Galogenlar Xlorning kimyoviy xossalarini о‘rgarish. Metallarning xlorda yonishi
Xlorning kimyoviy xossalarini о‘rgarish. Metallarning xlorda yonishi
Download 41.94 Kb.
|
12.Galogenlar va ularning birikmalarini qo\'llanilishi
Xlorning kimyoviy xossalarini о‘rgarish. Metallarning xlorda yonishi
a) Temnr sim olib, uchini bukib ilmak yasang va unga ingichka mis tolalarini yoki miss qirindisini о‘rnating. Misir gaz alangasida qizdirib, uchi tezlik bilan xlor tо‘ldirilgan bankalardan biriga tushiring. Misning xlor bilan о‘zaro ta’sirini kuzating. Reaksiya tugagach idish og‘zini berkitib, sovutish uchun olib qо‘ying. Reaksiya tenglamasiri yozing. Idish sovigandan keyin unga- ozroq suv quyib chayqating. Eritmaning rangi qanday bо‘lishini belgilab oling va uning sababini tushintiring: b) Metallik surma kukunidan qog‘oz varag‘ida ozsina solib, uni xlor yig‘ilgan bankalarda ikkinchisiga sekni asta seping (reaksiya qorong‘ilikda olib borilsa yana ham yaxshi). Sodir bо‘lgan о‘zgarishlarni qayd qiling. Surmaning oksidlanish darajasi uch va beshga teng ekanligini hisobga olib, reaksiya tenglamasini yozing: v) Natriy metalidan nо‘xatday bо‘lagini qirqib olib, uni filtr qog‘ozi bilan artib quriting va asbest qoplangan temir qoshiqchaga solib alangaga tuting. Natriy suyuqlanishi bilan qoshiqchani xloi tо‘ldirilgan bankaga tushiring. Natriyning xlorda yonishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Xlorning metalmaslar bilan о‘zaro ta’siri. a) Bitta pibirkaga toza vodorod, ikkinchi probirkaga ega xlor tо‘ldiring. Vodorod tо‘ldirilgan probirkaning og‘zini pastga qilib, xlor tо‘ldirilgan probirka og‘ziga tuting va probirkalarni bir necha marta tо‘nkanish bilan gazlarni aralashtiring. Keyin xar ikkala probirka og‘zini alangaga tuting. Nimani kuzatdingiz? Har ikkala probirkaga ozgina suv quyib chayqang va hosil bо‘lgan eritmani lakmus bilan sinab kо‘ring. Reaksiya tenglamasini yozing. Eritma muhiti qanday? b) Temir qoshiqchaga ozgina quritilgan qizil fosfor olib, alangada yondiring, keyin tezlik bilan xlor tо‘ldirilgan bankaga tushiring. Fosforning xloi alangasida yonishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Xlor va fosforning qaysi biri oksidlovchi va qaysi biri qaytaruvchi ekanligini kо‘rsating. Xlorning murakkab moddalar bilan ta’sini. a) Filtr qog‘ozidan linta kesib oling va yangi haydalgan skipidar bilan hо‘llang va qisqich yordamida xlorli bankaga tushiring, Nima kuzatiladi? Reaksiya tenglamasini yozing. b) Temir qoshiqchaga bir bо‘lakcha shamni о‘rnating va shamni yoqib astalik bilan xlor, tо‘ldirilgan bankaga tushiring. Nima kuzatiladi? Reaksiya natijasida qanday moddalar hosil bо‘ladi? Xlorli suvning olinishi. Xlor suvda eriganda, u qisman quyidagi tenglama asosida reaksiyaga kirishadi: S12 + N2O=NS1 + NS1O (1) Bu yerda muvozanat kuchli darajada chapga siljigan. Quyosh nuri ta’sirida sipoxlorid kislotasi_ quyydagicha parchalanadi: NS1O ——- NS1 + Oa (2) Bu sekin-asta (1) formuladagi muvozanatni о‘nga siljitadi. Shu sababli xlorli suvni qorong‘ilikda saqlash kerak. Ishning bajarilishi: 4- rasmda keltirilgan asbobdan foydalanib xlor oling. Asbobning gaz chiqaruvchi nayini distillangan suv solingach (1\2 hajmgacha) korugsimon (30-50, ml li) kolbachaga tushiring va 3-4 minut davomida xlor yuboring. Kolba og‘zini probka bilan berkitib keyingi tajriba uchun qoldiring. Reaksiya tenglamalarini yozing. a) marganets (II) xlorid hosil bо‘lishini hisobga olib xlor olish. b) xlorning suv bilan ta’sirini, oksidlovchi va qaytaruvchilarni kо‘rsating. Olingan eritmaning rangi va hidiga e’tibor bering (ehtiyot bо‘ling). Download 41.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling