Gandbol o'yini
Darvozabon o’yinining texnikasi
Download 136.42 Kb.
|
Gandbol o\'yini texnikasini o`rganish
5. Darvozabon o’yinining texnikasi.
Darvozabon jamoada eng qiyin va mas’uliyatli vazifani bajaradi. Uning harakati faqat darvozaning xavfsizligini emas, balki, hujumning natijasini ham belgilaydi. Darvozabonning dastlabki turish holatiga uning gavdasini tik turishi, siljishi, chalg’itishlari, to’pni qo’l, oyoq, gavda bilan qaytarishi va to’pni uzatishlari kiradi. - Darvozabonning turishi harakatdagi to’pning vaziyatiga bog’liq ravishda, har-xil holatda bo’lishi mumkin. Darvozada turishning ikki turi mavjud bo’lib, bu darvoza o’rtasida va darvoza ustunlari yonida turish hisoblanadi. Darvoza o’rtasida asosiy holatda turib harakat qilish qulayroqdir. Agar hujumchi to’p otishni burchakdan bajarayotgan bo’lsa, unda darvozabon darvoza ustuni oldida, yonda turib (oyoqlar oralig’i 15-20sm) darvozaga yaqin bo’lgan qo’lini yuqoriga ko’tarib, tirsak qismi salgina bukilgan bo’ladi, shunda darvozaning yuqori burchagini yopish mumkin bo’ladi. - Siljish darvozabonning asosan yon tomonga qadam qo’yib joyini o’zgartirishi orqali amalga oshiriladi va to’pni qaytarish uchun tayyor bo’lishga imkoniyat yaratadi. Darvozabon to’pni olib qo’yishni, qaytarilgan to’pni egallab, uni o’yinga kiritishni, raqiblar tomonidan tez yorib o’tishni ta’minlovchi to’pni egallashi, oldinga va orqaga tez harakat qilishi lozim. To’pni ilish - darvozabon o’yini texnikasining eng muhim qismidir. Kuchli otilgan to’pni ilib olish imkoni kam bo’lsa ham, uni qaytargandan so’ng egallab olish muhim, shuning uchun darvozabon eng yaxshisi to’pni ikki qo’llab ilib olgani ma’qul hisoblanadi. To’pni qaytarishda, ushlab olishda darvozabon bir yoki ikki qo’lini ishlatishi, baravariga oyoq va qo’l bilan yoki gavda bilan ham to’pni qaytarishga tayyor bo’lishi lozim. To’pni uzatish darvozabon tomonidan tez va aniq uzatilgan to’p jamoaning hujumga o’tishi uchun sharoit yaratishning garovidir. Darvozabonning harakati samarali bo’lishi uchun eng to’g’ri turish holati darvoza o’rtasi hisoblanadi. Darvoza oldida uning markazidan bir metrgacha masofa bo’ylab harakat qiluvchi darvozabon balanddan keladigan to’pni egallashga doim tayyor bo’lishi lozim. Darvozabon hyech vaqt to’pni nazoratsiz qoldirmasligi va o’z vaqtida hujumchining to’p otish usulini bu harakat boshlanishidan oldinroq aniqlashi juda muhim hisoblanadi. Download 136.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling