G`amsizning o`limi
Download 8.86 Kb.
|
G`AMSIZNING O`LIMI TAHLILI, BARCHINOY RAMAZONIY
Rashod Nuri Guntekinning “G`amsizning o`limi” asari tahlili Hikoya markazida G`amsiz laqabli it turadi, asardagi bosh qahramon. G`amsiz sariq tukli, qari it bo`lib bolalar bog`chasi yaqinida yashaydi. Unga bolalar ko`chalarda daydib yurgani uchun shunday laqab qo`yishgan, ammo aslida undanda g`amgini yo`q. U bolalarining zaharlanib o`lganligi sababli shunday holga kelgan. O`sha voqeadan beri u tamoman o`zgargan va oldingidek daydib yurmasdan ba`zi-ba`zida bolalarni ko`rish uchun bog`chaga kelar edi. Faqat bolalardan yomonlik ko`rmasligiga ishonib ular bilan birga bo`lardi. G`amsiz obrazi hikoyaning ajralmas bo`lagi, u orqali vafodorlikning go`zal namunasi ko`rsatilgan. Uni o`zini va bolalarini zaharlagan odam bo`lsa ham, odamlarga g`ayirlik qilmaydi. Hikoyada bolalar bayram uyushtirish uchun soy bo`yiga yo`lga chiqadi, it ham ular bilan birga boradi. To`satdan ahvoli yomonlashadi, bolalardan biri uni zaharlashganini, ko`chada itlar bilan shubhali ovqat yegani haqida aytadi. Quvonchli kulgular yo`qoladi. G`amsiz har doim sergak bo`lgan va zaharlanganiga ishonish qiyin edi. U og`riqdan uvillab tipirchilaydi, daryo tomonga chopadi. Daryo yoniga ikkita qizcha oy`nab yurgan bo`ladi va itni ko`rib qo`rqib qochishadi. Afsuski ulardan biri shoshganidan daryoga yiqiladi. G`amsiz o`zini suvga otib, o`lar holda bo`lsa ham, qizchani daryodan olib chiqadi. Qizchani qutqaradi-yu, o`zi jon taslim qiladi. Umrining so`ngi daqiqalarida ham boshqalarga yordam berishga uringan bu it haqiqiy sadoqat timsolidir. U bolalar bilan do`st bo`ladi, doim ularni himoya qiladi. G`amsiz obrazi orqali ijodkor bizga insonlar qila olmaydigan ishlarni hayvon orqali o`rnak qilib ko`rsatgan. Bolalar obrazlari esa ikkinchi darajali hisoblanib, bosh obrazning harakatlarini to`ldirib turadi. Uyerda o`qituvchilar va itni zaharlagan personajlar ham hikoyaning asosiy ma`nosi yetkazib berish uchun xizmat qilgan. Ikkinchi darajadagi rollar yordamida G`amsizning o`zligi, uning fidokorligi, hayotida bo`lgan baxtsiz voqealar ochib berilgan. 204-a guruh talabasi Barchinoy Ramazoniy Download 8.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling