Galiley nisbiylik prinsipi
Download 13,5 Kb.
|
nispiylik prinsipi
GALILEY NISBIYLIK PRINSIPI — Nyutonnint klassik mexanikasida barcha inersial sanoq tizimlarining fizikaviy teng huquqlilik prinsipi. Bu holat mexanika qonunlari birday bo‘lganida namoyon bo‘ladi. Biror inersial sanoq tizimida o‘tkaziladigan har qanday mexanik tajribalar asosida muayyan tizim tinch holatda yoki tug‘ri chiziqli tekis harakatda ekanligini aniqlab bo‘lmaydi. Bu holatni birinchi bulib 1636 y. da G. Galiley aniqlagan. Moddiy nuqtaning harakati nisbiydir: uning holati, tezligi, traektoriyasining shakli ushbu harakat qaysi inersial sanoq tizimi (sanoq jismi)ga nisbatan qaralishiga bog‘liq. Shuning bilan birga, klassik mexanika qonunlari barcha inersial sanoq ti-zimlarida birday bo‘ladi. Mexanik harakatning nisbiyligi va mexanika qonunlarining turli inersial sanoq tizimlarida birday bulishi Galiley nisbiylik prinsipi mazmunini tashkil qiladi. Matematik jihatdan Galiley nisbiylik prinsipi mexanika tenglamalarining harakatlanayotgan nuqtalar koordinatalarini (vaqtning ham inersial sanoq tizimidan boshqasiga o‘tishdagi almashtirishlarga — Galiley almashtirishlariga nisbatan invariantligini ifodalaydi (q. Nisbiylik nazariyasi). Shu sababli Galiley almashtirishlarida yuqoridagi tenglama o‘zgarmaydi. Bu tenglama Galiley nisbiylik prinsipining matematik ifodalanishidir. Galiley nisbiylik prinsipi jismlar yoruglik tezligiga nisbatan ancha kichik tezliklar b-n harakatlangan hol uchungina o‘rinli. v ~ s bo‘lgan hollarda Galiley almashtirishlari Lorens almashtirishlari bilan almashtirilishi lozim. Download 13,5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling