikamiz miqyosida keng nishonlandi.

  • O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimov

  • farmoni bilan G`afur G`ulomga “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni berilgan



Vaqt

      • Vaqt
  • G`uncha ochiguncha o`tgan fursatni

  • Kapalak umriga qiyos etgulik,

  • Ba`zida bir nafas olgulik muddat

  • Ming yulduz so`nishi uchun yetgulik.

  • Yashash soatining oltin kapgiri

  • Har borib kelishi bir olam zamon.

  • Koinot shu damda o`z kurrasidan

  • Yasab chiqa olur yangidan jahon.

  • Yarim soat ichida tug`ilib o`sib,

  • Yashab, umr ko`rib o`tguvchilar bor.

  • Ko`z ochib- yumguncha o`tgan dam- qimmat,

  • Bir lahza mazmuni bir butun bahor.

  • Bir onning bahosin o`lchamoq uchun

  • Oltindan tarozu, olmosdan tosh oz.

  • Nurlar qadami-la chopgan sekundning

  • Barini tutolmas ayhannos ovoz.

  • Yigit termiladiqizning ko`ziga,

  • Kiprik suzilishi, mayin tabassum…

  • Qo`sha qarimoqqa muhr bo`ladi

  • Hayotda ikki lab qovushgan bir zum.

  • Yashash darbozasi ostonasidan

  • Zarhal kitob kabi ochilur olam,

  • Tiriklik ko`rkidir mehnat, muhabbat,

  • Fursatdir qilguvchi aziz, mukarram.



…Reystag ustiga g`alaba tug`in

  • …Reystag ustiga g`alaba tug`in

  • Qadashda otilgan jangchining o`qi

  • Yalt etgan umri-la barqaror qildi

  • Bashrning muqaddas, oliy huquqin.

  • G`alaba amri-la mag`lub nemisning

  • Generali qo`l qo`ydi. Uch sekund faqat…

  • Shu mal`un imzoda odamlar o`qir

  • Million yil fashistning umriga la`nat.

  • Aziz asrimizning aziz onlari

  • Aziz odamlardan so`raydi qadrin.

  • Fursat g`animatdir, shoh satrlar-la

  • Bezamoq onidir umr daftarin.

  • Shuhrat qoldirmoqqa Gerostratdek

  • Diana ma`badin yoqmoq shart emas.

  • Ko`plarning baxtiga o`zligin jamlab

  • Shu ulug` binoga bir g`isht qo`ysak, bas.

  • Har lahza zamonlar umridek uzun,

  • Asrlar taqdiri lahzalarda hal.

  • Umrdan o`tajak har lahza uchun

  • Qudratli qo`l bilan qo`yaylik haykal.

  • Hayot sharobidan bir qultum yutay,

  • Damlar g`animatdir, umrzoq soqiy.

  • Quyosh-ku falakda kezib yuribdi,

  • Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy.

  • 1945-yil



G`afur G`ulomning “Vaqt” she`ri nechanchi yilda yozilgan?

  • G`afur G`ulomning “Vaqt” she`ri nechanchi yilda yozilgan?

  • 1945- yilda



U “Vaqt” she`rini kimga bagishlaydi?

  • U “Vaqt” she`rini kimga bagishlaydi?

  • G`. G`ulom bu she`rini o`ziga soat taqdim etgan jiyani Hamidulla Husan o`gliga bag`ishlaydi.



Vaqt” she`ri qanday munosabat bilan yozilgan?

  • Vaqt” she`ri qanday munosabat bilan yozilgan?

  • Fashizm ustidan qozonilgan g`alaba munosabati bilan.



“Vaqt” she`rida nimaning mohiyatiga nazar solinadi?

  • “Vaqt” she`rida nimaning mohiyatiga nazar solinadi?

  • Lahza(sekund)ning



G`. G`ulom “Vaqt” she`rida Bir onning bahosini o`lchash uchun nimadan tosh va tarozi kerak deb ta`kidlaydi?

  • G`. G`ulom “Vaqt” she`rida Bir onning bahosini o`lchash uchun nimadan tosh va tarozi kerak deb ta`kidlaydi?

  • Oltindan tarozi, olmosdan tosh



Shuhrat qoldirmoq uchun dunyo arxitekturasining noyob namunalaridan bo`lgan Diana ibodatxonasiga o`t qo`ygan kimsaning ismi kim?

  • Shuhrat qoldirmoq uchun dunyo arxitekturasining noyob namunalaridan bo`lgan Diana ibodatxonasiga o`t qo`ygan kimsaning ismi kim?

  • Gerostrat



G`. G`ulom “Vaqt” she`rida bir lahza mazmunini nimaga tenglashtiradi?

  • G`. G`ulom “Vaqt” she`rida bir lahza mazmunini nimaga tenglashtiradi?

  • Bahorga



“Vaqt” she`rida nemis generali urush boshlash haqidagi qarorga qo`l qo`ygan necha sekund damni odamlar million yil fashistlarni la`natlab o`tadi?

  • “Vaqt” she`rida nemis generali urush boshlash haqidagi qarorga qo`l qo`ygan necha sekund damni odamlar million yil fashistlarni la`natlab o`tadi?

  • Uch sekund



Faylasuf shoir G`. G`ulomning “Vaqt” she`riga qanday baho bera olasiz?

  • Faylasuf shoir G`. G`ulomning “Vaqt” she`riga qanday baho bera olasiz?

  • G`. G`ulom “Vaqt” she`ri bilan lahzaga abadiy haykal qo`ydi, deb bemalol aytsak bo`ladi.



  • E’tiboringiz uchun rahmat!




Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling