Galogenlar Xlorning kimyoviy xossalarini о‘rgarish. Metallarning xlorda yonishi
Download 41.94 Kb.
|
12.Galogenlar va ularning birikmalarini qo\'llanilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yodning olinishi.
Bromning olinishi va hossalari
a) Quruq probirkaga natriy bromidning 2-3 kristallaridan va shuncha miqdor marganets (IV) oksidi solib aralashtiring. Aralashmaga asta-sekni 2-3 tomchi sulfat kislotadan ( i=1,74 g/gm3) tomizing va ajralib chiqayotgan ekini brom bug‘larining rangini qayd qiling. (eikni galogen olingan probirkani tajriba tugagandan keyin darhol natriy tiosulfatli eritmaga tushiring). Brom olish reaksiyasi teiglamasini yozing. b) Bromni uning tuzlaridan siqib chiqarish usulida olish. Probirkaga 2-3 ml kaliy bromidning tо‘yingan eritmasidan quying va eritmadan xlor gazi oqimini о‘tkazing. Nima kuzatiladi? Olingan bromni probirka yig‘gichga haydang. Reaksiya teiglamasiri yozing. Shunday uguda xlor va yod olish mumkinmi? Suyuq brom bilan tajribalarni talaba о‘qituvchi ishtirokida olib boradi. Oldingi tajribada olingan suyuq bromdan 1-2 tomchini Quruq probirkaga tomizing va unga alyuminiy qirindisidan 3-4 bо‘lakchasidan soling. Agar bir minut davomida reaksiya boshlanmasa, probirkani issiq suvli (40°S) stakanga tushiring. Nima kuzatiladi? Reaksiya tenglamasini yozing. b) Boshqa probirkadagi suyuq brom ustiga qizdirilgan mis simini tushiring. Nima kuzataladi? Reaksiya tenglamasini yozing. v) Uchinchi probirkadagi suyuq brom ustiga bir necha qizil fosfor bо‘lakchalaridan soling. Reaksiya tenglamasini yozing. Yodning olinishi. Yod - qora-binafsha rangli kristall modda. Yodning bug‘lari nafas yо‘llarini va kо‘zni yallig‘lartiradi. Yod bug‘lari bilan zaharlanganda 2% li ammiak eritmasidan hidlantiriladi. Quruq tigelga kaliy yodid kristallaridan 2-3 dona va shuncha miqdor marganets (IV) oksididan solib aralashtiring, aralashmaga 1-2 tomchi sulfat kislota errtmasidan ( r=1,44 g/gm3) tomizing. Tigelni qopqoga yoki soat oynasi bilan yoping, asbest ustiga qо‘ying va past gaz alangasida qizdiring (qizdirish elektr plastinkasida, asbest ustida bajarilsa qulayroq). 3-4 minutdan keyin alangani oling va Tigel sovigandan keyin, Tigel qopqoga yoki soat oynasida hosil bо‘lgan yod kristallarini kuzating. Tajribani izohlang. Reaksiya tenglamasini yozing va elektronlarning о‘tish sxemasini tuzing. 1) Probirkaga 5-6 tomchi yanga tayyorlangan kraxmal kleysteridan tomizing va unga 1-2 tomchi yodli suv qо‘shing. Eritma rangining о‘zgarishini kuzating. Bromli va yodli suv ta’sirida kraxmal bо‘yaladimi? 2) Probirkaga kaliy yodidning 5 ml tо‘yingan eritmasidan quying. Eritma orqali xlor oqimini о‘tkazing. Bunda qanday modda ajraladi? Olingan moddaki silliq filtrda fyltrlang va havoda asta-sekin qizdirng. Olingan yod qanday modaa bilan ifloslangan bо‘lad-a? Uni qanday tozalash mumkin? Kichknia chinni kosachaga olingan kuruq yod kristallaridan va alyuminiy kukunidan soling, sekni-asta aralashtiring (tajriba mо‘rili shkafda olib boriladi). Tayyorlangan aralashmaga shisha, nay yoki shisha tayoqcha yordamida bir tomchi suv tomizing. Nima quzatiladi? Bu tajribada. suv kanday vazifani о‘taydi? _ Reaksiya tenglamasini yozing. b) Ikkita probirkaga suv quying va ularga bir donadan kristall yod bо‘laklaridan tashlang. Probirkalarni kuchli darajada chayqating. Yodning suvda eruvchanligi qanday? Yodli suvda qanday molekulalar va ionlar bо‘ladi? Yodni suv bilan ta’sirlashuv reaksiya tenglamasini yozing. Bitta probirkani taqqoslash uchun qoldiring va ikkinchi probirkaga kaliy yodning tо‘yingan eritmasidan kuying va kuchli chayqating. Nima kuzatiladi? Yodning eruvchanligini ortishi qanday modaa hosil bо‘lishi bilan tushintiriladi? Reaksiya tenglamasini yozing. Ftor qanday usulda - olinadi? Boshqa elementlarning vodorodli birikmalani bilan ftor qanday birikada? Masalan: suv, vodorod sulfid, ammiak bilan? Ftor-yod qatorida galogenlarning aktivligi qanday tartibda о‘zgaradi? Bu nima bilan tushuntiriladi Foydalanilgan adabiyotlar Kimyo LibreMatnlari. 17-guruh: Galogenlarning umumiy xossalari. Olingan: chem.libretexts.org Vikipediya. (2018). Galogen. Olingan: en.wikipedia.org Jim Klark. (2015 yil may). 7-guruh elementlarining atom va fizik xususiyatlari (Galogenlar). Kimdan olingan: chemguide.co.uk Whitten, K. W., Devis, R. E., Peck, M. L. va Stenli, G. G. Chemistry (2003), 8-nashr. O'qishni to'xtatish. Elementlar. Galogenlar Olingan: elements.org.es Jigarrang, Dafna. (2017 yil 24-aprel). Galogen xususiyatlari. Ilm-fan. Qayta tiklandi: sciencing.com Download 41.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling