Galilei nisbiylik prinsipi Nyutonning klassik mexanikasida barcha inersial


Download 83.79 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.05.2023
Hajmi83.79 Kb.
#1447075
Bog'liq
Galilei nisbiylik prinsipi - Vikipediya



Galilei nisbiylik
prinsipi
Galilei nisbiylik prinsipi — Nyutonning
klassik mexanikasida barcha inersial
sanoq tizimlarining fizikaviy teng
huquqlilik prinsipi. Bu holat mexanika
qonunlari birday boʻlganida namoyon
boʻladi. Biror inersial sanoq tizimida
oʻtkaziladigan har qanday mexanik
tajribalar asosida muayyan tizim tinch
holatda yoki tugʻri chiziqli tekis harakatda
ekanligini aniqlab boʻlmaydi. Bu holatni


birinchi boʻlib 1636-yilda Galileo Galilei
aniqlagan.
Moddiy nuqtaning harakati nisbiydir:
uning holati, tezligi, trayektoriyasining
shakli ushbu harakat qaysi inersial sanoq
tizimi (sanoq jismi)ga nisbatan
qaralishiga bogʻliq. Shuning bilan birga,
klassik mexanika qonunlari barcha
inersial sanoq tizimlarida birday boʻladi.
Mexanik harakatning nisbiyligi va
mexanika qonunlarining turli inersial
sanoq tizimlarida birday bulishi Galilei
nisbiylik prinsipi mazmunini tashkil qiladi.
Matematik jihatdan Galilei nisbiylik
prinsipi mexanika tenglamalarining
harakatlanayotgan nuqtalar


koordinatalarini (vaqtning ham inersial
sanoq tizimidan boshqasiga oʻtishdagi
almashtirishlarga — Galilei
almashtirishlariga nisbatan invariantligini
ifodalaydi (qarang Nisbiylik nazariyasi).
Shu sababli Galilei almashtirishlarida
yuqoridagi tenglama oʻzgarmaydi. Bu
tenglama Galilei nisbiylik prinsipining
matematik ifodalanishidir. Galilei nisbiylik
prinsipi jismlar yoruglik tezligiga nisbatan
ancha kichik tezliklar bilan harakatlangan
hol uchungina oʻrinli. ~ s boʻlgan hollarda
Galilei almashtirishlari Lorens
almashtirishlari bilan almashtirilishi
lozim.


OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Galilei_nisbiylik_prinsipi&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Galilei_nisbiylik_prinsipi&
oldid=2839545" dan olindi
Adabiyotlar


Bu sahifa oxirgi marta 3-Sentabr 2022, 19:21 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Download 83.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling